Научная статья на тему 'RUHIY HOLAT YAXSHILASHNING SIYDIK AJRATISH TIZIMI SILI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING DAVOLASH SAMARADORLIGIGA TA`SIRI'

RUHIY HOLAT YAXSHILASHNING SIYDIK AJRATISH TIZIMI SILI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING DAVOLASH SAMARADORLIGIGA TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

246
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davolash / bemor / tibbiyot xodimlari / ftiziatriya / ijtimoiy yordam.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Nargiza Toirjonovna Mamatova, Abduvaliy Abduhakimovich Ashurov, Baxrombek Abduvaliyevich Abduhakimov

Hozirgi vaqtda sil kasalligi dunyodagi eng keng tarqalgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklardan biri bo’lib, jiddiy somatik kasallik sifatida ma’lum ruhiy buzilishlar bilan kechadi. Ipoxondrik buzilishlar sil kasalligining psixologik sur’atida muhim o’rin tutadi. Begonalashish, alohidalanish xissi shaxslararo o’zaro munosabatlarning buzilishiga olib kelib, shizoid fikrlash va mulohaza yuritish bilan birga kechadi. Psixologik holatning buzilishlari ilk marta aniqlangan sil bilan kasallangan bemorlarga ham, uzoq vaqt davomida kasal bo’lgan erkaklarga ham, ayollarga ham xosdir. Olingan o’zaro bog’liqliklardan kelib chiqadiki, bemorning odatiy koping-strategiyalarini (uzoqlashish, qochish) moslashuvchan strategiyalar bilan almashtirish (ijtimoiy yordam izlash, mas’uliyatni o’z zimmasiga olish) bemorning kasallikka bo’lgan munosabatini ijobiy o’zgartirishi mumkin. Bu esa o’z navbatida uni davolash istiqbollari, sog’liqni tiklanishi uchun kurashda katta samaradorlikka erishishga olib keladi. Korreksiyalash va rivojlanish ishlarida qatnashgan deyarli barcha siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar o’zlarining moslashuvchan qobiliyatlarini oshirdilar. Muhim natija shundaki, tibbiyot xodimlari siydik ajratish tizimi sili bilan og’rigan bemorlarning xatti-harakatlaridagi ijobiy o’zgarishlarni, ularning xayrixohlik ko’rsatishga tayyorligini va eng muhimi, kasallikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorligini ko’rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

To date, tuberculosis is one of the most common diseases in the world with social significance, and is a severe somatic disease with certain mental disorders. Hypochondriacal disorders play a major role in the psychological course of tuberculosis. A sense of alienation and isolation leads to a break in interpersonal relationships, accompanied by schizoid thinking and reasoning.Virtually all patients with tuberculosis of the urinary tract, who took part in correctional and developmental work, improved flexibility. An important result is that health workers have identified positive changes in the behavior of patients with urinary tract tuberculosis, their willingness to show kindness and, most importantly, their willingness to cooperate in the fight against the disease. Disturbances in the psychological state are characteristic of both newly diagnosed tuberculosis patients and long-term ill patients. It follows from the correlations that the replacement of the patient's habitual coping strategies (distancing, avoidance) with flexible strategies (appeal to social support, taking responsibility) can positively change the patient's attitude towards the disease. This, in turn, leads to greater efficiency in the fight for the prospects for his treatment and restoration of health. Virtually all patients with tuberculosis of the urinary tract, who took part in correctional and developmental work, improved flexibility. An important result is that health workers have identified positive changes in the behavior of patients with urinary tract tuberculosis, their willingness to show kindness and, most importantly, their willingness to cooperate in the fight against the disease.

