Научная статья на тему 'RETSIDIV JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

RETSIDIV JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Retsidiv / takroriylik / ozodlikdan mahrum qilish / jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlar / retsidiv jinoyatchilikning oldini olish. / Recidivism / imprisonment / causes and conditions of crimes / prevention of recidivism.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Umirzakov Begzod Ataboyevich, Boltayev Murod Mamarajabovich

Maqolada jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar, “retsidiv” atamasi, jinoyat huquqiy retsidiv, kriminologik retsidiv, qasddan ikki yoki undan ortiq marta jinoyat sodir etgan shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, retsidiv jinoyatchilikning kriminologik tavsifi, retsidiv jinoyatchilikning oldini olish uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ilgari sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, retsidiv jinoyatchilikning oldini olish muammosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRIMINOLOGICAL CHARACTERISTICS AND SPECIFICS OF THE PREVENTION OF RECIDIVISM

The article discusses the causes of crimes and the conditions contributing to them, the term “recidivism”, criminal law recidivism, criminological recidivism, punishment in the form of imprisonment for persons who intentionally committed two or more offenses, criminological characteristics of a recidivism, in order to prevent a recidivism, convicts serving sentences should be aware of the causes and methods of commission previously committed crimes. on the problem of prevention of recidivism

Текст научной работы на тему «RETSIDIV JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»



ARTICLE INFO

CRIMINOLOGICAL CHARACTERISTICS AND SPECIFICS OF THE PREVENTION OF RECIDIVISM Umirzakov Begzod Ataboyevich

Head of the Department of Criminology of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, etc., Doctor of Philosophy in Legal Sciences, associate professor. Boltayev Murod Mamarajabovich Deputy Head of the Ministry of Internal Affairs of Surkhandarya Region - Head of the Public Security Service. https://doi.org/10.5281/zenodo.11001121

ABSTRACT

Received: 13th April 2024 Accepted: 19th April 2024 Online: 20th April 2024

KEYWORDS Recidivism, imprisonment, causes and conditions of crimes, prevention of recidivism.

The article discusses the causes of crimes and the conditions contributing to them, the term "recidivism", criminal law recidivism, criminological recidivism, punishment in the form of imprisonment for persons who intentionally committed two or more offenses, criminological characteristics of a recidivism, in order to prevent a recidivism, convicts serving sentences should be aware of the causes and methods of commission previously committed crimes. on the problem of prevention of recidivism.

RETSIDIV JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Umirzakov Begzod Ataboyevich* Boltayev Murod Mamarajabovich*

https://doi.org/10.5281/zenodo.11001121

ARTICLE INFO

Received: 13th April 2024 Accepted: 19th April 2024 Online: 20th April 2024

KEYWORDS Retsidiv, takroriylik, ozodlikdan mahrum qilish, jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlar, retsidiv jinoyatchilikning oldini olish.

ABSTRACT

Maqolada jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar, "retsidiv" atamasi, jinoyat huquqiy retsidiv, kriminologik retsidiv, qasddan ikki yoki undan ortiq marta jinoyat sodir etgan shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, retsidiv jinoyatchilikning kriminologik tavsifi, retsidiv jinoyatchilikning oldini olish uchun jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar ilgari sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, retsidiv jinoyatchilikning oldini olish muammosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

* O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Kriminologiya kafedrasi boshlig'i v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa Adoktori, dotsent.

* Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'I.

Hozirda dunyo mamlakatlarida jinoyatchilik global muammo darajasiga chiqdi. Shu sababli jahonda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasi jadal rivojlana boshladi. Bizning mamlakatimizda ham jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchi shaxsi va jinoyatchilikning oldini olish, kriminogen vaziyatni tahlil qilish huquqni muhofaza qilish organlari oldiga jinoyat-huquqiy va profilaktik choralarni qo'llash, maqsad va vazifalarni o'z vaqtida belgilash lozimligini taqozo etmoqda.

