Научная статья на тему 'REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA BO‘G‘IM VA BRONXOPULMONAL O‘ZGARISHLARNI ERTA ANIQLASHDA MAGNIT REZONANS VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING IMKONIYATLARI'

REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA BO‘G‘IM VA BRONXOPULMONAL O‘ZGARISHLARNI ERTA ANIQLASHDA MAGNIT REZONANS VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
211
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
magnit-rezonans tomografiya va kompyuter tomografiyasi / bo`g`imdagi o'zgarishlar / bronxopulmonal o'zgarishlar / revmatoid artrit. / magnetic resonance imaging and computed tomography / joint changes / bronchopulmonary changes / rheumatoid arthritis

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Axmedov Ibrat Amrillaevich, Tashinova Laylo Xolmuratovna

Maqsad: Revmatoid artrit kuzatilgan bemorlarda kasallikning bosqichiga nisbatan bo‘g‘imlar zararlanishini MRT va nafas tizimi zararlanishini KT usullari orqali erta aniqlash. Materiallar va usullar. SamMI klinikasida RA bilan kasallangan 104 nafar va RA bilan nafas tizimi patologiyasi birgalikda kuzatilgan 54 nafar bemorlar tekshirildi. Barcha bemorlar kechishiga nisbatan erta va kechki bosqichlarga bo‘lindi. Erta bosqichda bemorlarning o‘rtacha yoshi 49,4±14,1 deb olindi. Bemorlar ichida ayollar 87 kishi (83,65%), erkaklar 17 kishi (16,3%) tashkil qildi. Kasallikning davomiyligi 1 oydan 30 yilgacha (8,8±1,3) yilni tashkil qildi. Kasallikning erta bosqichida bo‘g‘imlar MRT sida: bo‘g‘im xaltachasining o‘zgarishi, pannus 29 bemorda (85,3%), sinovitlar 34 bemorda (94,1%), tog‘ayning yupqalashishi, panjalarda o‘chog‘li shishlar 23 bemorda (67,6%), eroziyalar 49 bemorda (47,1%); va kechki bosqichda: eroziyalar 59 bemorda (47,1%), bo‘g‘imlarda sharsimon plastinkalar 44 bemorda (42,3%), sklerotik o‘zgarishlar 17 bemorda (16,3%) kuzatildi. Xulosa: MRT tekshirish RA ning erta bosqichida pannus va sinovitni aniq ajrata oladi. Rentgenografiya nisbatan kompyuter tomogramma usuli 35% holatlarda yuqori saviyali natijalarni beradi. RA kasalligida kompleks tekshirish usullarini qo‘llash erta va effektiv tashxis qo‘yishda va davolash usulini tanlashda samarali hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POSSIBILITIES OF MAGNETIC RESONANCE AND CT DIAGNOSTICS IN EARLY DETECTION OF CHANGES IN THE JOINT AND LUNGS IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS

Purpose of the study: Early detection of joint damage by MRI and CT methods of respiratory system damage in patients with rheumatoid arthritis. Materials and methods. The SamMI clinic examined 104 patients with RA and 54 patients with RA-associated respiratory pathology. All patients were divided into early and late stages relative to the course. The mean age of patients in the early stages was 49.4 ± 14.1 years. Among the patients, 87 were women (83.65%) and 17 were men (16.3%). The duration of the disease ranged from 1 month to 30 years (8.8 ± 1.3) years. In the early stages of the disease: changes in the joint sac pannus in 29 patients (85.3%), synovitis in 34 patients (94.1%), thinning of the joint, focal tumors in the paws in 23 patients (67.6%), erosions in 49 patients (47.1%); In the late stage: erosions in 59 patients (47.1%), spherical plaques in the joints in 44 patients (42.3%), sclerotic changes in 17 patients (16.3%). Conclusion: MRI examination can clearly distinguish pannus and synovitis in the early stages of RA. Compared to radiography, computed tomography gives high-quality results in 35% of cases. The use of complex screening methods in RA disease is effective in early and effective diagnosis and choice of treatment.

Текст научной работы на тему «REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA BO‘G‘IM VA BRONXOPULMONAL O‘ZGARISHLARNI ERTA ANIQLASHDA MAGNIT REZONANS VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING IMKONIYATLARI»

JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДООАНИЙ

УДК 616-073.756.8:616-002.77

Ахмедов Ибрат Амриллаевич

Преподаватель кафедры внутренных болезней №1 Самаркандский государственный медицинский институт,

Самарканд, Узбекистан. Ташинова Лайло Холмуратовна Преподаватель кафедры внутренных болезней №1 Самаркандский государственный медицинский институт,

Самарканд, Узбекистан.

