Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZDA PROFFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARINI INNOVATSION MENEJMENT STRATEGIYASI TIZIMI VA BOSHQARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO’LLARI'

RESPUBLIKAMIZDA PROFFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARINI INNOVATSION MENEJMENT STRATEGIYASI TIZIMI VA BOSHQARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / rahbarlik / motiv / liderlik / kommunikatsiya / raqamli texnologiya / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / muassasa / xalqaro reyting / ta’lim sifati / tizimli yondashuv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kasimov Botir Sadriddinovich, Safarov Asqarbek Asadullayevich, Beglayev Uchqun Xurramovich, Normurodov Sarvar Norboy O‘G‘Li

Maqolada Respublikamizda proffessional ta’lim muassasalarini innovatsion menejment strategiyasi tizimi va boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish yo'llari yoritilgan. Ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali talabalarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarini shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZDA PROFFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARINI INNOVATSION MENEJMENT STRATEGIYASI TIZIMI VA BOSHQARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO’LLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

RESPUBLIKAMIZDA PROFFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARINI INNOVATSION MENEJMENT STRATEGIYASI TIZIMI VA BOSHQARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO'LLARI

1Kasimov Botir Sadriddinovich, 2Safarov Asqarbek Asadullayevich, 3Beglayev Uchqun Xurramovich, 4Normurodov Sarvar Norboy o'g'li

1Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig'i, katta o'qituvchi 2Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti decani, q.x.f.f.d., PhD.

dotsent

3Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, i.f.f.d., PhD. dotsent, 4Toshkent davlat agrar universiteti, TDAU, assistent, mustaqil izlanuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11446411

Annotatsiya. Maqolada Respublikamizdaproffessional ta'lim muassasalarini innovatsion menejment strategiyasi tizimi va boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish yo'llari yoritilgan. Ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali talabalarda mustaqillik, faolfuqarolikpozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb -hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi.

Kalit so'zlar: kompetensiya, rahbarlik, motiv, liderlik, kommunikatsiya, raqamli texnologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muassasa, xalqaro reyting, ta'lim sifati, tizimli yondashuv.

Аннотация. В статье описана система инновационной стратегии управления и пути внедрения цифровых технологий в управление профессиональными образовательными учреждениями нашей Республики. Благодаря внедрению цифровых технологий в образовательных учреждениях учащиеся обретают самостоятельность, активную гражданскую позицию, инициативность, умение разумно использовать медиаресурсы и информационно-коммуникационные технологии в своей деятельности, осознанно выбирать профессию, здоровую конкуренцию и общекультурное сотрудничество.

Ключевые слова: компетентность, лидерство, мотивация, лидерство, коммуникация, цифровые технологии, информационно-коммуникационные технологии, вуз, международный рейтинг, качество образования, системный подход.

Abstract. The article describes the system of innovative management strategy and ways of introducing digital technologies into the management of professional educational institutions in our Republic. Thanks to the introduction of digital technologies in educational institutions, students gain independence, active citizenship, initiative, the ability to wisely use media resources and information and communication technologies in their activities, consciously choose a profession, healthy competition and general cultural cooperation.

Keywords: competence, leadership, motivation, leadership, communication, digital technologies, information and communication technologies, university, international ranking, quality of education, systematic approach.

Proffessional ta'lim muassasalarini innovatsion menejment strategiyasi tizimi va boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etishда ta'limni raqamlashtirish sharoitida

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar qatori ta'lim tizimidagi islohotlar ham misli ko'rilmagan darajada shiddat bilan ketmoqda.

Xususan, keyingi 5 yil mobaynida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar oliy ta'limni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilganligi bilan xarakterlidir. Mazkur huquqiy me'yoriy hujjatlar O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy -axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdek dolzarb masalalarni hal qilishga xizmat qiladi.

Jahonda zamonaviy rivojlanish davri - oliy ta'lim raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatga o'tishning global tendensiyalari tufayli yuzaga kelgan raqamlashtirish jarayoni bilan tavsiflanadi. Sifatli ta'lim berish, bilim, ko'nikma va malaka hamda qobiliyatlarini rivojlantirish, elektron texnologiyalarning hozirgi rivojlanish darajasi ta'lim tizimining innovasion jarayonlarga intilishi bilan birgalikda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini o'zgartirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida talabalarning mustaqil tayyorgarligini boshqarishni optimallashtirish zarurligini taqozo etadi.

