Scientific Journal Impact Factor
SEREBRAL INSULT KLINIK-EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARINI SURXONDARYO VILOYATIDA REGISTR BO'YICHA DINAMIK
BAHOLASH
Mazkur maqolada serebral insult klinik-epidemiologik xususiyatlari haqida qiyosiy tahlillar keltirilgan. Bosh miya qon tomir kasalliklari - dolzarb tibbiy va ijtimoiy muammolardan biri bo 'lib, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kasallik stukturasi va o 'lim darajasi bo 'yicha yetakchi o 'rinda turadi. Qon tomir kasalliklari va ayniqsa serebrovaskulyar kasalliklar O'zbekistonda ham muhim tibbiy-ijtimoiy muammolardandir. Bu kasallik bilan bog'liq birlamchi nogironlik va o'lim darajasiningyuqoriligi bilan belgilanadi.
Kalit so'zlar: serebral insult, klinik-epidemiologiya, qon aylanishi, korreksiyalash.
This article provides a comparative analysis of the clinical and epidemiological features of cerebral stroke. Cerebrovascular disease is one of the most pressing medical and social problems, leading in terms of disease structure and mortality in economically developed countries. Vascular diseases, especially cerebrovascular diseases, are also important medical and social problems in Uzbekistan. It is characterized by a high incidence of primary disability and mortality associated with the disease.
Keywords: cerebral stroke, clinical-epidemiological, circulatory, correction.
В статье дается сравнительный анализ клинико-эпидемиологических особенностей церебрального инсульта. Цереброваскулярные заболевания - одна из наиболее актуальных медико-социальных проблем, лидирующих по структуре заболеваний и смертности в экономически развитых странах. Сосудистые заболевания, особенно цереброваскулярные заболевания, также являются важными медико-социальными проблемами в Узбекистане. Для него
Iskandarova Dilnozakhon Ergashevna,
Toshkent tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Usmanova Durdona Djurabayevna, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti email : dilnoza-iskandarova@mail .ru
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
характерна высокая частота первичной инвалидности и смертности, связанной с заболеванием.
Ключевые слова: мозговой инсульт, клинико-эпидемиологический, кровообращение, коррекция.
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining prognoziga ko'ra, qon aylanish tizimi kasalliklari oqibatidagi o'lim soni 2008 yil 17 mln tashkil qilgan bo'lsa, 2030 yilga kelib 25 mln.gacha oshishi mumkin.
Qon aylanish tizimi kasalliklarining oqibatidagi o'lim ko'rsatkichi O'zbekistonda barcha o'limga olib keluvchi sabablarning 55,4 % tashkil qilgani xolda dunyo bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shundan, 83,9% serebrovaskulyar kasalliklar oqibatida yuz bergan.
Asosiy regulyasilanuvchi xavf omillarini korreksiyalash orqali kasallikning birlamchi profilaktikasini o'tkazish, kasallik va uning oqibatidagi o'lim, nogironlik ko'rsatkichlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga egadir.
Tadqiqodlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, davolashning profilaktik usullarini kirgizish va xavf omillarini kamaytirishga qaratilgan choralar oxirgi 40 yil davomida dunyo bo'ylab barcha yosh va jins vakillari orasida kasallik ko'rsatkichlarini pasayishiga olib kelgan (Knight A.G. et al, 2019). Shu bilan bir qatorda xozirda serebrovaskulyar kasalliklar rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o'rganish va yangi xavf omillarini topish borasidagi ishlar davom etmoqda (^ygaHOB H.n., 2019).
Kasallikning aynan mehnatga layoqatli axoli orasida ko'p uchrashi, nafaqat mehnat resurslarining kamayishiga, balki vaqtli o'lim, nogironlik va vaqtinchalik ishga yaroqsizlikka sabab bo'lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotni kamaytirib jiddiy iqtisodiy zararga olib keladi [3].
Yuqorida keltirilgan shunga guvohlik berdiki, serebrovaskulyar kasalliklar global epidemiya bo'lib, nafaqat tibbiy-ijtimoiy muammolarni, balki umumdavlat miqyosidagi muammolarni keltirib chiqaradi.
