Научная статья на тему 'SHAFOAT RAHMATULLO TERMIZIY IJODIDA ONA – VATAN TIMSOLI'

SHAFOAT RAHMATULLO TERMIZIY IJODIDA ONA – VATAN TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
228
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona-Vatan timsoli / Mengziyo Safarov / “Janub shamoli” / “Ozod so’z” / Vatanni sharafi va iftixori. / symbol of the Motherland / Mengziyo Safarov / "South Wind" / "Freedom of Speech" / honor and pride of the Motherland.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Muxtorova

Shafoat Rahmatullo Termiziy ijodida, she’riy baytlarida ona-Vatan timsoli har bir satrlarida barq urib, ufurib turadi, qadim Turon zaminining erka va kenja Termiziysi bo’lib ijod qilgan ijodkorning ijod namunalari bilan bezatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOTHER AS A SYMBOL OF THE MOTHERLAND IN THE WORKS OF SHAFOAT RAHMATULLO TERMIZI

In the work of Shafoat Rahmatullo Termizi, the symbol of Motherland shines and breathes in every line of his poetic verses, adorned with examples of the poet, minion and younger Termizi of the ancient land of Turan.

Текст научной работы на тему «SHAFOAT RAHMATULLO TERMIZIY IJODIDA ONA – VATAN TIMSOLI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

SHAFOAT RAHMATULLO TERMIZIY IJODIDA ONA - VATAN TIMSOLI

Muxtorova Mahfuza Shavkatjon qizi

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.6928113

Annotatsiya. Shafoat Rahmatullo Termiziy ijodida, she 'riy baytlarida ona-Vatan timsoli har bir satrlarida barq urib, ufurib turadi, qadim Turon zaminining erka va kenja Termiziysi bo'lib ijod qilgan ijodkorning ijod namunalari bilan bezatilgan.

Kalit so'zlar: ona-Vatan timsoli, Mengziyo Safarov, "Jamb shamoli", "Ozod so'z", Vatanni sharafi va iftixori.

МАТЬ - СИМВОЛ РОДИНЫ В ТВОРЧЕСТВЕ ШАФОАТА РАХМАТУЛЛО

ТЕРМИЗИ

Аннотация. В творчестве Шафоата Рахматулло Термизи символ матери-Родины сияет и веет в каждой строчке его поэтических стихов, украшенных примерами поэта, баловня и младшего Термизи древней земли Туран.

Ключевые слова: символ Родины, Менгзиё Сафаров, «Южный ветер», «Свобода слова», честь и гордость Родины.

MOTHER AS A SYMBOL OF THE MOTHERLAND IN THE WORKS OF SHAFOAT

RAHMATULLO TERMIZI

Abstract. In the work of Shafoat Rahmatullo Termizi, the symbol of Motherland shines and breathes in every line of his poetic verses, adorned with examples of the poet, minion and younger Termizi of the ancient land of Turan.

Keywords: symbol of the Motherland, Mengziyo Safarov, "South Wind", "Freedom of Speech", honor and pride of the Motherland.

KIRISH

Shafoat Rahmatullo Termiziy (Shafoat Rahmatullayev) 1942-yil 10-mayda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Oqqo'rg'on qishlog'ida baxshilar oilasida tug'ilgan. U 1965-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. Shu yillar davomida shoir qizg'in ijod bilan shug'ullanib, ko'plab she'rlar bitdi. 1968-yilda matbuotda ilk bor chiqqan vaqtidan boshlab she'riyat bilan jiddiroq shug'ullana boshladi.