Bugungi kunda jahondagi halqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi ta'lim konsepsiyasida "Ta'lim-taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim faoliyat", deb e'tirof qilingan. Sifatli ta'lim berish, bilim, ko'nikma va malaka hamda qobiliyatlarini rivojlantirish, bugungi kunda globallashuv, raqamlashtirish, kadrlarga e'tibor va intellektualizatsiya jarayonlari ta'lim jarayonining dolzarb masalalaridan biridir. Raqamli iqtisodiyot inson hayotining yangi raqamli foliyatini yaratadi, biznes, savdo, logistika, ishlab chiqarishning yangi modellarini belgilaydi, ta'lim, sog'liqni saqlash, boshqaruv, odamlar o'rtasidagi muloqot formatini butunlay o'zgartiradi, davlat iqtisodiyoti va butun jamiyat rivojlanishining yangi paradigmasini belgilaydi.

Mamlakatimiz bugungi kunda global axborot, ijtimoiy va siyosiy makonning bir qismidir. Shu sababli, so'nggi o'n yillikda ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy rivojlanishning quyidagi omillari shakllandi, ular axborot jamiyatining belgilari sifatida qaraladi, ya'ni:

S axborot jamiyat taraqqiyotining asosiy strategik resursiga aylanadi;

S qonunchilik va me 'yoriy-huquqiy baza hamda axborot texnologiyalari bazasi va axborot resurslarini yaratish va rivojlantirish uchun mas 'ul bo'lgan davlat organlari shakllantirildi va faoliyat ko'rsatmoqda;

S axborot texnologiyalari, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va rivojlantirish bilan bog'liq loyihalar shu jumladan davlat tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlash;

S ta'lim muassasalari, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalari asosan kompyuterlashtirish bilan qamrab olingan;

S jamoatchilik ongi axborot faoliyatining dolzarbligi va ustuvorligini tushunishni belgilaydi.

Keyingi yillarda jahonda va O'zbekistonda ta'limni rivojlantirish, uni tubdan qayta o'zgartirishda aniq yo'nalishlar paydo bo'ldi.

Ularning

S birinchisi, ta'limni tubdan demokratlashtirish;

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

S ikkinchisi, uzluksiz ta'lim g'oyasi, so'ng "ta'lim - bir umrga" g'oyasini "ta'lim -butun umr davomida" g'oyasiga almashtirish;

S uchinchisi, bu nafaqat mutaxassislarni tayyorlash vositasi, balki jamiyatga ongli, fidoyi insonlarni yetkazib berish;

S to'rtinchisi, ta'limning globallashuviga erishish; beshinchisi, ta'limni axborotlashtirish.

Raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlar oliy ta'lim tizimida mutaxassislarni kasbiy tayyorlash jarayoni uchun keng imkoniyatlarni ochdi. Raqamli texnologiyalar orqali ma'lumotlarni istalgan joydan va turli mamlakatlardagi odamlarga uzatish imkoniyati paydo bo'ldi. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar o'quv jarayoniga yaxshi singdirilgan bo'lib, oliy ta'lim muassasasidan tashqarida talabalarning mustaqil ishlarini bajarish uchun qulayliklar yaratilgan. Bunday sharoitda ta'limda axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq integratsiya jarayonlari bilim talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirishga, odamlarning kasbiy faoliyatining intellektual darajasini oshirishga, samarali mehnat ko'lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va joriy etilishi insoniyatni kelajakdagi taraqqiyot yo'nalishini tanlashdan oldin insoniyat hayotining barcha sohalarida qo'laylik yaratadi.

Raqamli jamiyat sharoitida axborot strategik resursga, psixologik sharoitga aylanadi, uning rivojlanishi uchun belgi-ramziy faoliyat yaratiladi. Uni o'quv jarayonida o'zlashtirish bilimlarni ifodalashning turli modellari va texnologiyalarini amalga oshirishni o'z ichiga oladi, bu esa, o'z navbatida, talabalarning aqliy funksiyalarining murakkablashishiga ta'sir qiladi.

Buning yordamida ta'lim sifatini oshirish, sub'ektlar o'rtasidagi o'zaro aloqaning yangi shakllari va vositalarining paydo bo'lishi mumkin, bu yagona raqamli ta'lim makonining ishlashi va rivojlanishini ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-sonli Farmonida "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasiga muvofiq, ta'lim raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilgan asosiy muassasalardan biridir. Mehnat bozori, ish beruvchilar va butun raqamli iqtisodiyot talablari bilan belgilab berilgan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish vazifasi dolzarb bo'lib qolmoqda. Buning oqibati ta'lim sohasida uning barcha bosqichlarida sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. Barcha bosqichdagi ta'lim muassasalari axborot texnologiyasi vositalari bilan ta'minlangan, mutaxassislarning o'quv jarayonida axborotdan foydalanish bo'yicha malakasi oshirildi. Jahonda zamonaviy texnologiyalarni rivojlanishining yangi bosqichiga o'tilmoqda. Jamiyat rivojlanishining yangi bosqichi "raqamlashtirish" jarayoniga olib keladi, bu esa zamonaviy tendensiya bilan ta'limini modernizatsiya qilishning ustuvorligini ta'minlaydi, axborotlashtirish jarayonini raqamlashtirishga almashtiradi.

