SAHNA ASARLARIDA G'OYAVIY QARASHLARNING YORITILISHI VA ULARNING TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O'RNI
Adilbek Mirzaevish Zamatdinov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada teatr sahna asarlarida g'oyaviy qarashlaning yortilishi va sahana asarlarining ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Sahnaviy asarlaning yoshlar ta'lim jarayoninda amalga oshiriloyatgan islohotlar yuzasidan ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: sahna, asar, ta'lim, taraqqiyot, jarayon, san'at, teatr, rejissor, aktyor, tahlil.
COVERAGE OF IDEOLOGICAL VIEWS IN PLAYS AND THEIR ROLE IN
THE EDUCATIONAL PROCESS
Adilbek Mirzaevish Zamatdinov Nukus branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses the development of ideological perspectives in theatrical productions and the role of stage productions in the educational process. The play provides information on the reforms being carried out in the education of young people.
Keywords: stage, play, education, development, process, art, theater, director, actor, analysis.
Teatr san'atining ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni haqida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: "Hammamizga yaxshi ma'lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma'naviy dunyosini, ongu tafakkurini yuksaltirishda teatr san'atining o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug' tarbiya va ma'rifat maskanidir. Jahondagi eng ommaviy va ta'sirchan san'at turlaridan biri bo'lgan teatr asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida olijanob fazilatlar, go'zal his-tuyg'ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do'stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda" - deya ta'kidlab o'tganini alohida e'tirof etish joizdir.
Har qanday soha boshqalaridan ajralgan holda yakka o'zi rivojlana olmaydi. Bugun O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni rivojlantirish masalasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida
qaralyapti. Negaki, madaniyat va san'at millat taraqqiyoti yo'lidagi nihoyatda ahamiyatli va о'ta nozik soha. Chunki bu soha jamiyatning yuragiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan, tilagiga ko'chadigan tuyg'ularni tarbiyalaydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qo'yayotganini barchamiz ko'rib, bilib turibmiz. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lish uchun xalqimizni, avvalambor, yoshlarimizni ilm-fan, ma'rifat va ma'naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz kerak.
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko'tarish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohlarimizni ta'lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantirish bo'yicha boshlagan katta ishlarimizni jadal davom ettirishimiz lozim" - degan edi. Har tamonlama rivojlangan, yetuk, bilimdon, jahon andozalari bilan bo'ylasha oladigan malakali kadrlarni yetkazib berish ta'limdagi bugungi islohotlarnining asosini tashkil qiladi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 28 maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida teatrlarni rivojlantirish, jamoatchilikda teatr san'atiga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilib, sohadagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bularning ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, barcha teatrlarning saytlari yangilanib, uch tilda yuritila boshlandi. Ijodiy jamoalar shakllantirildi. Yangi O'zbekiston yangilikka, yangicha dunyoqarashga intilib yashash orqali, turg'unlikka erishishida biz madaniyat va san'at sohasi vakillari mushtarak madaniyatimiz va saodatli san'atimizni yaratish uchun harakat qilishimiz darkor. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: "Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz.
Biz - hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo'rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo'lib, yakdil va ahil bo'lib harakat qilsak, halol-pok bo'lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz. Har bir ijodiy jamoa tasdiqlangan rejaga asosan yiliga 4 tadan, respublikamiz teatrlari bo'yicha jami 150-160 ga yaqin yangi spektakl sahnalashtiradi. Ijodiy jamoalar repertuarida turli yosh va qiziqishga ega tomoshabinlarga mo'ljallangan tragediya, drama, komediya janrlarida jahon hamda o'zbek mumtoz asarlari namunalari mavjud. Prezidentimiz ijodkorlarga katta ishonch bildirib, "Ijod ahli inson qalbining muhandislaridir", - deya ta'kidlagan. Teatr san'ati esa hech qachon eskirmaydi. Inson qanchalar axborot texnologiyalariga o'rganmasin, baribir ma'naviyat dargohi sifatida o'rnak bo'ladigan teatrning o'rni boshqa.