Текст научной работы на тему «RUHIY HOLAT YAXSHILASHNING SIYDIK AJRATISH TIZIMI SILI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING DAVOLASH SAMARADORLIGIGA TA`SIRI»

RUHIY HOLAT YAXSHILASHNING SIYDIK AJRATISH TIZIMI SILI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING DAVOLASH SAMARADORLIGIGA TASIRI

Nargiza Toirjonovna Mamatova

Samarqand davlat tibbiyot universiteti ftiziatriya kafedrasi assistenti

Abduvaliy Abduhakimovich Ashurov

Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi oliy toifali ftiziatri

Hozirgi vaqtda sil kasalligi dunyodagi eng keng tarqalgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklardan biri bo'lib, jiddiy somatik kasallik sifatida ma'lum ruhiy buzilishlar bilan kechadi. Ipoxondrik buzilishlar sil kasalligining psixologik sur'atida muhim o'rin tutadi. Begonalashish, alohidalanish xissi shaxslararo o'zaro munosabatlarning buzilishiga olib kelib, shizoid fikrlash va mulohaza yuritish bilan birga kechadi. Psixologik holatning buzilishlari ilk marta aniqlangan sil bilan kasallangan bemorlarga ham, uzoq vaqt davomida kasal bo'lgan erkaklarga ham, ayollarga ham xosdir. Olingan o'zaro bog'liqliklardan kelib chiqadiki, bemorning odatiy koping-strategiyalarini (uzoqlashish, qochish) moslashuvchan strategiyalar bilan almashtirish (ijtimoiy yordam izlash, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish) bemorning kasallikka bo'lgan munosabatini ijobiy o'zgartirishi mumkin. Bu esa o'z navbatida uni davolash istiqbollari, sog'liqni tiklanishi uchun kurashda katta samaradorlikka erishishga olib keladi.

Korreksiyalash va rivojlanish ishlarida qatnashgan deyarli barcha siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar o'zlarining moslashuvchan qobiliyatlarini oshirdilar. Muhim natija shundaki, tibbiyot xodimlari siydik ajratish tizimi sili bilan og'rigan bemorlarning xatti-harakatlaridagi ijobiy o'zgarishlarni, ularning xayrixohlik ko'rsatishga tayyorligini va eng muhimi, kasallikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorligini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: davolash, bemor, tibbiyot xodimlari, ftiziatriya, ijtimoiy yordam.

Baxrombek Abduvaliyevich Abduhakimov

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

To date, tuberculosis is one of the most common diseases in

October, 2022

the world with social significance, and is a severe somatic disease with certain mental disorders. Hypochondriacal disorders play a major role in the psychological course of tuberculosis. A sense of alienation and isolation leads to a break in interpersonal relationships, accompanied by schizoid thinking and reasoning.Virtually all patients with tuberculosis of the urinary tract, who took part in correctional and developmental work, improved flexibility. An important result is that health workers have identified positive changes in the behavior of patients with urinary tract tuberculosis, their willingness to show kindness and, most importantly, their willingness to cooperate in the fight against the disease. Disturbances in the psychological state are characteristic of both newly diagnosed tuberculosis patients and long-term ill patients. It follows from the correlations that the replacement of the patient's habitual coping strategies (distancing, avoidance) with flexible strategies (appeal to social support, taking responsibility) can positively change the patient's attitude towards the disease. This, in turn, leads to greater efficiency in the fight for the prospects for his treatment and restoration of health.

Virtually all patients with tuberculosis of the urinary tract, who took part in correctional and developmental work, improved flexibility. An important result is that health workers have identified positive changes in the behavior of patients with urinary tract tuberculosis, their willingness to show kindness and, most importantly, their willingness to cooperate in the fight against the disease.

Keywords: treatment, patient, medical personnel, phthisiology, social assistance.

KIRISH

Hozirgi vaqtda sil kasalligi dunyodagi eng keng tarqalgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklardan biri bo'lib, jiddiy somatik kasallik sifatida ma'lum ruhiy buzilishlar bilan kechadi. Ipoxondrik buzilishlar sil kasalligining psixologik sur'atida muhim o'rin tutadi. Begonalashish, alohidalanish xissi shaxslararo o'zaro munosabatlarning buzilishiga olib kelib, shizoid fikrlash va mulohaza yuritish bilan birga kechadi. Psixologik holatning buzilishlari ilk marta aniqlangan sil bilan kasallangan bemorlarga ham, uzoq vaqt davomida kasal bo'lgan erkaklarga ham, ayollarga ham xosdir [2,9,11,13,18,29].

