Научная статья на тему 'RIVOJLANGAN DAVLATLARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA PROFAYLINGDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

RIVOJLANGAN DAVLATLARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA PROFAYLINGDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
98
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
profayling / jamoat xavfsizligini ta’minlash / psixologik portret / psixologik kuzatish / so‘rov / kriminal profayling / transport profayling. / profiling / public safety / psychological portrait / psychological monitoring / survey / criminal profiling / transport profiling

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — O‘Rmonov, Davronbek Abdukarimovich

Mazkur maqolada rivojlangan davlatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda profaylingdan foydalanish samaradorligining tashkil etilishi hamda o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, Profayling metodining kelibchiqishi tarixi, zaruriyati va qo‘llanilish sohasi borasida nazariy ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE EFFECTIVENESS OF USING PROFILING IN ENSURING PUBLIC SAFETY IN DEVELOPED COUNTRIES

This article describes the organization and specific features of the effectiveness of profiling in the provision of public safety in developed countries. Also, theoretical information about the history of the origin of the Profiling method, necessity and field of application is given.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANGAN DAVLATLARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA PROFAYLINGDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RIVOJLANGAN DAVLATLARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA PROFAYLINGDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O'rmonov Davronbek Abdukarimovich

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti

Mazkur maqolada rivojlangan davlatlarda jamoat xavfsizligini ta'minlashda profaylingdan foydalanish samaradorligining tashkil etilishi hamda o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, Profayling metodining kelibchiqishi tarixi, zaruriyati va qo 'llanilish sohasi borasida nazariy ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: profayling, jamoat xavfsizligini ta'minlash, psixologik portret, psixologik kuzatish, so'rov, kriminal profayling, transport profayling.

This article describes the organization and specific features of the effectiveness of profiling in the provision of public safety in developed countries. Also, theoretical information about the history of the origin of the Profiling method, necessity and field of application is given.

Key words: profiling, public safety, psychological portrait, psychological monitoring, survey, criminal profiling, transport profiling.

«Profayling» inglizcha «profile» - profil, qiyofa ma'nosini anglatadi. Profayling - bu shaxsning noverbal xatti-harakatlari va o'ziga xos xususiyatlarini baholash orqali uning harakatlarini haqqoniy baholash, bashorat qilish metodikasi hisoblanadi.

Profayling metodi - shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi o'zgarishlarni tashqi qiyofasi va xatti-harakatlari asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullarni qo'llab, avvaldan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs profilini yaratish usulidir. Profayl metodi asoschilari psixolog olimlar P.Ekman, V. Frizen, M. Sukerman va B. De Paulo hisoblanadilar. 2012-yilda esa Y. Spiritsa tomonidan yolg'onni tadqiq qilish bo'yicha Xalqaro akademiyada kriminal profayling usuli taqdim etildi. Uning fikricha: kriminal profayling - jinoyatchi deb taxmin qilinayotgan shaxs xususiyatlarini tashxislovchi kompleks usullar yordamida uning psixologik profilini tuzish tushuniladi. Profayling - bu psixologik portret tuzishdir. 1888-yilda psixologik portret tuzishga uringanlardan biri britaniyalik jarroh Tomas Bond hisoblanadi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ushbu profayling metodi tajribasi Isroil, AQSH, Rossiya kabi davlatlarda bir necha yillardan beri takomillashib kelayapti. Profayling metodi ikkita bir-birini to'ldiruvchi metoddan, ya'ni psixologik kuzatish va so'rov(suhbat) metodidan tashkil topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Profayling o'zining tarkibiga - tezkor psixodiagnostika, emotsiyalarni tahlil qilish, manipulyativ texnikalar, gipnotexnologiya, so'zamonlik, grafologiya, yuz ifodalari tahlili, mushaklar faoliyatini tahlil qilish va ijtimoiy psixologiyani qabul qiladi.

Bu usuldan ichki ishlar organlari faoliyatining ko'plab yo'nalishlarida, jumladan aholi ko'p to'planadigan jamoat joylarida, qo'riqlanadigan o'ta muhim ob'ektlarda, jamoat transportining amaldagi barcha turlarida xavfsizlikni ta'minlashda foydalanish katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Hozirgi kunda shaxslarning profilini yaratish, ya'ni profayling metodidan ko'plab zo'ravonlik, ko'p takrorlanadigan qotillik jinoyatlarini ochishda keng foydalaniladi.