O'zbekistonning madaniyati mangulikka daxldor, degan asosli jumlada biz madaniy qadriyatlar va madaniy meros obyektlarining ulug'vorligini, ajdodlarimiz tarixini eslatuvchi asosiy manba ekanligini tushunamiz. Ushbu qadriyatlarimiz va madaniy meros obyektlarimiz yoshlar tarbiyasini mukammal rivojlantirish, ular dunyoqarashini o'zgartirib, globallashuv zamonida tubanlikka tushib qolmasliklarida asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti O'zbekistonda keng ko'lamli demokratik islohotlar asosida yangi Uyg'onish davri - uchinchi Renessansning poydevorini shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish zaruriyati, yangi milliy mafkuraga aylanishi, xususan, madaniy merosimizning xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini ta'minlash. O'z kuch va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Yangi O'zbekistonni barpo etish va Yangi Uyg'onish davri poydevorini yaratishdek ulug' maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda.
Bu borada millat timsollariga aylangan ziyolilarning - madaniyat va san'at sohasining fidoyilari alohida o'rin tutadilar. Eng muhimi, ziyolilar ongi va ruhidagi yaratuvchanlik salohiyatini jonlantirib, uni millat kamolotiga xizmat qildirishi darkor. Bu borada nimalar qilishimiz lozim, degan savolga shunday javob bo'ladiki, avvalo, sohani bilimdon mutaxassislar bilan to'ldirish. Shu bilan birga, mavjud soha mutaxassislarini merosimizni xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini ta'minlashga qayta tayyorlash, zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari va xalqaro andozalarga mos ravishda ishlash, shuningdek, xalqaro tajribalarni o'rganib, sohaga tadbiq etish hozirgi paytdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu boradagi islohotlarda madaniyat va san'at sohasi xodimlari eng old safda bo'lishi kerak. To'g'rirog'i, birinchi galda bizning o'zimiz ana shu maqsad mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Fuqarolarimizda ham jamiyat rivojida, uyg'onish davrida mening ham hissam bo'lishi kerak, degan fikrni shakllantira olsak, rejalarimiz, intilishlarimiz yanada tez va yuqori samara bera boshlaydi.
Bugungi voqeliklar shiddat bilan o'zgarayotgan davrda teatrlar ham faqatgina davlat beradigan moliyaviy ko'makka qarab tura olmasligini ko'rsatyapti. Ayniqsa, o'tgan davrlarda karantin va muayyan cheklovlar diyorimizdagi madaniyat va san'at muassasalari faoliyatiga jiddiy zarar yetkazgani barchamizga ayon. Bugun, teatrlar zimmasiga xalqimizning ma'naviy talabini qondirish barobarida, taqdim etilajak spektakllar evaziga daromad ko'rishdek mushkul vazifa yuklanadi. Binobarin, xalqimizning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi, urf-odatlari, an'analari singari hech qaysi millatnikiga o'xshamagan go'zal qadriyatlari borki, shular asosida o'lmas sahna asarlarini yaratib, elimizga havola etish eng asosiy vazifamizga kiradi. Darhaqiqat, yillar davomida shakllangan boshqaruv va teatr asarlarini taqdim etish usullari endilikda o'zgarib bormoqda. Tarbiyaning asrlar davomida saqlanganligi va avloddan-avlodga o'tganligi tufayli bugungi yoshlar madaniy, ma'naviy kadriyatlar
xaqida katta tasavvurga ega. Xayot o'zining turli-tumanligi bilan bolani tarbiyalaydi. Hayot - bu moddiy sharoit, jamiyatning ijtimoiy tuzimi, san'at, madaniyat, shuningdek, o'quv maskanlari - maktab, diniy o'quv yurtlaridir. Ma'lumki, jamiyat turli davrda shu zamondagi moddiy va ma'naviy hayotga muvofiq tarzda rivojlanib boradi. Ammo, insoniyat avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xalk san'atini, urf-odatlarini, an'analarini, bu - bebaho, takrorlanmas boylikni avaylab asradi. Tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash insoniyat sivilizatsiyasining rivojida birdan-bir sharti buldi.