Bunday xarakterli xususiyatlar bemorlarning shaxslararo munosabatlarini qiyinlashtirib, shundoq ham turg'un bo'lmagan ruhiyatning moslashish qobiliyatini buzilishlarga olib keladi. Siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlarning nokomplayentligida sil kasalligining sabablari va kechishi, ularning davolanishga bo'lgan munosabati

October, 2022

893

va motivasiyasi, ba'zan davolashning oldingi salbiy tajribasi bilan bog'liq bo'lgan tushunchalari va g'oyalari, davolanishning muvaffaqiyatsiz oqibatlaridan qo'rqish muhim o'rin egallaydi [3,14,16,17,25].

Kasallikning biopsixososial modelini ishlab chiqish zamonaviy ftiziatriya uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo'lib, davolashni optimallashtirish, amalga oshirilayotgan reabilitasiya tadbirlari samaradorligini oshirishning muhim omillari sifatida kasallikning psixologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini chuqur o'rganishni nazarda tutadi [1,7,12,21,23].

Somatik profilga ega bemorlarga psixoterapevtik yordam ko'rsatishning maqsadga muvofiqligi hozirgi kunda o'z isbotini topgan [6,8,10,19,22]. Ftiziatriyada davolanish jarayonini psixologik qo'llab-quvvatlash zarurati juda dolzarbdir. Biroq, siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar uchun psixologik yordamga bo'lgan ehtiyoj yuqoriligiga qaramay, bu yetarli darajada amalga oshirilmayapti [4,5,15,20,27].

Ushbu guruhdagi bemorlarga psixologik yordam dasturini ishlab chiqish uchun siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlarning kasallikka qarshi kurashish strategiyalari, shaxsning himoya mexanizmlari va kasallikka munosabat turlarini aniqlash.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Empirik tadqiqot obyekti sifatida 25 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan 145 nafar bemor, ya'ni 83 nafar ayol va 62 nafar erkak o'rganildi. Nazorat guruhi - tadqiqot vaqtida somatik kasalliklari bo'lmagan shaxslar (n= 81), tadqiqot guruhlari - siydik ajratish tizimi sili ilk marta aniqlangan bemorlar (n = 37), surunkali siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar (n = 27). Tadqiqotda quyidagi usullardan foydalanildi: R.Lazarus va S.Folkmanning "Ways of Coping Questionnaire" (WCQ) yengish usullari so'rovnomasi; V.V. Boykoning muloqotda psixologik himoyaning dominant strategiyasini aniqlash metodologiyasi; kasallikka munosabat turini aniqlash usuli (KMT).

So'rov natijalarini statistik qayta ishlash "MS Exel" dasturi va statistik ma'lumotlarni tahlil qilish kompyuter dasturi yordamida amalga oshirildi. Tahlil uchun ma'lumotlarni taqqoslash uchun parametrik bo'lmagan mezon, Mann-Uitni mezoni qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olingan ma'lumotlarni KMT usuli yordamida qayta ishlashning birinchi bosqichida tanlov yig'indisi (n = 145)

October, 2022

894

meyyorga Kolmogorov - Smirnov mezoni bo'yicha tekshirildi, lekin u aniqlanmadi. Ikkinchi bosqichda tadqiqot guruhlari o'rtasidagi farqlar va ularning ahamiyati o'rganildi. Tanlov yig'indisi meyyor qonuniga to'g'ri kelmaganligi sababli, keyingi tahlil uchun ma'lumotlarni taqqoslash uchun parametrik bo'lmagan mezon, Mann-Uitni mezoni qo'llanildi.

Nazorat guruhini (№1 - sog'lom odamlar) va №2 tadqiqot guruhni - ilk marta aniqlangan siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlarni solishtirganda, o'rtacha ahamiyatga ega bo'lgan p<0,05 № 2-guruhda yaqqol rivojlangan koping-strategiya, ya'ni qarama-qarshilik, uzoqlashish, ijtimoiy yordam izlash, qochish strategiyasi kuzatildi.

Bundan tashqari, muloqotning dominant strategiyasi o'rganilganda chetlashish shkalasi bo'yicha yuqori ball aniqlandi: 58% hollarda ilk marta aniqlangan bemorlar muammoni hal qilishdan qochishga, 13% hollarda tinchlik yo'li bilan muammoni hal qilishga, 29% hollarda esa keskin javob berishga moyillik kuzatildi.