Nima sababdan jinoyatlar sodir etiladi? Bu jinoyatchiga bog'liqmi yoki uni o'rab turgan muhitgami? Agar shaxs bilan bog'liq bo'lsa, nega turli yoshdagi, ma'lumoti, tarbiyasi, hayot tarzi har xil bo'lgan shaxslar jinoyat sodir etadi? Agar jinoyat sodir etilishi shaxsga bog'liq bo'lmasa, unda bir oilada, bir xil muhitda tarbiyalangan odamlarning biri jinoyat sodir etadi, ikkinchisi qonunga rioya qiluvchi fuqaro? Yuqoridagi barcha savollarni davom ettirgan holda quyidagi savollarni ham berish mumkin: Jinoyat sodir etishga moyillik irsiymi? Agar irsiy bo'lsa, qonunga zid harakatlari uchun shaxs aybdor bo'la oladimi? Agar bunday moyillik irsiy bo'lmasa, unda qanday tashqi omillar uni jinoyat sodir etishga undaydi? Va nihoyat, jinoyatchilik abadiymi? Jinoyatlarning oldini olish mumkinmi? Hammasinimi? Tuzalmaydigan jinoyatchilar bormi? degan savollarga javoblar barchani qiziqtirgan. Mazkur savollar zanjiri noaniq javoblari bilan hamma vaqt kriminologlar diqqat e'tiborida bo'lgan va bo'lib kelmoqda1. Yuqoridagi har bir savolga javob jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar muammosi bilan bog'liqdir.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-moddasida ta'kidlanganidek, shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi, hamda ilgari hukm qilingan jinoyatiga o'xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida ko'rsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat2 deb topiladi.

Retsidiv va takroriylik bir-biri bilan uzviy bog'langan, biroq mustaqil tushunchalardir. Aybdorning ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik belgisining mavjudligi takroriylikka sifat jihatidan boshqacha mazmun baxsh etadi va yangi tushuncha - jinoyat retsidivini yuzaga keltiradi.

Retsidivning o'ziga xos belgisi sifatida shaxsning ilgari sudlanganligi va qilmishiga sud tomonidan hukm o'qilganligi, davlat baho berganligi faktiga bepisandligi birinchi o'ringa chiqadi.

"Retsidiv" atamasi lotin tilidan (recidivus) so'zidan olingan bo'lib, so'zma-so'z tarjima qilinganida "qaytuvchi, qayta boshlanuvchi"3 degan ma'noni anglatadi.

"Retsidiv" atamasi jinoyat huquqiy, kriminologik va penitensiar ma'nolarda tushuniladi.

1 Nigmatov R.O., Umirzakov B.A. Sodir etilayotgan jinoyatlarning sabab va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni ichki ishlar organlari tomonidan aniqlash hamda bartaraf etish yo'llari / O'Zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Axborotnomasi / 2023-yil, 4-son (59). b. 7-8.

2 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi / https://lex.uz/docs/111453

3 O'zbek tilining izohli lug'ati // https://ziyouz.uz/durdona-toplamlar/uzbek-tilining-izohli-lugati.

é

ш

Jinoyat huquqiy retsidiv sudlanganlik holati qonunda belgilangan tartibda tugatilmagan, olib tashlanmagan yoki bekor bo'lmagan shaxs tomonidan qasddan yangi jinoyatlar sodir etishi holatlarini qamrab oladi.

Kriminologik retsidiv jinoiy qilmishning takroran sodir etilishiga asoslanadi va sudlanganlik holati tugatilmagan yoki olib tashlanmagan; ilgari sudlangan; jinoyat uchun jazoni o'tayotgan; ilgari sodir etilgan jinoyat uchun har xil sabablarga ko'ra javobgarlik qo'llanmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni qamrab oladi4.

Ayrim yuridik adabiyotlarda retsidiv "birorta salbiy narsaning, uning tuzaladigan yo'qolishidan keyin yana qaytarilishi, qayta sodir bo'lishi" deb ta'riflanadi5.

Ikki yoki undan ortiq marta qasddan og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatni sodir etgan shaxslarga sud ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashi jinoyat qonunida belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 50-moddasiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan6 iboratdir.

Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshiriladi (JIK 45-M.)7.

