Научная статья на тему 'Развитие информационно-технологической компетентности у будущих учителей как проблема педагогической задачи'

Развитие информационно-технологической компетентности у будущих учителей как проблема педагогической задачи Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
50
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
компетентность / информационная компетентность / технологическая компетентность / компетентность и подход. / competence / information-competence / technological-competence / competency approach.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Севара Бегматова

В статье представлен анализ развития информационных технологий у будущих учителей как актуальная педагогическая проблема. Полученные результаты могут быть использованы для повышения эффективности обучения в общеобразовательных школах, педагогического мониторинга и преподавания общеобразовательных предметов при создании учебных материалов по учебным модулям, разработке задач международных систем оценивания, а также отдельных компетенций.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Development of information and technological competence in future teacher sasan urgent pedagogical problem

This article presents an analysis of the development of information technology competence in future teacher sasa current pedagogical problem. There sults obtained can be used to increase the effectiveness of teaching in general education schools, pedagogical monitoring and teaching of general education subjects when creating educational materials for education al modules, developing tasks for international assessment systems, as wellas individual competencies.

Текст научной работы на тему «Развитие информационно-технологической компетентности у будущих учителей как проблема педагогической задачи»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Development of information and technological competence in future teacher sasan urgent pedagogical problem

Sevara BEGMATOVA1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

kompetentlik,

axborot-kompetentlik,

texnologik-kompetentlik,

kompetentsiyaviy

yondashuv.

This article presents an analysis of the development of information technology competence in future teacher sasa current pedagogical problem. There sults obtained can be used to increase the effectiveness of teaching in general education schools, pedagogical monitoring and teaching of general education subjects when creating educational materials for education al modules, developing tasks for international assessment systems, as wellas individual competencies.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Bo'lajak o'qituvchilarda axborot-texnologik kompetentlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit soZlar:

kompetentlik,

axborot-kompetentlik,

texnologik-kompetentlik,

kompetentsiyaviy

yondashuv.

Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda axborot-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning dolzarb pedagogic muammo sifatidagi tahlili bayon etilgan.Olingan natijalardan umumta'lim maktablarida ta'lim samaradorligini oshirishda, pedagogika monitoring va umumta'lim fanlarini o'qitishda o'quv modullari bo'yicha o'quv-uslubiy majmualarni yaratishda, xalqaro baholash tizimlari topshiriqlarini ishlab chiqishda qo'llanilishi mumkinligi hamda tanlangan kompetensiyalarning davlat ta'lim standartlariga kiritilgani bilan belgilanadi.

1 Lecturer, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

Развитие информационно-технологической компетентности у будущих учителей как проблема педагогической задачи

АННОТАЦИЯ_

В статье представлен анализ развития информационных технологий у будущих учителей как актуальная педагогическая проблема. Полученные результаты могут быть использованы для повышения эффективности обучения в общеобразовательных школах, педагогического мониторинга и преподавания общеобразовательных предметов при создании учебных материалов по учебным модулям, разработке задач международных систем оценивания, а также отдельных компетенций.

KIRISH

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 27-fevral, PQ-4623-sonli "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida Pedagogik ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogic texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish mamlakatimiz oily ta'lim tizimi oldida turgan asosiy masalalar sifatida ko'rsatib o'tildi [1]. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

- tarbiya va o'qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o'zlashtirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogic texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;

- oily pedagogic ta'limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib boorish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish;

- yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko'nikmaga ega, tarbiya, o'qitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish pedagogica ta'lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda oily ta'limda bo'lajak o'qituvchilarni kompetentsiyaviy yondashuv asosida kasbiy faoliyatga mukammal mexanizmlar asosida tayyorlash muhim masalalardan biridir.

ASOSIY QISM

"Kompetentlikka yo'naltirilgan ta'lim (competence-basededucation-CBE) amerikalik tilshunos N. Xomskiy (1965-yil Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan "kompetensiya" atamasining umumiy ma'nosida shakllanadi. Yevropa kengashi dasturi bo'yicha Bern shahrida bo'lib o'tgan simpoziumda (1996-yil) "kompetensiya" tushunchasi "o'quv", "kompetentlik", "qobiliyat", "mahorat" singari tushunchalar qatorida kiritilganligi ta'kidlandi" [2-4]. Boloniya deklaratsiyasiga a'zo mamlakatlatlarning ta'lim

Ключевые слова:

компетентность,

информационная

компетентность,

технологическая

компетентность,

компетентность и подход.

sohasidagi vakillari mazkur deklaratsiyada (1999-yil) ta'lim islohotlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondashuvni belgilashni taklif qilishdi.

Jahon ta'lim amaliyotida ham o'quvchilarni kompetentli qilib tayyorlash ta'lim tizimining oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Negaki, kompetentlilik o'zida:

ta'limning intellektual va amaliy jihatlarini uyg'unlashtiradi;

o'qitish kechimida ta'lim mazmunini o'zlashtirishning standart bo'yicha qanday natijaga olib kelishini bildiruvchi ko'rsatkichlarni aks ettiradi;

shaxs faoliyati va madaniyatining bir yoki bir-biriga yaqin qator sohalarni qanchalik umumlashtirganligini namoyish etadi.

