Научная статья на тему 'RAQAMLI MARKETING ASOSIDA MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARI BRENDINI YARATISH VA ILGARI SURISH'

RAQAMLI MARKETING ASOSIDA MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARI BRENDINI YARATISH VA ILGARI SURISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
104
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / milliy hunarmandchilik mahsulotlari / brend / raqamli marketing. / tourism / national craft products / brand / digital marketing.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boyjigitov Sanjarbek Komiljon O’G’Li, Boyjigitov Boburjon Komiljon O’G’Li

Mazkur maqolada bugungi kunda turizmning o’ziga xos xususiyati, milliy hunarmandchilik mahsulotlari brendini yaratishda raqamli marketingning o’rni va ahamiyati ochib berilgan. Qolaversa, brend yaratishda raqamli marketing imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo’yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article reveals the unique feature of tourism today, the role and importance of digital marketing in creating a brand of national handicraft products. In addition, scientific proposals and recommendations on the effective use of digital marketing opportunities in brand creation have been developed.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI MARKETING ASOSIDA MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARI BRENDINI YARATISH VA ILGARI SURISH»

RAQAMLI MARKETING ASOSIDA MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARI BRENDINI YARATISH VA ILGARI SURISH

Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o'g'li

Samarqand iqtisodiyot va servís instituti "Marketing" kafedrasi assistenti e-mail: boyji gitovsanj arbek@sie s.uz, +998993500609

Boyjigitov Boburjon Komiljon o'g'li

Toshkent moliya instituti

"Menejment" ta'lim yo'nalishi talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda turizmning o'ziga xos xususiyati, milliy hunarmandchilik mahsulotlari brendini yaratishda raqamli marketingning o'rni va ahamiyati ochib berilgan. Qolaversa, brend yaratishda raqamli marketing imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: turizm, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, brend, raqamli marketing.

Abstract. This article reveals the unique feature of tourism today, the role and importance of digital marketing in creating a brand of national handicraft products. In addition, scientific proposals and recommendations on the effective use of digital marketing opportunities in brand creation have been developed.

Keywords: tourism, national craft products, brand, digital marketing.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda turizm iqtisodiyotning rivojlanayotgan asosiy tarmog'i hisoblanadi. Ayniqsa, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistlarga qulay sharoitlarni taqdim etish, mamlakatimizni tanitishda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ'ib qilish, brending siyosatini takomillashtirish asosida hunarmandchilik mahsulotlari sotish hajmini oshirish, qolaversa, brend yaratishda raqamli marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur masalalarni yechish davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi "Hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-77-sonli Qarorida [1] ham aynan hunarmandchilik faoliyatini qo'llab quvvatlash tizimini rivojlantirishga oid vazifalar keltirib o'tilgan.

Tadqiqot mavzusidagi mavjud muammolar. Milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida so'nggi besh yilda mamlakatimizdagi usta hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar 9 barobarga ko'payib, sohada band bo'lganlar soni 230 ming nafarga yetdi.

Hunarmandlarning xalq amaliy san'ati milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro ko'rgazma hamda tanlovlarda g'olib bo'lgan 340 nafar ustalar ushbu katalogdan o'rin oldi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qo'shib kelmoqda.

Shu bilan birga, mahallabay ishlash orqali foydalanilmayotgan imkoniyatlarni to'la ishga solish, hunarmandlar o'rtasida o'zaro tajriba almashish tizimini yanada kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish borasida qo'shimcha choralar ko'rish talab etilmoqda.

Aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, "usta-shogird" an'analari asosida mahallalarda yoshlarga hunar o'rgatish va bandligini ta'minlash, shuningdek, kambag'allikni qisqartirish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida sohada raqamli texnologiyalarni transformatsiya qilish, brending siyosatini ishlab chiqish va yaratish, brend yaratishda raqamli marketingdan samarali foydalanishdagi muammolarni bartafara qilishga qaratilgan chora tadbirlar, ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozim.

Muammoni hal qilish usullari. Yuqorida keltirib o'tilgan muammolarni hal qilishda bir qancha usullar, metodlar, tizimlar va boshqa xususiyatlardan foydalanish mumkin. Raqamli marketing paydo bo'lishi bilan an'anaviy reklama usullariga bo'lgan talab senkin pasaya boshladi. Ko'proq biznes egalari raqamli marketingni tanlamoqda, chunki u an'anaviy marketingga qaraganda tezroq natijalarni beradi va biznes uchun moslashuvchan va arzon. Ular internetdagi raqobatchilardan ustunlikka erishish uchun korxonalar maslahatchilarni, mutaxassislarni yollashni boshlaydilar.