Qasddan ikki yoki undan ortiq marta jinoyat sodir etgan shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda, ular qattiq tartibli koloniya yoki turmaga joylashtiriladi. Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo'linadi:

- ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

- ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tagan va o'ta og'ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o'ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar(JIK 48 M.)8.

Qattiq tartibli koloniyalarda quyidagi mahkumlar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'taydi:

- mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan, ya'ni ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar;

- ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tagan va o'ta og'ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek, o'ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar;

- turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag'batlantirish tarzida o'tkazilgan mahkumlar.

4 Kriminologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, I. Ismailov va boshq. Akademiyasi, 2023. - b. 166.

5 Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. М., 2003. 667 б.

6 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi / https://lex.uz/docs/111453

7 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi / https://lex.uz/ru/docs/163629#170668

8 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi / https://lex.uz/ru/docs/163629#170668

■ T.: O'zbekiston Respublikasi IIV

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"9gi qonuniga muvofiq qattiq tartibli koloniyalarda:

- sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o'taganidan so'ng turmalardan o'tkazilgan mahkumlar;

- sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar;

- qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o'tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar ham jazoni o'taydi.

Respublikamizda qattiq tartibli koloniyalar 5 ta bo'lib, Toshkent viloyatida 13- va 14-sonli, Qashqadaryo viloyatida 10-sonli, Navoiy viloyatida 11- va 12-sonli jazoni ijro etish koloniyalaridan iboratdir.

Retsidiv jinoyatchilikning oldini olish uchun jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar ilgari sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish (qattiq tartibli) koloniyasida mahkumlar o'rtasida anketa so'rovi va suhbat-intervyu o'tkazildi:

Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko'ra mazkur koloniyada jazo o'tayotgan mahkumlarning: 18,7 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha; 32,2 foizi 30 yoshdan 40 yoshgacha; 36,1 foizi 40 yoshdan 50 yoshgacha; 13,0 foizi 50 yoshdan oshganlar ekkanligi ma'lum bo'ldi10.

Hududlar bo'yicha tahlil qilinganida ularning eng ko'pi 14,3 foizi Farg'ona va 12,7 foizi Toshkent viloyatlari va 11,8 foizi Toshkent shahridan ekkanligi, eng kami 3,0 foizi Xorazm viloyati va 3,2 foizi Qoraqalpog'iston Respublikasidan ekkanligi aniqlandi.

E'tiborli jihati mazkur jazoni ijro etish koloniyasida ilgari qasddan ikki yoki undan ortiq marta jinoyat sodir etib jazoni o'tayotgan mahkumlarning katta qismi (38,8 foizi) Toshkent, Farg'ona viloyatlari va Toshkent shahri hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Mahkumlarning asosiy qismi (97,5 foizi) qayta sudlanganlardir. Ular JK quyidagi moddalarida nazarda tutilgan:

273-modda (giyohvandlik vositalarining g'ayriqonuniy muomalasi) (11,1 %); 169-modda (o'g'rilik) (9,5 %); 164-modda (bosqinchilik) (6,2 %); 97-modda (qasddan odam o'ldirish) (6,0 %); 104-modda (og'ir tan jarohati yetkazish) (3,5 %) hamda (63,6 %) boshqa jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazoni o'tamoqda.

Anketa so'rovi va suhbat-intervyu natijalariga ko'ra respondentlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning asosiy sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat ekkanligi aniqlandi:

1) ma'naviy va ruhiy tarbiyaning pastligi (42 %);

2) moddiy yetishmovchilik va kambag'allik (50 %);

9 "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida "gi qonuni https://lex.uz/docs/2456411

10 2023-yil dekabr oyi holati bo'yicha.

3) bekorchilik, hech bir ijtimoiy foydali ish bilan shug'ullanmaganlik (52 %);

4) atrofdagilarning ularga nisbatan befarqligi (34 %);

5) ota-ona va yaqinlarining e'tiborsizligi (45 %);

6) maktabda yaxshi o'qimaganligi va tayinli kasbni egallamaganligi (47 %);

7) huquqiy bilimning yetishmasligi (50 %);

8) huquqiy madaniyatning yetishmasligi (38 %);

9) spirtli ichimliklarni muntazam iste'mol qilishi (56 %);

10) giyohvandlik va psixotrop moddalarini muntazam iste'mol qilishi (52 %)n.