Shunga ko'ra, kasallikka iqlim, regionar va ijtimoiy omillarni hisobga olgan xolda yondashuv u bilan bog'liq muammolarni xal etishda muhim ahamiyatga egadir.
Tadqiqod maqsadi: Surxondaryo viloyatida 2018-2020 yillar davomidagi viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi statistika bo'limining ma'lumotlari va insultning milliy registr anketalarini o'rganib taxlil qilish va shu orqali kasallik strukturasi, dinamikasini qiyosiy taxlil qilishdan iborat.
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
TADQIQOD MATERIAL VA USLUBLARI
Surxondaryo viloyatining barcha 14 ta tumanidan 2018-2019-2020 yil davomida yig'ilgan 19176 ta insultning milliy registr anketalari taxlil qilindi. Bemorlar yosh jihatdan Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti taklif etgan 4 guruhga ajratildi va registr bo'yicha insultning turi, zararlangan bosh miya o'chog'i, anamnezi, asosiy xavf omillari, davolash o'tkazilgan joyi va natijalari o'rganildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'rganilgan bemorlarning 49% (n=9396) ayollar, 51% (n=9780) erkaklar bo'lagan. Vaholanki, viloyat statistika markazining bergan ma'lumotlariga ko'ra, viloyatda mazkur yillar davomida ayollar soni erkaklarnikidan 15679 taga ko'p bo'lgan. Yosh bo'yicha bemorlarning 1% uzoq umr ko'ruvchilar (90 yosh va undan kattalar), 8% qariyalar (75-89 yosh), 43% keksalar (60-74 yoshlilar), 35% o'rta (4559) yoshlilar, 13% (18-44 yoshli) yoshlarni taskil etgan (rasm 1). Uzoq umr ko'ruvchilar guruhida ayollar erkaklarga nisabtan 3 taga ko'p bolgan. Tumanlar kesimida esa Uzundan boshqa barcha tumanlarda erkaklarning soni ayollarga nisbatan ustun bo'lgan.
Rasm 1. Bemorlarning yosh bo'yicha taqsimoti
Tumanlar kesimida mazkur yillar davomida registr anketasi bo'yicha insultlarning qayd etilishi quyidagicha bo'lgan: Angorda 1409 ta, Boysunda 2976 ta, Jarqo'rg'onda 1495 ta, Oltinsoyda 1173, Qiziqiriqda 1139, Sariosiyoda 1378 ta, Termizda 1092 ta, Uzunda 1677 ta, Sherabodda 1100 ta, Sho'rchida 1156 ta, Bandixon 718, Denovda 1282, Qumqo'rg'onda 1467, Muzrabot 1114 (2 rasm).
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Rasm 2. Insultning tumanlarda tarqalishi Bemorlarning 10721 tasida ishemik, 8450 tasida gemorragik va 5 tasida noaniq insult tipi kuzatilgan bo'lib, barcha tumanlarda ishemik insult gemorragik insultga qaraganda ko'p uchragan (rasm 3).
Rasm 3. Insult turi
Scientific Journal Impact Factor
Faqatgina Sariosiyo, Uzun va Sho'rchi tumanlarida noaniq tipdagi insult qayd etilgan bo'lib, tegishli tartibda 3 ta va 1 tadan bemorga to'g'ri kelgan.
Bemorlarning 15476 tasi stasionar davo muolajasini olgan bo'lsa, 3700 tasiga uyida patronaj va ambulator ko'rinishida (asosan Uzun, Boysun, Qiziqirqiq, Jarqo'rg'on tumanlarida) tibbiy yordam ko'rsatilgan va ayniqsa uy sharoitida davolanish pandemiya (2019 yil mart oyidan-2020 yillarga) davriga to'g'ri kelgan. Kasallikdan so'ng 89% (n=17067) bemor hayoti saqlanib qolingan bo'lsa, 11% (n=2109) bemor hayotdan ko'z yumgan. Vafot etganlarning aksar qismi Angor, Sho'rchi, Denov, Qumqo'rg'on, Oltinsoy, Muzrabot, Uzun tumanlariga to'g'ri keladi.
