Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
SHAHAR YO'LLARIDA AVTOBUS BEKATLARINI JOYLASHTIRISH
Normuxammadov Asilbek Alimardanovich
Toshkent davlat transport universiteti assistenti normukhammadov@gmail .com Saydametova Fazilat Jamoladdinovna
Toshkent davlat transport universiteti assistenti Saidfazi04051981 g@gmail .com
ANNOTATSIYA
Shahar sharoitida avtobus bekatlarining o 'rni juda katta. Chunki yo 'lovchilarning asosiy qismi aynan avtobus va mikroavtobuslardan foydalanishadi. Bugungi kunda avtobus bekatlarining jihozlanganlik darajasi hamda yo 'lovchilar uchun qulaylik darajasini o'rganish muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Maqolada avtobus bekatlarini joylashtirish va jihozlash to'g'risida me'yoriy qoidalar va tavsiyalar berib o 'tildi.
Kalit so'zlar: Avtobus, bekat, tasma, cho 'ntak, transport, chiqish maydonchasi, perron, o 'tuvchi, qisman cho 'ntak, o 'tuvchi cho 'ntak, avtopavilion.
РАСПОЛОЖЕНИЕ АВТОБУСНЫХ ОСТАНОВОК НА ГОРОДСКИХ
ДОРОГАХ
Нормухаммадов Асилбек Алимарданович
Ташкентский государственный транспортный университет, ассистент
normukhammadov@gmail .com
Сайдаметова Фазилат Джамоладдиновна
Ташкентский государственный транспортный университет, ассистент
Saidfazi04051981 [email protected]
АННОТАЦИЯ
Автобусные остановки очень важны в городских условиях. Потому что большинство пассажиров пользуются автобусами и маршрутками. Сегодня изучение уровня оснащения станций Eurobus и уровня комфорта для пассажиров является важным показателем. В статье приведены нормативные правила и рекомендации по обустройству и оборудованию автобусных остановок..
Ключевые слова: Автобус, вокзал, полоса, карман, транспорт, выездная платформа, перрон, проезд, частичный карман, проходной карман, павильон.
1363
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
LOCATION OF BUS STOPS ON CITY ROADS
Normukhammadov Asilbek Alimardanovich
Tashkent State Transport University, assistant normukhammadov@gmail .com Saidametova Fazilat Jamoladdinovna
Tashkent State Transport University, assistant Saidfazi04051981 g@gmail .com
ABSTRACT
Bus stops are very important in urban conditions. Because the majority of passengers use buses and minibuses. Today, studying the level of equipment of Eurobus stations and the level of comfort for passengers is an important indicator. In the article, normative rules and recommendations on the arrangement and equipment of bus stops were given.
Keywords: Bus, station, strip, pocket, transport, exit platform, platform, passing, partial pocket, passing pocket, pavilion.
Jamoat transporti har qanday zamonaviy megapolisni rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida aholining turmush sifati va qulayligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyodagi eng yirik va chiroyli shaharlardan biri bo'lgan Toshkent yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha rivojlangan tizimga ega. Mustaqillik yillarida bu borada amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar jamoat transportining har jihatdan yanada qulay bo'lishiga xizmat qilmoqda [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu maqolani yozishda https : //oriens. uz/j ournal/article/avtobus-bekatlari-mintaqasida-transport-vositalari-oqimining-zichligi-va-tezligini-ozgarishi. [1], nomli maqoladan Normuxammadov A.A.: Avtobus bekatlarining transport oqimining rejimiga va harakat xavfsizligiga ta'sirini tadqiq qilish nomli dissertatsiyasidan [2] va "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi Muassasaviy qoidalar va me'yorlar. MKN 23-2008 Avtomobil yo'llarining yo'l belgi chiziqlari bo'yicha ko'rsatmasi [3] dan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunga kelib avtobus bekatlarining har xil turlari paydo bo'lmoqda. Butun dunyo bo'ylab aholi sonining ortishi va yo'lovchilar sonining ko'payishi bu
1364
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
inshootlarning sifat ko'rsatkishlarini yaqshilash va yo'lovchilarga qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratib berishni talab qilmoqda [2].
Shahar sharoitida avtobus bekatlarini eng qulay va zamonaviy ko'rinishda joylashtirish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Avtobus bekati shahar ko'chasida harakatlanayotgan transport vositasiga noqulaylik tug'dirmasligi lozim. Chunki avtobus bekati mintaqasi asosan transport vositalari va piyodalar gavjum bo'lgan hudud hisoblanadi [2].
Avtobus bekatining o'lchami avtomobil yo'lining toifasi va bir vaqtda to'xtmaydigan avtobuslarnnng soniga bog'liq bo'ladi;
I Yo'l toifasi I II III IV7
To'xlash maydonchasining kengligi,m 3,75 3,75 3,5 3,0 3,0
1 2 3
To'htash maydonchasining uzunligi, m 10 25 35
I-a toifa avtomobil yo'llaridagi to'xtash maydonchalari yo'l to'shamasining chetida joylashadi va qatnov qismidan ajratiladi. 1-b, II va III toifa avtomobil yo'llarida to'xtash maydonchasi asosiy harakat polosalaridan kengligi 0,75 m, uzunligi esa ikki tomoniga kamida 20 metrdan bo'lgan ajratish polosasi bilan ajratiladi. IV va V toifa yo'llarda esa to'xtash maydonchasi asosiy harakat polosalaridan uzluksiz belgilash chizig'i bilan ajratiladi. Avtobus bekatlarining yo'lovchilar chiqadigan zonasiga perron (chiqarish maydonchasi) ning uzunligi
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
chiqarish postlarining soniga bog'liq bo'ladi va bir vaqtda to'xtaydigan avtobuslar miqdoriga qarab aniqlanadi. Bitta chiqarish postiga perron uzunligi kamida 10 m, kengligi esa kamida 2 m qilib belgilanadi. Perron to'xtash maydonchasining yuzasidan 0,2 m ko'tarilib turishi va bordyur bilan o'ralgan bo'lishi kerak. Perronlarning to'shamasi qattiq bo'ladi [2].