E'tiborli tomoni, mahkumlarning katta qismi (68,5 %) 30-50 yosh orasida jinoyat sodir etganligi va oila qurish yoshidan o'tganligi aniqlandi.

Ilgari qasddan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etgan shaxslar qattiq tartibli koloniyalardan tashqari, turmada ham jazo muddatini o'taydilar. Respublikamiz hududida turma bitta bo'lib, u Navoiy viloyatida joylashgan.

Turma ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etuvchi muassasalardan biri hisoblanadi. Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek, umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o'tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o'tkazilgan shaxslarni saqlash uchun mo'ljallangan.

Jinoyat kodeksining 50-moddasiga binoan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga tayinlanadi.

Turmalarda quyidagi mahkumlar jazoni o'taydi:

- sud hukmiga binoan ozodlikdan mahrum qilinib, o'ta xavfli retsidivist deb topilganlar;

- og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar;

- sud tomonidan umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan o'tkazilgan jazo o'tash tartibini ashaddiy buzuvchilar.

Mahkumlarni turma hududidan tashqaridagi mehnatga jalb etish taqiqlanadi. Turmalarda mahkumlar toifalariga ko'ra bir-biridan, o'ta xavfli retsidivistlar va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar esa boshqa toifadagi mahkumlardan batamom ajratib qo'yilgan holda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarni ishlab chiqarish obyektlariga olib chiqish imkoni bo'lmagan taqdirda, ular tegishli sanitariya normalari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilingan holda ishchi kameralarda mehnatga jalb etilishi mumkin. Ishdan so'ng mahkumlar shaxsiy tintuv qilinadi, ular ishlagan joylar esa ko'zdan kechiriladi.

Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar o'rtasida anketa so'rovi va suhbat-intervyu o'tkazilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi:

Turmada jazo o'tayotganlarning: 52,8 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha; 33,3 foizi 30 yoshdan 40 yoshgacha; 13,0 foizi 40 yoshdan 50 yoshgacha; 0,9 foizi 50 yoshdan yuqori bo'lganlar tashkil etmoqda12.

11 Anketa so'rov natijalari 2023-yil dekabr.

12 2023-yil dekabr oyi holati bo'yicha.

é

Ws,

Hududlar bo'yicha tahlil qilinganida ularning eng ko'pi 15,4 foizi Farg'ona, 12,2 foizi Toshkent va 11,4 foizi Samarqand viloyatlaridan ekkanligi, eng kami 2,5 foizi Qoraqalpog'iston Respublikasi va 2,9 foizi Xorazm viloyatidan ekkanligi aniqlandi.

E'tiborli jihati mazkur (turma) jazoni ijro etish koloniyasida ilgari qasddan ikki yoki undan ortiq marta jinoyat sodir etib jazoni o'tayotgan mahkumlarning katta qismi (39,0 %) Farg'ona, Toshkent va Samarqand viloyatlari hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Mahkumlarning 39,8 foizi birinchi marta sudlanganlar bo'lsa, 60,2 foizi qayta sudlanganlardir13. Ular JK quyidagi moddalarida nazarda tutilgan: 97-modda (qasddan odam o'ldirish) 44,7 foizi; 164-modda (bosqinchilik) 10,6 foizi; 104-modda (og'ir tan jarohati yetkazish) 4,9 foizi; 169-modda (o'g'rilik), 2,4 foiz; 267-modda (transport vositasini olib qochish), 2,4 foiz; 273-modda (giyohvandlik vositalarining g'ayriqonuniy muomalasi) va 118-modda (nomusga tegish) 2,4 foiz; 30,1 foizi boshqa jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazoni o'tamoqda.