Bemorlarni tashxislashda neyrovizualizasion usullardan 4602 tasida (24%) MSKT, MRT dan foydalanilgan bo'lib, asosan Oltinsoy, Jarqo'rg'on va Termiz tumanlariga tog'ri keladi. Tashxilashning bu usuli Uzun va Sariosiyo tumanlarida umuman qo'llanilmagan.
Bemorlarning 9588 tasida chap yarimshar, 9007 tasida o'ng yarimshar va 581 tasida miya ustuni zararlangan.
Ishemik insultda qon aylanishnig buzilish basseyniga ko'ra, 78 % (n=8362) da karotid, 20% (n=2145) da vertebrobazilyar xavzada buzilgan bo'lib, 2% (n=214) da basseyni noaniq bo'lgan.
Ishemik insultlar xozirda keng qo'llaniladigan TOAST (Adams H.P. et all., 1993) klassifikasiyasiga ko'ra quyidagi patogenetik variantlarga ajratilgan: 37 % (n=3967) aterotrombotik, 32 % (n=3431 ) kardioembolik, 9 % (n=965) lakunar, 10 % (n=1072) gemodinamik, 12 % (1286 ta) gemoreologik podtiplar.
Gemorragik insult o'tkazgan bemorlarning 1903 tasida miya qorinchalariga, 991 tasida subaraxnoidal, 5556 tasida parenximatoz qon quyilishi kuzatilgan.
Anketalarning taxliliga ko'ra, avval ham 10998 ta bemorning anamnezida bir karra, 388 ta bemorda 2 marta, 95 ta bemorda 3 va undan ortiq insult qayd etilgan bo'lib, u yoki bu sabab bilan insult yana qaytalangan. 7695 ta bemorda esa bosh miya qon aylanishining o'tkir buzilishi birinchi marta yuz bergan.
Asosiy xavf omillaridan arterial gipertenziya 90 % (n=17258), chekish 24 % (n=4602), yurak kasalliklari 45 % (n=8629), xilpillovchi aritmiya 22 % (n=4219), miokard infarkti 12 % (n=2301), dislipoproteidemiya 27 % (n=5178), qandli diabet 38 % (n=7287), nasliy moyillik 43 % (n=8246), kamqonlik 61 % (n=11697) ni tashkil etgan (rasm 4).
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Rasm 4. Asosiy xavf omillari
Bundan yurak kasalliklari Sherabodda, chekish Sariosiyo, Uzun, Oltinsoyda, qandli diabet Boysunda, dislipoproteidemiya Uzunda, nasliy moyillik Uzun, Sho'rchi, Angorda, Sariosiyo, Qiziriqda nisbatan ko'proq uchragani xolda, arterial gipertenziya va kamqonlik barcha tumanlarda deyarli bir xil nisbatda qayd etilgan.
XULOSA
Yuqoridagi ma'lumotlarning taxlili shuni ko'rsatdiki, insult 45 yoshdan 74 yoshgacha bo'lgan axoli orasida keng tarqalgan bo'lib, bu ko'rsatkichlar yoshlar orasida oshib bormoqda. Havo og'ir metallar bilan ko'proq ifloslangan tumanlarda insult ko'proq qayd etilgan bo'lib, o'lim soni neyrovizual tashxis usullaridan kam foydalangan yoki umuman foydalanilmagan tumanlarda ko'proq uchragan. Asosiy xavf omillari esa, ovqatlanish rasionida hayvon yog'laridan ko'p foydalanuvchi tuman xududlariga to'gri kelgan. Shuningdek, insultning kechishi va prognozini hamroh kasalliklar (qandli diabet, Covid-19 infeksiyasi, yurak kasalliklari va b.) og'irlashtirgan bo'lib, davolashda ularni inobatga olgan xolda kompleks yondoshish muhimligini ko'rsatadi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, axoli orasida sog'lom turmush tarzi va to'g'ri ovqatlanish tartibini tadbiq qilish, zamonaviy tashxis usullaridan foydalanib, o'z vaqtida davo muolajalarini o'tkazish va ekologik muammolarga jiddiy yondashish kasallikni oldini olish, davolash hamda profilaktika qilishda muhim ahamiyatga egadir.
