Научная статья на тему 'RAQQOSANING SAN’ATKORONA MAHORATI'

RAQQOSANING SAN’ATKORONA MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
54
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grim / san’at / xoreograf / tonal krem / lab bo‘yog’i / pardozlash / podvodka / ansambl / jamalak soch / obraz / chiroq

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sevara Xojametova

Milliy raqslarimizning jozibadorligi, ularning betakrorligini ko‘rsatuvchi grimlash jarayonining o‘ziga hos bo‘lgan murakkab jihatlarini yoritib berish har bir ijodkor-xoreografning vazifasidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQQOSANING SAN’ATKORONA MAHORATI»

RAQQOSANING SAN'ATKORONA MAHORATI

Sevara Xojametova O'zbekiston davlat xoreografiya akdemiyasi

Annotatsiya: Milliy raqslarimizning jozibadorligi, ularning betakrorligini ko'rsatuvchi grimlash jarayonining o'ziga hos bo'lgan murakkab jihatlarini yoritib berish har bir ijodkor-xoreografning vazifasidir.

Kalit so'zlar: grim, san'at, xoreograf, tonal krem, lab bo'yog'i, pardozlash, podvodka, ansambl, jamalak soch, obraz, chiroq.

ARTISTIC SKILLS OF A DANCER

Sevara Khojametova State Academy of Choreography of Uzbekistan

Abstract: It is the task of every creator-choreographer to shed light on the complex aspects of the make-up process that show the attractiveness and uniqueness of our national dances.

Keywords: make-up, art, choreographer, foundation, lipstick, make-up, lipstick, ensemble, curly hair, image, lamp.

Xalqimiz san'atsevar, zo'r shijotli, urf - odat va an'analariga sodiqdir. O'zbek xalqining boy musiqa madaniyati va san'ati bugungi kunda barchaning diqqat markazida, uning dovrug'ini ko'klarga ko'tarish borasida davlat darajasida ishlar olib borilmoqda. Mana shundaylar orasida "Maqom" san'atining davlat darajasiga ko'tarilgani, lazgining YUNESKO ro'yxatiga kiritilganligini alohida takidlab o'tishimiz kerak.

O'zbek milliy raqs san'ati o'zining jozibador harakatlari, jimjimador ranglari, betakror ohanglari bilan san'atning boshqa turlaridan tubdan farqlanadi. Raqqosaning har bir harakatida bir ma'no va mazmun berkitilgan, uni tinglovchiga to'g'ri yetkazib berish har qanday ijrochidan katta mahorat talab etadi. Bugungi kunda oynayi jahon orqali, katta sahnalarda, O'zbekiston Davlat xoreografiya institutining mutaxassislari, qator mahoratli bitiruvchilar tomonidan sahnalashtirilgan raqslar namoish etib kelinmoqda. Ularda harakatlarning mazmun - mohiyatini yoritib berishda ko'maklashadigan liboslar, boshqiyimlar va pardozlar to'g'ri tanlangan bo'lib, raqsning yoritilishida ko'maklashadi, tinglovchilar tomonidan to'g'ri qabul qilinadi.

Ushbu san'at ichidagi san'at, juda murakkat bo'lib, badiiy rahbardan zo'r mahoratni, pedagogik faoliyatning to'g'ri yo'lga qo'yilishini talab etadi. «Grim»

fransuzcha «grime», italyancha «grumo» co'zidan olingan bo'lib, lug'aviy ma'nosiga ko'ra inson yuzida ajin qilish degan ma'noni bildiradi. Grim tomosha san'atida ishtirok etadiganlarning qiyofasini ijro etiladigan obrazga moslab o'zgartirish san'atidir. Grim - dramaturg, rejissor, aktyor va rassomning badiiy g'oyasini tomoshabinga yetkazib beruvchi asosiy ifoda vositalaridan biridir. Aktyor uchun grim ikki xil ahamiyatga ega. Birinchidan, obrazni ichki dunyosini aktyorning tashqi ko'rinishidagi aks ettirilishi bo'lsa, ikkinchidan, grim aktyorga ijro etilayotgan obrazni harakterini ochib beradi, rolga badiiylik bag'ishlaydi. Shundan kelib chiqib, ushbu tushunchani o'z asl nomi bilan «grim» deb atalishi to'g'ri bo'ladi.

Har bir sahnaga chiqishdan avval, xoh u katta sahna bo'lsin, xoh u kichik ijrochilar uzoq vaqt dovomida tayyorlanadilar. Bu jarayon avvalombor soch turmaklaridan boshlanadi. O'zbek xoreografiya san'atida mavjud bo'lgan milliy raqs maktablarida asosiy soch turmagi, bu jamalak sochlar bo'lib, ularni teng qismlarga bo'lish, yuz tuzilishining o'ziga hos bo'lgan jihatlarini inobatga olishdan boshlanadi. Odatda bu 4-6 dona o'rilgan sochlar bo'lib, ularga ulama sochlar ham qo'shilishi mumkin, lekin bunday holatda albatta sochning asos qismiga mustahkam qilib qadaladi, raqs jarayonida noquloy holatlarning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida.