Mahkumlarning 60,2 foizi o'rta, 34,1 foizi o'rta-maxsus va 5,7 foizi oliy ma'lumotga ega. Yuqoridagilar qasddan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etganlarning katta (94,3 %) qismi o'rta va o'rta-maxsus ma'lumotga ega ekkanligini ko'rsatadi14.

Anketa so'rovi va suhbat-intervyu natijalariga ko'ra respondentlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning asosiy sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat ekkanligi aniqlandi:

1) spirtli ichimliklarni muntazam iste'mol qilishi (55 %);

2) ma'lumot darajasining pastligi (40 %);

3) ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanmaganlik va bekorchilik (67 %);

4) oilaviy qadriyatlarini bilmaganlik va oila qurish yoshiga yetgan bo'lsada turmush qurmaganligi yoki ajrashganligi (69 %);

5) jinoiy javobgarlikka tortilib ozodlikdan mahrum etilishidan qo'rqmasligi (56 %);

6) ota-onasi va yaqinlarining e'tiboridan chetda qolganligi (54 %);

7) kambag'allik yoki moddiy yetishmovchilik (56 %);

8) ta'lim-tarbiyaga yetarlicha e'tibor berilmayotganlik (44 %);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9) oila qurish yoshiga yetgan bo'lsada turmush qurmaganligi yoki ajrashganligi (69 %);

10) jabrlanuvchilarning jinoyat sodir etilishida o'zlarining provokatsion xatti-harakatlari (36 %)15.

E'tiborli tomoni mahkumlarning katta qismi (86 %) birinchi jinoyatini 30 yoshgacha bo'lgan davrda sodir etilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, suhbat-intervyu natijasida quyidagi xulosaga kelindi: 1) oila a'zolaringiz bilan keskin ziddiyatlar bo'lganmi, ularning muntazamligi qanaqa? degan savolga respondentlarning 40,0 foizi muntazam ziddiyatli ravishda bo'lganligi, bu ziddiyatlarning sababi sifatida ota-onaning yoki birining ishsizligi, moddiy qiyinchiliklar deb javob berganlar.

13 2023-yil dekabr oyi holati bo'yicha.

14 2023-yil dekabr oyi holati bo'yicha.

15 Anketa so'rov natijalari 2023-yil dekabr.

s#

Ws,

Bundan ko'rinib turibdiki, respondentlarimizning aksariyati oilali, ya'ni farzandi bor yoki shar'iy nikohda bo'lib, ularning oilasida yetishmovchilik ziddiyatlarga sabab bo'lganligi jinoyatni qayta va qayta sodir etilishiga sharoit yaratgan.

2) o'zingiz yoqtirgan kasbni egallashingizga nima to'sqinlik qilishi mumkin degan savolga respondentlarning 50,0 foizi o'z bilimining pastligi deb javob berganlar.

Bunda biz jinoyat sodir etishga bilimining yetarli emasligi, bilim olishga, ya'ni o'qishga sharoit bo'lmaganligi va o'zi yoqtirmagan ishda ishlaganligi sabab bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.

3) o'zingiz muomala qiladigan kompaniyangiz (guruhingiz) bo'lganmi? degan savolga respondentlarning 60,0 foizi ha, biroq ushbu kompaniyadagi shaxslar uning yana jinoyat sodir etishiga sabab bo'lgan deb javob berganlar.

Ya'ni, respondent tomonidan jazoni o'tab chiqqandan so'ng ham o'zining tanishlari, do'stlari, atrofidagi shaxslar va muhit ta'sirida yana jinoyat sodir etilgan.

4) fuqarolarimizga bunday joylarga tushib qolmaslik uchun qanday maslahat berasiz? degan savolga respondentlarning 70,0 foizi oilasi bilan birga bo'lib, farzandlarini ta'lim-tarbiyasiga e'tibor qaratib, qanday sabablar bo'lsa ham yechim qidirib topish mumkinligini va jinoyat sodir etmaslikni maslahat berishgan.

