Научная статья на тему 'SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTININING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI: XORIJ TAJRIBASI VA AMALIYOTI'

SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTININING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI: XORIJ TAJRIBASI VA AMALIYOTI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
77
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’muriy mexanizmlar / moliyaviy mexanizmlar / sanoat mahsulotlari eksporti / tashkiliy mexanizmlar / iqtisodiy mexanizmlar / huquqiy mexanizmlar / administrative mechanisms / financial mechanisms / export of industrial products / organizational mechanisms / economic mechanisms / legal mechanisms.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ilyosov, Asrorjon Akhrorjon Ugli

Maqolada sanoat mahsulotlari eksportining etakchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar amaliy tajribalari tadqiq qilingan. Tadqiqot va tahlillar asosida xorij tajribasi qiyosiy tavsiflangan hamda mamlakatimizda ushbu tajribadan foydalanish yuzasidan ayrim taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF EXPORT OF INDUSTRIAL PRODUCTS: FOREIGN EXPERIENCE AND PRACTICE

The article examines the practical experiences of the leading developed and developing countries in the export of industrial products. On the basis of research and analysis, foreign experience has been comparatively described and some suggestions and recommendations have been put forward regarding the use of this experience in our country.

Текст научной работы на тему «SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTININING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI: XORIJ TAJRIBASI VA AMALIYOTI»

Ilyosov, Asrorjon Akhrorjon ugli

PhD

Ferghana Polytechnic Institute E-mail: i. asror@ferpi. uz

ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF EXPORT OF INDUSTRIAL PRODUCTS: FOREIGN EXPERIENCE AND PRACTICE

Abstract. The article examines the practical experiences of the leading developed and developing countries in the export of industrial products. On the basis of research and analysis, foreign experience has been comparatively described and some suggestions and recommendations have been put forward regarding the use of this experience in our country.

Keywords: administrative mechanisms, financial mechanisms, export of industrial products, organizational mechanisms, economic mechanisms, legal mechanisms.

Ilyosov Asrorjon Axrorjon o'g'li

PhD

Farg'onapolitexnika instituti, E-mail: i.asror@ferpi.uz

SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTININING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI: XORIJ TAJRIBASI VA AMALIYOTI

Annotatsiya. Maqolada sanoat mahsulotlari eksportining etakchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar amaliy tajribalari tadqiq qilingan. Tadqiqot va tahlillar asosida xorij tajribasi qiyosiy tavsiflangan hamda mamlakatimizda ushbu tajribadan foydalanish yuzasidan ayrim taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: ma'muriy mexanizmlar, moliyaviy mexanizmlar, sanoat mahsulotlari eksporti, tashkiliy mexanizmlar, iqtisodiy mexanizmlar, huquqiy mexanizmlar.

Илёсов, Асроржон Ахроржон угли

PhD

Ферганский политехнический институт,

e-mail: i. asror@ferpi. uz

© ®

84

T. 3 №4

ЭЛР 2023:5.971

ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ ЭКСПОРТА ПРОМЫШЛЕННОЙ ПРОДУКЦИИ: ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ И ПРАКТИКА

Аннотация. В статье рассматривается практический опыт ведущих развитых и развивающихся стран по экспорту промышленной продукции. На основе исследований и анализа сравнительно описан зарубежный опыт и выдвинуты некоторые предложения и рекомендации по использованию этого опыта в нашей стране.

Ключевые слова: административные механизмы, финансовые механизмы, экспорт промышленной продукции, организационные механизмы, экономические механизмы, правовые механизмы.

Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.8088528

UDC 338.351

DOI 10.5281/zenodo.B0BB528

Kirish

Jahon xo'jaligidagi degloballashuv jarayonlari va Pandemik inqiroz sharoitida tovarlar eksportining o'sishi jahon yalpi ichki mahsuloti o'sishiga nisbatan ortda qolgan bo'lsa post pandemiya, ya'ni pandemiyadan keying tiklanish davrida xalqaro savdo yana o'sish tendensiyasini qayd etdi. Xalqaro savdoni yanada rivojlantirish, ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlik bilan bog'liq omillar sanoat mahsulotlari eksportining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishish zarurati yuzaga kelmoqda. Jahon savdo tashkiloti (JST) ma'lumotlariga ko'ra, «jahon tovarlar savdosi 2020 yil 5,3 foizga, 2019 yilda esa 3,0 foizga kamayib, 2018 yildagi 2,9 foiz o'sishdan sezilarli darajada past natija qayd etgan bo'lsa, 2021 yilda 9,7 foizlik o'sdi»18. «Bizning so'nggi prognozlarimiz keskin, uzoq muddatli sekinlashuvni ko'rsatmoqda, global o'sish olti oy oldin kutilgan 3,0 foizdan 2023 yilda 1,7 foizgacha pasaygan Jami tovarlar savdosining sustlashganligi, asosan, sanoat mahsulotlari eksportining pasayishi hisobiga yuz bermoqda19». Sanoat mahsulotlari tovarlar eksportining asosiy qismini tashkil etadi. SHuning uchun jahon tovarlar savdosini rivojlantirishda sanoat mahsulotlari eksportining o'sishi ustuvorlikka ega bo'lib, bu esa sohada tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishni talab etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Ilyosov A. (2020) raqamli iqtisodiyotda raqamli ishlab chiqarish va sanoat mahsulotlarini eksport qilishdagi ayrim muammolarga e'tibor qaratilgan [1].

Kurpayanidi K., Ilyosov A. (2020) mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish kontekstida raqamli texnologiyalardan sanoatda foydalanish muammolarini o'rgandilar [2].

Kurpayanidi K. va boshqalar. (2020) O'zbekistonda raqobatbardosh milliy innovatsion tizimni shakllantirish masalasi tahlil qilingan [3].

18 https ://www.developmentaid. org/api/frontend/cms/file/2022/12/wtsr_2022_e.pdf

19 https://openknowledge.worldbank.org/server/api/core/bitstreams/254aba87-dfeb-5b5c-b00a-727d04ade275/content

@ ®

85

T. 3 №4

ISJIF 2023:5.971

Ilyosov A. (2022) sanoat mahsulotlari eksportining rivojlanish tendensiyalari o'rganilgan [4].

Abdullayev, A. M., & Kurpayanidi, K. I. (2020) sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv metodoligiyasi va mexanizmlari tadqiq qilingan [5].

Ilyosov, A. (2021). etc. (2021). Sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirishda klasterli yondashuvga asoslangan mexanizmlardan foydalanish istiqbollari o'rganilgan [6].

Ilyosov, A. А. (2020). Sanoat mahsulotlari eksportining mamlakat va hududiy darajadagi tahlili asosida ayrim amaliy takliflar ishlab chiqilgan [7].

Ilyosov, Asrorjon Axrorjon o'g'li (2022). Sanoat mahsulotlari eksporti hududiy tahlil qilingan, omillar va eksportdagi tendentsiyalar o'rganilgan [8].

Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Pandemiya davrida jahon va hududiy sanoat mahsulotlari eksportiga ta'sir qiluvchi omillar tadqiq qilingan [9].

Курпаяниди, K. И., & Илёсов, A. A. (2022). Tadqiqot ishida sanoat mahsulot lari eksportining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari o'rganilgan [10].

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda tizimli tahlil, sintez, statistik guruhlash, ekspert baholari va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar

Fikrimizcha, murakkab texnologiyali, kapital sig'imli va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda eksportni davlat tomonidan kafolat-sug'urta va kredit kafolati ostida qo'llab-quvvatlash muhim rolb o'ynaydi. Amalda, bunday qo'llab-quvvatlashga ega bo'lgan turli tender va tanlovlarning ishtirokchilari yanada imtiyozli shartlardagi moliyalashtirishga ega bo'lishlari mumkin, bu esa o'z navbatida muvaffaqiyatga erishish uchun ko'proq imkoniyat yaratadi.

Eksportyor-korxonalarga yordam berishning bir qator vositalari va mexanizmlarini o'z ichiga olgan tashkiliy mexanizmlardan eksportni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning eng asosiy elementlaridan biri sifatida samarali foydalanib kelinmoqda.

