Научная статья на тему 'SANOAT MULKINING XALQARO HUQUQIY MUHOFAZASI XALQARO SHARTNOMALAR VA KONVENSIYALAR MISOLIDA'

SANOAT MULKINING XALQARO HUQUQIY MUHOFAZASI XALQARO SHARTNOMALAR VA KONVENSIYALAR MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanoat mulki / ixtiro / foydali model / sanoat namunasi / Parij konvensiyasi / Patent kooperatsiyasi shartnomasi (PCT) / TRIPS.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Karimova Kumushoy Abduraxmon Qizi

Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiruvchi o‘ziga xos ahamiyatga ega intellektual mulk namunasidir. Bugungi kunda sanoat mulki faqatgina jahon bozoridagi eng xaridorgir va zaruriyat kuchli bo‘lgan ashyoga aylanibgina qolmasdan, rivojlangan davlatlarning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida shakllanib, mazkur davlatlarning mehnat bozorida sezilarli ish o‘rinlarini ham yaratib bera oldi.Ushbu maqolada sanoat mulki tushunchasi, uning obyektlarining turlari hamda ularning xalqaro huquqiy muhofaza etish masalalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANOAT MULKINING XALQARO HUQUQIY MUHOFAZASI XALQARO SHARTNOMALAR VA KONVENSIYALAR MISOLIDA»

ARTICLE INFO

SANOAT MULKINING XALQARO HUQUQIY MUHOFAZASI XALQARO SHARTNOMALAR VA KONVENSIYALAR

MISOLIDA.

Karimova Kumushoy Abduraxmon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11526723

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 04- June 2024 yil Nashr qilindi: 08- June 2024 yil

KEYWORDS

sanoat mulki, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, Parij

konvensiyasi, kooperatsiyasi (PCT), TRIPS.

Patent shartnomasi

Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiruvchi o'ziga xos ahamiyatga ega intellektual mulk namunasidir. Bugungi kunda sanoat mulki faqatgina jahon bozoridagi eng xaridorgir va zaruriyat kuchli bo'lgan ashyoga aylanibgina qolmasdan, rivojlangan davlatlarning iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omilsifatida shakllanib, mazkur davlatlarning mehnat bozorida sezilarli ish o'rinlarini hamyaratib bera oldi. Ushbu maqolada sanoat mulki tushunchasi, uning obyektlarining turlari hamda ularning xalqaro huquqiy muhofaza etish masalalari tahlil etilgan.

Bugungi kunda sanoat mulki jahon bozorida o'zining qiymatli o'rinini to'liq egallay oldi. Dunyoning ko'pgina davlatlarida sanoat mulkining obyektlariga talab kundan kunga oshib bormoqda. Sanoat mulki nafaqat dunyo bozorini egallabgina qolmasdan, mamlakatlar iqtisodiyoti hamda ularning mehnat bozorlariga ham sezilarli darajada o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Jumladan, Amerika Qo'shma Shtatlarida sanoat mulkinining yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 38,2%ini, mehnat bozorida esa 27,7%ini1, Yevropa mamlakatlarining yalpi ichki mahsulotining 42,3%ini, mehnat bozorida esa 27,8% ni tashkil etadi 2. Bundan kelib chiqib, sanoat mulkining xalqaro doirada muhofazasi ham dolzarb masalaga aylana oldi deya olamiz. Sanoat mulkining xalqaro himoya etilishini nazarda tutuvchi ko'pgina davlatlar tomonidan xalqaro konvensiyalar va xalqaro shartnomalar imzolandi. Sanoat mulkini muhofazasi bo'yicha Parij konvensiyasi, Patent kooperatsiyasi shartnomasi, TRIPS bular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari, ko'pgina davlatlar tomonidan imzolangan ikki tomonlama va boshqa turdagi shartnomalar mavjud bo'lib, asosan yuqorida ko'rsatilgan xalqaro konvensiya va shartnomalar xalqaro huquqda qo'llaniladi. ASOSIY QISM

1 https://crigroup.com/intellectual-property-what-do-the-statistics-indicate/

2 Intellectual property rights intensive industries and economic performance in the European Union Industry-Level Analysis Report, October 2016 Second edition A joint project between the European Patent Office and the European Union Intellectual Property Office, p.156

