Научная статья на тему 'SHAHAR TRANSPORT TARMOG‘IDA YO‘LOVCHILAR OQIMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI HARKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI I'

SHAHAR TRANSPORT TARMOG‘IDA YO‘LOVCHILAR OQIMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI HARKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI I Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
170
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — To'Rayev E.N., Raxmatullaev M.

Maqolada shahar transport tarmog‘ida yo‘lovchilar oqimiga ta’sir etuvchi omillar va ularning harkat xavfsizligiga ta’siri masalalari urganilgan. Yo`nalish tushunchasi yo`lovchi tashish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish masalalarining qo`yilishida va uni yechishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aytilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING THE FLOW OF PASSENGERS IN THE URBAN TRANSPORT NETWORK AND THEIR IMPACT ON THE SAFETY OF THE CHARTER I

The article examines the factors affecting the flow of passengers in the city transport network and their impact on traffic safety. It was said that the concept of route is important in setting and solving issues of organizing and managing passenger transportation processes.

Текст научной работы на тему «SHAHAR TRANSPORT TARMOG‘IDA YO‘LOVCHILAR OQIMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI HARKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI I»

To'rayev E.N. dots.

Raxmatullaev M.

Jizzax politexnika instituti O'zbekiston Respublikasi, Jizzax

SHAHAR TRANSPORT TARMOG'IDA YO'LOVCHILAR OQIMIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI HARKAT XAVFSIZLIGIGA

TA'SIRI

Annotatsiya. Maqolada shahar transport tarmog'ida yo'lovchilar oqimiga ta'sir etuvchi omillar va ularning harkat xavfsizligiga ta'siri masalalari urganilgan. Yo^nalish tushunchasi yolovchi tashish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish masalalarining qo^yilishida va uni yechishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aytilgan.

Turayev E.N.

Rakhmatullaev M.

Jizzakh Polytechnic Institute Republic of Uzbekistan, Jizzakh

FACTORS AFFECTING THE FLOW OF PASSENGERS IN THE URBAN TRANSPORT NETWORK AND THEIR IMPACT ON THE

SAFETY OF THE CHARTER

Abstract. The article examines the factors affecting the flow ofpassengers in the city transport network and their impact on traffic safety. It was said that the concept of route is important in setting and solving issues of organizing and managing passenger transportation processes.

Hozirgi davr shaharlarning tez suratlar bilan rivojlanishi obodonlashtirish ishlarining yanada yaxshilanishi va shahar aholisi sonining keskin ortib borishi bilan tavsiflanadi.

Bunday sharoitda shahar aholisiga yuqori sifatli transport xizmatini korsatish shahar yolovchi transportini yanada rivojlantirish, tashishning yanada yangi va samarali yollarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Shaxar transport tarmog'ida avtomobil transportida tashishni tashkil etish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ta'kidlab o'tish lozimki shaharlarda yo'lovchi tashish jarayonlarini boshqarish masalalarining asosiy murakkabligi - tashish sharoiti vatashish oqimlarining shakllanishidagi noaniqliklar hisoblanadi. Yo'lovchi oqimi kattaligiga ta'sir etuvchi ko'pchilik omillarni ta'siri vaqt mobaynida o'zgarib turuvchi va ehtimoliy xarakterga ega bo'ladi.

Yo'lovchi oqimlari shakllanishiga kun vaqtlari, haftaning kunlari va yil mavsumlari ham ta'sir etadi. SHahar aholisiga transport xizmati ko'rsatish sifati va miqdori quyidagi to'rt guruhga oid omillar bilan xarakterlanadi:

1) shahar aholisining transport (tashish) xizmatiga bo'lgan ehtiyojlariga bog'liq ravishda shakllanuvchi yo'lovchi oqimlari parametrlari;

2) transport xizmati bozorida yo'lovchi tashuvchi tashkilotlar faoliyatini xarakterlovchi parametrlar;

3) shahar transport infratuzilmasi (avtomobil, tramvay, trolleybus, metropoliten yo'llari va transport tarmog'i, to'xtash bekatlari va stansiyalari);

4) tashqi muhit ta'siri.