Axborot texnologiyalari, internet tizimining keyingi yillarda shiddatli o'zgarishi va rivojlanishi aksariyat sohalarning faoliyatini butunlay qayta ko'rib chiqish, ish uslublarini o'zgartirishga majbur qildi. Bu o'rinda milliy xarakterimizni isloh qilish bevosita teatr san'atisiz rivojlanmaydi. Sahna asarlarida bugungi ulkan islohotlarning yoritilishi, g'oyaviy qarashlarning asar va tomosha mohiyatiga qorishtirilishi xalqimizning mavjud islohotlarga bo'lgan fikrini teranlashtirishiga turtki bo'lmasdan qolmaydi. Ijodning biron turida teatr va dramaturgiyadagidek inson tiplari - xarakter va kasb-hunarlarning xilma-xilligi ko'rinmaydi. Ularda - ma'budlarning yerdagi vakillari, avliyolar, qirollar, tuban odamlar, jamiyatdagi barcha tabaqa vakillari o'z xarakteriga ega holda biron voqeada ishtirok etishi mumkin. Ular dramaturg yaratgan personajlar bo'lib, ijodkor rejasiga ko'ra shakllangan xayolot dunyosining mahsulidir.
Dramaturg o'zining quvonchi, ko'ngil yolqinlari, g'azabi, tashvishlari, orzu-umidlari va ulug'vor fikrlarini asardagi personajlar xarakteriga mos ravishda taqsimlaydi. Uni jalb qilgan g'oya personajlari xarakteri va harakatida namoyon bo'ladi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishga da'vat qilib turadi. Dramaturgning puxta o'ylagan rejasi personajlarni o'z janriga xos shakldagi badiiy yechim sari yetaklaydi.
Asar g'oyasi tomoshabinga aytmasa bo'lmaydigan zaruratga aylanadi. Bu zarurat evaziga xarakterlar kuchli ta'sir qudratiga ega bo'ladi. Bugun sahnaviy xarakter yaratish va spektaklning badiiy yaxlitligi masalasi o'z tadqiqotchisini kutmoqda. Chunki aktyor yaratgan rolning xarakteri obraz darajasiga ko'tarilmas ekan, spektaklning badiiy yaxlitligi to'g'risida tugal fikr bildirish mumkin emas. Aktyor dramaturg tomonidan asar g'oyasini ochish uchun personajga bergan xarakterni badiiy obraz darajasiga olib chiqolmasa, yordamchi vositalar bo'lmish -dekoratsiya va jihozlar keraksizday, musiqa aktyor aybini yopuvchi vositaday yoki uzuq-yuluq joylarni yamab turgan yamoqday tuyiladi. Bunday "tomosha"dan keyin spektaklni "tahlil" qilib, ommaviy ko'rik uchun tavsiya qilgan mutaxassisga, ayniqsa, teatrshunosga tahsinlar aytishdan boshqa iloj qolmaydi.
Ayni shu yerda asl sahna asari va spektaklning tarbiyaviy ahamiyati yaqqol ko'rinadi. Albatta, ta'lim va tarbiya - ong mahsuli lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim va tarbiya tizimini
o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi. Hozirgi kunda yosh avlod tarbiyasi haqida gap borganda biz qadimgi an'analarimiz, tarbiya usullaridan foydalanish zarurligini esdan chiqarmasligimiz kerak. Ma'lumki, kishi o'z-o'zidan e'tiqodli bo'lib shakllanmaydi.
Kishidagi insoniy e'tiqod tabiat taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyotiga oid fanlar asoslarini chuqur egallash, olingan bilimlarini ulug' hayotiy tajribalari bilan uzviy bog'lab tahlil qilish va umumlashtirish orqali haqiqatni, borliqni anglash va uni go'zal qilish uchun kurashish natijasida shakllanadi. Har bir insonda tafakkur, fikrlash erkin, mustaqil bo'lishi kerak. Ommaviy tarzda bir xil fikrlash halokatli. Bunda ijod ham, rivojlanish ham bo'lmaydi. Ana shu ma'noda o'ylamasdan taqlid qilish milliy qiyofani, o'zlikni unutishga olib keladi. Ayni paytda dunyo adabtiyoti, madaniyat va san'atidagi ilg'or, umumbashariy qadriyatlarga yo'g'rilgan g'oyalarni o'rganish, o'zlashtirish talab etiladi. Teatr san'ati asrlar davomida insonlarni tarbiyalovchi, ma'naviyatini shakllantiruvchi qudratli vosita hisoblanib kelgan. Shu sababli bo'lsa kerak, sahna san'ati mavqeini yanada oshirish, moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasida takomillashtirish, zamonaviy binolarini qurib foydalanishga topshirish, eng muhimi yangi teatrlar tashkil etish borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. So'nggi yillarda teatr san'atiga, ijodkorlarga e'tibor kuchaydi. Birgina misol, 2020 yilda 39 teatrning 15 tasiga spektakl sahnalashtirish uchun 2 milliard 400 million so'm mablag' hisobida davlat buyurtmasi ajratildi. Ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Respublika qo'g'irchoq teatrlari, yosh rejissorlarning "Debyut" ko'rik festivali ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o'tkazildi.