"Oliy ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish konsepsiyasi loyihasi"da, "Raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o'rganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirish" oliy ta'limi va oliy ta'limining raqamli ta'lim jarayonini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaruvchi omillar qayd etilgan.

Axborotlashgan muhitda oliy ta'lim tizimini to'g'ri modernizatsiya qilish, ta'lim dasturlarini raqamli iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish, ta'lim tashkilotlarining o'quv

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, fuqarolarga butun umri davomida bilim olish imkoniyatini yaratish zarur. Yuqori darajadagi kasbiy kompetensiyaga, shu jumladan axborot kompetensiyasiga ega bo'lgan mutaxassislar "raqamli davr"ni ta'lim oldiga qo'yadigan tubda n o'zgargan yangi ta'lim vazifalarini: doimiy o'zgarishlarga tayyorlikni rivojlantirishni hisobga olishlari kerak, bu esa an'anaviy ta'lim tizimida ma'lum bir o'zgartirishni talab qiladi;

■ "inson - raqamli vosita - jamiyat" virtual va haqiqiy olam o'rtasidagi ichki chegarani shakllantirish munosabatlari tizimida ijtimoiy mas'uliyatni tarbiyalash, axborotni tanqidiy tahlil qilish, axborotlarni saralash qobiliyatini rivojlantiradi.

Axborot kompetensiyasi quyidagi imkoniyatlar va ko'nikmalarni belgilovchi indi vidual faoliyat qobiliyatlari va sifatlarini o'z ichiga olishini ta'kidlaydi: mustaqil ravishda axborotni izlash, to'plash, tahlil qilish, taqdim etish, uzatish; ob'ektlar va jarayonlarni loyihalash va taqlid qilish; jamoa ishini modellashtirish va loyihalash; qarorlar qabul qilish, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida muammolarni ijodiy va samarali hal qilish; zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkiliy muhitni boshqarish; zamonaviy axborot texnologiyalaridan malakali foydalangan holda o'z rejalarini mas'uliyat bilan amalga oshirish; kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda samaradorlik yuqori bo'ladi.

Raqamli ta'lim muhiti bu - axborotlashgan ta'lim muhitining sinonimi sifatida foydalanuvchilarning ta'limiy manbalariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, mutaxassislikka tayyorlash jarayonining shaxsiy kompyuterlar, telekommunikasiya, metodik va tashkiliy muhiti sifatida ta'riflash mumkin.

Raqamli ta'lim muhiti quyidagi uchta asosiy vazifalarni bajaradi, ya'ni:

■ birinchidan; tashqi muhit sub'ektlariga zamonaviy texnologiyalar ko'magida ta'lim muassasasiningraqamli ta'lim muhiti xaqida tushuncha hosilqilishgayordamlashish;

■ ikkinchidan; ta'lim muassasasi xodimlarining o'zaro hamkorligini oshirish va o'zaro raqamli ta'lim resurslari almashishi muhitiniyuzaga keltirish;

■ uchinchidan; ta'lim muassasasida raqamli ta'lim muhiti vositalari orqali sifatli ma'lumotlar almashinuvini tashkiletish va boshqarish.

Oliy ta'lim tashkilotida raqamli ta'lim muhiti maqsadini belgilash uchta jarayonning davriy ketma-ketligini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi:

♦♦♦ birinchi davrda muhitni tahlil qilish natijalari o'rganiladi;

♦♦♦ ikkinchi davrda - mos ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olinadi;

♦♦ uchinchi davrda bevosita ta'lim muassasasining axborot-ta'lim muhiti maqsadi ishlab chiqiladi.

Raqamli ta'lim muhitida interaktiv ta'lim resurslarini yaratishni tashkillashtirish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, interaktiv ta'lim resurslaridan foydalanish uchun yo'llanma berish, oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizdagi zamonaviy iqtisodiyot qonuniyatlari o'z shartlarini ilgari surmoqda va shuning uchun bilimga faqat egalik qilish bilan chegaralanib bo'lmaydi. Zamon bilan hamnafas bo'lish, mustaqil qaror qabul qila olish, o'z ustida doimiy ravishda ishlash, o'z malakasini oshirib borish darkor. Shuning uchun talaba yoshlarning yangi avlodini mustaqil qaror qabul qila oladigan, bilim olishiga o'zi mas'ul bo'la oladigan qilib tarbiyalash ehtiyoji sezilmoqda. Mustaqil fikrlaydigan talabalarni tarbiyalash davlatimiz ta'lim tizimining asosiy maqsadlaridan biridir. Talaba mustaqil o'zlashtira bilishi, davomli ravishda o'rganib borishi, bu borada o'qituvchi talabalarning izlanishlarni o'rganish ko'nikmalarini, o'tilgan materiallarni interaktiv ta'lim

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

resurslaridan foydalanish orqali o'zlashtirish uchun kerakli ma'lumotlarni izlab topish ko'nikmalarini hosil qilish lozim.