Shahar yo'lovchi transporti xizmatiga bo'lgan talab yo'lovchi oqimlarini o'rganish va tahlil etish asosida baholanishi mumkin. Oqimlarni o'rganish ma'lum darajada aholining shahar territoriyasining turli hududiy rayon, maydon va manzillariaro harakatlanishi haqida ham ma'lumotlar berishi mumkin. Oqimlar yo'lovchilarning shahar hududida xarakatlanishiga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqadi.

Yo'lovchilar harakatlanishini ikkita turga bo'lish mumkin:

1) yo'nalishlardagi harakatlanish (korrespondensiya);

2) tarmoqdagi harakatlanish.

Hozirgi paytda yo'lovchi oqimlarini kuzatish va tahlil etishning ko'plab usullari mavjud bo'lsa ham, quyidagi ikki kamchilik ularni barchasiga xosdir:

1) yo'lovchi oqimlarini o'rganish shaharning ma'lum hududida ma'lum vaqt intervalida o'tkaziladi, ammo bunda olingan natijalar butun shaharga umumlashtiriladi va barcha vaqt intervallari uchun foydalaniladi;

2) o'rganilgan holat o'tmishga tegishli bo'ladi, ammo uning natijalaridan kelajakdagi echimlar uchun foydalaniladi. Boshqacha aytganda, o'rganilgan yo'lovchi oqimi -tashishga bo'lgan o'tmishdagi talabning amalda bajarilishi natijasi bo'lib, kelajakda kutilayotgan oqim undan farqli bo'lishi mumkin;

3) oqimlarni o'rganish va tahlil etish juda katta hajmdagi mehnat sig'imini (minglab odam-soat) talab etuvchi tadbir bo'lib, bunda juda katta xarajatlar lozim bo'ladi.

Masalani istiqbolda kutilayotgan tashish xajmining shahar aholisi harakatlanishini yuzaga keltiruvchi omillar bilan bog'lanishini aks ettiruvchi matematik modellar orqali hal etish mumkin. Bunda yo'lovchi oqimlarining istiqboldagi kattaliklarini aniqlashda aholining transport harakatchanligini shakllantiruvchi quyidagi uch guruhga oid omillarini hisobga olish muhim (1 rasm):

Birinchi guruh omillari yo'lovchi tashish sharoitini xarakterlashga imkon beradi: shahar plani va planirovkasi; aholi yashash massivlari, madaniy dam olish joylari, savdo-sotiq markazlari va sanoat korxonalari, dala hovlilarning joylashuvi; yo'l tarmog'i va infratuzilmasi joylashuvi; ko'rilayotgan vaqt-mavsum, oy, hafta kunlari, kun soatlari va sh.k.

Ikkinchi guruh omillari aholining yo'lovchi tashishga bo'lgan talabini xarakterlaydi. Mazkur talabning segmentlashtirilishi (guruhlarga bo'linishi) shahar aholisining ijtimoiy va kasbiy tarkibiga bog'liq. Bu esa ko'p jihatdan ularning transport yo'lkira narxi, harakatlanish tezligi, qulayligiga, ishonchli va xavfsizligiga bo'lgan talablariga bog'liq. Yo'lovchilarning shahar transportiga bo'lgan talablarini guruhlashtirish ko'rsatkichi ular harakatlanishiga sarf bo'layotgan vaqtning ijtimoiy-iqtisodiy bahosi bo'lishi mumkin.

Uchinchi guruh omillari shahar yo'lovchi transportiga doir raqobat muhiti bilan izohlanadi. SHahar transport xizmat bozorida turli tashkilot va mulkchilik shakliga ega tashuvchilar ishtirok etadi: aksiyadorlik jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar yoki xususiy tadbirkorlar va sh.k.

Shahar yo'lovchi tashuvchilarining faoliyati amaldagi huquqiy- me'yoriy qoidalar doirasida hamda shahar hokimiyati organlari nazorati va ta'sirida amalga oshiriladi.

Shaharda yo'lovchi transportida tashish jarayonlarini boshqarish -yo'lovchi oqimlarini va tegishli axborotlarni jo'natuvchi manzildan etib borish manziligacha etkazishni samarali rejalashtirish va boshqarish asosida aholining harakatlanishga bo'lgan ehtiyojini samarali qondirishdan iborat. Ko'rsatilishi rejalashtirilayotgan transport xizmatining maqsadi, vazifalari va ko'rsatkichlari aholining tashishga bo'lgan ana shu ehtiyojlari bilan aniqlanadi.