ВОЗМОЖНОСТИ МАГНИТНО-РЕЗОНАНСНОЙ И КОМПЬЮТЕРНОЙ ТОМОГРАФИИ ПРИ ДИАГНОСТИКЕ РАННИХ ВЫЯВЛЕНИЙ СУСТАВНЫХ И БРОНХОПУЛЬМОНАЛЬНЫХ ИЗМЕНЕНИЙ У БОЛЬНЫХ РЕВТОИДНЫМ

АРТРИТОМ

For citation: Ahmedov I.A., Tashinova L.Kh. - Possibilities of magnetic resonance and CT diagnostics in early detection of changes in the joint and lungs in patients with rheumatoid arthritis. Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol.3, issue 1, pp.52-54

d http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-3-10

АННОТАЦИЯ

Цель: Раннее выявление повреждений суставов и бронхолегочных изменений методами магнитно-резонансной (МРТ) и компьютерной томографии (КТ) у больных ревматоидным артритом (РА).

Материалы и методы. Обследовано 104 пациента с РА и 54 - РА ассоциированный с патологией дыхательной системы. В зависимости от течения заболевания все пациенты были разделены на раннюю и позднюю стадии. Средний возраст пациентов на ранних сроках составил 49,4 ± 14,1 года. На ранних стадиях заболевания изменения паннуса суставного мешка отмечалось у 29 пациентов (85,3%), синовит у 34 (94,1%), истончение сустава, очаговые опухоли на ладонях у 23 (67,6%), эрозии у 49 (47,1%) пациентов. В поздней стадии: эрозии у 59 (47,1%), сферические бляшки на суставах у 44 (42,3%), склеротические изменения у 17 (16,3%) пациентов.

Заключение. МРТ позволяет четко отличить паннус и синовит на ранних стадиях РА, по сравнению с рентгенографией компьютерная томография дает качественные результаты в 35% случаев. Использование комплексных методов скрининга при РА эффективно для ранней дигностики и выбора тактики лечения.

Ключевые слова: магнитно-резонансная и компьютерная томография, суставные изменения, бронхопульмональные изменения, ревматоидный артрит.

Akhmedov Ibrat Amrillaevich

Assistant of the Department of Internal Medicine No. 1 Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan. Tashinova Laylo Kholmuratovna, Assistant of the Department of Internal Medicine No. 1 Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan.

POSSIBILITIES OF MAGNETIC RESONANCE AND CT DIAGNOSTICS IN EARLY DETECTION OF CHANGES IN THE JOINT AND LUNGS IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS

ANNOTATION

Purpose of the study: Early detection of joint damage by MRI and CT methods of respiratory system damage in patients with rheumatoid arthritis. Materials and methods. The SamMI clinic examined 104 patients with RA and 54 patients with RA-associated respiratory pathology. All patients were divided into early and late stages relative to the course. The mean age of patients in the early stages was 49.4 ± 14.1 years. Among the patients, 87 were women (83.65%) and 17 were men (16.3%). The duration of the disease ranged from 1 month to 30 years (8.8 ± 1.3) years. In the early stages of the disease: changes in the joint sac pannus in 29 patients (85.3%), synovitis in 34 patients (94.1%), thinning of the joint, focal tumors in the paws in 23 patients (67.6%), erosions in 49 patients (47.1%); In the late stage: erosions in 59 patients (47.1%), spherical plaques in the joints in 44 patients (42.3%), sclerotic changes in 17 patients (16.3%). Conclusion: MRI examination can clearly distinguish pannus and synovitis in the early stages of RA. Compared to radiography, computed tomography gives high-quality results in 35% of cases. The use of complex screening methods in RA disease is effective in early and effective diagnosis and choice of treatment.

Keywords: magnetic resonance imaging and computed tomography, joint changes, bronchopulmonary changes, rheumatoid arthritis.

Axmedov Ibrat Amrillaevich,

Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-ichki kasalliklar kafedrasi o'qituvchisi, Samarqand, O'zbekiston. Tashinova Laylo Xolmuratovna, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-ichki kasalliklar kafedrasi o'qituvchisi, Samarqand, O'zbekiston.

REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA BO'G'IM VA BRONXOPULMONAL OZGARISHLARNI ERTA ANIQLASHDA MAGNIT REZONANS VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING IMKONIYATLARI

ANNOTATSIYA

Maqsad: Revmatoid artrit kuzatilgan bemorlarda kasallikning bosqichiga nisbatan bo'g'imlar zararlanishini MRT va nafas tizimi zararlanishini KT usullari orqali erta aniqlash.

