Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
professional ta’lim / rahbar va pedagog kadrlar / malaka oshirish / ta’limni axborotlashtirish / axborot-didaktik shakllar / axborot-ta’lim muhiti / muhitli yondashuv / sifat va samaradorlik / motivatsiya / ta’lim muhiti

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimov Komiljon Abduraximovich

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishda axborot-ta’lim muhitining imkoniyatlari bayon etilgan bо‘lib, ta’limning innovatsion axborot-didaktik shakllari, ta’limni axborotlashtirish masalalari kо‘rib chiqilgan. Мaqolada axborot-ta’lim muhiti – bu ta’limiy axborotlarni uzatish va tez almashishni ta’minlovchi vosita sifatida talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI Karimov Komiljon Abduraximovich

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti "Texnologiya ta'limi nazariyasi va metodikasi" bо'limi boshlig'i, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10677374

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida professional ta'lim tizimi rahbar vapedagog kadrlar malakasini oshirishda axborot-ta'lim muhitining imkoniyatlari bayon etilgan bo'lib, ta'limning innovatsion axborot-didaktik shakllari, ta'limni axborotlashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada axborot-ta'lim muhiti - bu ta'limiy axborotlarni uzatish va tez almashishni ta'minlovchi vosita sifatida talqin qilingan.

Kalit so'zlar: professional ta'lim, rahbar va pedagog kadrlar, malaka oshirish, ta'limni axborotlashtirish, axborot-didaktik shakllar, axborot-ta'lim muhiti, muhitli yondashuv, sifat va samaradorlik, motivatsiya, ta'lim muhiti.

Mamlakatimizda professional ta'lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini isloh qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" [1, 39-b.] ustuvor vazifalarga muvofiq ta'lim portallarida onlayn va offlayn texnologiyalariga asoslangan masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining joriy etish orqali pedagoglarning asosiy ishdan ajralmagan holda o'quv kurslari ta'lim dasturlarini mustaqil ravishda o'zlashtirish imkoniyatlarini yaratish, pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonlarida tinglovchilarning malakaviy tayyorgarligini rivojlantirish va ularda yetarli bilim, ko'nikma va malakalarni ilg'or axborot-ta'lim muhitida shakllantirish dolzarb hisoblanadi.

Uzluksiz pedagogik ta'limning muammosini hal qilish sohasidagi nazariy va amaliy tajribaga ijobiy baho berib, hozirda shakllangan tuzilmaviy-mazmunli va protsessual tarkibiy qismlar pedagog kasbiy faoliyatining tabiatiga mos kelmasligini ta'kidlash lozim. Professional ta'lim tizimi rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi zamonaviy talablarga to'liq javob bermaydi. O'quv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta'minlash, malakaviy talablar, o'quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko'maklashish uchun zarur bo'lgan kasbiy bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni yangilab borish malaka oshirish kurslarining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Ta'lim sifati va samaradorligiga qo'yilayotgan talablar professional ta'lim tizimi rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirishning mazmunini, shakllari va metodlarini ana shu talablarga mos ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-son Farmonida professional ta'lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg'unlashmaganligi, o'quv jarayoniga O'zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to'laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o'rin egallashlariga to'sqinlik qilayotganligi ta'kidlangan [2].

Ta'limning innovatsion axborot-didaktik shakllari - ta'lim oluvchining qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya mazmunini, ta'lim maqsadiga mos ravishda loyihalash hamda pedagogik, axborot-kommunikatsion uslublar, shakllar va o'qitish usullarini tadbiq etishga yo'naltirilgan psixologik, umumpedagogik, didaktik va shaxsiy uslubiy tartiblar asosida amalga oshiriluvchi ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi o'zaro ta'sir tizimidir.