Tadqiqotlar asosida o'rganilgan rivojlangan mamlakatlarda eksportni qo'llab-quvvatlashning quyidagi tashkiliy vositalari mavjud:

- axborot-maslahat yordami (bozor va marketing tadqiqotlari, yuridik maslahatlar berish va hk);

o'quv va maxsus axborot-ta'lim tadbirlari (seminarlar, vebinarlar va

boshqalar);

- reklama, ko'rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish, xorijiy sheriklar bilan biznes aloqalari va hamkorlik aloqalarini o'rnatishga ko'maklashish;

- «savdo-siyosiy qo'llab-quvvatlash (JST vositalaridan, erkin savdo bo'yicha mintaqaviy va ikki tomonlama kelishuvlardan samarali foydalanishni ta'minlash orqali tashqi bozorlarga kirish imkoniyatlarini yaxshilash, kamsituvchi cheklovlarni bartaraf etish);

- siyosiy-diplomatik qo'llab-quvvatlash (davlat tashriflari, lobbizm, investitsiya loyihalari va eksport bitimlarini qo'llab-quvvatlash, ijobiy biznes imidjini ilgari surish);

BS

T. 3 №4

- haddan tashqari ma'muriy to'siqlarni olib tashlash»20. Rivojlangan mamlakatlarda eksportni zamonaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmi davlat va nodavlat institutlar, shu jumladan, ixtisoslashgan vazirliklar va idoralar, ixtisoslashgan muassasalar va eksport markazlari, moliyaviy institutlar, mintaqaviy va xorijiy hodimlarning o'zaro hamkorligiga asoslanadi. Fikrimizcha, ushbu mamlakatlar orttirgan boy amaliy tajriba jahon xo'jaligida globallashuv jarayonlari shiddat bilan chuqurlashib borayotgan bir davrda har bir rivojlanayotgan mamlakat uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi (1-jadval). 1-jadval

Rivojlangan mamlakatlarda eksportni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarining

№ Mexaniz mlar AQSH Buyuk Britaniya Germani ya Yaponiya Janubiy Koreya

1 2 3 4 5 6 7

1. Huquqiy Qonunlar va maxsus komissiya nazorati Qonun va qonunosti hujjatlar Qonunlar va federal nazorati Qonun va maxsus me'yoriy huquqiy hujjatlar Qonunlar va davlat nazorati

Vazirlik, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyo t va energetik a vazirligi Vazirlik,

2. Tashkiliy davlat va nodavlat Agentlik, vazirlik kengash va turli Davlat agentligi

tashkilotlar dasturlar

3. Moliyaviy Eksimbank Eksport kreditlarini kafolatlash departamenti xususiy banklar konsortsi umi AKA va KFW davlat Yaponiya xalqaro hamkorlik davlat banki Koreya savdo-investitsiya rivojlanish agentligi

bank

guruhi

4. Ma'muriy Markazlash-gan va xususiy tizim Markazlashgan davlat boshqaruvi Federal, mintaqavi y darajada Markazlash gan davlat boshqaruvi Markaziy va mintaqaviy

5. Iqtisodiy konsalting, moliyaviy vositalar va individual marketing strategiyalari-ni ishlab chiqish axborot-maslahat, marketing, reklama xizmatlari, shuningdek, siyosiy- diplomatik qo'llab- Marketin g, transport subsidiya -lari, maslahat konsalting va reklama xizmatlari, lobbizm logistik qo'llab-quvvatlash, imidj va brendni targ'ib qilish

20 H-ecoB A. CaHoaT Ma^cy-oraapH экспортннннг TamKH-HH-H^THcogHH MexaHH3M-apH: xopH^HH Ta^pHÖa Ba TaK-H(-ap // H^rHgop-H Ta-aöa-ap, MarHcrpaHT-ap, goKTopam—ap Ba MycraRH- H3-aHyBHH-ap Pecnyö-HKa online H^MHH-aMa^HH aH^yMaHH. ®aproHa. 24-25 anpe-b, 2020.