Sanoat mulki tushunchasiga ta'rif berib o'tadigan bo'lsak, milliy qonunchiligimizga ko'ra sanoat mulki deyilganda, ixtiro, foydali model va sanoat namunasi kabi intellektual mulk obyektlarini o'z ichiga oluvchi intellektual mulk huquqining bir instituti tushuniladi. Sanoat mulki tushunchasi "sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij Konvensiyasiga ko'ra esa bir muncha keng ta'rif berilgan bo'lib, bunga ko'ra sanoat mulki sifatida ixtiro, foydali modellar, sanoat namunasi bilan bir qatorda, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, firma nomi, tovar kelib chiqqan joy nomi kabi indivuduallashtirish vositalari hamda g'irrom raqobat ham e'tirof etiladi. Milliy qonunchiligimizda mazkur individuallashtirish vositalarining hamda g'irrom raqobatning himoyasi bo'yicha alohida qonun hujjatlarimiz mavjud bo'lib, ularning har biri alohida institut sifatida shakllangan. Yana shuningdek, ma'lumot sifatida shuni aytib o'tishimiz o'rinliki, sanoat namunasi Belgiya davlatida mualliflik huquqi obyekti sifatida qaraladi hamda sanoat namunasining himoyasi mualliflik huquqi bilan qo'riqlanadi. Ko'pgina davlatlarda ixtiro va foydali modellar patent huquqi bilan himoya qilinib, bunday huquqiy munosabatlarda patent huquqi normalari qo'llaniladi.

Mualliflik huquqida asarlarning yaratilish fakti uning huquqiy himoya qilinishi uchun asos bo'lsa, sanoat mulki huquqida esa sanoat mulki obyektlarining patentlanganligi uning huquqiy muhofazasiga kafolat beradi. Sanoat mulkining patentlanishi uchun uning har bitta tarkibiy qismi uchun alohida qoidalar mavjud bo'lib, aynan shularga javob bera olsagina patentlantirish jarayoni amalga oshirilishi mumkin bo'ladi. Bunday qoidalar orqali sanoat mulki obyektlarining patentga layoqatlilik darajasi tekshiriladi. Sanoat mulkining ixtiro shaklidagi obyektiga nisbatan bunday qoidalar qo'llanilganda, avvalambor ixtironing yangiligi, ya'ni bu kabi ixtirolar oldin kashf etilmaganligi yoki kashf etilgan bo'lsa ham amaliyotda undan foydalanib bo'lmagan bo'lishi kerak. Uning ikkinchi sharti esa ixtirolik darajasiga egaligi, ya'ni texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma'lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, u ixtirolik darajasiga ega deb topiladi. Uchinchi sharti ixtironi sanoatda qo'llay bilish, ya'ni sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalana olish imkoni bo'lishi lozim. Foydali model esa ixtiroga qo'yilgan talablardan ikkitasi ixtirolik darajasiga egaligi hamda sanoatda qo'llashga javob bersa, u huquqiy muhofaza etilishi mumkin, ya'ni patentlantirilishi orqali muhofaza etiladi. Sanoat namunasiga esa biroz boshqacharoq talablar qo'yilgan bo'lib, ularning yangi va orginal deb e'tirof etilishi, ya'ni uning muhim belgilari majmui talabnoma topshirilgan kunga qadar bunday ma'lumotlar oshkor etilmagan bo'lishi hamda yaratilgan obyektning xususiyatlariga ijodiy yondashilgan bo'lishi kerak bo'ladi. Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga nisbatan talabnoma topshirilganidan keyin milliy qonunchiligimizga ko'ra 6 oy vaqtinchalik muhofaza berilishi belgilangan. Mazkur sanoat mulki obyektlaridan ixtiroga 20 yil, foydali modelga 15 yil, sanoat namunasiga 5 yil patent berilgandan so'ng doimiy muhofaza beriladi hamda zarur hollarda, qo'shimcha ixtiro va foydali modelga 5 yil, sanoat namunasiga esa 3 yil doimiy muhofaza qo'shib berilishi mumkin.

3

Parij Konvensiyaga ko'ra sanoat mulki obyektlariga vaqtinchalik muhofaza muddati barcha a'zo davlatlar hududida 12 oyni tashkil etadi. Mazkur konvensiya sanoat mulki obyektlari jahonning keng doirasida bir vaqtning o'zida bir nechta davlatlarda muhofaza etilishiga imkoniyat yaratib berishi bilan bir qatorda mazkur obyeklart mualliflari hamda