Professional ta'lim tizimi pedagog kadrlari malakasini oshirishning innovatsion axborot-didaktik shakllari - yuqori darajadagi samaradorlikni ta'minlovchi, pedagogik qonuniyatlar, maqsadlar, tamoyillar, mazmun, shakl, uslublar, o'qitish vositalari va AKT dan hamda tarbiyalash usullaridan tashkil topgan loyihalash va mos ravishda ushbu texnologiyani amaliyotda qo'llash tizimidir [3; 18-b.].

Ta'limni axborotlashtirishning maqsadi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarni qo'llash hisobiga intellektual faoliyatni global jadallashtirishdan iborat. Ushbu muammolarni hal qilish doirasida texnologiyalar va axborotlashtirish vositalarini bir tizimga birlashtirishning pedagogik, metodik va texnologik asoslarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan tadqiqotlar o'tkazish lozim. Bunday tizim sifatida axborot-ta'lim muhiti taklif qilinishi mumkin.

Axborot-ta'lim muhiti - bu ta'limiy axborotlarni uzatish va tez almashishni ta'minlovchi vosita hisoblanadi. Ushbu muhit asosida ta'lim oluvchilarni bir-birini tushunishga, o'zgalar fikrini hurmat qilishga, o'z fikrini erkin bayon qilishga va birgalikda muammolarni hal etishga o'rgatishga imkoniyat yaratiladi. Natijada yagona ta'lim sohasiga kirib boriladi.

H.F.Rashidov fikricha, ta'limiy muhit quyidagicha shakllantiriladi: "Qachonki, ta'lim olishga motivatsiyasi bo'lgan shaxs paydo bo'lsagina, muhit ta'limiy bo'ladi. Bunda bitta muhit bir odamga ta'limiy bo'lsa, boshqasiga neytral bo'ladi, har bir odam muayyan ta'limiy makon chegaralarida o'zining ta'limiy muhitini shakllantirish imkoniyatiga ega" [4]. "Ta'lim muhiti" atamasi V.A.Yasvinning ishida yetarli darajada aniq ta'riflangan, u ta'lim muhiti, - deb "shaxsning berilgan namunaga ko'ra shakllanishining ta'sirlari va sharoitlari hamda ijtimoiy va fazoviy-predmetli qurshovda tarkib topgan uni, rivojlanishi uchun imkoniyatlar"ni tushunadi [5].

Axborotli-ta'lim muhitiningnazariyyadrosi - pedagogika fanining yangi yo'nalishi bo'lib, axborot-ta'lim muhiti yangilanishga yo'naltirilganlik mohiyatidan kelib chiqib, pedagogik jarayonlarni tadqiq qiladi. Shuning uchun an'anaviy ta'lim jarayoniga u yoki bu shaklda yangi pedagogik tizimni kiritish ko'p hollarda samarasizdir. Shu bois yangi sifat tuzilmasiga, tizimni tashkil etishning yangi mezonlariga ega bo'lgan butunlay yangi didaktik modelni yaratish lozim. Axborot ta'lim tizimini shakllantirish tadqiqotimiz vazifasi doirasida axborot-ta'lim muhiti tushunchasi N.F.Abdunazarovaning ishida quyidagicha ta'riflangan: "Axborot muhiti, axborotni yaratish va qo'llashning individual-shaxsiy tomonlari bilan yuqori darajada bog'liq bo'lgan tushunchadan iborat. Ta'lim jarayonining har bir subyekti o'zining axborot muhitini mustaqil shakllantiradi. Axborot resurslarini yaratar va iste'mol qilar ekan, ta'lim jarayoni subyekti nafaqat o'zi rivojlanadi, balki axborot muhitini ham rivojlantiradi. Shu tarzda individual axborot muhitlaridan ta'lim jarayonining axborot tizimi bo'lgan axborot makoni paydo bo'ladi" [6]. Juda ko'pchilikni tashkil etadigan bunday ta'riflarda murakkab hodisa bo'lgan axborot-ta'lim muhitining mohiyatini tushunishda fikrlarning anchagina turlichaligini ko'rish va unda eng muhim xarakterli tomonlarni ajratib olish mumkin. Amalda tatbiq qilingan yoki nazariy yondashuvlar ko'rinishida tavsiflangan quyidagi uchta asosiy turdagi axborot-ta'lim muhitini ajratish mumkin: bilimlarni taqdim etishga yo'naltirilgan muhitlar, bilimlarni olish bo'yicha mustaqil faoliyatga yo'naltirilgan muhitlar, muhitlarning aralash turi.

