Научная статья на тему 'RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI'

RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar / ruhiy jarayonlari va bilish faoliyatlari / omil va sababning bir-biri bilan о‘zaro bog‘liqligi / oliy nerv faoliyati. / Children with mental retardation / mental processes and cognitive activity / the relationship of factors and causes / higher nervous activity.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xamrayeva I.S.

Ushba maqolada ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy jarayonlari va bilish faoliyatlari, psixologik va pedagogik yondashuv doirasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning о‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan olimlarning ilmiy izlanishlari o‘rganilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF PSYCHOLOGY OF CHILDREN WITH MENTAL RETARDATION

This article examines and analyzes the scientific research of scientists regarding the mental processes and cognitive activity of mentally retarded children, the characteristics of mentally retarded children within the framework of a psychological and pedagogical approach.

Текст научной работы на тему «RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI»

DOI 10.5281/zenodo.13164597

Xamrayeva I.S., PhD.

TDPU Oligofrenopedagogika kafedrasi dotsent v/b

RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushba maqolada ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy jarayonlari va bilish faoliyatlari, psixologik va pedagogik yondashuv doirasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan olimlarning ilmiy izlanishlari o 'rganilgan va tahlil qilingan.

Tayanch so'zlar va iboralar: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, ruhiy jarayonlari va bilish faoliyatlari, omil va sababning bir-biri bilan o'zaro bog'liqligi, oliy nerv faoliyati.

Khamraeva I.S.

PECULIARITIES OF PSYCHOLOGY OF CHILDREN WITH MENTAL

RETARDATION

Annotation. This article examines and analyzes the scientific research of scientists regarding the mental processes and cognitive activity of mentally retarded children, the characteristics of mentally retarded children within the framework of a psychological and pedagogical approach.

Key words and phrases

Children with mental retardation, mental processes and cognitive activity, the relationship of factors and causes, higher nervous activity.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy jarayonlari va bilish faoliyatlari qator xorijiy va MDH davlatlarining defektologiya ilmiy tekshirish muassasalarida olimlar tomonidan turli yo'nalishlarda o'rganilgan va o'rganilmoqda. Bularga N.V.Babkina, N.L.Belopolskaya, N.A.Derevyankina, O.V.Zashirinskaya, V.I.Lubovskiy, K.K.Mamedov, Y.M.Milanich, N.A.Shipina, G'.B.Shoumarov va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Xususan, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ta'lim-tarbiyasi va psixologiyasi bo'limida akademik V.I.Lubovskiy rahbarligidagi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan ishlarni ko'rsatish mumkin.

Psixologik va pedagogik yondashuv doirasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatadigan juda katta materiallar aniqlangan, bu ularni bir tomondan normal intellektual rivojlangan bolalardan, ikkinchi tomondan aqli zaif bolalardan ajratib turadi. Bosh miya tuzilishida pishib yetilish tezligining va shu bilan birga intellektual rivojlanish

tezligining buzilish darajasi noqulay biologik, ijtimoiy va psixologo-pedagogik omillarning o'ziga xos kombinatsiyasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Milliy va xorijiy psixolog olimlar bola psixikasining rivojlanishi juda murakkab va ko'plab omillarning o'zaro ta'siriga bog'liq deb ta'kidlashgan.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning (normal rivojlanayotgan bolalardan va aqli zaif bolalardan farqli o'laroq) eng xarakterli xususiyatlari (ko'rgazmali-harakatli va so'z-mantiq tafakkur (og'zaki-mantiqiy fikrlash) operatsiyalari o'rtasidagi darajaning nomuvofiqligi):

- mantiqiy fikrlash va tushuntirishni talab qiladigan barcha vazifalar ular tomonidan normal rivojlanayotgan bolalarga qaraganda ancha pastroq bajariladi;