Materiallar va usullar. SamMI klinikasida RA bilan kasallangan 104 nafar va RA bilan nafas tizimi patologiyasi birgalikda kuzatilgan 54 nafar bemorlar tekshirildi.

Barcha bemorlar kechishiga nisbatan erta va kechki bosqichlarga bo'lindi. Erta bosqichda bemorlarning o'rtacha yoshi 49,4±14,1 deb olindi. Bemorlar ichida ayollar 87 kishi (83,65%), erkaklar 17 kishi (16,3%) tashkil qildi. Kasallikning davomiyligi 1 oydan 30 yilgacha (8,8±1,3) yilni tashkil qildi. Kasallikning erta bosqichida bo'g'imlar MRT sida: bo'g'im xaltachasining o'zgarishi, pannus 29 bemorda (85,3%), sinovitlar 34 bemorda (94,1%), tog'ayning yupqalashishi, panjalarda o'chog'li shishlar 23 bemorda (67,6%), eroziyalar 49 bemorda (47,1%); va kechki bosqichda: eroziyalar 59 bemorda (47,1%), bo'g'imlarda sharsimon plastinkalar 44 bemorda (42,3%), sklerotik o'zgarishlar 17 bemorda (16,3%) kuzatildi.

Xulosa: MRT tekshirish RA ning erta bosqichida pannus va sinovitni aniq ajrata oladi. Rentgenografiya nisbatan kompyuter tomogramma usuli 35% holatlarda yuqori saviyali natijalarni beradi. RA kasalligida kompleks tekshirish usullarini qo'llash erta va effektiv tashxis qo'yishda va davolash usulini tanlashda samarali hisoblanadi.

Kalit so'zlar: magnit-rezonans tomografiya va kompyuter tomografiyasi, bo'g'imdagi o'zgarishlar, bronxopulmonal o'zgarishlar, revmatoid artrit.

Dolzarbligi. Revmatoid artrit (RA) - noma'lum etiologiyali kasallik bo'lib, periferik bo'g'imlarning surunkali simmetrik eroziv artriti (sinovit) va ichki organlarning sistem yallig'lanishli zararlanishi bilan xarakterlanadi. RA - ko'p tarqalgan surunkali yallig'lanish kasalliklaridan biri bo'lib, populyasiyada o'rtacha tarqalish darajasi 1 % (0,6 - 1,6 %) ni tashkil etadi. Kasallik erkaklarga qaraganda ayollarda 2,5 barobar ko'proq uchraydi. Yoshi kattalar ichida RA ning uchrashi 0,5-2% ni tashkil etadi [1-3].

RA mayda va yirik bo'g'imlarning ko'plab yallig'lanishi, kuchli og'riq, diffuz shish va yoshi ulug' odamlarda harakatning cheklanishi bilan kechadi. Bo'g'imlar zararlanishini 2 ta toifaga bo'lish mumkin: 1. Potentsial qaytar (odatda erta) - sinovit; 2. Qaytmas strukturaviy o'zgarishlar (birmuncha kech) - eroziyalar, ankiloz. RA da bo'g'imlar sinovial qobiq yallig'lanishini ko'rsatuvchi aniq belgilardan biri - ertalablari harakatlanish chegaralanganligi bo'lib, uning davomiyligi odatda sinovit yuzaga chiqishi bilan bog'liq va 1 soatdan kam bo'lmagan muddatni tashkil etadi.

Bo'g'imdan tashqari boshqa nafas tizimi zararlanishiga xos quyidagi o'zgarishlar kuzatiladi: plevrit, o'pkaning interstitsial kasalligi, obliteratsiyalovchi bronxit, o'pkada revmatoid tugunchalar (Kaplan sindromi).

Hozirga paytda MRT tekshirish usuli RA bilan kasallangan bemorlarda o'tkazilishi yumshoq to'qimalarning zararlanishi va boshqa ichki a'zolarning zararlanishini erta aniqlash uchun qullay usul deb hisoblanadi.

RA kasalligida ko'krak qafasi rentgenografiyasi o'pka to'qimasida kuzatiladigan o'zgarishlarni faqatgina 1-5% holatlarda aniqlaydi. Ko'krak qafasi kompyuter tomografiyasida o'pkada kuzatiladigan o'zgarishlar 50%, agarda biopsiya usuli qo'llansa 60% holatlarda aniqlanadi [10, 11].

Maqsad: Revmatoid artrit bilan kasallarning bosqichiga nisbatan bo'g'imlar zararlanishini MRT va nafas tizimi zararlanishini KT usullari orqali erta aniqlash.

