INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE: "TRANSFORMATION OF EDUCATION: THE ROLE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE", FEBRUARY 16, 2024
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA RAQAMLI TA'LIMNING
AHAMIYATI 1Anarbayeva F.U., 2Abdullayeva M.V.
1Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali dotsenti, PhD 2Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi O'zbekiston, Samarqand shahri tel. nomeri: +99893 8502407, +99893 9922109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10664475
Hozirgi globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi juda katta ahamiyatga ega. Buni asosiy sababi - zamonaviy jamiyat hayotiga raqamli texnologiyalarni jadal joriy etish, axborot makonini shakllantirish va raqamli ta'lim tizimlarini rivojlantirish oliy ta'lim muassasalari talabalarining o'quv jarayonini tashkil etish, ta'limga yondashuvlarni sifatli qayta ko'rib chiqish, shuningdek, ta'lim tizimini jadallashtirish to'g'risida yangi ilmiy va pedagogik g'oyalarni shakllantirishga olib keladi. Raqamli va axborot texnologiyalarini ta'lim tizimiga va o'quv jarayoniga keng joriy etish dunyo miqyosidagi tendensiya bo'lib, ta'lim tizimida sodir bo'ladigan eng muhim jarayonlardan birini anglatadi.
Umuman olganda, ilm-fan sohasida raqamli texnologiyalar asosida ta'limni kompyuterlashtirish hamda ta'lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini joriy etish orqali kompyuterli o'qitish usullar, kompyuterli o'qitish tizimlari va o'rgatuvchi dasturlarni yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Natijada, ta'lim jarayonini raqamlashtirish kabi aniq maqsadga yo'naltirilgan tamoyillarni ishlab chiqich zaruriyati paydo bo'ladi.
"«Kelajakning raqamli sanoatini yaratish» - inson kapitalini rivojlantirish darajasini oshirish orqali mamlakatni raqamli transformatsiyasini ishga tushirishni, ta'limda tezkor sur'atlarda raqamli o'zgartirishni talab qiladi" deyilgan Oliy ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish Konsepsiyasida [1]. Shu bilan birga, ta'lim sohasini texnologik yangilash bosqichi vazifasini bajaruvchi ta'limni kompyuterlashtirish, ta'lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini joriy etish bilan birga, ta'lim jarayonini kompyuter asosiga o'tkazishni, kompyuterli o'qitish usullarini yaratishni, kompyuterli o'qitish tizimlari va o'rgatuvchi dasturlarni tasvirlaydi.
Ta'limni raqamlashtirish elektron axborot ta'lim sohasini yaratish va ishlatish, maxsus virtual texnologiyalarni qo'llash, turli ta'lim platformalarini ta'lim jarayoniga tadbiq qilish imkoniyatlari bilan xarakterlanadi. Umuman olganda, oliy ta'limni raqamlashtirish barcha faoliyat sohalarini axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida qurishni anglatadi.
Raqamlashtirish nima degan savolga hozirgacha aniq ta'rif keltirilmagan, lekin ba'zi tadqiqotchilar va o'qituvchilar tomonidan ta'limni axborotlashtirish raqamlashtirishning tarkibiy qismi sifatida qaralishini ko'rsatib o'tishgan. Jumladan, D.Sviridenko "raqamlashtirish axborotlashtirish va kompyuterlashtirishdan keyingi bosqich bo'lib, u asosan hisoblash texnikalari, kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog'liq" deb hisoblaydi. Vikilug'atda raqamlashtirish "raqamli texnologiyalarni joriy etish; raqamli qurilmalar yordamida ma'lumotlarni bog'lash, yozish va o'tkazishning raqamli usuliga o'tkazish yoki o'tish" deb ta'riflanadi. Shularni hisobga olgan holda, raqamlashtirishni analog jarayonlarni axborot texnologiyalardan foydalangan holda raqamli ko'rinishga o'tkazish deb ta'riflashimiz mumkin.