Yuqoridagi tahlildan kelib chiqqan holda, ilgari sodir etgan jinoyati uchun jazolanib, unga nisbatan tarbiyaviy ta'sir choralari ko'rilganligiga qaramasdan ushbu shaxs tomonidan yana jinoyat sodir etilishi uning g'ayriijtimoiy moyilligidan dalolat beradi16. Ya'ni, ilgari sodir etgan jinoyati uchun jazolanganligi ushbu shaxs uchun saboq bo'lmaganligini ko'rishimiz mumkin. Ilgari sudlangan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilishi uning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligini yaqqol anglatadi.

Kelgusida ushbu shaxslar tomonidan yangi jinoyat sodir etmaslikni oldini olishda retsidivist shaxsiga ham e'tibor qaratish lozim. Kriminologiyada retsidivist shaxsni quyidagi uchta tipga bo'lib o'rganilishi belgilangan, ya'ni:

1. Tasodifiy jinoyatchilar (uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar);

2. Beqaror jinoyatchilar (birinchi marta jinoyat sodir etgan, biroq ilgari huquqbuzarliklar va qilmishlarga qo'l urgan shaxslar);

3. Ashaddiy yoki professional jinoyatchilar (ko'p karra jinoyat sodir etgan, ilgari sudlangan shaxslar)17.

Retsidiv jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish har bir jamiyatda amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlarning uzviy qismi hisoblanadi. Shu jihatdan ham retsidiv jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda katta ahamiyatga ega bo'lgan umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktik chora-tadbirlarni amaliy jihatdan takomillashtirib borish zaruratini hayotning o'zi isbotlamoqda.

Retsidiv jinoyatlarining umumiy profilaktikasi bo'yicha chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

16 Kriminologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, I. Ismailov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. - b.190

17 Kriminologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, I. Ismailov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. - b.195

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

- mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, turmush darajasini oshirish;

- sog'lom mafkurani shakllantirish va hokimiyat tuzilmalarining nufuzini oshirish;

- ijtimoiy nazorat tizimini mustahkamlash (jinoyatlarning oldini olishga jamoatchilik, ommaviy axborot vositalarini ko'proq jalb qilish);

- ta'lim tizimi va oiladagi tarbiyani takomillashtirish;

- aholi o'rtasida retsidiv jinoyatchiligining oldini olish bo'yicha huquqiy targ'ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;

- retsidiv jinoyatchiligining sabablari va ularni sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish to'g'risida taqdimnomalar kiritish.

Retsidiv jinoyatlarning maxsus profilaktikasiga to'xtaladigan bo'lsak, ular quyidagi chora-tadbirlardan iborat:

- huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini, jinoyatlarni tergov qilish usullarini takomillashtirish, jinoyat sodir etgan shaxslarning jazosiz qolishini minimallashtirish;

- jazoni ijro etish tizimini mahkumlarni ozodlikdan mahrum qilish joylarida yashash sharoitlarini insonparvarlik yo'nalishida isloh qilish;

- jinoyat qonunchiligi va sud amaliyotini takomillashtirish, jinoiy jazolarning samaradorligini oshirish;

- aholining ruhiy kasalliklar, alkogolizm va giyohvandlikka chalinishining oldini olish;

- ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ikkilamchi ijtimoiylashtirishda davlat organlarining (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy reabilitatsiyani tashkil etish, ularni yaxshi hayot kechirishlari uchun minimal shart-sharoitlarni ta'minlash (yashash joyi, halol daromad), bu boradagi jamoatchilik tashabbuslarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash.

Retsidiv jinoyatlarning yakka tartibdagi profilaktikasi - bu jinoyatchining shaxsiga va uning g'ayriijtimoiy hayotiy pozitsiyasini shakllantiradigan holatlarga bevosita qaratilgan chora-tadbirlar.

Yakka tartibdagi profilaktika chora-tadbirlari ikki bosqichga bo'linadi:

1. penitensiar bosqich: profilaktikaning ushbu bosqichi jazolarni ijro etish muassasalarning vakolatiga kiradi.

2. Postpenitensiar (jazoni o'taganidan keyingi) bosqich:

- muqaddam sudlanganlar, shuningdek jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni hisobga olish (nazorat va kuzatuv ishi);

- ozodlikka chiqarilgan shaxslar jazoni o'tagan axloq tuzatish muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qilish;

- qayta jinoyat sodir etilishning oldini olish uchun individual rejalar tuzish;

- yaqin atrof-muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish choralaridan iboratdir.