Keyingi bosqich yuz terisini muhofoza qilish, uni tozalash ishlaridir, bunda misellyar suv bilan yuzni tozalash, terini muhofoza qilish bilan bir qatorda grimning mustahkamlanishidan ham ko'maklashadi. Ushbu jarayon yakunlangandan so'ng namlantiruvchi sprey - praymerdan foydalanish zurur, u yuzdagi grimni uzoq vaqt saqlab qolish imkonini yaratib beradi. Tonal kremini surishda raqqosalar nafaqat yuzlariga mos bo'lgan ranglarni tanlashlari kerak, balki, ijro etiladigan sahna, undagi yorug'lik, ochiq yoki yopiq bo'lgan maydonlarni ham inobatga olishlari ahamiyatlidir. Chunki, yopiq bo'lgan pavelionlarda chiroqlar nuri tarqalmaydi va ijrochi yuziga tushgan nur bir oz ko'proq yoritadi, tonal kremining kerakli darajadan ortiq hajmi va rangi esa yaratilayotgan obrazdan yiroqlashtiradi. Qator vizajist va grimyorlar imkon qadar tonal kremini barmoqlar bilan surishni maslahat beradi, bu harakatlar tufayli uning darajasini nazorat qilish oson bo'ladi.

Qoshlarning shakli qalamlar orqali to'g'ri belgilangandan so'ng, ko'zlarga urg'u beramiz, bunda tanlangan rang odatda liboslarning rangi bilan mos bo'lib, birinchi bosqichda juda kichik hajmda tonal kremi surtiladi, bu ko'z bo'yoqlaring uzoq muddat soqlanishiga yordam beradi. So'ng tanlangan rangdan foydalanib, ko'zning tashqi tomoniga qarab suriladi. Agar ko'zlar kichiq hajmga ega bo'lsa, oq ko'z bo'yog'i rangidan foydalanib ularni kerakli hajmda ko'rsatish mumkin bo'ladi. Ko'zlarni yanada ifodali qilib ko'rsatish maqsadida suyuq qalam (podvodka) bilan uning konturlarini ko'rsatib o'tamiz va kipriklarni maxsus tush vositasi bilan mustahkamlaymiz. Raqqosa qizlarning yuz shakli turlicha bo'lgani sababli rumyano vositasi orqali ularning yuziga bir xil shakl berish mumkin bo'ladi.

So'ngi bosqich lab bo'yog'i bo'lib, unda tanlangan rangni mustahkamlash uchun avvalombor maxsus qalam bilan chizgilar beriladi, tanlangan rangning yorqinlik darajasi ham ijro maydoniga bog'liqdir. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerak-ki, tanlangan lab bo'yog'i rangi sochlar orqali yuzga surilib ketmasligi uchun uni mustahkamlovchi maxsus sprey yoki rangi o'chmaydigan lab bo'yoqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Mukarrama Turg'unboyeva tomonidan yaratilgan "Bahor" ansamblining pardozlanishi bu borada katta maktab yaratdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu ansamblning raqqosa qizlarining soch turmagi, yuzlaridagi grim, ko'z va lab bo'yog'lari bir xilda bo'lgan. Zamonaviy pardozlash ashyolari turlarining kengligi bugungi kunda ijrochilarimiz uchun katta yordam bo'lmoqda, bizning asosiy vazifalarimizdan biri esa ulardan oqilona foydalanishdir.

Raqs san'atining rivojanishi, uning shakllanishida, raqqosalarning mahoratli san'atlarini tamoshabinlarga yetkazib berishda, ohanglarga hamnafas bo'lgan harakatlar bilan bir qatorda, ularning jimjimador liboslari, grim va soch turmaklari ham katta ahamiyat kasb etadi. Raqsga monand libos tanlash bilan qatorda, unga hos grimlash jarayoni amalga oshiriladi. Shu bilan birga soch turmaklariga alohida e'tibor qaratiladi.

