Yo 'ldasheva M.A.
Farg'ona politexnika instituti talabasi
SANOAT CHIQINDILARI VA ULARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Mazkur maqola, bugungi kunda butun dunyo aholisi uchun global muammo bo'lib kelayotgan sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash haqida. Sanoat chiqindilaridan samarali foydalanish energiya tejamkorlik va iqtisodiy samaradorlikka asos bo'ladi va buning natijasida tabiiy resurslarni tejash imkoni paydo bo 'ladi.
Kalit so'zlar: korxona, sanoat chiqindilari, energiya, tabiiy resurslar, atmosfera, ishlab chiqarish, qurilish materiallari.
Yo'ldasheva M.A.
student
Fergana Polytechnic Institute INDUSTRIAL WASTE AND THEIR USE
Annotation. This article is about industrial waste and their recycling, which is now a global problem for the population of the world. The efficient use of industrial waste is the basis for energy efficiency and economic efficiency, resulting in the possibility of saving natural resources.
Keywords: Enterprises, industrial waste, energy, natural resources, atmosphere, production, construction materials.
Bugungi kunda turli xildagi chiqindilar dunyo miqyosidagi asosiy ekologik muammo bo'lib kelmoqda. O'rganilayotgan ilmiy-tadqiqot tahlillariga ko'ra, oxirgi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorllikka salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Tahlil natijalariga ko'ra, bugungi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi ro'yxatga kiritilgan. Shuningdek, chiqindilarning hajmi har yili o'rtacha hisobda 3% ga oshib bormoqda. Ko'pchilikka ma'lumki, ko'p yillar davomida chiqindilarni noto'g'ri boshqarish natijasida tabiiy resurslar o'zgarishi va tabiat hodisalarining buzilishiga sabab bo'lgan. Hosil bo'layotgan chiqindilarning80% ini organik moddalar tashkil etadi va ularni qayta ishlash natijasida biz katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarishimiz mumkin. Xom ashyo materiallaridan kompleks foydalanilganida sanoat chiqindilari yoki tashlandiq keraksiz mahsulotlar boshqa bir sanoat ishlab chiqarishiga xom ashyo bulishi mumkin. SHunga o'xshash, xom ashyolardan foylalanilganda xozirgi davr xalq xo'jaligining rivojlanish talablariga mantiqan to'g'ri keladi.
Xom ashyo materiallaridan kompleks foydalanish axamiyatini bir necha xil yo'nalishlarda ko'rib chiqish mumkin:
Birinchidan, chiqindilarni qayta ishlash atrof-muxitni muhofaza qilish, qimmatli yer maydonlarini chiqindilardan, jumladan, chiqindi yig'iladigan maxsus joylarni, atrof-muxitni chiqindi va uyumlaridan tozalash imkonini beradi.
Ikkinchidan, sanoat chiqindi mahsulotlari ma'lum darajada qayta ishlov soxasidagilarni ishlab chiqarish jarayonida boshlang'ich texnologik ishlov (maydalash, kuydirish) berilgan yuqori sifatli xom ashyoga bo'lgan talabni qondiradi.
Uchinchidan, xom ashyodan kompleks foydalanilganda mahsulot xisobiga kapital xarajat nisbatan pasayadi, xarajatlar sarfini qoplash muddatlari kisqaradi, sanoatda chiqindilarni joylash, ularni saqlaydigan omborxonalar qurilishiga ketadigan sarfni kamaytiradi, issiqlik va elektr energiyalarini yangi maxsulotga qilinadngan sarfi chiqindilarni texnologik tayyorligi sababli kamayadi, jixozlarning ishlab chiqarish quvvati ortadi.
Turli sanoat korxonalarining ikkilamchi chiqindi mahsulotlari iste'molchi tarmog'ining sanoat chiqiidilari xisoblanib, ular ko'proq qurilish metariallarini ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Qurilishdagi materiallar uchun ketadigan sarf-xarajat smetaning 55% dan ortig'ini tashkil etishini inobatga olinsa, sanoatdagi ikkilamchi maxsulotlardan foydalanilish qurilish materiallarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo'llaridan biri ekanligini e'tirof etish mumkin.