Retsidiv jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari, birinchi navbatda, aholiga ayniqsa, huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli yuqori bo'lgan shaxslarga ular ishtirokida vujudga keladigan nizolarni hal etish, jismoniy va ruhiy xavfsizlikni ta'minlash, qonunda nazarda tutilgan o'zini o'zi mudofaa qilish usullari va vositalarini o'rgatish orqali amalga oshiriladi.

é

ш

Ilgari qasddan ikki yoki undan ortiq marta jinoyat sodir etgan (retsidivist)larning jinoiy faoliyatini aniqlash va tergov qilishning sifatini oshirish uchun jinoiy muhitni o'rganish hamda retsidiv jinoyatchilikning oldini olishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak. Har bir retsidivistga axborot faylini shakllantirish va zamonaviy axborot-qidiruv tizimini tashkil etish yuqorida qayd etilgan maqsadlarga xizmat qilishi lozim.

Achinarli tomoni respondentlarning katta qismi suhbat-intervyu jarayonida jazoni o'tab chiqqanidan so'ng ijtimoiy moslashuv bilan bog'liq muammolarga duch kelganligini ta'kidlagan.

Ushbu toifadagi shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi bevosita ularning o'z vaqtida yangi turmush sharoitlariga ijtimoiy moslashuvi, ularni to'liq hisobga olish, ya'ni monitoring ishlarini tashkil etish, turmush tarzining profilaktik nazoratini ta'minlash, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan profilaktika choralarining samaradorligiga bog'liq. Barcha ichki ishlar organlarining sa'y-harakati aynan shu sohalarga qaratilishi kerak.

Jazoni o'tab chiqqan shaxslarning ro'yxatdan o'tkazilishini (pasport borligi tekshiriladi), ishga joylashish jarayonida ularning xohish-istaklari inobatga olishi, ya'ni boshqa mutaxassislik bo'yicha ishlash istagi bo'lsa, boshqa ishga joylashish masalalari bo'yicha choralar ko'rilishi lozim. Agar ish haqi ilgari sudlangan shaxsga mos kelmasa, uni qayta o'qitish va qulay mutaxassislik bo'yicha ishlashini ta'minlash kerak.

References:

1. "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida "gi qonuni https://lex.uz/docs/2456411

2. Kriminologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, I. Ismailov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. - b.195

3. Nigmatov R.O., Umirzakov B.A. Sodir etilayotgan jinoyatlarning sabab va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni ichki ishlar organlari tomonidan aniqlash hamda bartaraf etish yo'llari / O'Zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Axborotnomasi / 2023-yil, 4-son (59). b. 7-8.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati // https://ziyouz.uz/durdona-toplamlar/uzbek-tilining-izohli-lugati.

5. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi / https://lex.uz/docs/111453

6. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi / https://lex.uz/ru/docs/163629#170668

7. Абдурасулова К. Р., Умирзаков Б. А. Криминологическая характеристика и профилактика преступности несовершеннолетних в Республике Узбекистан //Вопросы криминологии, криминалистики и судебной экспертизы. - 2019. - №. 2. - С. 50-55.

8. Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. М., 2003. 667 б.

9. Расулев А., Саъдуллаев Г. Влияния интернета на поведение и интеллектуальное развитие молодёжи //in Library. - 2020. - Т. 20. - №. 1. - С. 204-207.

10. Саъдуллаев, Г. (2021). Анализ законодательства республики узбекистан и международного законодательства в области обеспечения информационной безопасности личности. Противодействие правонарушениям в сфере цифровых

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

технологий и вопросы организационно-правового обеспечения информационной безопасности, 1(01), 307-309. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/digital_technology_offenses/article/view/7515 11. Умирзаков Б. Оила-турмуш доирасидаги хукуцбузарликларнинг тушунчаси //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. - 2023. - Т. 2. - №. Maxsus son. - С. 166-170.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.