"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2024-yil 20-fevral
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TINGLOVCHILARNING RAQAMLI SAVODXONLIGINI SHALLANTIRISH MASALALARI Jumanazarov Sirojiddin Salaydinovich
Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677299
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida tinglovchilarning raqamli savodxonligini shakllantirish masalalari qaralgan.
Kalit so'zlar: raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, axborot savodxonligi, mediasavodxonlik, kommunikativ savodxonlik.
Hozirda pedagoglar tomonidan darslarni samarali tashkil etishga qaratilgan raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion bilimlarni egallash va ularni kasbiy faoliyatlarida foydalanishlari zamon talabiga aylanib bormoqda.
Shu bois zamonaviy maktablarning zamonaviy o'qituvchisining dolzarb vazifalaridan biri ta'limning raqamli transformatsiya sharoitida o'zining raqamli savodxonligini oshirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston -2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 6079-farmoni bilan ma'qullangan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida ham aholining barcha qatlamlarida raqamli savodxonligini oshirish borasida muayyan tadbirlar belgilangan [1].
Mazkur maqolada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning raqamli kompetentligini shakllantirishning asosi bo'lgan raqamli savodxonlik darajasini baholash hamda tahliliy natijalar asosida malaka oshirish jarayonidagi o'quv modullari mazmuniga yangicha yondashuvlarni kiritish masalasi qaralgan.
Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning raqamli savodxonligini shakllantirish uchun dastlab ularning raqamli savodxonlik darajasini axborot, kompyuter, media va kommunikativ savodxonliklari hamda innovatsiyalarga bo'lgan ijobiy munosabatlarini baholash zarurati paydo bo'ladi [2-3].
Mazkur qobiliyatlarni qamrab olgan savolnoma asosida Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi tomonidan tinglovchilarning raqamli savodxonlik indeksini hisoblash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borildi. Mazkur tadqiqotda 6 ta fan yo'nalishi tanlab olindi va 284 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Natijalar tahlili shuni ko'rsatadiki, tinglovchilarga ta'limni raqamli transformatsiyasi sharoitida ta'lim tizimida bo'ladigan quyidagiyangilanishlar haqida ham ma'lumotlarga ega bo'lishliklariga ehtiyoj sezildi:
1. Ta'lim mazmuni va kutiladigan ta'lim natijalari. Insonlar o'zlarining kundalik hayotida raqamli kompetensiyalarga ko'p ehtiyoj seza boshlashdi. Jumladan, davlat organlari bilan deyarli barcha o'zaro aloqalar endilikda elektron "Davlat xizmatlari" orqali, banklar bilan esa, raqamli ilovalar orqali amalga oshirilmoqda. Insoniyat o'z kundalik faoliyatini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaydi. Bu shuni anglatadiki, maktablarda o'quvchilarni raqamli texnologiyalardan to'g'ri foydalanishga o'rgatish va kundalik hayotida samarali foydalanish kompetensiyasini shakllantiruvchi ta'lim mazmunini yangilash talab etiladi.
2. Ta'lim texnologiyalari va pedagogik usullar. Raqamli muhitda o'tiladigan darslar sinfdagi an'anaviy darslardan ko'p jihatdan farq qiladi. Pedagoglardan dars jarayonida zamonaviy
"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2024-yil 20-fevral
raqamli qurilmalardan foydalanishlari uchun yangicha yondashuv talab etiladi. Bu esa, hozirda raqamli didaktika tushunchasini paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.
3. O'quv ishlarni tashkil etish. Bu borada o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarishdagi zaruriy raqamli texnik vositalar yangilanadi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy faoliyatlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishlarini ta'minlovchi o'quv dasturlarining mazmuni shakllantiriladi. Bu esa, ularning kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishari orqali innovatsion pedagogik faoliyatini shakllantirilishida muhim o'rin tutadi.
Ta'lim tizimidagi zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan bog'liq bo'layotgan o'zgarishlar nafaqat ilmiy bilimlarning rivojlanishiga, balki ta'limda pedagogik va psixologik bilimlarning takomillashiga ham tez ta'sir ko'rsatmoqda.
Ta'limga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirishda o'qituvchilarning raqamli savodxonligini baholash hamda olingan natijalarni tahlili asosida raqamli ko'nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, zamonaviy o'qituvchining kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi uchun o'ziga xos bo'lgan omillardan biri hisoblanadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublika Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079 "Raqamli O'zbekiston - 2010" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.
2. Давыдов С.Г., Логунова О.С. Проект «Индекс цифровой грамотности»: методические эксперименты // Социология: методология, методы, математическое моделирование. -2015. - № 41. - С. 120-141.
3. Jumanazarov S.S. Tinglovchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish // Fizika, matematika va informatika. - Т., 2023. - 2-son. - В. 97-101.