a) »-
I, -1 A H /p
I. —IA l-
n. /p
Avtobus bekatlari mintaqasida avtomobillar oqimidan yo'nalishli avtobuslarni ajratish uchun rejaviy xulosalar turlari:
a-oddiy «cho 'ntak»; b-o 'tuvchi-tezkor tasmalar; v-ajratuvchi orolchali o 'tuvchi-tezkor tasmalar; g-avtobuslar uchun qo 'shimcha tasma.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Avtobus bekatlarining muhim funksional va dekorativ me'moriy elementlaridan biri - elektr yoritish hisoblanadi. Yoritish asboblari avtobus bekati bilan I va II toifa yo'llarning avtobuslar keladigan 300 m qismini va avtobuslar ketadigan 400 m qismini yoritishi, III toifa yo'llarda 250 m kelish yo'lini, 350 m ketish yo'lini, IV toifa yo'lda esa kelish yo'lining 200 metrini va ketish yo'lining 200 metrini yoritishi kerak (asosan aholi punktlarida) [3].
Avtobus bekatlarini ko'kalamlashtirish uchun gazga chidamli, ko'p sug'orishni talab qilmaydigan, shamol, sovuqqa, issiqqa chidamli, tez o'sadigan daraxt va buta navlari ekiladi. Ular uzoq vaqt dekorativ xususiyatlarini saqlab qolishi kerak [3].
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Yo'l me'morchiligi va qurilish san'ati vositalari, avtomobil yo'llariga qo'yiladigan talab bilan birga ishlatilganda quyidagilar ta'minlanishiga yordam berishi kerak:
Yo'lovchilarga - avtobuslarga borish, kutish, tushish va chiqish qulay, xavfsiz bo'lishi kerak;
Avtobuslarga - kelish, to'xtash, chiqish qulay; kichik shakllar pishiq, barqaror, yonmaydigan, portlamaydigan, chidamli, sodda, sanoatda ishlab chiqarish oson bo'lishi kerak.
Avtobus bekatiga - me'moriy badiiy chiroyli, ta'mirlash, saqlash sodda bo'lishi kerak.
Avtopavilon va kichik shakllar loyihasi ishlab chiqilganda ularning badiiy me'moriy chiroyli bo'lishi, miqyosi, alohida qismlarining nisbati, pardozlash uchun ishlatiladigan materiallarining ranggiga alohida e'tibor qilish kerak.
Katta sig'imdagi yoki yopiq turdagi avtobus pavilonlarini qurishda pavilonga yaqin 15-25 metr masofada hojatxona va sanitar gigienik zona quriladi, ular pavilondan daraxt va buta ekish bilan ajratiladi va yo'lovchi yo'lakchasi bilan bog'lanadi. Bekatlarni shunday joylashtirish kerakki, bunda avtobus keladigan tomondan yo'l yahshi ko'rinib tursin.
Oriental Renaissance: Innovative, 73 VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences ------------IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ^ ASI Factor = 1.7
Avtobus bekati loyihasiga misollar: 1 - bordyur; 2 - to'xtash maydonchasi; 3 - chiqarish, tushirish maydonchasi; 4 avtopavilon; 5 - hojatxona
AVTOBUS BEKATINI KO'KALAMLASHTIRISH 1 - tol, eman, chinor; 2 - qora archa.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yo'llami ta'mirlash, yo'lovchi tashish transportini zamonaviy turlarini ishga tushirish bilan bir qatorda avtobus bekatlarini ham yangilash eskilarni qayta rekonstruksiya qilish kerak chunki shaharning asosiy aholisi manziliga yetish uchun aynan avtobus va mikroavtobuslardan foydalanadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Yo'lovchilarga transportai kutish vaqtida qulay sharoit yaratilishi muhim ko'rsatkich hisoblanadi.
REFERENCES
1. Normuxammadov, A. A. (2022). AVTOBUS BEKATLARI MINTAQASIDA TRANSPORT VOSITALARI OQIMINING ZICHLIGI VA TEZLIGINI O'ZGARISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 844-849.
2. Нормухаммадов А.А.: Автобус бекатларининг транспорт окимининг режимига ва хдракат хавфсизлигига таъсирини тадкик килиш номли диссертацияси / проф . К.Х.Азизов рахбарлигида.-."ТАЙЛКЭК",2019-101 б
3. "Узавтойул" давлат-акциядорлик компанияси Муассасавий коидалар ва меъёрлар. МКН 23-2008 Автомобиль йулларининг йул белги чизиклари буйича курсатма. "Узавтойул", 2008-110 б