Nazorat (№ 1 - sog'lom shaxslar) va tadqiqot guruhlarni (№ 3 - surunkali siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar) solishtirilganda, o'rtacha ahamiyatlilik darajasida p<0,05 №3 guruhning kasallikka nisbatan munosabat turlari va muloqot strategiyalarida eng katta farqlar aniqlandi. Shunday qilib, kasallikka nisbatan anozognozik, nevrastenik, melanxolik, egosentrik va disforik reaksiyalar yaqqol rivojlangan bo'lib, lekin sog'lom odamlarga nisbatan tinchliksevarlik xissi va mas'uliyatni o'z zimmalariga olish, xatti-xarakatlariga javobgarlik xissi sust rivojlangan edi. Bundan tashqari, ularda kasallikka nisbatan tashvishlilik, ipoxondriklik, apatik va paranoid munosabatlari meyyorga nisbatan kamroq aniqlandi.

Bu shuni ko'rsatadiki, surunkali siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan shaxslar salbiy ruhiy xissiyotlari (disforiya) rivojlanganligi tufayli tajovuzkor munosabatlarga moyil bo'ladilar. Odatda, shifokorlar va hamshiralar bunday bemorlarni "murakkab bemorlar" toifasiga kiritadilar, chunki surunkali sil kasalligida ko'pgina dorilarga nisbatan chidamlilik kuzatilishi bilan bir qatorda, bunday bemorlarda yuqori hissiy labillik, kichik muammolarga nisbatan tajovuzkorona xatti-xarakatlar, shuningdek davolanish tartibini buzish holatlari kuzatiladi. Ehtimol, bu surunkali kasallik tufayli atrofdagilardan ularning o'z shaxsiyatiga e'tiborni kuchaytirishga qaratilgan o'ziga xos talabdir.

Ikki tadqiqot guruhni, ya'ni № 2 - ilk marta aniqlangan siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar va № 3 - surunkali sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarni taqqoslash, o'rtacha ahamiyatlilik darajasida p<0,05 № 2 guruhdagi ko'rsatkichlar № 1 guruhdagilar

October, 2022

895

(sog'lom shaxslar) bilan bir xil edi. Bundan tashqari, ilk marta aniqlangan siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar surunkali bemorlardan kasallikka nisbatan sezgirlik, ergopatik va tashvishli munosabatning yuqori ko'lami bilan farqlanadi.

Qizig'i shundaki, kasallikning surunkali shaklga o'tishi bilan bilan ergopatiya va sezuvchanlik shkalasi keskin pasayadi. Ehtimol, bu ijtimoiy xavfli kasallikka chalingan odamning aynan shu sohalarda - muloqot va mehnat faoliyatida eng zaif bo'lib qolishi bilan bog'liqdir. Kasallik tomonidan "tortib olingan" qadriyatlar uchun kompensasiyaning yagona manbai - bu o'z shaxsiyatiga e'tiborni kuchaytirish talabidir, bu esa o'z navbatida tibbiyot xodimlari bilan munosabatlarni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Shunday qilib, shifokor va bemorning turli pozisiyalari, ya'ni bemorning davolanish tartibiga rioya qilmasligiga olib keladigan bo'lsa, bu o'z navbatida bemor uchun yanada jiddiy tibbiy oqibatlarga olib keladi, bu tabiiy ravishda uning shaxsiyatida aks etadi.

Ma'lumotlarni qayta ishlashning uchinchi bosqichi Pirson korrelyasiya koeffisiyenti yordamida korrelyasiya tahlili edi. Ma'lumotlarga ishlov berishning oldingi bosqichida eksperimental guruhlarda (№ 2 va 3) qarama-qarshilik, uzoqlashish, ijtimoiy yordam izlash, muammodan qochish, shuningdek, kasallikka nisbatan munosabatning ergopatik va sezgir turlari, nevrastenik, melanxolik, disforik kabi kurash strategiyalari korrelyasiyalarni tahlil qilishda alohida qiziqish uyg'otdi.

Kasallikka nisbatan munosabatning disforik turi tajovuzkor munosabat strategiyasi (U = 0,810da p <0,01) bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib, ijtimoiy yordam izlash strategiyasi bilan teskari (p<0,05 da U = -0,530), bu degani g'amgin paytlarda, g'azablangan kayfiyatda bemorlar o'z kasalliklarida ijtimoiy muhitni aybdor deb bilib, atrofdagilarga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo'ladilar.