Jamoat transporti faoliyatining logistic maqsadi aholiga xizmat ko'rsatish vazifalarini bajara olgan holda umumiy xarajatlarni minimallashtirishdan iborat.

Aholiga transport xizmati ko'rsatishning mezoni tashish hajmi va sifatiga qo'yilayotgan talablarni qay darajada to'laqonli bajarish lozimligi asosida aniqlanadi. Masalan, tuzilgan harakat jadvalini qay darajada aniq bajarilishini ta'minlash lozim. Xizmat ko'rsatish darajasiga qanchalik yuqori talablar qo'yilsa, uning narxi shuncha yuqori bo'ladi. Ammo bahoning o'zi maqsad funksiyasi bo'la olmaydi, shu tufayli ma'lum kompromis topishga to'g'ri keladi.

Transport xizmati maqsadini aniqlashdagi asosiy muammo - jamiyatning barcha manfaatlarini hisobga olish zaruriyatidir. Bunda biz faqat transport vositalari egalari yoki jamoat transporti korxonalari manfaatlarini hisobga olish bilan cheklanmasligimiz kerak. Shu tufayli shaharda yo'lovchi tashish jarayonlarining strategik logistik boshqaruv modelini shakllantirish va qo'llash asosida maqsadga erishishda quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni hisobga olish lozim:

1-bosqich: shahar boshqaruv organlarining shaharda yo'lovchi tashish jarayonlari sifatini oshirish bo'yicha siyosiy va ijtimoiy maqsadlarini va ularga erishish yo'llarini asoslash;

2-bosqich: aholining shaharda harakatlanish vositalarini tanlash mezonlariga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, bu omillarga shahar yo'lovchi transportining qulayliligini oshirish maqsadida ta'sir etish;

3-bosqich: logistik tizimni rivojlantirish traektoriyasini ta'minlash uchun lozim bo'lgan xarajatlarni aniqlash, ularni mavjud imkoniyat lar bilan solishtirish va lozim bo'lsa, qo'shimcha imkoniyatlar tug'diruvchi manbalarni aniqlash.

YUqoridagi bosqichlarni bajarish asosida yo'lovchilarga tashish xizmati ko'rsatish borasidagi ko'rsatkichlarning harkat xavfsizligiga ta'siri kerakli darajalari aniqlanadi. Bunday ko'rsatkichlar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

1) yo'lovchi tashish yo'nalishi bekatlarigacha piyoda chiqish masofasi;

2) yo'lovchi tashish transport vositasining ekspluatatsion sifatlari (sig'imi, yurish qulayligi va sh.k.).

Avtobuslar qaysi mulkchilikka mansubligidan qat iy nazar, asosan oldindan belgilangan yonalishlarda qatnab, aholiga transport xizmatini korsatadilar.

Yo nalish tushunchasi yo'lovchi tashish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish masalalarining qoyilishida va uni yechishda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda shaharda yo'lovchi tashish jarayonlarining strategik logistik boshqaruv modelini shakllantirish va qo'llash bosqichlarida siyosiy va ijtimoiy maqsadlarini amalga oshirish lozim.Tahlillar shuni korsatayaptiki, hozirda xususiy sektorda transportning ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab, xususiy mulkchilikning har xil korinishdagi shakllarining vujudga kelishi, kichik va orta biznesni rivojlantirish va himoyalash boyicha qonun va qarorlarning qabul qilinishi oqibatida ular o'rasida erkin raqobat uchun shart-sharoitlarning yaratilishi va qonun tomonidan himoyalanishidir.

Adabiyotlar:

1. Blatnov A.D. Passajirskiye avtomobilniye perevozki. M.:Transport, 1972.

2. Butaev Sh.A. va boshqalar. Tashish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish, T.: Fan, 2009.

3. Ozbekiston Respublikasining transportga tegishli Qonunlari.

4. Xodjaev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari, T.: Ozbekiston, 2002.

5. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Yuk oqimini logistik kuzatuvi va komplekslarini mahalliylashtirish omillari. Ilmiy-tex. jur. 23 (8) 52.

6. Raxmatullaev M. To'rayev E. Sharipova N. Global logistik tizimlarda yuklarni tashishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik anjumani materiallari to'plami. 2021 й. 1-qism 646 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.