- ko'rgazmali namuna bo'yicha xuddi shu vazifani bajarayotganda, uning ishlash sifati yaxshilanadi va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bola aqli zaif bolaga qaraganda aqliy faoliyatning ancha yuqori darajasini ko'rsatadi. Masalan, tasniflash vazifasini bajarayotganda, elementlarni jinsi bo'yicha to'g'ri guruhlagan holda, ko'pincha ushbu guruhni tegishli tushuncha bilan nomlay olmaydilar, ularni birlashtirish prinsipini tushuntirishga qiynaladilar. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning normal rivojlanayotgan va aqli zaif bolalardan juda muhim farqli jihatlari quyidagilar:

- "To'rtinchisi ortiqcha" vazifasini bajarish ko'pincha ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolaga qiyinchilik tug'diradi. Biroq, qo'shimcha elementlarning kiritilishi ("To'rtinchisi ortiqcha" emas, balki "Oltinchisi ortiqcha") bu guruhning qolgan qismi uchun noo'rin bo'lgan obyektni to'g'ri aniqlashga yordam beradi va bunday tanlov sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ajratishni bildiradi.

Aqli zaif bolalardan farqli o'laroq, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ancha yuqori ta'lim olish qobiliyatiga ega. Ular o'qituvchi yoki kattalarning yordamidan juda yaxshi foydalana oladilar. Vazifalarni bajarishda namuna sifatida ko'rsatilgan harakatlarni shunga o'xshash holda bajarish qobiliyatiga egalar. Shu sababli bolalarda ruhiy rivojlanishi sustlashganlik holatini aniqlash uchun ta'limiy eksperimentni o'tkazish jarayonida to'g'ri diagnoz qo'yish juda muhim hisoblanadi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashganlik muammosini o'rganayotgandagi eng muhim vazifa uning sabab-oqibat munosabatlarini bilishdir.

Ruhiy rivojlanishi sustlashganlik holatining yuzaga kelish sabablari turli-tuman, shuningdek, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar guruhining o'zi ham juda xilma-xil. Ulardan ba'zilari uchun hissiy rivojlanishning sekinlashishi va xulq-atvorni o'zboshimchalik bilan tartibga solish birinchi o'ringa chiqsa ham, intellektual sohadagi xuddi shu buzilishlar to'satdan ifoda qilinmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashganlik holatining boshqa shakllarida kognitiv faoliyatning turli jihatlarining rivojlanmaganligi ustunlik qiladi.

"Omil" ya'ni faktor va "sabab" tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Biror bir ajratib olingan omil hech qanday sabab bo'lishi mumkin emas. Organizmning (individual intellektual) har qanday o'zgarishi "ichki bir lahzadayoq" - patogen omillarga munosabati bilan belgilanadi (G.YE.Suxareva).

Har bir salbiy kechinmalarni ruhiy rivojlanishi sustlashganlik holatini keltirib chiqaruvchi omil sifatida baholash to'g'ri emas, chunki omilning ahamiyatlilik darajasi bolaning shaxsiyati va uning oilasining ichki psixologik xususiyatlariga bog'liq.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilarning oliy nerv faoliyatlari quyidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi (V.I.Lubovskiy):

- asosiy nerv jarayonlarining kuchsizligi, tormozlovchi shartli bog'lanishlarning sekinligi, nerv jarayonlarining tez charchashi va toliqishi;

- nerv jarayonlarining keng irradiatsiyasi (markaziy nerv sistemasida qo'zg'alish jarayonlarining keng tarqalganligi);

- nerv jarayonlarning inertligi, bo'shligi.