Kasallikka munosabatning nevrastenik turi mas'uliyatni o'z zimmasiga olish bilan teskari bog'liq (U = -0,568 p <0,05), qochish strategiyasi (U = 0,477da p<0,05) va ijtimoiy yordamni izlash (U= 0,609da p <0,05) bilan bevosita bog'liqdir. Bunday munosabatlar shuni ko'rsatadiki, somatik va ruxan zaiflashgan bemorlar muammoni hal qilishda o'zlarining rolini tan olmaydilar, o'zlarini o'ziga yordam berishga qodir emas deb hisoblaydilar va javobgarlikni o'zlarining yaqin atroflaridan kimgadir o'tkazishga moyildirlar.

Kasallikka nisbatan tashvishli munosabat turi, korrelyasiya tahliliga ko'ra, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni izlash (U = 0,698da p <0,05) bilan to'g'ridan-to'g'ri va mas'uliyatni o'z zimmasiga olish strategiyasi bilan (U = -0,711da p < 0,05) teskari ravishda bog'liq. Bu quyidagilarni ko'rsatishi mumkin: kasallikning o'ziga xos xususiyatlari va uni davolash

October, 2022

896

bilan bog'liq bo'lgan kelajak uchun tashvish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, bunday bemor ijtimoiy muhitdan, oila a'zolaridan, shuningdek, shunga o'xshash tashxisga ega bo'lgan boshqa bemorlardan yordam so'rashga moyil bo'ladi.

Ilk marta aniqlangan siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar orasida, ma'lumki, kasallikka munosabatning ergopatik turi shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar olingan. Korrelyasiya tahlili shuni ko'rsatadiki, bunday munosabat ijtimoiy yordam izlash (U = 0,357da p<0,05), qochish strategiyasi (U = 0,420 p<0,05) bilan bevosita bog'liq. Bu shuni anglatadiki, bemor kasallikdan "qochish" maqsadida mehnat faoliyatiga qanchalik berilib ketsa, u boshqa odamlarning muhitida hissiy tasalli topishni, kasallik bilan "yuzma-yuz" kelmaslikni xohlaydi.

Kasallikka nisbatan sezgir munosabat ilk marta aniqlangan siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlarda ham mavjud bo'lib, uzoqlashishni yengish (U = 0,586 p<0,05), ijtimoiy yordam izlash (U = 0,887 p<0,01) to'g'ridan-to'g'ri va tajovuzkor munosabat bilan (U = -0,395 p <0,01) teskari bog'liq. Bu bemorlarning jamiyat fikriga nisbatan yuqori sezgirligidan dalolat beradi, tabiiyki, uning kasalligi haqida boshqalarning fikrini iloji boricha ko'proq bilish, shunga o'xshash tashxisi bo'lgan boshqa bemorlar davolanishda qanday muvaffaqiyatlarga erishganligi bilish istagi yuqoriligini bildiradi.

Olingan o'zaro bog'liqliklardan kelib chiqadiki, bemorning odatiy koping-strategiyalarini (uzoqlashish, qochish) moslashuvchan strategiyalar bilan almashtirish (ijtimoiy yordam izlash, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish) bemorning kasallikka bo'lgan munosabatini ijobiy o'zgartirishi mumkin. Bu esa o'z navbatida uni davolash istiqbollari, sog'liqni tiklanishi uchun kurashda katta samaradorlikka erishishga olib keladi.

XULOSA

Olingan ma'lumotlarni p<0,05 ahamiyatlilik darajasida matematik qayta ishlash surunkali siydik ajratish tizimi sili bilan og'rigan bemorlar noto'g'ri reaksiyalarga moyil bo'lgan dastlab aniqlangan bemorlarga qaraganda ko'proq konstruktiv xatti-harakatlar strategiyasidan foydalanishini isbotladi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, ijtimoiy moslashishda qiyinchiliklarga duch kelgan siydik ajratish tizimi sili bilan og'rigan bemorlar bilan ishlash uchun korreksiyalash dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6 ta bo'limdan iborat:

1 bo'lim - ma'lumot beruvchi, ya'ni bemorlarga patogenetik mexanizmlarni tushuntiruvchi, davolash istiqbollari, kasallikning oldini olish usullari.