Pyesalar tanlovlari o'tkazilib, g'olib mualliflar taqdirlandi. Dramaturglarning bir necha yillik qalam haqqidan qarzdorlik bartaraf etilib, 41 nafar muallifga qalam haqi to'lab berildi. Pandemiya sababli nisbatan og'ir yil bo'lishiga qaramay, teatrlarimiz ham o'z vazifalarini sidqidildan bajarmoqda, ma'lum muddat masofadan ishlash tizimiga o'tdi. Yil davomida repertuar rejaga kiritilgan spektakllarning deyarli 95 foizi sahnalashtirildi. Ulug' namoyandalarning xotira kechalari, taniqli san'atkorlarimizning ijodiy kechalari va benefislari o'tkazildi. Karantin bo'lishiga qaramasdan teatrlar hamda O'zbek davlat sirkining ijodiy xodimlari ishdan uzilmagan holda 2020 yil uchun rejalashtirilgan 22 ta gastrollarining 2 tasini jonli, qolgan 20 tasini respublika bo'ylab onlayn amalga oshirdi. O'zbekiston Respublikasi butun dunyo bolalar va yoshlar teatrlari assotsiatsiyasiga a'zo bo'ldi. Tasviriy san'at va kino sohasida ham tub burilishlarga guvoh bo'lyapmiz. Prezidentimizning 2020 yilning 21 aprelidagi "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar fikrimiz dalilidir. Spektakl aktyorlar ansambli, ssenografik yechimi, muhitga mos musiqiy
leytmotiv va boshqa komponentlarning rejissor tomonidan bir maqsad uchun birlashtirilishi natijasida yorqin va tomoshabop bo'ldi. Yuqorida tilga olingan spektakllardan anglanadiki, zamonaviy o'zbek teatri rejissurasi xorijiy mumtoz asarlarni sahnada talqin etishda o'zbek teatridagi mavjud an'analarga suyanish hamda ularni jahon teatri an'analari va erishgan yutuqlari bilan uyg'unlashtirish yo'lidan bordi. Dunyo teatri taraqqiyotining turli davrlarida yuzaga kelgan asarlarni sahnalashtirish uchun rejissorlar o'sha davr sahna san'atining o'ziga xos xususiyatlarini zamonaviy teatr bilan mutanosib holda ifodalashga intildi. O'z zamonidagi turli ijtimoiy-siyosiy muammolarni o'zida aks ettirgan asarlarni bugungi kunga moslashda sahna ijodkorlari ularning umuminsoniy jihatlari, ma'naviy va axloqiy qarashlari, shuningdek, hozirgi jamiyatda mavjud turli illatlarga qarshi kurashga chaqiruvchi g'oyalariga urg'u berishni maqsad deb bildi. Bu esa asarlarning birmuncha zamonaviy xususiyat kasb etishiga sabab bo'ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. "O'zbekiston o'qituvchi va murabiylariga"// gaz. O'zbekiston adabiyoti va san'ati. - Toshkent, "Sharq" 2021 yil, 1 oktabr. №40. (4647)
2. Turg'unov T. Ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari. TDTU.
3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston, 2021. - B. 464.
4. Qoraboyev U. Madaniyat masalalari. - Toshkent:. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - B. 286.
5. Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. - Toshkent. "Aloqachi", 2006, 164 b.
6. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi (I qism. Ijodiy kechinma protsessida uz ustida ishlashi. O'quvchining kundalik daftari) - T.: "Yangi asr avlodi", 2011. - 468 b. (Tarjimon: T.Xo'jayev, muharrir: S.Muhamedov)