Yuqorida aytib o'tilgan ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nerv sistemasining o'ziga xos xususiyatlari ma'lum darajada aqli zaif bolalarga ham xosdir. Biroq, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalardagi bunday holatlar aqli zaif bolalardagidek keskin ifodalangan bo'lmaydi. Bundan tashqari, sifat jihatidan ham farq qiladilar, ya'ni shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishida aqli zaif bolalardan farqli ravishda ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda so'z, nutq sistemasi katta rol o'ynaydi. Shuni qayd qilish lozimki oliy nerv faoliyatining yuqoridagi xususiyatlari neyrodinamikaning yetarli darajada rivojlanmaganligidan darak beradi. Bu hol normal bolalarda ham uchrashi mumkin. Lekin ularda maktabgacha yoshda kuzatiladi, xolos.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar shakllaridan biri organik infantilizmning kliniko-psixologik ko'rinishining xususiyatlari asosan kayfiyatning ustunligi bilan bog'liq. Ko'tarinki kayfiyatda bo'lgan bolalarda impulsivlik va psixomotor harakatlanish, bolalarning quvnoqligiga bevosita taqlid qilish ustunlik qiladi. Bu ixtiyoriy harakat va tizimli faoliyatga qodir emasligi bilan tavsiflanadi.

Bunday bolalar darslarda qo'zg'aluvchan, bezovta, intizom talablariga bo'ysunmaydilar, tanbehlarga javoban ular yaxshilanishga va'da berishadi, lekin bu haqda darrov unutishadi. Bu bolalar suhbat jarayonida o'qishga nisbatan salbiy munosabatni ochiq-oydin va soddalik bilan uyalmasdan, ya'ni o'qish qiziqarli emasligini, o'qish qiyin ekanligini, aksincha, ular sayr qilishni yoki o'yin o'ynashni xohlashlarini bildiradilar.

Tushkun kayfiyatda bo'lgan bolalar uchun uyatchanlik, qo'rqoqlik, qo'rquvga nisbatan moyillik ustun bo'ladi. Bu hissiy fon, shuningdek, har doim birga keladigan serebrastenik kasalliklarda faollik, tashabbuskorlik va mustaqillikning shakllanishiga to'sqinlik qiladi hamda bu bolalarda o'yinga bo'lgan qiziqishlari ustunik qiladi. Ular maktabga va bolalar jamoasiga moslashishlari qiyinchilik bilan kechadi, biroq, darslarda o'zlarini yaxshi va to'g'ri tutishga harakat qiladilar.

Shuning uchun bu bolalar intizomni buzish bilan bog'liq harakatlari uchun emas, balki ta'limdagi qiyinchiliklarga uchragani uchun shifokorga murojaat qilishadi. Ular ko'p hollarda maktabdagi, ta'lim olishdagi

muvaffaqiyatsizliklarini qiyinchilik bilan o'tkazadilar. Umuman olganda, o'sib kelayotgan bolalardagi nevrotik kasalliklar ularning mustaqilligini, faolligini va shaxsiyatidagi butun rivojlanishlarga to'sqinlik qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Бабкина Н.В. Психологическая готовность к школьному обучению детей с ЗПР // Диагностика и коррекция задержки психического развития у детей / Под ред. С.Г. Шевченко. М.: АРКТИ, 2001.

2. Жаренкова Г.И. Психолого-педагогическое изучение учащихся с ЗПР в специальной школе. //Дефектология. - 1981. - № 2.

3. Защиринская О.В. Психология детей с задержкой психологического развития. Санкт-Петербургский государственный университет, 2019.

4. Инденбаум Е., Коробейникова И., Бабкина Н. Дети с задержкой психического развития. Учебное пособие для общеобразовательных организаций. М.: Просвещение, 2020.

5. Мамедов К.К., Шоумаров Г.Б., Подобед В.Л. Ру^ий ривожланиши сустлашган болалар хдкида. Т.: Укитувчи, 1993.

6. Миланич Ю.М. Психологическая диагностика задержки психологического развития: учебное пособие. Издательтсво С.Петербург университета. 2019, 176-с.

7. Ушинский К.Д. Воспитание внимания / К.Д. Ушинский. - Москва // Возрастная и педагогическая психология: хрестоматия: для студентов высших педагогических учебных заведений / Сост. И.В.Дубровина, А.М.Прихожан, В.В.Зацепин. - Москва: Академия, 2001. - с. 125-130. -(Высшее образование).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.