Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR UCHUN ELEKTRON KUNDALIKDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH, UYGA VAZIFALARNI YUKLASH VA YUKLAB OLISH, MASOFAVIY TA’LIMNI SHAKLLANTIRISH'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR UCHUN ELEKTRON KUNDALIKDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH, UYGA VAZIFALARNI YUKLASH VA YUKLAB OLISH, MASOFAVIY TA’LIMNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jamolova Nodirabegim Jobir Qizi, Nadirov Jahangir Eldar O‘G‘Li

Hozirgi vaqtda o'quv dasturlarini uy vazifasisiz amalga oshirish mumkin emas, ammo darsning o'zi etarli darajada samarali bo'lmasa, uy vazifasi tarbiyaviy ahamiyatga ega emas. Muntazam mustaqil ishlash odati, har xil murakkablikdagi topshiriqlarni bajarish bu biz uyga vazifa berishda ko'zlagan maqsadlarimizdir. Shuningdek, u o'quvchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, chunki u ularda mehnatsevarlik va mustaqillikni shakllantirishga yordam beradi, maktabdan tashqari vaqtni oqilona va mazmunli tashkil etish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, maktab o'quvchilari uchun uyda maktab mehnati o'quv jarayonining juda muhim tarkibiy qismi bo'lib, uni tashkil etishning muhim shakllaridan biridir[1]. O‘quvchilarning uy vazifasi o‘rganilayotgan materialni takrorlash va yaxshiroq o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash, ijodiy qobiliyat va iste’dodlarni rivojlantirish, ta’lim malakalarini oshirish bo‘yicha o‘qituvchi topshiriqlarini mustaqil bajarishdan iborat. Bu ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish uchun uy vazifasi ikkita asosiy xususiyat – o‘qituvchi tomonidan berilgan tarbiyaviy topshiriqning mavjudligi va uni bajarish bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil ishlashi bilan tavsiflanadi[3, 25].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR UCHUN ELEKTRON KUNDALIKDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH, UYGA VAZIFALARNI YUKLASH VA YUKLAB OLISH, MASOFAVIY TA’LIMNI SHAKLLANTIRISH»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILAR UCHUN ELEKTRON KUNDALIKDAN TO'G'RI FOYDALANISH, UYGA VAZIFALARNI YUKLASH VA YUKLAB OLISH, MASOFAVIY TA'LIMNI

SHAKLLANTIRISH 1Jamolova Nodirabegim Jobir qizi, 2Nadirov Jahangir Eldar o'g'li

1Buxoro davlat pedagogika instituti,Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi 2Buxoro davlat Pedagogika instituti, 3-kurs kimyo yo'nalishi talabasi 1jamolovanodirabegim8@gmail.com 2nadirovjahangir@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10677293 Hozirgi vaqtda o'quv dasturlarini uy vazifasisiz amalga oshirish mumkin emas, ammo darsning o'zi etarli darajada samarali bo'lmasa, uy vazifasi tarbiyaviy ahamiyatga ega emas. Muntazam mustaqil ishlash odati, har xil murakkablikdagi topshiriqlarni bajarish - bu biz uyga vazifa berishda ko'zlagan maqsadlarimizdir. Shuningdek, u o'quvchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, chunki u ularda mehnatsevarlik va mustaqillikni shakllantirishga yordam beradi, maktabdan tashqari vaqtni oqilona va mazmunli tashkil etish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, maktab o'quvchilari uchun uyda maktab mehnati o'quv jarayonining juda muhim tarkibiy qismi bo'lib, uni tashkil etishning muhim shakllaridan biridir[1]. O'quvchilarning uy vazifasi o'rganilayotgan materialni takrorlash va yaxshiroq o'zlashtirish va amaliyotda qo'llash, ijodiy qobiliyat va iste'dodlarni rivojlantirish, ta'lim malakalarini oshirish bo'yicha o'qituvchi topshiriqlarini mustaqil bajarishdan iborat. Bu ta'rifdan kelib chiqadigan bo'lsak, o'rganilayotgan materialni o'zlashtirish uchun uy vazifasi ikkita asosiy xususiyat - o'qituvchi tomonidan berilgan tarbiyaviy topshiriqning mavjudligi va uni bajarish bo'yicha o'quvchilarning mustaqil ishlashi bilan tavsiflanadi[3, 25].