Interaktiv ta'lim resurslarini ishlab chiqishda barcha ta'lim oluvchilarning birdek talim olishiga sharoit yaratib berishni, ta'lim turlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni kuchaytirgan holda ta'lim berishda uzluksiz ta'lim sifatini oshirishni, asosiy faoliyat bilan bir qatorda qo'shimcha ta'lim olish imkoniyatini yaratib berishni, uzluksiz ta'lim imkoniyatlarini kengaytirishni, yangi tamoyillar asosidagi ta'lim darajasini ta'minlashni maqsad qilib olinishi zarur.

Oliy ta'lim jarayonida raqamli ta'lim muhitini shakillantirish, xar bir kasbiy soha mutaxassislaring raqamli ta'lim muhitini ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish usullari asosiy etiborga olinishini e'tirof etib, ta'lim jarayonlarining barcha bosqichlarini rivojlantirish, bunda AKTni qo'llash asosida ta'lim sifatini ortishi, talabalarning fanlararo ma'lumotlar almashinishining o'zgarishi, shuningdek, ta'limning asosiy manbayi bo'lgan axborotlarni qayta ishlash va ularning o'zaro bog'liqligini ta'minlash zarur.

Xulosa va takliflar. Proffessional ta'lim muassasalarini innovatsion menejment strategiyasi tizimi va boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etishda o'quv jarayonida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish mexanizmlarini o'rganish, tahlil qilish bilan birga, talabalarning mustaqil ta'lim olish samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz quyidagi takliflarni keltirib o'tmoqchimiz:

> birinchidan, o'quv jarayonida fanni yuqori saviyada o'qitishni yo'lga qo'yish orqali axborot ta'lim muhitida mustaqil ishlashga ehtiyojni shakllantirish yo'llarini ishlab chiqish.

> ikkinchidan, har bir o'qitiladigan fan bo'yicha talabaning o'zi ustida mustaqil ishlashini taqozo etuvchi innovatsion topshiriqlar majmuasiningishlab chiqishniyo'lga qo'yish.

> uchinchidan, talabalarga ta'lim jarayonidagi avval o'zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to'planishi natijasidagi bilim, malaka, ko'nikmalarga yangicha nuqtai nazardan yondashishni talab qiluvchi vazifalarni mustaqil ish sifatida bajarishlariga ko'maklashish.

> to'rtinchidan, o'rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab olgan mavzular bo'yicha referat, esselar yozish, turli jamg'armalar tomonidan e 'lon qilingan tanlovlarda, startap loyihlarda ishtirok etishlarini yo'lga qo'yish.

> beshinchidan, oliy ta'lim sohasi ko'proq nazariylashib ketishiga chek qo'yish maqsadida, ya'ni fan, raqamli iqtisodiyot, amaliyot va mustaqil ta'lim o'rtasida bog'liqlikni mustahkamlash.

> oltinchidan, rivojlangan davlatlardagi pedagogik texnologiya markazlari va ular faoliyatini o'rganish asosida o'zbekiston respublikasida raqamli ta'lim sharoitida zamonaviy pedagogik va axborotlar texnologiyalari markazini ochish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi O'RQ-637 sonli "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" Farmoni.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

4. Muhabbat H., Bazarova U. M., Mirzaeva M. N. Opportunities for innovation technologies in higher education //International journal on integrated education (IJIE) Indonesia. - 2020. -№. 12.

5. Xakimova M. F. Axborot ta'lim muhitida innovatsiya va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. NUU Conference 1. - S. 149-152.

6. Xakimova M. Ta'lim muassasalariga innovatsiyalarni kiritishning zarurligi //Arxiv nauchnbix issledovaniy. - 2022. - T. 2. - №. 1.

7. Hakimova Opportunities of innovation technologies in higher education//Arxiv nauchnbix issledovaniy. - 2021.

8. Xusainov R.R. Oliy ta'limda fanlarni o'qitish sifatini oshirishda mustaqil ta'limning roli. // J. Zamonaviy ta'lim.-T.,2016. -№4.-B.25

9. Raximov O.D. Elektron ta'lim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi. Zamonaviy ta'lim. Ilmiy amaliy jurnal -Т. 2016. 47-б.

10. Xakimova M. Ta'lim va o'rganish nazariyasi (darslik). - Т.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi. - 2022.

11. Xakimova M. Ta'lim tizimiga texnologik yondashuv (monografiya). T-2019.

12. Fayzievna, H. M. (2012). Ways Of Professional Training Of Children With The Limited Opportunities. Social and Natural Sciences Journal.

13. Hulkar Hakimova, & Muhabbat Hakimova. (2021). Developing independent and creative activity of students. International Journal of Advanced Research.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.