2 bo'lim - bemorlarning tashxis qo'yilishida duch

October, 2022

897

keladigan qiyinchiliklarini, ularning kasallikka bo'lgan munosabatini aniqlash, qo'rquvlarni bartaraf yetish.

3 bo'lim guruhda hamjihatlikni shakllantirish, samarali jamoaviy ishlashni o'rgatish, yempatiya ko'nikmalarini o'rgatish uchun mo'ljallangan.

4 bo'lim - tajovuzkorlik bilan ishlash, ziddiyatli vaziyatlarda o'z-o'zini tartibga solish va konstruktiv xatti-harakatlar ko'nikmalarini o'rgatish; salbiy his-tuyg'ularni tushunarli darajada ifoda yetish qobiliyatini rivojlantirish.

5 bo'lim o'z-o'zini qabul qilishga, tanlov qilish va mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatiga qaratilgan; shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan.

6 bo'lim ish natijalarini sarhisob qilishni, guruhni korreksiyalash mashg'ulotlari tugagandan so'ng mumkin bo'lgan o'zgarishlar diagnostikasini o'z ichiga oladi.

Qayta o'tkazilgan testlar shuni ko'rsatdiki, korreksiyalash va rivojlanish ishlarida qatnashadigan deyarli barcha siydik ajratish tizimi sili bilan og'rigan bemorlar o'zlarining moslashuvchan qobiliyatlarini oshirdilar: birinchi navbatda, bu hissiy yo'naltirilganlarga nisbatan muammoga yo'naltirilgan kurashish-xulq-atvor strategiyalaridan foydalanishning kuchayganligi bilan namoyon bo'ldi. Muhim natija shundaki, siydik ajratish tizimi sili bilan og'rigan bemorlar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari bemorlarning xatti-harakatlaridagi ijobiy o'zgarishlarni, ularning xayrixohlik ko'rsatishga tayyorligini va eng muhimi, kasallikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorligini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Абдухакимов Б. А. Сил билан касалланган беморлар ва уларнинг оила аъзоларининг эмоционал хрлати //Инновации в педагогике и психологии. -2021. - Т. 4. - №. 1.

2. Абдухакимов Б. А. Qalqonsimon bezining funksional holatiga silga qarshi davolash choralarining tasiri //Журнал кардиореспираторных исследований. -2020. - Т. 1. - №. 3.

3. Ашуров А. А., Абдухакимов Б. А. ^алконсимон бези патологияси кузатилган беморларда силга карши даволаш чораларининг окибатлари //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 166-173.

4. Ашуров А.А. Силнинг огир ва сурункали шакллари билан касалланган беморларга паллиатив тиббий ёрдам курсатишнинг ахдмияти//Журнал вестник врача. - 2020. - Т. 2. - С. 52-55. https://doi.org/10.38095/2181-466X-2020942-52-55

5. Ашуров A., Абдухакимов B. (2022). Особенность течения туберкулеза легких у детей в сочетании с гельминтозом.

October, 2022

898

Журнал кардиореспираторных исследований, 2(3), 69-72. https://doi.org/10.26739.2181-0974-2021-3-13

6. Ким А. А. Проявления пато-и танатогенеза в структурах головного мозга при отравлениях угарным газом //Медицинские новости. - 2020. - №. 8 (311). - С. 67-69.

7. Ким А. А. Эпидемиологические аспекты и современный взгляд на ситуацию по отравлению угарным газом //Судебная медицина. - 2020. - Т. 6. - №. 4. - С. 4-9.

8. Ким А. А. Ис газидан уткир захдрланишда бош мия структуравий узгаришларини танатогенетик бахрлаш. - 2021.

9. Маматова Н.Т. Опыт применения краткосрочных курсов лечения у больных туберкулёзом с множественной лекарственноый устойчивостью в Самаркандской области. Вестник научно-исследовательского института туберкулёза,106-107, 2020.

10. Маматова Н. Силга карши даволаш чораларининг калконсимон безининг фаолиятига таъсири //Журнал вестник врача. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 31-35.

