Научная статья на тему 'RUXSAT ETILGAN O`LCHASH VOSITASINING XATOLIK CHEGARASI VA O`LCHOV VOSTASINI TANLASH QOIDASI'

RUXSAT ETILGAN O`LCHASH VOSITASINING XATOLIK CHEGARASI VA O`LCHOV VOSTASINI TANLASH QOIDASI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
62
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
сhegaraviy / standartlar / kvalitet / xatolik / stьyudent / ishonchlilik / taqqoslash / parametr / kvadrat / o`lchamlar / miqdor.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Abduraxmanov A.A.

о`lchash natijalari va o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy iqdori qanchalik yaqinligini ko`rsatuvchi sifat darajasiga o`lchashlar aniqligi deyiladi. O`lchashlar xatoliklarini hosil bo`lish sabablariga va turiga qarab tasniflashadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RUXSAT ETILGAN O`LCHASH VOSITASINING XATOLIK CHEGARASI VA O`LCHOV VOSTASINI TANLASH QOIDASI»

DOI 10.5281/zenodo.10822915

Abduraxmanov A.A.

Jizzaxpolitexnika instituti dotsent.v.b.

RUXSAT ETILGAN O LCHASH VOSITASINING XATOLIK CHEGARASI VA O LCHOV VOSTASINI TANLASH QOIDASI

Annotatsiya: olchash natijalari va olchanayotgan kattalikning haqiqiy iqdori qanchalik yaqinligini ko^rsatuvchi sifat darajasiga olchashlar aniqligi deyiladi. Olchashlar xatoliklarini hosil bolish sabablariga va turiga qarab tasniflashadi.

Kalit so'zlar: chegaraviy, standartlar, kvalitet, xatolik, stbyudent, ishonchlilik, taqqoslash, parametr, kvadrat, olchamlar, miqdor.

Abdurakhmanov A.A. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute

THE ERROR LIMIT OF THE PERMITTED MEASURING TOOL AND THE RULE FOR CHOOSING THE MEASURING TOOL

Abstract. Measurement accuracy is a quality level that shows how close the measurement results are to the actual value of the measured value. Measurement errors are classified according to their causes and types.

Olchashlar natijalarini tahlil qilishda fizik kattaliklarning haqiqiy miqdorlari olchash natijalari bilan taqqoslanadi [1,2]. Olchash natijasi (X) bilan o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori (Q) o'rtasidagi farq A olchash xatoligi deyiladi.

Olchash natijalari va olchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori qanchalik yaqinligini ko'rsatuvchi sifat darajasiga o'lchashlar aniqligi deyiladi. Olchashlar xatoliklarini hosil bolish sabablariga va turiga qarab tasniflashadi. Hosil boyish sabablari bo'yicha olchamlar xatoliklari quyidagi tarkiblarga ajratiladi. Uslub xatoligi o'lchash uslubining mukammal emasligi natijasi. Uslub xatoligi ham tarkibiy bolib, ayrim tashkil etuvchilar: asbobning ko'rsatish xatoligi, harorat sharoitlari o'zgarishlari bilan bogliq xatolik kabi bir qator xatolar toplamidan tarkib topadi [3,4].

Sanoq xatoligi o'lchash natijalaridan yetarlicha aniq sanoq olinmasligi natijasida paydo bolib, sanoq oluvchining shaxsiy xususiyatlariga bog'liqdir. Asbob xatoligi qollanilgan o'lchov vositasi xatoligi. Olchash vositalari xatoligi asosiy va qo'shimcha xatoliklarga bolinadi. Asosiy xatolik sifatida normal (me'yoriy) sharoitda ishlatilgan olchash vositalariga xos xatoliklar qabul

qilinadi. Qoshimcha xatolik esa olchash almashtirgichlari xatoligidan va me'yoriy sharoitlardan chetlanishlar keltirib chiqargan xatolikdan tashkil topadi. Ruxsat etilgan xatolik chegarasini belgilash bilan olchash vositalarining xatoliklari me'yorlanadi. Olchash vositasining chegaraviy ruxsat etilgan xatoligii o'lchash vositasi yaroqli hisoblanib, ishlatishga ruxsat berilishi mumkin bolgan eng katta xatolikdir. Olchash vositalarini tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: Olchash vositasining aniqligi parametri olchanayotgan buyumning tayyorlanish aniqligidan yetarlicha yuqori bolishi kerak. Olchashlarning mehnat talabligi va tannarxi, imkoni boricha yuqori ish unumdorligini hamda tejamkorlikni ta'minlaydigan darajada oz bolishi kerak. Olchashlarning yetarli darajada aniq bolmasligi yaroqli mahsulotning bir qismini nuqsonga chiqarishga, ayni shu paytda nuqsonni yaroqli mahsulot sifatida qabul qilishga olib keladi. Olchashlarning ortiqcha aniqligi, odatda, mehnat talablik va mahsulot sifatini nazorat qilishga ketadigan harajatlarning haddan ziyod ortib ketishiga sabab boladi.

Olchash vositalarini tanlashda nazorat yoki olchash jarayonining amalga oshirishning tashkiliy, texnik sharoitlari, nazorat qilinuvchi detallarning tizimdagi o'ziga xos jihatlari, tayyorlanish aniqligi shuningdek, olchash vositalaridan foydalanish samaradorligi va metrologik ko'rsatgichlariga ta'sir etuvchi boshqa bir qator omillar e'tiborga olinadi. Olchash vositalarini tanlashda rioya qilinadigan asosiy omillar:

• ishlab chiqarish turi;

• nazorat qilinadigan detallarning tuzilmaviy xususiyatlari va olchamlari;

• olchashlarning standartlar bilan ruxsat etilgan xatoligi.