3 https://lex.uz/docs/-76671

huquq egalariga patent ustuvorligi belgilangan mamlakat tomonidan ularning huquqlari maksimal himoya qilinishi, ya'ni ularga nisbatan davlat siyosatining milliy rejim qoidalari qo'llanilishini ilgari suradi. Bunda patent oluvchi shaxslar xorijiy davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslari bo'lsa ham ular mahalliy aholi bilan teng huquqlarga ega bo'lishi nazarda tutilmoqda. Jumladan, sanoat mulki obyektlarining muhofaza ta'minoti qachonki u patentlashtirilganda taqdim etilishi ma'lum ekan, uning qamrovi qanchalik keng bo'lsa, uning himoyasi ham shunchalik ko'proq bo'ladi, ya'ni sanoat mulki obyektlarining himoyasini nazarda tutuvchi patentga nisbatan xalqaro talabnomani o'z ichiga oluvchi davlatlar doirasining keng bo'lishi, sanoat mulki obyektlarining aynan o'sha davlatlarda himoya etilishini ta'minlab bera oladi. Bu borada xalqaro huquqda sanoat mulki obyektlari ixtiro va foydali modellarining patentlari bo'yicha qoidalarini nazarda tutuvchi Patent kooperatsiyasi shartnomasi mavjud. Mazkur shartnomaga jahonning 150dan ortiq davlatlari a'zo bo'lib, bu shartnomaga ko'ra sanoat mulki obyektlariga nisbatan "xalqaro" patentga talabnoma berish orqali bir paytning o'zida unga a'zo barcha davlatlar hududida patentning muhofaza etilish imkoniyati paydo bo'ladi. Bunday talabnoma berish huquqi shartnomaga a'zo davlatlar fuqarolari hamda ularning rezidentlariga nisbatan taqdim etiladi.4 PCTning ahamiyatli jihati shuki, butun jahon doirasida talabnoma beruvchilar, patent idoralari hamda keng jamoatchilik uchun bir qancha yengiliklar yaratib, ularga bir qator imkoniyatlar taqdim eta oldi desak, yanglishmaymiz. Quyida uning afzalliklari keltirilgan:

Talabnoma beruvchi shaxslar PCT qoidalari bo'yicha qo'llagan holda sanoat mulki obyektining muhofazasi ko'zda tutilgan xorijiy davlatning qanchalik maqsadga muvofiqligi, patent olinishi rejalashtirilgan chet el davlatining har birida mahalliy patent vakillarini tayinlash, zarur bo'lgan hollarda tarjima loyihalarini tayyorlash hamda milliy bojlarni to'lash masalalari amalga oshirilmagan bo'lsa, mazkur talabnomaga 18 oygacha bo'lgan muddatda vaqtincha muhofaza davri qilib belgilanishi mumkin bo'ladi. PCT qoidalariga muvofiq qo'yilgan rasmiy talablarga javob beradigan talabnomalar milliy doiradagi vakolatli idoralar tomonidan alohida vajlar asosida rad qilinishi mumkin emasligini ilgari suradi.

S PCT bo'yicha belgilangan qoidalarga ko'ra talabnoma beruvchi shaxslar o'zlari yaratgan sanoat mulki obyektining patentga layoqatlilik darajasini aniqlab olish imkoniyati mavjud.

S Talabnoma berilgandan so'ng unga tuzatishlar kiritish maqsadida talabnoma beruvchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda xalqaro dastlabki ekspertiza tayinlanishi va uning natijasida turli doiradagi mintaqaviy va mahalliy patent idoralari tomonidan olib boriladigan qayta ishlashlardan undagi kamchiliklar va xatoliklarni bartaraf etish uchun yo'l ochib beradi.

S Xalqaro miqyosdagi qidiruv bo'yicha hisobot hamda mahalliy idoralarga xalqaro talabnoma bilan birgalikda yuborilishi lozim bo'lgan yozma xulosa natijasida milliy doirada patent idoralari tomonidan olib boriladigan ekspertiza va qidiruv ishlari qisqartirilishi mumkin bo'ladi.

Shu jumladan, sanoat mulki obyektlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro doirada qo'llaniladigan shartnomalardan biri TRIPS (Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog'liq jihatlari bo'yicha shartnoma(kelishuv)) shartnomasi hisoblanadi. Mazkur shartnomaga