21 Mya-i-iH(|) tomohhj;ih Hm-aö HH^H-raH.

87

T. 3 №4

quvvatlash, maxsus dasturlar

6. Hududiy Eksportga ko'maklashis h markazlari, Kichik biznes administra- tsiyasining markazlari Markaziy hukumat boshqaruvidagi hududiy bo'linmalar Hududiy savdo-sanoat palatalari Yaponiya tashqi savdosiga ko'maklash ish tashkiloti va uning bo'linmalar i Davlat agentligi-ning vakolat-xonalari

7. Axborot va internet resurslari export.gov, business.USA .gov exportingisgreat.g ov.uk ixpos.de ietro.go.ip/ en/ http://english.kotra .or.kr

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, yetakchi rivojlangan mamlakatlarda sanoat mahsulotlari eksportini qo'llab-quvvatlashning xilma-xil mexanizmlari qo'llanib kelinmoqda. Ushbu mexanizmlarning aksariyati davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga asoslangan bo'lib, milliy amaliyotda xorijiy eksport markazlari, mahalliy brendlarni targ'ib qilish, turli sug'urta mahsulotlari taqdim etish, mintaqaviy darajada sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish kabilarni joriy etish va samarali qo'llash mumkin. 2 - jadval.

Eksport faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari

Boshqaruv uslublari Eksport siyosatini amalga oshirish vositalari Amalda mavjudligi

Tashkiliy-iqtisodiy Tariflar orqali Bojxona boji Nol stavkada

Notarif Miqdoriy cheklashlar Kvotalash, litsenziyalash Ayrim mahsulot va faoliyat turlari uchun

Yashirin Ko'ngilli eksport cheklashlari Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan o'z milliy mahsulotlarini chet elga olib chiqishda importyor tazyiqi ostida eksportni

Moliyaviy • Subsidiyalar • Eksport kreditlari • Antidemping Mavjud Mavjud Mavjud

Tashkiliy-huquqiy Eksportga ko'maklashuvchi milliy tashkilotlar tizimini yaratish Milliy mahsulotlarni chet elda ilgari surish va yangi bozorlarni qidirib topish "O'ztreyd" AJ tashqi savdo kompaniyasi

Eksport faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish Mavjudlarini hozirgi zamon talabiga moslashtirish, zaruriy bo'lganlarini qabul qilish va amaliyotga kiritish Qonun, farmon, qaror va boshqa qonun osti hujjatlari

@ ©

88

T. 3 №4

Eksportyorlar uchun yuridik va axborot-maslahat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish Yuridik, axborot-maslahat va marketing xizmatlarini ko'rsatish Eksportni rag'batlantirish agentliklari

SHu bilan birga, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:

- Eksportni rivojlantirish agentliklari va Eksport markazlarini tashkil qilish;

- Eksportni sug'urtalash tizimi va eksport kredit agentliklari faoliyatini rivojlantirish;

- eksport geografiyasini yanada kengaytirish. Masalan, Hindiston aholi soni bo'yicha ikkinchi o'rindagi mamlakat sifatida bozori ancha katta. Navbatdagi mo'ljal Yaponiya va Janubiy Koreya hisoblanadi. Janubiy Koreya biz uchun strategik savdo hamkori hisoblansada, biz uchun salbiy saldo saqlanib qolmoqda. Yaponiya yiliga salkam 600 milliard dollarlik mahsulot import qiluvchi gigant bozor bo'lib, yapon bozori qoidalarini yaxshi o'zlashtirish zarur.

Eksport faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, boshqarishning uslub va vositalarining tadbiq qilish sohalari, ular orasidagi o'zaro bog'liqlik va aloqadorlilik 2-jadvalda keltirilgan.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, eksportni qo'llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ichida bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Xulosa va takliflar

Rivojlangan davlatlar tajribasi ko'rsatmoqdagi eksport faoliyatini davlat tomonidan samarali qo'llab-quvvatlar vositalarini ishga solibgina xorij bozorida raqobatbardosh mahsulot yetkazib beruvchi mamlakatlar qatoridan joy egallash mumkin. Ushbu vositalar davlat tomonidan qo'llaniladigan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Eksport faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida quyidagilarni taklif qilish mumkin:

• sanoat mahsulotlari sifatini oshirish orqali Yevropa Ittifoqi (CE, GSP+) va jahon standartlari talablariga moslashish, xalqaro sertifikat va litsenziyalar, shu jumladan, Global GAP, ISO va boshqa hujjatlarni olishga ko'maklashish;

• jahon bozoridagi konyunkturaviy tebranishlarni o'z vaqtida baholash, xorijiy mamlakatlarning milliy mahsulot va xizmatlarimizga bo'lgan talabini o'rganish orqali tadbirkorlar uchun horijiy hamkorlar topish va eksport shartnomalarini imzolashga ko'maklashish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• hududlarda muntazam ravishda korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish hamda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuvlarni tashkillashtirish;

• sanoat tarmog'ida tovar va narx siyosatini takomillashtirish yo'nalishi va mahsulot savdosini rag'batlantirish tizimlarini taklif etish;

• sanoat mahsulotlari eksporti samaradorligining oshishini ta'minlovchi muhim ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqotlarni amalga oshirish lozim.

@ ©

89

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ilyosov, А. (2020). Some problems in digital production and export of industrial products in the digital economy// Economics and finance. 2020. №3. 175-182 p. ISSN 2010-9997

2. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 113-117.

3. Kurpayanidi, K. et al. (2020). The issue of a competitive national innovative system formation in Uzbekistan. E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2020. - Т. 159. - С. 04024. DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904024

4. Ilyosov, A.A. (2022). Sanoat mahsulotlari eksporti: hududiy tahlil, omillar va eksportdagi tendentsiyalar (Farg'ona viloyati misolida). Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (1), 31-39. Doi: https://dx. doi. org/10.5281/zenodo. 6089956

5. Abdullayev, A. M., & ets. (2020) Analysis of industrial enterprise management systems: essence, methodology and problems. Journal of Critical Reviews, 7 (14), 12541260. https://dx. doi. org/10.17605/OSF.IO/E6JFS.

6. Ilyosov, A. (2021). Prospects for the use of mechanisms based on the cluster approach in the development of exports of industrial products. Electronic journal of actual problems of modern science, education and training, 67-78.

7. Ilyosov, A. А. (2020). Industrial and regional analysis of industrial production and export in Uzbekistan. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 5(10), 173-179.

8. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Koronavirus pandemiyasining jahon va hududiy sanoat mahsulotlari eksportiga ta'siri: muammo va takliflar. "Yangi O'zbekiston iqtisodiyotining makroiqtisodiy barqarorligini taminlash: muammolar, tahlillar va natijalar" mavzusida Respublika miqyosida onlayn, ilmiy masofaviy konferentsiya materiallari.

9. Курпаяниди, K. И., & Илёсов, A. A. (2022). Саноат мах,сулотлари экспортининг ташкилий-иктисодий механизмларини такомиллаштириш ^apFOHa вилояти саноат тармоFи мисолида)// Монография. Al-Ferganus, 2022. ISBN 9789943-7707-5-1. - DOI: https: dm.org/10.5281/zenodo.6618980

10. Kurpayanidi, K. I. Institutional conditions for the development of entrepreneurship in the context of the transformation of the national economy / K. I. Kurpayanidi // Scientific and analytical journal Science and Practice of the Plekhanov Russian University of Economics. - 2022. - Vol. 14, No. 4(48). - P. 103-116. - EDN CHNDOE.

11. Kurpayanidi, K. Entrepreneurship in the context of institutional transformation of the economy / K. Kurpayanidi. - Fergana: ООО Al-Ferganus, 2022. - 220 p. - ISBN 9789943-8579-6-4. - DOI 10.5281/zenodo. 7488914.

12. Margianti, E.S., and ets. (2022). Development of the business sector of the economy in the context of institutional transformation Jakarta, Gunadarma Publisher, Indonesia, 2022. ISBN: 978-602-0764-47-4, 205 p. Doi: https://dx. doi. org/10.5281/zenodo. 6658834

cc

®

90

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.