Materiallar va usullar. SamMI klinikasida RA bilan kasallangan 104 nafar va RA bilar nafas tizimi patologiyasi birgalikda kuzatilgan 54 nafar bemorlarni kasallikning bosqichlariga nisbatan kompleks tekshirildi.

Barcha bemorlar kasallik kechishiga nisbatan erta va kechki bosqichlarga bo'lindi.

Kasallikning erta bosqichi artralgiya, shish (5 tagacha bo'g'imning shishi, og'rishi), bo'g'imdan tashqari belgilarning yo'qligi, RO titrlarining pastligi yoki yo'qligi, ECHT va SRO darajasining me'yorida bo'lishi yoki nisbatan oshishi, panja va tovonning mayda bo'g'imlarida rentgenologik o'zgarishlar yo'qligi bilan xarakterlanadi.

Kechki bosqichi 6 - 20 bo'g'imlar artriti, bo'g'imdagi deformatsiyalar, RO ning yuqori titrlari, ECHT va SRO ning turg'un ko'payishi, qo'l va oyoq panjalari mayda bo'g'imlarini rentgenologik tekshirganda bo'g'im tirqishlarining o'rtacha torayishi va ko'p eroziya mavjudligi bilan ifodalanadi.

Tekshirish mezonlari bo'lib hisoblanadi: anamnezida chekish, o'pkaning surunkali kasalliklari, o'tkir va surunkali buyrak kasalliklari va qon kasalliklarini aniqlash.

RA kasallikning faolligini aniqlashda DAS28 indeksi, SRO ko'rsatkichi, ECHT, RO ning mavjudligi va kasallikning davomiyligidan foydalanildi.

Erta bosqichda bemorlarning o'rtacha yoshi 49,4±14,1 yillarni tashkil etdi. Bemorlar ichida ayollar 87 kishi (83,65%), erkaklar (17 kishi — 16,3%) tashkil qildi. Kasallikning davomiyligi 1 oydan 30 yilgacha (8,8±1,3) yilni tashkil qildi.

Barcha bemorlarga to'liq klinik, laborator, funktsional sinamalar, bilan birgalikda bo'g'imlarda MRT 38 bemorda (36,5%), ko'krak qafasi KT va funksional tekshirishlar 84 bemorda (80,8%), spirometriya — 65 bemorda (62,5%) o'tkazildi.

Natijalar. RA da bo'g'imlar MRT si natijalariga ko'ra:

Kasallikning erta bosqichda: bo'g'im xaltachasining o'zgarishi, pannus 29 bemorda (85,3%), sinovitlar 34 bemorda (94,1%), tog'ayning yupqalashishi va panjalarda o'chog'li shishlar 23 bemorda (67,6%), eroziyalar 49 bemorda ( 47,1%).

Kechki bosqichda: eroziyalar 59 bemorda (47,1%), bo'g'imlarda sharsimon plastinkalar 44 bemorda (42,3%), sklerotik o'zgarishlar 17 bemorda (16,3%).

Faolligiga nisbatan DAS28 indeksi bo'yicha baholashda MRT natijalariga ko'ra: past faollikda pannuslar 60%, tog'ay destruksiyasi 50%, osteofit va subxondral osteoskleroz 95%; o'rta faollikda pannuslar 56,4% va tog'ay destruksiyasi 61,5%; .qori faollikda yumshoq to'qimalarning diffuz periartikulyar qalinlashuvi 77,8%, sinovit 68,9%, tendinit va tendosinovit 48,9%, tog'ay destruksiyasi 86,7%, eroziyalar 28,9% holatda aniqlandi.

RA kuzatilgan 84 nafar (80,8%) bemorda ko'krak qafasi kompyuter tomografiyasida o'pka to'qimasida o'zgarishlar aniqlandi: o'pkada interstitsial jarayoni 48 bemorda (57,1%), nospetsifik interstitsial zotiljam («matovogo stekla») 28 bemorda (33,3%), ikki tomonlama zotiljam 4 bemorda (4,8%), o'pkada o'choqli o'zgarishlar 32 bemorda (38,1%), bronxlar zararlanishi 35 bemorda (41,7%).

Bronxlarda o'ziga xos o'zgarishlar aniqlandi: yirik bronxlarda divertikullar 10 bemorda (11,9%), yirik bronxlar deformatsiyasi 16 bemorda (19,0%), bronxiolitlar 5 bemorda (5,9%), bronxoektazlar 4 bemorda (4,8%), pnevmofibrozlar 25 bemorda (29,8%).