Shunday qilib o'tgan asrning 70-yillarida she'riyatimizga kirib kelgan purviqor ijodkorlardan biri Shafoat Rahmatullo Termiziydir. O'sha vaqtlarda Shafoat Rahmatullayevning she'rlari bir necha marotaba vaqtli matbuotlarda e'lon qilinar edi. Xatto, Mengziyo Safarovga ham shoirning she'rlari juda ma'qul kelib qoladi. U 1968-yilda viloyat gazetasi sahifasida shoirga oq yo'l tilagan edi. Mengziyo Safarov bora-bora shoir bilan juda yaqin qadrdon bo'lib ketgan edi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shafoat akaning aytishi bo'yicha: "1975-yil bahorda Mengziyo aka bilan Toshkentga bordik. Yozuvchilar uyushmasida ustoz Said Ahmad aka o'zining qadrdon ukalari Mengziyo Safarov, Ne'mat Aminovlar bilan ichakuzdi qilib hangomalashdi. Ketar vaqtimizda Said Ahmad aka hammamizni uyiga oshga taklif qildi. Kechqurun uchovlon ustozning uyiga kirib bordik. Ustoz hazil-huzil bilan kutib oldi. Saida opa oldilariga fartuk tutib olgan oshxonada oshga urinib yuribdi. Ne'mat aka menda she'r o'qib berishimni so'radilar, bir-ikkita she'r o'qidim. She'r aytgach Said Ahmad aka chaqirib qoldilar: " Saidaxon, mana bu sahroyi bolaning she'rlarini siz

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ham eshitib ko'ring". Opa kelgach boyagi she'rlarimni yana qayta o'qidim. She'rlar Saida opaga ham manzur bo'ldi shekilli "Shafoat she'rlaringizdan tashlab keting" dedi. [1. 54] Men she'rlarimni Saida opaga qoldirib ketdim". Shundan so'ng Saida Zununova "O'zbekiston madaniyati" gazetasining 1975-yil 16-maydagi sonida Shafoat Rahmatullayevga shunday oq yo'l tiladi: "Bir suhbatda she'r va shoirlar haqida gap ketdi. O'tirgan mehmonlardan biri yoshroq yigitdan she'r o'qib berishini so'rab qoldi. Shunday qilib men Shafoatni shunda birinchi marta tanidim. Uning hech kimga o'xshamagan o'z kuzatishlari, sezgirligi o'ziga xos uslub izlanishlari sezilib turardi. Shafoat surxondaryolik yigit, o'shayoqda musiqadan dars beradi. Musiqani bilishi ham shubhasiz, she'rning mayin bo'lishiga xizmat qilgan. Bu she'rlar Surxon tog'laridan esgan shabodadek sof, fikrlar original, kuzatishlar yangi". Hayot rubob, hamma cholg'uchi Har kim o'z kuyin chaladi. Kimning kuyi bir lahzalikdir, Kimning kuyi mangu qoladi. TADQIQOT NATIJALARI

Shafoat Rahmatullayevning bu she'ri lirikada borayotgan harakatni lo'nda ifodalaydi. Rostan ham she'riyatimiz zo'r orkestr. Unda har kimning o'z kuyi jaranglamoqda. Kimning kuyi yorqin bir lahza davom etadi, kimning kuyi abadiyat qudratli ovoz kasb etib, kelajakka o'tib boradi.

Shoirimiz she'rlari ham abadiyat kasb etib 1981-yilda "G'afur G'ulom" nashriyotida alohida to'plam holida "Janub shamoli" nomi bilan chop etildi. Bu Shafoat Termiziyning ilk kitobi edi. Shundan so'ng, uning "Umid ostonasi", "Gulob", "Ozod so'z", "Ko'rinmay gulladim", "Shoh va shoir" kabi kitoblari nashr qilingan. Shuningdek musiqaga oid "Musiqa uslubiyati", "Musiqa alifbosi" va "Boshlang'ich musiqa" risolalari muallifi hamdir.[2. 87] MUHOKAMA

Shafoat Rahmatullo Termiziy - donishmand shoir. Uni adabiyotimizning Suqroti desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki xalqimizga xos bo'lgan chuqur donishmandlikning ayricha alomatlarini shoir she'riyatida ko'rish mumkin. Shafoat Termiziy she'rlari o'zining samimiyati, xalqchilligi, musiqiyligi, hazil-mutoyibalari bilan kishini o'ziga jalb qiladi. Shafoat Rahmatullayev haqiqiy Surxon o'glonidir. U tug'ma shoir. Uning she'rlari o'ziga xos va rang-barang chizgilarga juda ham boy bo'lib, she'rlarida Vatan pafosi, Vatanga bo'lgan muhabbat, Vatan hidi barq urib turadi:

Chin yo'lchi yulduz bo'lsa Vatanning Bosh Qonuni, Istiqlol yangilasa har bir yurak qonini. Muqaddas bilsa hamma O'zbekiston shonini, Yovqur bobolar ruhi bo'ron bo'lsa yurakda, Istiqlol-u istiqbol Turon bo'lsa yurakda. [3. 76]

Shoir she'rlarini o'qiganda Surxon vohasining dala-qirlari, takrorlanmas tabiatga ega bo'lgan shahar va qishloqlari, tog'lari, soylari va eng muhimi hayot sevar kayfiyatli sho'x -xushchahchaq yigit-qizlari menman deb o'zini ko'z-ko'z qilib turishini ko'rish mumkin: Oq o'tovdan otilib, so'lqillab chiqsang, senqiz, Ot boshini burganman, bahona ichmoqqimiz. Ibo bilan o'tovga boshlading yuzi qirmiz, To qimiz simirguncha qozonda qilding "jiz-biz".

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Ijodkorlar, olimlar, ko'p sonly muxlislar davrasida O'zbekiston Xalq Qahramoni Abdulla Oripov so'z olib "Agar o'zbek she'riyati bir shoda bo'lsa, Shafoat Rahmatullo Termiziy undagi bir gavhar" degan edi. Bu so'zlar bejizga aytilgan emas. Chunki Shafoat Termiziy o'z hayoti va ijodini, iste'dodini hamda mahoratini Vatan adabiyotiga bag'ishlab kelgan ijodkor, u Termiziy bobolarning kenja avlodidir:

Garchi xasdan baland, qasddan pastdirman, Do'stim, senga yondosh quvonch, g'amdirman. Termiziy bobodan qolgan shamdirman, Ming yil puflasang ham, also o'chmayman.

O'zbekiston Xalq shoiri Usmon Azim shoir haqida shunday deydi: "Shafoat! Siz men uchun juda qadrlisiz! Chunki har dam yozganlaringizni o'qirkanman, sizning ham yuragingiz mudom shu'la sochib turganiga amin bo'laman! Ehtimol sizga bunday riyokor bo'lish Toshkenda yashayotgan adiblardan ko'ra og'irroqdir? Rostini aytaylik, Toshkentdan nariga borganing sari osmon pasaya boshlaydi. O'zimiz guvohmiz, qancha-qancha do'stlarimizning qaddi ikki bukilmadi deysiz! Ammo siz mana shunday past osmon tagida ham qaddingizni rost tutib qolmoqqa imkon topdingiz!...Siz esimga tushganingizda ko'z oldimga nima keladi? Chiroq! Ko'nglimni ravshan etadigan chiroq! Ha, haqiqatdan siz Surxonga borganda, talpinadigan do'stim - Parvadigor yoqqan chirog'imsiz!".[4. 45]

Shafoat Rahmatullayev - Parvardigor yoqqan chiroq, Termiziy bobolardan qolgan shamdir. Uning she'rlarini o'qigan kishi janub shamolining iliq taftini tuyadi: Yer suvimiz ul ilohiy rizqdir jami, "Payg'ambar" ul ko'ksimizda orol nomi. Balki shunda paydo Zardusht - Sipitami, Ezgular ummatiga bizkim pir biz. Avliyo biz, anbiyo biz, biz kim Termiz.

Shafoat Termiziy ona diyorning go'zalliklarini maftunlik bilan, iftixor bilan kuylaydi. Uning rangin tashbexlarga, nozik hazil-mutoyibaga, lirizmga boy she'rlarida Vatanga bo'lgan iftixor barq urib turadi:

Ming yillarkim o'zbekona pok tutgansan shoningni, Ming asrlar yurtim yana sharaf chulg'ar nomingni. O'zbekona haqiqat bu, o'zbekona qasamyod, O'zbekiston, buyuk yurtsan, O'zbekiston to abad.