Profayling usuli profilaktika inspektorlariga fuqarolar bilan muloqotga kirishgan shaxs hakida ma'lumot olish, xavfni oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, profayling usulini profilaktika inspektorlari faoliyatida joriy etilishi kasbiy kuzatuvchanlik, atrof-muhitni tahlil qilish, kishilarning xulqi, shubha uyg'otuvchi alomatlarini aniqlash, xizmat vaqtida fuqarolar bilan yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda samarali hisoblanadi. Profayling bilan shug'ullanuvchi shaxslarni odatdaprofaylerlar deb yuritiladi. Profaylerning o'rganish ob'ekti sifatida quyidagilarni e'tirof etish mumkin:

- mimika;

- jestlar;

- xatti-harakatlarning o'ziga xos xususiyatlari;

- nutqning psixolingvistik qonuniyatlari;

- verbal muloqotning paralingvistik alomatlari va boshqalar.

Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog'i, belgilar tizimi orqali beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo'lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalaniladigan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi. Profayling metodida muloqotning verbal va noverbal vositalarining tavsifi katta ahamiyatga ega. Muloqotning psixologik vositalari ikkiga: verbal (nutq orqali) va noverbal (nutqsiz)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shakllarga bo'linadi va quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi: - og'zaki nutq; - imo-ishora; - yozma nutq; - mimika; - pantomimika. Nutqiy muloqot - eng universal aloqa vositasi hisoblanadi. Zero, nutq orqali axborotning mazmuni deyarli to'liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o'zining fikr-mulohazalarini bemalol bayon eta oladi. Jamoat xavfsizligini ta'minlovchi profilaktika inspektori faoliyatida muloqotning nutqiy vositalaridan foydalanish o'ta muhim o'rin tutadi. Hodim xizmat faoliyatining samaradorligi ko'p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil xujjatlarni tuzishda o'z fikrlarini to'g'ri ifodalash, ularni to'g'ri bayon etishiga bog'liq. Nutq muloqotning universal vositasi bo'lsa-da, u faqat faoliyat tizimiga aloqador bo'lgan sharoitdagina ahamiyatga ega bo'ladi, faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa -nutqsiz vositalarini qo'llash bilan to'ldiriladi. Ushbu vositalarning birinchi guruhiga imo-ishora va mimika kiradi. Mimika - yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Jest (imo-ishora) - jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan xarakat. Ularga qarab, biz insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning ahvolidan darak berishi mumkin. Inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar vositasida uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg'ularini ifodalovchi harakatlarga pantomimika deyiladi. Muloqotning nutqsiz vositasiga kiruvchi boshqa guruhini vokallashtirish tizimi, ya'ni ovoz sifati, uning diapazoni, ohangi va boshqal ar tashkil etadi. Ushbu qo'shimchalarning barchasi axborotning ahamiyatini oshiradi va o'ziga xos nutqda « qo'shimcha» vazifani bajaradi.

Profayling metodining metodologik asosi bo'lib, aynan insonlarning noodatiy xarakatlari, tashqi ko'rinishidagi ba'zi belgilari, o'zlarini tutishlari, gapirish oxangi, sur'ati va boshqa xabar beruvchi a'zolarining o'ziga xos xislatlari xisoblanadi. Masalan, biror-bir qo'poruvchilik xarakatlarini amalga oshirmoqchi bo'lgan terrorchi shaxsni aniqlashda profayling metodining afzalliklari shundan iboratki, u orqali terrorchining yuz profili, umumiy va xususiy xarakatlari, xujjatlari, olib o'tayotgan buyumlarini o'rganish hamda taxlil qilish orqali shaxsni xavfli yoki xavf tug'dirmaydigan inson sifatida baxolash mumkin.

Profayling iborasi ilk bor 1980 yillarda Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlatila boshlandi. Ushbu sohada ish olib borgan mutaxassislardan birinchilar qatori Djon Duglas, Robert Resslerlar hisoblanadi. Ular boshchiligida aynan 1984 yil Federal qidiruv byurosi (FBI) Akademiyasi qoshida tajovuzkorlik jinoyatlarini o'rganish markazi tashkil etilgan. Ushbu markazda asosan o'rta va og'ir jinoyatlarni taxlil qilish, ularni o'rganish, jinoyatchilarni psixologik portretini yaratish bo'yicha ilk izlanishlar olib borilgan. Profaylerlarning xizmatlari yordamida bir qancha og'ir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamda vaxshiyona qotilliklar fosh etilgan. Unda asosan jinoyatchining xulq-atvorini o'rganish, psixologik portretini yaratish, o'ziga xos psixologik xususiyatlarini taxlil qilish, jinoyat sodir etish motivlarini o'rganish hamda kelgusidagi xarakatlarini bashorat qilish orqali bu yutuklarga erishdilar.