Funktsional tekshirishlarda bronxial obstruktsiya belgilari 63 bemorda (75%) aniqlandi: o'pka to'qimasining ventilyasiyasi buzilishi 64 bemorda (46,6%), o'pka emfizema 10 bemorda (11,9%).

RA bemorlarda o'pkaga xos bo'lmagan o'zgarishlar: plevrada suyuqlikning paydo bo'lishi 4 bemorda (4,8%), perikardial suyuqlik 5 bemorda (5,9%); ko'krak qafasi ekskursiyasining buzilishi va atelektazlar) 47 bemorda (55,9%).

Список литературы/ Iqtiboslar/References

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

RA kasalligining erta bosqichida ko'krak qafasi KTda quyidagi o'ziga xos o'zgarishlar aniqlandi: bronxial obstruksiya belgilari ventilyasiya buzilishi bilan 19 bemorda (52,8%), o'pkada interstitsial jarayoni va nospetsifik interstitsial zotiljam («matovogo stekla») 13 bemorda (36,1%), bronxiolitlar 11 bemorda (30,5%), kam holatlarda pnevmoniya (1 bemorda 2,8%).

RA kasalligining kechki bosqichida ko'krak qafasi KTda quyidagi o'ziga xos o'zgarishlar aniqlandi: yirik bronxlar divertikuli 10 bemorda (11,9%), yirik bronxlar deformatsiyasi, bronxoektazlar va pnevmofibrozlar 9 bemorda (13,2%), o'pka gipertenziyasi belgilari 17 bemorda (25%), atelektazlar 31 bemorda (47,7%).

Xulosa: Shunday qilib, MRT va KT tekshirish usullari bo'g'imlardagi, bronxopulmonal o'zgarishlarni rentgenografiyaga nisbatan 35% holatlarda yuqori aniqlikda natija beradi. RA ning erta bosqichida pannus va sinovitni aniq ajrata oladi.

RA kasalligida kompleks tekshirish usullarini qo'llash nafas tizimida kuzatiladigan o'zgarishlarni erta aniqlashda va effektiv davolash usulini tanlashda samarali hisoblanadi.

Амосова Н.А., Сперанская А.А., Золотницкая В.П., Нестерович И.И. / Возможности магнитно-резонансной диагностики патологии мелких суставов кисти у пациентов с ревматоидным артритом, осложненным поражением легких. // Лучевая диагностика и терапия № 2 (7) 2016. Стр 79-84.

Тоиров Э.С., Ахмедов И.А., Султонов И.И./ Дисбаланс неврной и эндокринной системы при ревматоидном артрите. // Журнал кардиореспираторных исследований №2 2020. Стр. 73-76

Тоиров Э.С., Абдуллаева Н.Н., Ахмедов И.А./ Клинические особенности невротических нарушений при ревматоидном артрите//^:!^ of neurology and neurosurgical research №1 2020. Стр 19-22

Абдушукурова К.Р., Ахмедов И.А., Тоиров Э.С. / Сравнительная оценка психологических качеств больных ревматоидным артритом и остеоартрозом. // Биология ва тиббиёт муаммолари №2 (118) 2020. Стр 18-22.

Абдурахманова Н.М., Ахмедов Х.С. Особенности течения ревматоидного артрита в зависимости от полиморфизма С3435Т гена MDR1. //O'zbekiston tibbiyot jurnali. 2019. №1. стр. 101-105.

Абрамкин А.А., Лисицына Т.А., Вельтищев Д.Ю., Серавина О.Ф., Ковалевская О.Б., Насонов Е.Л. Влияние синтетических базисных противовоспалительных препаратов, генно-инженерных биологических препаратов и психофармакологической терапии на динамику психических расстройств у больных ревматоидным артритом. //Научно-практическая ревматология. 2017. №55(4). стр. 393-402.

Yeesuk Kim, MD, Hyun-Cheol Oh, MD, Jang Won Park, MD, et.al. Diagnosis and treatment of inflammatory joint disease. // Hip Pelvis. 2017. №29 (4). 211-222.

James S. Andrews, MD, Laura Trupin, MPH, Katherine D. Wysham, MD, Catherine L. Hough, MD, MS, Edward H. Yelin, PhD, and Patricia P. Katz, PhD. The impact of frailty on changes in physical function and disease activity among adults with rheumatoid arthritis. // ACR Open Rheumatol . 2019. №1 (6). 366-372.

Alagoma Iyagba, Dasetima Altraide / Rheumatoid myositis: An unusual presentation of rheumatoid arthritis maquerading as an inflammatory myopathy. //International Journal

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.