Shuningdek, sanoat chiqindilaridan samarali foydalanib, bino va inshootlarni qurishga mo'ljallangan turli hildagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishimiz mumkin. Sanoat chiqindilari tarkibli qurilish materialllari ishlab chiqarishiqtisodiy samardorlik va tabiiy resurslar zaxirasining tejalishiga sabab bo'ladi.. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga asosan qurilish sohasini va qurilish materiallari kompleksini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan. Mazkur qarorga asosan, Respublikaning 8 ta, jumladan Forish tumanida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi va boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallarini ishlab chiqarish rivojlantiriladi."[1] Shuningdek aytish joizli, Rossiyaning tog'-qazilma hududlarida milliardlab m3konlarni ochish va yo'lakay chiqindi mahsulotlar yig'ilib qolgan. Ushbu chiqindilarning faqat 5-6 % turli tarmoqlarda utilizatsiya qilinmoqda. Url tog'lari hududida 5 mlrd m3 chiqindilar minglab gektar hosildor yerlarni egallab yotibdi. Faqat asbest konlari chiqindilarining o'zi 1 mlrd. m3 tashkil qiladi. Krivoy Rog basseynida yiliga 50 mln. xarsang jinslari yigilib qolmoqda. Kursk magnit anomaliyasi (KMA) temir rudasi konlari ochish va yo-lakay chiqindilari yiliga 100 mln. m3 tashkil qiladi. KMA tog'-ruda korxonalari sement, ohak zavodlari va boshqa tashkilotlarga yiliga 7-8 mln.tonna bo'r, 1,5 mln. m3 qum, 1 mln. m3 chaqiq tosh va 120 ming m3 atrofida yuqori glinozemli gultuproq jinslarini yetkazib beradi. KMA ochish va yo'lakay chiqindilarni ishlatish 8-10 % ni tashkil qiladi; bu hajmda chiqindilarni ishlatish
millionlab rubl iqtisodiy samara beradi va ekologik sistemani turg'unlashtiradi. KMA Smolensk konlari chiqindilari asosida 5 mln. tonna atrofida chaqiq tosh va qum tayyorlash imkoni mavjud. KMA Lebedinsk koni ochish quvvati 140 m ni tashkil etadi. Konda ochish jarayoni natijasida kvarsit - qum, kvarsli porfirlar, amfibolalar va kristall slaneslar, siyrak — giltuproqlar, suglinkalar, bo'r va qumlar hosil bo'ladi. Kvarsit-qumlar 400-500 markali, porfirlar 300 markali betonlar olishda to'ldirgich sifatida ishlatiladi. Kristalli slaneslar va amfibolalar qurilish chaqiq toshi olish uchun yaroqli. Bor asosida I va 2 nav kurilish oxagi ishlab chikarish mumkin. Ural tog' — ruda korxonalari — Kachkanarsk tog'-boyitish kombinati, Pervouralskoe, Vbisokogorskoe. Goroblagodatskoe va Bogoslavskoe ruda boshqarmalari ochish va yo'lakay chiqindilaridan yiliga 5-6 mln.tonna chaqiq tosh va qum tayyorlaydi. Hosil bo'lgan ohaktosh (2 mln. tonn atrofida) ohak bog'lovchisi va silikat materiallar olishda ishlatilmoqda. Ukrainada ochish xarsang jinslari va metallurgiya chiqindilari asosida yiliga 10 mln. m3 qhaqiq tosh va 5 mln. m3 qum ishlab chiqariladi va bu hajm mamlakat bo'ylab ishlatilayotgan yirik va mayda to'ldirgichlar umumiy hajmining 10 % ko'prog'ini tashkil etadi. Ukraina t^lribasiga binoan chiqindilarni ishlatish chaqiq tosh tannarxini 30-50%. kapital xarajatlarni 2-3 marta kamaytiradi. Ukraina bo'yicha ikkilamchi to'ldirgichlarni beton va qorishmalar uchun ishlatish ko'lami 30-35 tabiiy tosh karerlari ishlatish o'rnini bosadi. Bunda 1000 ga atrofida hosildor yer va ekologik muhit saqlanadi.Qozog'iston Sokolovsk- Sarbaysk tog' — boyitish kombinati (TBK) ochish-yo'lakay chiqindilari asosida ohaktosh va albit chaqiq toshlari 4070, 20-4(), 