Zamonaviy ta'limda elektron kundalikdan o'quvchilarga vazifa berish va vazifalarni masofadan turib tekshirish, kamchilik hamda xatolarni tuzatish bugungi kunda ommalashib bormoqda. Fanda yangi bilimlarni axbarot kommunikatsiya vositalari bilan birga olib borish, raqamli texnologiyalarni ta'limda qo'llagan holda o'quvchilarga yanada tushinarli va chuqurroq o'rgatish imkonini beradi.

Ushbu maqolada umumta'lim maktab "O'qituvchi va o'quvchilari uchun elektron kundalikdan to'g'ri foydalanish, uyga vazifalarni yuklash va yuklab olish, masofaviy ta'limni shakllantirish haqida yoritib berilgan.

Internetni portlatgan kundalik.com platformasi haqida batafsil ko'rib chiqamiz. Kundalik.com Tizimi - onlayn rejimda darslarning jadvalini tuzish, o'qituvchilar uchun darsbay rejalarni shakllantirish, davomat va o'quvchilarning o'zlashtirishini jurnal va kundalikning elektron shakllarida qayd etish, shuningdek, ta'lim tashkilotlari va ta'lim organlariga statistik hisobot tuzish vositalarini taqdim etish imkonini beradi.

«Kundalik» - o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar, ta'lim muassasalari ma'muriyatlari hamda ta'limni boshqarish organlari vakillari uchun yagona elektron ta'lim platformasini ishlab chiquvchi Axborot texnologiya kompaniyasidir. «Kundalik.com» tizimiga obuna bo'lish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Vazirlikka ko'ra, foydalanuvchilar to'g'risidagi barcha ma'lumotlar «O'zbektelekom» serverlarida saqlanadi. Bu esa o'quv jarayonlariga aloqador barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma'lumotlari ishonchli himoyada ekanligini anglatadi [4].

Bosh ekranda kirganimizda xohlangan internet provadniki orqali ochilgan oynada xodimning elektron kundalikka kirishi uchun shaxsiy login va paroli mavjud. Har o'qituvchi o'zining shaxsiy kabinetiga kirgach menyular satri bilan qarshilashadi[3]. U yerda asosiy o'qituvchi uchun berkitilgan sinflar dars soatlari mashg'ulotlar va mazvular keltirilgan bo'ladi.

Mazkur tizim ota-onalar uchun qator qulayliklarni yaratadi. Jumladan, onlayn tarzda: farzandlarining darsga qatnashayotgani; darsni qay darajada o'zlashtirib borayotgani;

ertangi kungi uy vazifalari xususida tezkor ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin.

Ta'lim tashkilotlari uchun

Hozirki kunda maktablarni ulash markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi:

1. Maktab ma'muriyati Ulanish formasini to'ldiradi (Yuklab olish...);

2. Maktab ma'muriyati to'ldirilgan anketani quyidagi manzil bo'yicha o'z viloyat ta'lim boshqarmasiga yuboradi;

3. Ta'lim boshqarmasi ulanish uchun maktablarning ro'yxatini tuzadi va uni Ta'lim vazirligiga yuboradi;

4. Tizimga kirish uchun ma'lumotlar so'rovnomada ko'rsatilgan elektron manzilga yuboriladi.

Xususiy maktablar Tizimga ulanish uchun team@kundalik.com manziliga murojaat qilishlari lozim.

Mazkur tizimning afzalliklari shundaki: bu orqali, avvalo, o'qituvchining vaqti tejaladi, ularga elektron jurnaldan foydalanish bepul taqdim etiladi. Misol sifatida aytish lozimki, qator rivojlangan mamlakatlar o'qituvchilari buning yordamida har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaydi. Mazkur tejalgan vaqtni esa o'qituvchi bolalar bilan ijodiy shug'ullanishga yoki qo'shimcha o'quv materiallarini o'zlashtirishga sarflashi mumkin.

REFERENCES

1. N.G'.Rahmatullaev, H.T.Omonov, SH.M.Mirkomilov. Kimyo o'qitish metodikasi: darslik.-Toshkent: „Iqtisod-Moliya" nashriyoti, - 2013. -320 b.

2. Meliboyeva G.S. „KIMYONI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" o'quv qo'llanma .-Toshkent-2020

3. KIMYO DARSLARINI O 'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O 'RNI N Jamolova - Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti ..., 2022

4. https://corp.tsue.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.