4 https://www.wipo.int/pct/en/

muvofiq sanoat namunalari hamda patentlarning huquqiy himoyasiga to'xtalib o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunga ko'ra muhofaza qilinadigan sanoat namunasining egasi tijoriy maqsadlarda uchinchi shaxslar tomonidan uning roziligisz himoyalangan sanoat namunasining dizayniga ega bo'lgan yoxud o'zida aynan shu sanoat namunasining nusxasini mujassamlashtirgan buyumlarni ishlab chiqarish, sotish yoki import qilishiga to'sqinlik ko'rsatish huquqiga ega. Mazkur shartnomaga a'zo davlatlar doirasida sanoat namunasining himoyasiga cheklangan istisnolar taqdim etishi mumkin, agarda mazkur istisnolar himoyalangan sanoat namunalarining normal eksplatuatsiyasiga asossiz zid kelmasa hamda uchinchi shaxslar qonuniy manfaatlarini hisobga olgan holda himoyalangan sanoat namunasi egasining qonuniy manfaatlarini asossiz zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan taqdirda. Sanoat namunasininng muhofaza miqdorida shartnomaga muvofiq kamida 10 yil etib belgilanishi kiritilgan.

Ushbu shartnoma doirasida patent huquqini tahlil qiladigan bo'lsak, bunga ko'ra patent egasiga bir qancha eksklyuziv huquqlar taqdim etiladi va ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

1. Patent mavzusi mahsulot bo'lsa, patent egasi uchinchi shaxslar uning roziligini olmasdan aynan shu mahsulotni tayyorlash, undan foydalanish, sotuvga taklif qilish, sotish va shu maqsadlarda aynan o'sha mahsulotni import qilishini oldini olishi mumkin bo'ladi.

2. Patent mavzusi jarayon bo'lsa, patent egasining ruxsatisiz uchinchi shaxslarning jarayondan foydalanishi, sotuvga taklif qilishi, sotish va shu maqsadlarda import qilishi kamida bitta mahsulot bevosita aynan shu jarayon natijasida olingan hollarda bunga patent egasining to'sqinlik qilish imkoniyatiga egadir.

3. Patent egalari patentni meros sifatida o'tkazishi yoxud litsenziya shartnomasi asosida berishi mumkin5.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni ayta olamizki, sanoat mulki obyektlarining muhofazasi tayinlanishi uchun ularning patentga layoqatlilik darajasi yetarli darajada talabga javob bera olishi, xususan, ixtironing yangligi, uning ilgari texnika taraqqiyotida darajasida ma'lum bo'lmaganligi hamda sanoatda uni qo'llay bilish imkonining mavjudligi, foydali modelning esa sanoatda qo'llay olish bilan bir qatorda ixtiro darajasiga egaligi, sanoat namunasining esa yangiligi va orginalligi talabnoma beruvchiga uning yaratgan sanoat mulki obyektiga patent olish imkoniyatiga bir qadam yaqinlashtirsa, aynan shunday turdagi sanoat mulki obyektlariga nisbatan undan ilgari bunday talabnoma topshirilmaganligi patentlashtirish imkoniyatini yaratib bera oldi. Shu jumladan, sanoat mulki obyektlarini yuqorida keltirilgan asoslarga to'liq mos kelgan holda ularga milliy qonunchiligimizga ko'ra 6 oy, Parij konvensiyasiga ko'ra 12 oy, PCT bo'yicha uning nazarda tutilgan qoidalariga amal qilinmagan holda talabnoma topshirilganda esa 18 oy vaqtinchalik muhofaza davri taqdim etiladi. Mazkur muddat mobaynida talabnoma beruvchi shaxsning ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga nisbatan mualliflik huquqlari to'liq himoya qilinadi. Ixtiro, foydali model va sanoat namunasi patentlashtirilganidan keyin ularga nisbatan muayyan muddatdagi doimiy muhofaza davrida ham uning mualliflari hamda huquq egalarining huquqlari to'liq muhofaza qilinsa, mazkur

5 worldtradelaw.net

muddat tugagandan keyin bunday muhofaza amalga oshirilishi tugatiladi. Ahamiyatli jihati, mualliflik huquqi obyektlarida mualliflik huquqi himoya qilinishi uchun yaratilish faktining o'zi yetarli bo'lsa, sanoat mulki obyektlarining patentlantirilishi ularga bunday huquqlarni taqdim qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Intellektual mulk. Darslik. Mas'ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d.(PhD), dotsent N.E.Gafurova // Mualliflar jamoasi.-T.: TDYU nashriyoti, 2019. - 588 bet.

2. Intellectual property rights intensive industries and economic performance in the European Union Industry-Level Analysis Report, October 2016 Second edition A joint project between the European Patent Office and the European Union Intellectual Property Office, p.156

3. https://crigroup.com/intellectual-property-what-do-the-statistics- indicate/

4. library-tsul.uz

5. https://www.wipo.int/pct/en/

6. www.lex.uz

7. worldtradelaw.net

8. https://lawcommission.gov.np/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.