10-20, va 5-10 mm fraksiyalari tayyorlanmoqda. Bu tadbir mln ga teng foyda keltirish bilan birga ekologik muvozanatni ham saqlashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "YANGI O'ZBEKISTON: ILM QALDIRG'OCHLARI - 2023" II-RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVI HAMDA TALABALARNING ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIA. A. Baxodirov O'zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi boshqaruv raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo'yicha birinchi o'rinbosari т.ф.д., профессор
2. N.A. SAMIGOV, M.Q. XASANOVA, M.SH.MIRZAYEVA, J.S. ZOKIROV IKKILAMCHI RESURSLAR ASOSIDA QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI
3. Sanoat chiqindilari asosida qurilishmateriallari ishlabchiqarish.MA'RUZA MATNLARI
4. Karimova M. et al. YOG 'OCH CHIQINDILARI VA BOSHQA SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDAGI TO 'LDIRUVCHILAR //Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 34-37.
5.qizi Yo'ldasheva M. A. QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQRISH JARAYONLARIDA SANOAT CHIQINDIALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 409-412.
6.qizi Yo'ldasheva M. A. IKKILAMCHI RESURSLAR VA ULARNING QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDAGI O 'RNI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 825-827.
7. Muhayyo Y. IKKILAMCHI RESURSLARDISHAN QURILISH MATERIALLARINING XOM-ASHYOSI SIFATIDA FOYDALANISH //Innovation: The journal of Social Sciences and Researches. - 2023. - Т. 1. - №2. 6. - С. 81-83.
8.Qizi, Yo'Ldasheva Muhayyo Alisher. "IMPROVING THE EFFICIENCY OF INDUSTRIAL WASTE PROCESSING." European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies 2.12 (2022): 274-280.
9.Yoldasheva M. et al. OBTAINING BUILDING MATERIALS BASED ON INDUSTRIAL WASTE //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 536-538.
10. Muhayyo Y. Secondary Resources Use as Raw Materials of Construction Materials //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2022. - Т. 3. - №. 10. - С. 240-241.
11. Yo'Ldasheva M., Ohunova G. SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA QURILISH MATERIALLARI OLISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1.
- №. A6. - С. 536-538.
12. Muhayyo Y. SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH //SPAIN" PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE IMPLEMENTATION OF INTERDISCIPLINARY RESEARCH". - 2023. - Т. 14.
13.Tolibjon o'g'li M. K. et al. MONITORING OF AREA THROUGH TACHEOMETER AND DESIGNING IN AUTOCAD SOFTWARE //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. - 2023.
- Т. 27. - №. 1. - С. 13-20.
14. Muhayyo Y. SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH //SPAIN" PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE IMPLEMENTATION OF INTERDISCIPLINARY RESEARCH". - 2023. - Т. 14. - №. 1.
15. qizi Yo'ldasheva M. A. IKKILAMCHI RESURSLAR VA ULARNING QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDAGI O 'RNI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 825-827.
16.Yo'Ldasheva M., Ohunova G. SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA QURILISH MATERIALLARI OLISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1.
- №. A6. - С. 536-538.
17.qizi Yo'ldasheva M. A. QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQRISH JARAYONLARIDA SANOAT CHIQINDIALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 409-412.