Xorijiy tadqiqotlarda ta'limni raqamlashtirish tashkiliy masalalar, texnologik infratuzilmadan boshlanib, pedagogik yondashuvlar bilan yakunlanadigan turli jihatlarni o'z ichiga oladi hamda interaktiv va moslashuvchan ta'lim dasturlarini taklif qilish orqali xalqaro miqyosda tashkillashtirishga ta'sir qiladi. Deyarli barcha tadqiqotlar ta'limni raqamlashtirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE: "TRANSFORMATION OF EDUCATION: THE ROLE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE", FEBRUARY 16, 2024
odamlarni jamiyatdagi o'zgarishlarga va kasbiy muhitga moslashtirishning moslashuvchan ko'nikmalarini rivojlantirishga olib keladi degan tushuncha bilan bog'liq. Olimalar tomonidan tadqiq qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda raqamli texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'lim tizimining raqamlashtirish bosqichiga o'tishi jamiyatni raqamli davrga ishonchli o'tishni va iqtisodiyotni raqamli o'zgartirishni axborot texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va axborot xavfsizligi sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlashni o'z ichiga oladi.
Raqamlashtirish davrida raqamli transformatsiya judayam muhim. Raqamli transformatsiya ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etgan holda ish faoliyatini o'zgartirish va yaxshilash uchun foydalanilish hisoblanadi.
Raqamli transformatsiya tufayli oliy ta'lim tizimining rivojlanishi o'quv jarayonini, shu jumladan ilg'or o'quv texnologiyalaridan foydalangan holda zamonaviy raqamli ta'lim muhitini yaratishga, ta'limni boshqarish strategiyasini amalga oshirishga va individual xususiyatlarga asoslangan o'quv materiallarini moslashtirishga yangi talablarni qo'yadi.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va raqamli ta'limning tarqalishiga olib keladigan raqamlashtirishning yangi tendensiyalari va bir vaqtning o'zida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish sharoitida talabalarning samarali o'quv jarayonini qurish dolzarb bo'lib bormoqda.
Raqamlashtirishni rivojlantirishning hozirgi darajasi va zamonaviy avlodning xususiyatlari raqamli ta'limdagi to'siqlarni yo'q qilmoqda, bugungi kunda onlayn va oflayn ta'lim formatlari o'rtasida unchalik raqobat mavjud emas, tadqiqotchilar onlayn va oflayn rejim integratsiyasi sharoitida o'quv jarayonini qurishning nazariy va uslubiy asoslarini elektron muhitda aralash (gibrid) o'rganish lozim degan fikrga qo'shilishadi.
Shuni qayd etish lozimki, ta'limni raqamlashtirish birinchi navbatda, talabalar va o'qituvchilar o'rtasida onlayn ko'rinishdagi muloqot integratsiyasini rivojlantirsa, ikkkinchi tomondan, talabalarning o'z ustida ilg'or o'quv texnologiyalaridan foydalangan holda mustaqil ishlash ko'nikmalarini shaklantiradi. Bu esa hozirgi rivojlanish jarayonida raqamlashtirishning yangi tendensiyalarini ta'lim jarayoniga qo'llashda muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. F.U.Anarbayeva. Raqamli iqtisodiyot. O'quv qo'llanma // Samatqand: Samarqand davlat chet tillar instituti" nashriyoti, 2023 y. B. 216.
2. O.Y. ÄHapöaeBa. Tat^HM ^apaeHHHH paK;aM.namTHpHmHHHr acocrä xycycHATnapH // Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions (Germany). - 2022. - C. 517-521.
3. F.U. Anarbayeva, M. Abdullayeva. Oliy ta'limni raqamlashtirishning imkoniyatlari va ahamiyati //The Journal of Economics, Finance and Innovation. - 2023. - C. 490-496.
4. M. Abdullayeva, Korxonalarning raqamli transformatsiyasi // International scientific-practical conference on "Current issues of bio economics and digitalization in the sustainable development of regions". April 27-28, 2022. P. 55-58.