Olchash vositalarini tanlashda eng asosiy omil bolib olchashning ruxsat etilgan xatoligi Àmet xizmat qiladi. Àmet miqdori detalning tayyorlash qo'yimi T ga bogliq, u oz navbatida nominal olcham va kvalitet bilan bogliqdir.Ruxsat etilgan olchash xatoligi Àmet t buyumning nazorat qilinadigan qo'yimi T ga qaraganda kichik bolishi kerak.Olchash vositalarini tanlashning asosiy tamoyili o'lchamning chegaraviy (eng katta ehtimoliy) xatoligi (Àlim) bilan ruxsat etilgan o'lchash xatoligi (Àmet) ni o'zaro taqqoslashga asoslangan. Ko'pincha ruxsat etilgan olchash xatoligi (Àmet) detalning tayyorlash qo'yimi (T) ga nisbatan quyidagi formula orqali topiladi:

Àmet = (0,2 - 0,35)T (2)

Shunday qilib, olchash vositasi (asbobi) ni tanlashda uning chegaraviy xatoligi (±Àlim) bilan ruxsat etilgan olchash xatoligi (Àmet) taqqoslanadi. Bunda quyidagi munosabatning bajarilishi tekshiriladi:

Àlim <Àmet (3)

Olchash xatoliklari evaziga alohida olchangan x olcham umumiy holda mazkur kattalikning haqiqiy miqdori hisoblanmaydi. Olchash aniqligini baholash va olchanayotgan kattalikning muayyan ehtimollikdagi miqdorini aniqlash uchun bir necha marta o lchashlar o tkazish zarur. Bunda o lchanayotgan x kattalikning haqiqiy

miqdori o'miga uning ол rtacha arifmetik miqdori x qabul qilinadi:

bu yerda N - olchashlar soni; xi - alohida o4chash natijasi: Shunday qilib x taqribiy tenglikka ega bolamiz, uning aniqligini baholash uchun ehtimoliy

xatoligi £ß ni bilishimiz kerak, ya'ni х"УеР<х< x УеР Stbyudent taqsimotidan foydalanib, berilgan ehtimoliy xatolik miqdori £ß orqali ishonchlilikni baholash mumkin yoki aksincha, natijaning berilgan ishonchliligi ß orqali ehtimoliy xatolik sß ni topish mumkin:

bu yerda: teß -Stbyudent koeffítsiyenti u ishonchlilik ehtimolligi ßva erkinlik darajasi bog4iq; S - o4chanayotgan kattalik x ning o'rtacha arifmetik chetlanishi qiymati [5]:

Erkinlik darajasi (K) sifatida kuzatishlar soni (N) ning aniqlanayotgan tafsilotlar(l) soniga teng miqdorga kamaytirilgan miqdori qabul qilinadi (K=N-1). Muayyan erkinlik darajasida К da, ishonchlilik ß orqali Stbyudent koeffitsiyentini topiladi:

tgß = yeß/cx = yep^.

(7)

crx - N

bu yerda ta ол rtacha □ xi miqdorlardan iborat to' plam uchun ол rtacha

kvadrat xatolik Agar tgß va стх qiymatiari ma'lum bolsa,

yep - tgß as shuningdek, x kattalik uchun ishonchlilik oraligini aniqlash mumkin. U holda olchash natijasini quyidagi korinishda yozish mumkin [6]:

Zamonaviy 3 jamiyatda

axborotlashtirish jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) takomillashtirish va global tarqatish bilan tavsiflanadi. Ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyati zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda takrorlanadigan ma'lumotlarni to'plash, saqlash, ishlatish, uzatishdir. Umumlashtirilgan texnikalarning tasnifini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, konstruktsiyalarni takomillashtirishning eng ko'p umumlashtirilgan usullari havo bo'shlig'i tufayli yuzaga keladigan xatoni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan, chunki bu xato eng katta va asosan mexanik kuchlanish transformatorlarining umumiy xatosining qiymatini aniqlaydi. [7,8].

Adabiyotlar.

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyunb PF-624-sonli "Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to'g'risida" Farmoni.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyunb PQ 5133-sonli "Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Ozbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to^risida" Qarori.

3. Исматуллаев П. Р, Шертайлаков Г. М, Кудратов Ж Х, Абдурахманов А.А, Разработка автоматических влагомеров для продуктов агропромышленного комплекса ISSN 2072-0297 «Молодой учёный». № 4 (108). Февраль, 2016 г

4.Шертайлаков Гайрат Муродович, старший преподаватель; Каримов Шавкат, старший преподаватель; Абдурахманов Азиз Абдухаликович, ассистент; Кудратова Гулноза ТохировнаПонятие о измерении «Молодой учёный». № 6 (140) vi. Февраль 2017 г. ISSN 2072-0297

5.Абдурахманов А.А."Экономика и социум" №10(89) 2021 www.iupr.ru РОЛЬ СТАНДАРТИЗАЦИИ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ПРОДУКЦИИ 6 .Abdurakhmanov Aziz Abduxaliqovich. MEASUREMENT UNCERTAINTY EVALUATION IN THE DIGITAL ERA||ACADEMIC RESEARCH JOURNALIF-7.4January2023 VOLUME 1 ISSUE 7.

7. Мухаммадиев Б. С. СОВРЕМЕННЫЕ ИННОВАЦИОННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ //SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY. - 2023. - Т. 2. - №. 13. - С. 167-173.

8. Мухаммадиев Б. С. СТАТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ТРАНСФОРМАТОРНЫХ ПРЕОБРАЗОВАТЕЛЕЙ МЕХАНИЧЕСКИХ НАПРЯЖЕНИЙ С ДИСКРЕТНЫМ ВЫХОДОМ //SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. - 2023. - Т. 6. - №. 6. - С. 286-293.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.