Axborot-ta'lim muhitini samarali tashkil etish uchun quyidagilar e'tiborga olinishi zarur:

qo'yilgan muammoni yechish uchun tabiiy, fizik, ijtimoiy va boshqa hodisalar ustidan ko'p, tizimli, bir martalik yoki uzoq muddatli kuzatish, turli mintaqalardan ma'lumotlar to'plash; turli joylarda yuzaga keladigan hodisalar, dalillar, voqealarning aniq tendensiyasini aniqlash uchun taqqoslab o'rganish, qarorlar qabul qilish va takliflar ishlab chiqish; tarmoq ishtirokchilarining madaniy, etnik, geografik shartlari o'rtasidagi farqlarni hisobga olgan holda har bir muammo yoki masalani yechish yo'llarining (alternativ yoki turli usullarini) samaradorligini taqqoslab o'rganish; o'ziga xos madaniy, an'anaviy va boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy va madaniy qarashlarni qiyosiy tahlil qilish; birgalikda ma'lum bir muammoni hamkorlikda tadqiq qilish sharti bilan biror bir (amaliy, ijodiy, ilmiy va boshqa) ijodiy g'oyani ishlab chiqish; ta'limiy mummmolarni o'rganish va hal etish bo'yicha musobaqalar o'tkazish va bunda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni madaniy, ta'limdagi an'analar boshqa sohalar bilan bog'liq bo'lishiga qaratish.

Xulosa qilib aytganda, pedagog kadrlar malakasini oshirishning axborot-ta'lim muhiti kompyuterli telekommunikatsiya asosida tashkil etilgan, umumiy muammo, maqsad, kelishilgan uslublar va faoliyat usullariga ega, faoliyatning birgalikdagi natijasiga erishishga yo'naltirilgan ta'lim oluvchi - hamkorlarning o'quv-bilish, tadqiqiy, ijodiy, ilmiy faoliyati tushuniladi. Har qanday muammo yechimi integratsiyalashgan bilimni talab etadi. Axborot-ta'lim muhiti chuqurlashgan bilimlar integratsiyasini, shuningdek, tadqiq qilinayotgan muammo yuzasidan fan bilimlari sohasini, balki hamkorning xususiyatlarini, uning dunyoni bilishi va tushunishini, qarashlarini bilishni ham taqozo qiladi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг "Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Х,аракатлар стратегияси тугрисида"ги Фармони // Узбекистон Республикаси ^онун хужжатлари туплами. - Т., 2017.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 6 сентябрдаги ПФ-5812-сон "Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир кушимча чора-тадбирлар тугрисида"ги Фармони.

3. Макаров С.И. Методические основы создания и применения образовательных электронных изданий (на примере курса математики): Дис. ... д-ра. пед. наук. - М.: ИОСО РАО, 2003. - 242 с.

4. Рашидов Х.Ф. Теоретико-методологические и социально-педагогические основы развития среднего специального, профессионального образования в Узбекистане (на материалах реализации Национальной программы по подготовке кадров): Дис. ... д-ра пед. наук. - Т., 2005. - 311 с.

5. Ясвин В.А. Образовательная среда: от моделирования к проектированию. - М.: Олма-Пресс, 2001. - 365 с.

6. Абдуназарова Н.Ф. Педагогические основы повышения квалификации преподавателей профессиональных колледжей в условиях информатизации образования: Дис. ... канд. пед. наук. - Т., 2008. - 151 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.