RUX FTALOSIANIN BO'YOQ MODDANING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI TADQIQOTI
1Xushboqova G.M, 2Donayeva S. Y, 3Eshmurodov Sh. Y, 4Shukurov D.X
12,3,4Denov tadbirkorlik va pedagogika institute https://doi.org/10.5281/zenodo.11115569
Annatatsiya. Maqolada rux ftalosianin bo'yoq moddaning infraqizil va SEM analiz tahlillari hamda ushbupigmentning ishlatilish sohalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: bo'yoq, infraqizil spektr, ftal angidrid, yarimo'tkazgich material, quyosh elementi, SEM analiz.
Аннотация. В статье представлены инфракрасные и СЭМ-анализы красителя фталоцианина цинка, а также сведения об областях использования этого пигмента.
Ключевые слова: краситель, инфракрасный спектр, фталевый ангидрид, полупроводниковый материал, солнечный элемент, СЭМ-анализ.
Abstract. The article presents infrared and SEM analyzes of the zinc phthalocyanine dye, as well as information about the areas of use of this pigment.
Keywords: dye, infrared spectrum, phthalic anhydride, semiconductor material, solar cell, SEM analysis.
Tarkibida markaziy atom sifatida metall va metallmas atomlar saqlagan ftalosianinlarning ajoyib fotofizik xossasi ya'ni, maydon effekti: sirt bo'ylab qo'llaniladigan elektr maydon ta'siri yordamida qattiq sirtning elektrofizik parametrlarini nazorat qilish orqali ularni organik yarimo'tkazgich qurilmalarini yaratish sohasida keng qo'llaniladi. Metall ftalosianinlar orasida rux ftalosianin va uning xosilalari o'zining zaruriy fotofizik xususiyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Undagi qo'zg'algan elektronlarning uzoq umr ko'rish holati, organik erituvchilarda juda yaxshi eruvchanligi, yuqori termik barqarorligi ushbu soha uchun katta ahamiyatga egadir. Rux ftalosianin va ularning hosilalari mis, kobolt ftalosianinlar singari quyosh energiyasini konversiya qilish qurilmalarida, sensorlar va elektrokatalitik materiallar sifatida gibrid tizimlarning asosiy tarkibiy qismi bo'lib hizmat qiladi. Metall ftalosianinlarga asoslangan organik yarimo'tkazgichlarning o'tkazuvchanlik xossasi zaryad tashuvchilarning harakatchanlik qiymati bilan chambarchas bog'liqdir [1].
Organik fotovoltik materiallar yaratish tehnologiyasida gibrid tuzilmalarning tarkibiy qismi sifatida harakat qilar ekan bunda ularning molekulalari turli substratlarning ustki tomoniga qoplama sifatida qoplanadi va hosil bo'lgan qurilmada funksional birlik bo'lib xizmat qiladi. Ftalosianinlarning sirt yuzaga qoplanishi odatda kovalent, kovalent bo'lmagan o'zaro ta'sir aromatik tizimning imkoniyatlaridan foydalangan holda yoki tashqi ta'sirlar tufayli sodir bo'ladi. Ftalosianinlarda elektronlarning o'zaro p-p bog'lanish ta'siri tufayli sirtga ushlab turish va adsorbsialanish kuchli bo'ladi. Agar tarkibiga musbat zaryadlangan funksional guruhlar kiritiladigan bo'lsa ular ma'lum bir uglerod materiallarining elektron ortiqcha qismi (manfiy zaryadga ega) tuzilmalari bilan elektrostatik ta'sir o'tkazishga qodir [2].
Rux ftalosianin bo'yoq moddaning infraqizil spektroskopik taxlili
1-rasmda rux ftalosianin kompleksining yaqin 400 sm-1 va uzoq 4000 sm-1infraqizil to'lqin uzunligi mintaqasida joylashgan yutilish spektrlari ko'rsatilgan. Oganik yarimo'tkazgichlarda yutilish chastotalarining qiymati qo'llaniladigan substrat materialining xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Rux ftalosianin kompleksining yaqin 400sm-1 va uzoq 4000sm-1 infraqizil to'lqin uzunligi
mintaqasida joylashgan yutilish spektrlari ko'rsatilgan. 3057,42 sm-1 sohadagi yutilish chiziqlari C-H bog'iga tegishli ekanligi aniqlandi. C=C bog'iga tegishli tebranishlar 1603,38 sm-1 yutilish chiziqlariga tegishli ekanligi kuzatildi. Aromatik xalqaning yutilish chiziqlari 1486-1467 sm-1 sohalarda izoindolga to'g'ri kelishi aniqlandi.
Yutilish cho'qqilari 1357,72 sm-1 larda joylashgan valent tebranishlar pirol xalqaga tegishli ekanligi kuzatildi. Benzol halqalarining yutilish sohasi 947sm-1, shuningdek, ftalosianin halqalariga tegishli bo'lgan yutilish sohalari 745,36 sm-1 mintaqada kuzatildi.
Ml • • fi r 8 \ i 3 li( i
1 ' I »ill 'l ' «M 1 m II l If i i I 3 * II m v 1
1M V^t,,_1
m wm Ni wm ■SB ••If' m m m
1-Rasm. Rux ftalosianin (ZnPc) bo'yoq moddaning IQ-spektri
2-Rasm. Rux ftalosianin bo'yoq moddaning element va SEM analiz tahlil ma'lumotlari
1- jadval.
Rux ftalosianin (ZnPc) bo'yoq moddaning element tahlili natijalari
Element C N Zn O Cl S Na Si
Miqdor, % 68.38 17.05 11.11 2.3 0.52 0.36 0.25 0.07
Moddaning element tarkibi har qanday ishlab chiqarishda ishlatilagan xom ashyoni, ishlab chiqarishni hamda mahsulotlarni nazorat qilish uchun ma'lum bo'lishi kerak. Shuni hisobga olib, yirik klasterlarda ham olohida yuza bo'yicha element analizi o'tkazildi. Yirik klasterlarda element analizi qilinganda o'rganilgan nuqtalarda rux ftalosianin bo'yoq moddasidan tashqari tajriba hatoligi darajasida xlor, kremniy, kislorod va to'liq tozalanmagan reaksiyada katalizator sifatida ishlatilgan modda va neytrallashda ishlatilgan moddadan qolgan oltingugurt qoldiqlari borligini ko'rsatdi.
REFERENCES
1. Шукуров Д. Х.,Тураев Х. Х., Каримов М.У., Джалилов А.Т., // Изготовление и анализ сенсибилизированных солнечных элементов с использованием пигмента на основе фталоцианина меди // Universum: технические науки: электрон. научн. журн.2020. № 11(80). С.73-77.
2. Aristov V. Yu., Molodtsova O. V., Maslyuk V. V., Vyalikh D. V., Zhilin V. M., and Ossipyan Yu. A., Bredow T., Mertig I., Knupfer M., Electronic structure of the organic semiconductor copper phthalocyanine: Experiment and theory. //The Journal of Chemical Physics, 2008, vol.128, pp.034703-1-034703-7.
3. Turaev Kh.Kh., Shukurov D.Kh., Djalilov A.T., Karimov M.U. New review of dye sensitive solar cells // International Journal of Engineering Trends and Technology (IJETT). 2021. № 69(9). Р. 265-271.