REFERENCES
1. Скворцова В.И., Евзельман М.А. Ишемический инсульт, Орел-2006
2. Суслина З.А., Пирадов М.А., Инсульт: диагностика, лечение, профилактика, 2009
Scientific Journal Impact Factor
3. Ризаев Ж. А. Вопросы реабилитации в острейшем периоде инсульта: научное издание / Ж. А. Ризаев, Н. К. Хайдаров // Медицинский журнал Узбекистана : научно-практический медицинский журнал / Министерство здравоохранения Республики Узбекистан. - Ташкент: Министерство здравоохранения Республики Узбекистан. - 2019. - N 1. - С 66-71
4. Расулова Х. А. Создание регистра инсульта в Узбекистане [Текст] : тезисы конференции "Актуальные проблемы неврологии", посвященной 90-летию академика Н. М. Маджидова (Ташкент, 14 декабря 2018 г.) / Х. А. Расулова, Ш. Ю. Нишонов // Nevrologiya. - 2018. - N4. - С. 75
5. Гафуров Б.Г., Клинические лекции по неврологии, Ташкент-2016
6. Москвичева М.Г., Белова С.А., Кремлев С.Л., Карпова М.И., Самсонова Н.А., Региональные особенности заболеваемости и смертности от болезни системы кровообращения// журнал Кардиоваскулярная терапия и профилактика, 2016,
7. Dudanov I.P. et. all. Rare causes of ischemic stroke. features of acute stroke in patients with dissection of the great vessels // Research and Practical Medicine Journal. 2019. Vol. 6(1). P. 91-98.
8. Макаров А.О. Клинико-патогенетические особенности, факторы риска повторных инсультов у пациентов пожилого возраста и оптимизация лечебно-реабилитационных мероприятий // дисс. канд. мед. наук. Санкт-Петербург, 2017.
9. Завалий Л.Б., Петриков С.С., Щеголев А.В. Метаболическая терапия при ишемическом инсульте // Журнал им. Н.В. Склифосовского «Неотложная медицинская помощь». 2018, 7(1). С 44-52.
10. Новикова Л. Б., Сайфуллина Э. И. , Скоромец А. А. Церебральный инсульт: нейровизуализация в диагностике и оценке эффективности различных методов лечения. Атлас исследований // - Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2012. - 152 с.
11. Benjamin EJ, Blaha MJ, Chiuve SE, et al. Heart disease and stroke statistics-2017 update: a report from the American Heart Association. Circulation 2017; 135(10). Р.
12. Yang Q, Tong X, Schieb L, et al. Vital signs: recent trends in stroke death rates -United States, 2000-2015. MMWR Morb Mortal Wkly Rep 2017; 66(35). P. 933939.
13. Zimmerman RD. Vascular diseases of the brain In: Yousem DM, Grossman RI, editors. Neuroradiology: the requisites, vol. 3 Philadelphia: Mosby Elsevier; 2010. P.
15 (4).
205 с.
146-603.
104-69.
Scientific Journal Impact Factor
14. Mattle HP, Arnold M, Lindsberg PJ, et al. Basilar artery occlusion. Lancet Neurol 2011;10(11). P. 1002-1014.
15. Mangla R, Kolar B, Almast J, et al. Border zone infarcts: pathophysiologic and imaging characteristics. Radiographics 2011;31(5). P. 1201-1214.
16. Depuydt S, Sarov M, Vandendries C, et al. Significance of acute multiple infarcts in multiple cerebral circulations on initial diffusion weighted imaging in stroke patients. J Neurol Sci 2014;337(1-2). P. 151-155.