Profaylingga asosiy e'tibor Rossiyada 2004-yil sodir etilgan terrorchilik harakatidan keyin kuchaytirildi. Bu texnologiya AQSh, Finlyandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi Yevropaning bir qancha yirik davlatlari, shuningdek, Isroil davlatida jamoat xavfsizligini ta'minlash xizmatlarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida keng qo'llaniladi.

Profayling metodi quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Profayling metodining xususiyatlaridan biri sifatida profilaktik hisobdagi shaxslar xatti-xarakatini kuzatish, ularga savollar berish, ekspress psixodiagnostika qilish, ularning xatti-xarakatlaridagi normadan og'ishlarni qayd etish hamda ularni o'rganishga qaratilgan boshqa harakatlar kiritiladi.

2. Profaylingning mantiqiy sxemasida g'ayriqonuniy aralashish harakatlarini tayyorlash chog'ida xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan shaxslarning xarakatlari modelini tuzish; bunday xarakatlarni tayyorlash belgilarini aniqlash; xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tiplar (profillar) - bunday xarakatlarning extimol tutilgan ijrochilari tasnifini yaratish; kuzatuv hududidagi xar bir shaxsning makomini rejalashtirilayotgan g'ayriqonuniy aralashuv xarakatiga aloqador bo'lish mumkinligi nuqtai nazaridan aniqlash; xar bir shaxsni muayyan tipga (eki profilga) kiritish, ya'ni profillash.

3. Profayling metodini amalga oshirish uchun vizual psixodiagnostika, diagnostik ekspress-suhbat, neyrolingvistik dasturlash metodlari, tergov faoliyati sohasida ko'p yillik tajribani egallagan yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega mutaxassislar jalb etiladi.

Agar profayling sohasida xorij tajribasini o'rganadigan bo'lsak, uni bevosita quyidagi yo'nalishlarga qarab ajratish mumkin:

- kriminal profayling - asosan Yevropa va AQShda. keng tatbiq etilgan;

- transportdagi profayling - asosan Isroil va Rossiyada keng tatbiq etilgan.

Kriminal profayling odatda, jinoiy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning

xulq-atvorini o'rganishga qaratilgan yo'nalishdir. Uning metodologik asosini psixologiyaning «bixevioristik» nazariyasiga (inson xulq-atvorini o'rganish) tayanadi. Unda inson harakatlarini yuzaga keltiruvchi motivlar bevosita tahlil qilinadi. Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari politsiya tizimida faoliyat olib borayotgan psixolog mutaxassislar odatda qotillik jinoyatlarini fosh

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishda tajribali xodimlarga bu borada amaliy ko'mak berib boradilar. Ular kriminal profayling usulini shaxsning xulqidagi noodatiy harakatlarni qay uslubda amalga oshirgani, hududning geografik joylashuvining o'ziga xos xususiyatlarini, voqea joyida jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan qanday izlar qolganini psixologik tahlil qiladilar. Shu bilan birga, jabrlanuvchining turmush tarzi, hayoti davomida erishgan yutuk va muvaffaqiyatsizliklari, shaxslararo munosabatlari, faoliyatining yo'nalishi hamda undan qoniqish hissi, ruhiy sog'lomligi, nizoli vaziyatlarda o'zini tutib turishi, o'ziga xos psixologik fazilatlari, hayotga qarashlari va intilishlari, oiladagi va yaqinlari, do'stlari, dushmanlari orasidagi o'zaro munosabatlari, jamiyatda qabul qilingan norma va meyorlarga bo'lgan munosabati va shaxs haqidagi boshqa axborot manbalarini chuqur psixologik tahlil qiladilar va jinoyatni fosh etishga ko'mak beradigan izlanishlar olib boradilar. Ushbu yo'nalishdan olingan natijalarga tayangan holda jinoyatchi shaxsning psixologik portretini yaratishga harakat qiladilar. Mamlakatimiz va xorijda nashrdan chiqqan adabiyotlarda ko'p marotaba terrorchining psixologik portretini tuzishga, insonning terrorchilik faoliyati yo'liga kirishi bosqichlarini aniqlashga, bu faoliyatga yollanuvchilar sifatida jalb etiladigan shaxslar doirasini aniqlashga urinishlar bo'lgan. Ushbu murakkab yaxlitlik o'rganilgach, terrorchi psixologiyasidagi hamma narsa tushunarli bo'ladi va unga qarshi kurash muammosi ishonchli ilmiy asosga ega bo'ladi, deb hisoblangan.

Jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatida profayling xizmatining joriy etilishi, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, terrorizmga qarshi kurashish holatini ijobiy tomonga o'zgarishiga sezilarli hissa qo'shishi mumkin. Bu yo'nalishda turli xil amaliy tadbirlar qanchalik ko'prok tashkil etilsa, nazariy yondashuv va ularning amaliy qo'llash yo'nalishlari keng qamrab olinsa, transportdagi umumiy xavfsizlik darajasi o'sishining ta'minlanishiga erishiladi. Bu bilan yangi huquqbuzarlik harakatlari sodir etilish xavfini kamaytirib, biz muayyan holatga ta'sir ko'rsatamiz.

Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, profayling metodi ko'magida jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida profilaktika inspektorlari o'z xizmat faoliyatlarini yanada takomillashtirishlari mumkin. Ushbu metodning afzalligi shundaki, u qisqa fursat ichida shaxs haqida to'liq axborot manbaiga ega bo'lishi mumkin. Rivojlangan davlatlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, jamoat xavfsizligini ta'minlashni tizimli tashkil etishda hududiy etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olish profayling metodi samaradorligini yanada oshiradi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Akramov M. R. et al. Шахс касбий йуналганлиги ривожланишида масъулиятлиликнинг ахамияти //Молодой ученый. - 2021. - №. 11. - С. 259261.

2. Головченко В.В. Эффективность правового воспитания. Понятие, критерии, методика измерения. - Киев, 1985. - С.26.

3. Профилактика экстремизма в молодежной среде. Проблемы и решения: научно-методический сборник // Под редакцией М.В. Паромоновой. -Иркутск: ФГБОУ ВПО «ВСГАО», 2012 - С.8.

4. Х.Т. Одил;ориев, И.Т. Тультеев ва бош;.; проф. Х.Т. Одил;ориев тахрири остида. Давлат ва ху;у; назарияси: Дарслик . Тошкент.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2009. - Б. 296.

5. Qambarova, D. Y. (2022). INTERACTIVE METHODS OF ENGLISH TEACHING IN HIGHER EDUCATION. Oriental Journal of Education, 2(1), 1-7.

6. Kambarova, D. Y. (2022). THE ROLE OF SPEAKING ACTIVITIES IN ENGLISH TEACHING. Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, i(10), 65-67.

7. Камбарова, Д. Ю. (2022). ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА ЁШЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙЛАШУВИ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 2(10), 232-234.

8. Kambarova, D. (2020). FACTORS OF ENSURING AESTHETIC PERFECTION OF STUDENTS IN THE PROCESS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 284-286).

9. Kambarova, D. (2022). TALABALARNING RAQAMLI TEXNOLOGIYA VA O'ZINI-O'ZI BOSHQARISH ORQALI NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH.

10. Kambarova, D. (2021). USE OF SIMULATION TEACHING METHODS IN MEDICAL EDUCATION.

11. Kambarova, D. (2021). ROMANCE LANGUAGES. Главный редактор, 87(9), 24.

12. Azimbayevna, D. G., & Vohidovna, X. X. (2021). FEATURES IN THE TRANSLATION OF MEDICAL TERMS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 470-474.

13. Azimbayevna, D. G., Qizi, G. J. Z., & Vohidovna, X. X. (2021). Peculiarities Of Translating Medical Terms. Texas Journal of Medical Science, 2, 6-9.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Akbarova, R. A. (2019). DEVELOPING STUDENTS ABILITY TO SPEAK ENGLISH THROUGH EXERCISES. Theoretical & Applied Science, (11), 33-35.

15. Abdullaxayevna, A. R. (2022). Developing Students' Knowledge of English Through a Creative Approach. Texas Journal of Philology, Culture and History, 5, 57.

16. Akbarova, R. A. (2020). REVITALIZATION OF THE COGNITIVE ACTIVITY OF THE STUDENT: A MODERN VIEW OF THE PROBLEM. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 386-391.

17. Akbarova, R. A. (2019). TEACHING ENGLISH THROUGH STORY TELLING IN ELEMENTARY CLASSES. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(10), 297-304.

18. Тожиев, Т. Х. (2000). Метод Монте-Карло для решения некоторых диффузионных задач.

19. Отажонов, У. А., & Тожиев, Т. Х. (2015). Широкополостные услуги TRIPLE PLAY (Интернет, IPTV И IP-телефония). Образование и наука в России и за рубежом, (2), 74-80.

20. Тожиев T, И. Ш., & Рахимов, К. (2017). МЕТОДЫ ПОСТРОЕНИЯ ЦЕПЕЙ МАРКОВА АППРОКСИМИРУЮЩИЕ ДИФФУЗИОННЫХ ЗАДАЧ. TOSHKENTSHAHRIDAGI TURINPOLITEXNIKA UNIVERSITETI, 156.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.