Ona - muqaddas. Ona - mo'tabar. Ona... Qancha ta'riflasa shuncha kamdek tuyulgani kabi Vatanni ham qancha ta'riflasa shuncha ozdir. Chunki Vatan - Onadir.

Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, Shafoat Rahmatullo Termiziy ham Vatanni - onam, onajonim deydigan insonlarning tipik vakilidir. U Vatanni - o'zbegim ona jonim deya ta'riflaydi. Unga atab qasidalar bitadi:

Xalqim ajdodingiz moziyning qat-qatida, Men uni ko'ryapman shummerning loyxatida. Serviqor noming ulug' millatlar ro'yhatida, Obidalaring yodi YUNESKO ro'yxatida. Jahonning hayratidir Afrosiyob, Xalchayon, Gerodod yozig'idan Samarqand, Termizayon. XULOSA

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Mana guvohi bo'lib turganimizdek Shafoat Termiziy Vatanimizning qadimgi davridan tortib to hozirgi kungacha, O'zbekiston O'zbekiston bo'lguncha davrini qalban, yurak- yurakdan his qilgan, uning sha'niga qasidalar bitgan iste'dod sohibidir. Ajdodlarimiz izi moziyning qat-qatida ekanligi eramizdan avvalgi 4-ming yillikda yaratilgan shummerning loy xatlaridan topish Shafaot Termiziyga xos san'atdir. Millatlar ro'yxatida o'zbek degan nom ulug'ligini, mingyillik obidalarning nomi YUNESKO ro'yxatida ekanligi, hatto "Tarix otasi" Gerodod asarlarida Samarqand, Termizning ayon bo'lishini anglash uchun insonda juda katta mahorat, juda katta iste'dod bo'lish kerakligi hech birimizga sir emas. Shafoat Rahmatullayev ana shunday iste'dod, ana shunday mahorat sohibidir.

Ammo rus shoiri Pushkinning shunday gapi bor: "Ayrimlar oramizda biron-bir nochor ovchilar to'dasiga bosh bo'lmagan Napaleon borligini, biron-bir to'rtligi e'lon qilinmagan Dekartdek buyuk shoir hamrohimiz ekanligini o'ylamaydi, zero, biz faqat nomlari mashhurlarga ishonib qolganmiz". [4. 77] Ming afsuski bu haqiqatdir. Shafoat Rahmatullo Termiziy ham pastgina Surxon osmonida ko'rinmay gulladi. Lekin mana shu ko'rinmay gullash davomida bir-biridan ajoyib bo'lgan she'rlar bitdi va bu she'rlarida Vatanni sharaf bilan, iftixor bilan kuyladi. Biz Shafoat Rahmatullo Termiziy bilan qancha faxrlansak shuncha ozdir.

REFERENCES

1. Shafoat Rahmatullo Termiziy. Ozod so'z . Toshkent, "Yangi asr avlodi" . 2003

2. Shafoat Rahmatullo Termiziy. Ko'rinmay gulladim. T.: "Muharrir" nash. 2008.

3. https://ziyouz.uz/

4. www. kh-davron.uz

5. Usmanova, D., & kizi Shodieva, G. N. ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK.

6. Qizi, S. G. N. (2022). ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK. Science and innovation, 7(B3), 812-816.

7. Komilova, N. A. Comparative Analysis of "Gender" Concept and Issues of Gender Field in English and Uzbek Languages. International Journal of Social Science and Human Research, 5(6), 2191-2194.

8. Shodiyeva, G. N. K., & Dustmatov, H. (2022). CLASSIFICATION OF WORDS IN UZBEK AND ENGLISH: IN THE EXAMPLE OF VERBS. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(4), 234-237.

9. qizi Shodieva, G. N., & Dusmatov, H. H. (2022, July). RINCIPLES OF DIVISION OF WORD CATAGORIES IN UZBEK LANGUAGE. In INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING (Vol. 1, No. 11, pp. 38-43).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.