Soch turmaklari tarixi bir necha asrlarni o'z ichiga oladi. Bunga misol tariqasida Qadimgi Rim, Qadimgi Misr davrlaridan bizgacha yetib kelgan haykallarda ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, ular sochlarni turmaklash, jilo berish bilan bir qatorda, sochlarni to'g'ri ozuqlantirish, ozoda tutish, turli damlamalar orqali parvarish qilishga katta ahamiyat qaratishadi. Ayollarning soch turmaklariga qarab ularning qaysi tabaqaga mansubligini belgilash imkoni mavjud bo'lgan. Masalan, Qadimgi Rimda ayollar sochlarining uzunligiga qarab uning tabaqasini aniqlaganlar, ayrim manbalarda yozilishicha, ayollarning sochlari shu darajada uzun bo'lgan-ki, uni tarash va tartibga solish uchun hizmatkor bir necha soat sarflagan. Harakatlanish jarayoni ularni halal bermasligi maqsadida turli soch o'rimlari o'ylab topilgan va imkon qadar balandroq turmaklardan foydalanishga harakat qilganlar.

Qadimgi yunonlar esa, soch har bir insonning ko'rki deb hisoblashgan va bu holat fafat ayollar uchun, balki, erkaklar uchun ham ahamiyatli bo'lgan. Shu sabab ular sochlar uchun mahsus moylar, nozik hid taratuvchi essensiyalarni yaratadilar. Bu yerda ilk marotaba "soch turmakchisi" kasbi shakllangan bo'lib, ayrim mutaxassislar tomonidan yaratilgan san'at asarlari bir necha haftalar davomida saqlangan. Yunon ayollari sochlar uzunligini saqlashga harakat qilgan, chunki uzun sochlar turli yangi turmaklarni yaratish imkonini bergan.

Aynan, qadimgi misrlik ayollar sochlarni parvarishlash uchun kaltalatish, ularni kesish ishlarini olib borganlar. Soch turmaklarida turli tilla uzuklar, maxsus tilla taqinchoqlardan foydalanish, kesilgan sochlardan esa yasama sochlar yaratish ham

aynan misrliklarga tegishli bo'lib, bugungi kunga qadar o'z aktualligini yo'qotmagan. Yuqorida nomlari keltirilgan qadimgi sivilizatsiyalarda sahna turmaklariga ham katta ahamiyat qaratilgan. Bunda qahramonlarning soch turmagiga qarab ularda qaysi tabaqa vakillarining hayoti tasvirlanganini aniqlash mumkin bo'lgan.

O'rta asrlarga kelib Yevropa ayollari o'z e'tiqodlaridan kelib chiqib, sochlarini yengil matolar bilan berkita boshlaydilar. Turmaklangan, yoki yoyilgan sochlarni faqat sahnada aktyorlar tomonidan yoritilgan obrazlarda ko'rish imkoni yaratilgan.

Sochlarni turmaklash ishlari Barokoko va rokoko davrida yana urfga kiradi. Bunda avvalombor Fransiya ayollarining faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Ular soch turmaklarini yaratishda turli lentalar, gullar, qimmatbaho taqinchoqlar, durlar, tovus patlari va shu kabi qo'shimcha atrebutlardan foydalanadilar. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerak-ki, qator sahna asarlarida soch turmaklarining xaybati, balandligi, kerakli darajada taqinchoqlar bilan boyitilganligi ahamiyatli bo'lgan bo'lsa, turli bayram, saroy tadbirlarida raqqosalar o'zlariga qulaylik yaratish maqsadida nisbatan ihcham, harakatlarga halal bermaydigan soch turmaklaridan foydalanishgan. Shu o'rinda Hitoy, Xindiston, Yaponiya kibi davlatlarda turli raqslar uchun o'ziga hos bo'lgan soch turmagi mavjud.

O'rta Osiyo xalqlari, shu o'rinda tojik, turkman, qozoq, qirg'iz, avg'on hamda o'zbek ayollari orasida ham o'zi hos bo'lgan soch turmaklaridan foydalanilgan. Ushbu qardosh xalqlar orasida esa qadimdan sochlarni tartibga solish ahamiyatli bo'lgan. Ayollarning sochlari uzun bo'lganligi sababli, ularni "qirq kokil", "mayda kokil", "bir kokil" va shu kabi nomlar ostida tarqalgan, kundalik turmush tarzida qulayliklar yaratadigan soch turmaklari bo'lgan. Turli ma'rosim, bayram va tantanalarda ishtirok etgan ayollar aynan bir necha kokillardan iborat soch turmaklaganlar va ulardan raqslar jarayolidan ham ajoyib obrazlar yaratish maqsadida foydalanishgan.

Bugungi kunga kelib, milliy raqs san'atimizda ham shunday soch turmaklari urfga kirgan bo'lib, Xorazm, Buxoro, Farg'ona maktablari namoyondalari o'z raqslarida aynan mana shunday soch turmaklaridan foydlanishgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Feruza Jalilova Grim (o'quv qo'llanma) / T. 2008

2. Авдеева Л. «Узбекистан ракс санъати» Изд. Бадиий адабиёт, Т.: 1960

3. Каримова Р. «Хорезмский танец» - Изд. Литературы и искусства им. Г.Гуляма, Т.: 1975

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.