11. Маматова N., Ходжаева S., Ашуров A., Абдухакимов B. (2022). Влияние туберкулеза легких на психическое состояние подростков. Журнал гепато-гастроэнтерологических исследований, 2(3.2), 114-117. извлечено от https://inlibrarv.uz/index.php/hepato-gastroenterological/article/view/2454

12. Маматова N., Ашуров A., Абдухакимов B. (2022). Особенности течения туберкулеза легких у детей в сочетании с глистной инвазией. Журнал кардиореспираторных исследований, 2(1), 74-77. https://doi.org/10.26739.2181-0974-2021-1-14

13. Маматова . N. (2022). Влияние бедаквилина на эффективность комплексного лечения туберкулёза дыхательной системы. Журнал кардиореспираторных исследований, 1(1), 77-80. https://doi.org/10.26739.2181-0974-2020-1-11

14. Олимджонов К. (2022). Принципы оказания стоматологической помощи больным туберкулёзом лёгких. Журнал стоматологии и краниофациальных исследований, 1(3), 43-46. https://doi.org/10.26739.2181-0966-2020-3-9

15. Турдибеков Х. и др. Исследование ассоциации полиморфных вариантов гена в2-адренорецептора с бронхиальной астмой //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 41-44.

16. Ходжаева, С., Аджаблаева, Д., Саидова, М., Анисимова, Т., Пардаева, У., Маматова, Н., Мавланова, У. (2011). Данные электрокардиографических исследований при туберкулёзе органов дыхания. Журнал вестник врача, 1(04), 127-128. извлечено от https://inlibrarv.uz/index.php/doctors herald/article/view/12536

17. Ходжаева, С., Аджаблаева, Д., Саидова, М., Анисилюва, Т., Пардаева, У. (2011). Актуальные проблемы туберкулёза в сочетании с

ВИЧ. Журнал вестник врача, 1(04), 125-126. извлечено от https://inlibrarv.uz/index.php/doctors herald/article/view/12535

18. Ходжаева, С., Маматова, Н., & Джаблаева, Д. (2011).

October, 2022

Актуальные проблемы противотуберкулёзной помощи детям и подросткам. Журнал вестник врача, 1(02), 149-150. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors herald/article/view/11898

19. Ходжаева, С. (2011). Актуальные вопросы туберкулеза половых органов у женщин и мужчин. Влияние туберкулёзного процесса на фертильность. Журнал вестник врача, 1(02), 151-153. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/11899

20. Abduhakimov B.A. The importance of improving the mental state of patients with tuberculosis. //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. -Т. 3. - №. 4. - С. 1423-1429.https://doi.org/10.17605/QSF.IQ/RNB7V

21. Abduhakimov B.A. Qpka sili bilan kasallangan bemorlarga stomatologik yordam ko'rsatishning ahamiyati. Academic Research in Educational Sciences. 2022, volume 3, issue 1, pp.258-262.

22. Abduhakimov B.A. Peculiarities of the course of pulmonary tuberculosis in children in combination with clay invasion. Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 1, pp.74-77.

23. Ashurov A.A. The importance of palliative care in patients with severe and chronic forms of tuberculosis. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. 2022, vol. 12, issue 02, pp. 290-293. https://doi.org/10.5958/2249-7137.2022.00159.8

24. Ashurov A.A., Abduhakimov B.A. Peculiarities of the course of pulmonary tuberculosis in children in combination with helminthosis. Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 3, pp.69-72.

25. Adjablaeva D.N. Active identification of tuberculosis in children and adolescent. Молодежь и медицинская наука в XXI веке. 2014.

26. Ataxanovna, K.S., Toirjonovna, M.N., Urinovich, K.K., Nazarovich, S.G., Murodullayevich, B.U. The Effectiveness of Short-Term Treatment Regimens In The Treatment Qf Drug-Resistant Forms Qf Tuberculosis. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 5236-5240.

27. Mamatova N. T. Psychological characteristics of adolescents with respiratory tuberculosis //Journal of Biomedicine and Practice. - 2020. - Т. 5. - №. 5. - С. 135140.

28. Toirjonovna M. N. Nafas olish tizimi sili bilan kasallangan o'smirlarning psixologik xususiyatlari //Педагогика ва психологияда инновациялар. - 2020. - Т. 7. - №. 3.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

29. Xaydarovna, M.F., Narzullaevna, R.Q. (2020). Prevention Qf Anemia In Patients With Tuberculosis. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 2(11), 62-65. https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume02Issue11-11.

900

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.