Lotin tilidan tarjima qilganda kompetensiya (competentia) u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik, bilim va tajribaga ega masalalar yig'indisi ma'nosini anglatadi. Ya'ni, kompetensiya - bu yuqori sifatli samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan predmetlar va jarayonlarning ma'lum bir doirasiga nisbatan belgilanadigan o'zaro bog'liq shaxsiy sifatlar (bilim, ko'nikma, malaka va faoliyat usuli) yig'indisini o'z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda kompetentlik ko'pincha mustaqil, mas'uliyatli (faoliyatni amalga oshirishga layoqatlilik) va muayyan mehnat funksiyalarini bajarish qobiliyati bilan ko'nikmalarning uyg'unligi sifatida belgilanadi.

Kompetensiyaviy yondashuv bizga o'quvchining faoliyat natijalarini yanada to'liq va oqilona tasavvur qilish imkonini beradi, ya'ni nafaqat ijtimoiy hayotga tayyorlikni, balki zamonaviy texnologiyalar olamida ham, jamiyat hayotida ham dinamik o'zgarishlar sharoitida ishlash qobiliyatini anglatadi. Kelajakka yo'naltirilgan mutaxassis o'z kasbi sohasida yangilik (masalan, raqobatbardosh mahsulotlar) yaratishga tayyor bo'lishi kerak, shuningdek, o'zining bilimlar zahirasida tayyor algoritmlar mavjud bo'lmagan taqdirda ham nostandart vaziyatlarda yaratuvchanlik, ijodiy fikr yuritish asosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga qodir bo'lishi kerak.

Pedagogik adabiyotlarda kompetensiya va kompetentlik atamalari ko'p qo'llaniladi va allaqachon o'zining o'rniga ega. Mazkur tushunchalarning keng qo'llanilishi ayniqsa, ta'lim mazmunini modernizatsiyalash (yangilash) zarurati bilan bog'liqdir. Lotin tilidan tarjima qilganda kompetensiya (competentia) u èki bu soha bo'yicha bilimdonlik, bilim va tajribaga ega masalalar yig'indisi ma'nosini anglatadi. Ya'ni, kompetensiya-bu yuqori sifatli samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan predmetlar va jarayonlarning ma'lum bir doirasiga nisbatan belgilanadigan o'zaro bog'liq shaxsiy sifatlar (bilim, ko'nikma, malaka va faoliyat usuli) yig'indisini o'zichiga qamrab oladi.

Bugungi kunda kompetentlik ko'pincha mustaqil, mas'uliyatli (faoliyatni amalga oshirishga layoqatlilik) va muayyan mehnat funksiyalarini bajarish qobiliyati bilan ko'nikmalarning uyg'unligi sifatida belgilanadi. Kompetentlik - bu biror shaxsga mazkur jamiyat uchun muhim bo'lgan vazifalarni (masalalarni) hal etishga qaratilgan harakatlarining samaradorligini (natijaviyligini) baholash natijasida beriladigan ta'rifdir.

Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo'yiladigan talablar nuqtai nazaridan kompetentlik bo'lajak mutaxassisning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat metodlari majmuasini maqsadga muvofiq qo'llash qobiliyatini anglatadi[5-8].

XULOSA

Bulardan ko'rinib turibdiki, pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan kompentensiya-bu bilim va vaziyat orasidagi aloqani o'rnatish imkoniyati yoki keng ma'noda muammoni hal etish uchun zarur bo'lgan jarayonini (harakat va bilim) ko'rsatish, topish qobiliyatidir. Erkin va faol fikrlash, ta'lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta'lim berish va tarbiyalashning yangi g'oya va texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo'lgan bo'lajak o'qituvchining kompetentlik darajasini oshirish muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Toshkent. 2020-yil 27-fevral, PQ-4623-son.

2. S.Y. Temurov. (2014). Bo'lajak matematika o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari. Fan va texnologiya. - B. 136.

3. Белкин А.С. (2004). Компетентность. Профессионализм. Мастерство. Челябинск. - С. 176.

4. Миронова О.А. (2013). Ключевые компетенции личности как образовательный результат российской системы образования. Мир образования-образование в мире, (2). - С. 186-193.

5. Boymurodova G., Tosheva N. (2012). Ta'lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonida o'qituvchi kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish-davr talabi // Uzluksiz ta'lim. № 2. - B. 71-74.

6. Зимняя И.А. (2004). Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. Авторская версия. М.:Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 42, 2.

7. Mahmudov A.X. (2012). Ta'lim tizimida kompetentlik asosida yondashuvning didaktik jihatlari. "O'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda innovatsiya texnologiyalarining ahamiyati" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent. - B. 44-47.

8. Бердиева, Гулобод Шоназаровна, Наргиз Иркиновна Джумаева. "Гуманизация процесса профессионально-педагогической подготовки будущих учителей". Образование и воспитание 3 (2015): 1-2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.