Raqamli marketing - bu potensial mijozlar ko'p vaqtini onlayn o'tkazadigan maqsadli auditoriya bilan muloqot qilish uchun turli xil raqamli texnologiyalar asosida taktikalar, strategiyalar, vositalar va kommunikatsiya kanallaridan foydalangan holda marketing faoliyati to'plami hisoblanadi [2].

Raqamli marketing konsepsiyasiga tegishli bir qator taktikalar, usullar va vositalar mavjud. Bu quyidagilar: SEO, onlayn reklama, elektron pochta marketingi, savdo voronkasi, kontent marketing, SMM va boshqalar.

Turli raqamli marketing kanallaridan foydalanadigan biznes maqsadli auditoriya bilan ancha samarali va o'z vaqtida muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'lib, shu orqali yangi mijozlar sonini va auditoriyaning brendga sodiqligini doimiy ravishda oshirib boradi.

Eng yaxshi raqamli marketologlar har bir raqamli marketing texnologiyalaridan samarali foydalanishda kompaniyaning umumiy brend maqsadlarini qanday qo'llab -quvvatlashi haqida aniq tushunchaga ega hisoblanadi. Marketing strategiyasining maqsadlariga qarab, sotuvchilar o'zlarining brendlarini pullik va bepul kanallar orqali siljitishlari mumkin.

Masalan, kontent sotuvchisi kompaniya yaqinda chiqargan yangi elektron kitob asosida yetakchilarni yaratishga yordam berish uchun bir qator blog postlarini yozishi mumkin. Ijtimoiy media xizmatchisi (SMM menejeri) kompaniya brendlarini pullik va bepul e'lonlar orqali ushbu blog postlarini "targ'ib qiladi".

Tashqi reklama va raqamli televideniya har kuni ko'proq va tezroq o'z o'rnini yo'qotmoqda. Internet har qanday biznesning o'sishi va rivojlanishi uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi.

Batafsil tahlil va chegaralarsiz keng auditoriyani qamrab olish qobiliyati raqamli marketingning umumiy afzalligini belgilab beradi. Ayniqsa, milliy hunarmandchilik mahsulotlar brendini yaratish va siljitish muhim omil hisoblanadi. Raqamli marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish asosida brending siyosatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, agar siz ushbu vositalarni o'z biznesingizda hali ishlatmayotgan bo'lsangiz, yondashuvlaringizni qayta ko'rib chiqish haqida o'ylashingiz va hozirdan boshlashingiz kerak. Yordam uchun murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan ko'plab reklama va marketing agentliklari mavjud. Ular o'z tajribalarini baham ko'rishga va marketing strategiyangizni amalga oshirishga yordam berishga tayyor turadi. Ushbu agentliklar turli xil xizmatlarni taqdim etadi va tajribangiz yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatolardan qochishingizga yordam beradi.

Ammo bu raqamli marketingning barcha jihatlarini mustaqil ravishda o'zlashtirib bo'lmaydi degani emas. Raqamli marketing texnologiyalariga asoslanib, milliy hunarmandchilik mahsulotlariga brend yaratish, hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro bozor tamoyillari asosida sotish tizimini ishlab chiqish, mahsulotlarni onlayn platformalar asosida sotishni yo'lga qo'yish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar. Yuqorida keltirilgan ilmiy sharhlar, Prezidentimizning Qaror va Farmonlaridagi vazifalar ijrosi, raqamli marketing texnologiyalari milliy hunarmandchilik mahsulotlarini siljitishda, uning brending siyosatini takomillashtirishdagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda, quyidagi ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

• account-bassed marketing (ABM) - marketing faoliyatini mahsulotni sotib olishga qaror qilgan aniq mijozlar uchun ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. ABM - bu qaror qabul qiladigan aniq odamlarni qidirish va ular bilan ishlash tizimidir. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarining brending siyosatini ishlab chiqishda ABM marketing turidan foydalanish asosida mijozlarni qidirish asosida huddi brendlarni qidirish loyihasini ishga tushurish imkoniyati yaratiladi;

• zamonaviy reklama vositalaridan foydalanish kompaniyaning bozorda amalga oshirilishini kafolatlaydi;

• kompaniyalar doimo yangilanishi va zamonaviy standartlarga moslashishi yuzasidan brend yaratish siyosatini qayta ishlab chiqish;

• brend yaratishda turli saytlardan foydalanish asosida har bir hunarmand o'z milliy mahsulotlari uchun brend yarata olishi mumkin;

• brend yaratilgandan so'ng uni content reklama, SEO va SMM tarmoqlarida siljitish va reklamasini tashkil etish asosida milliy hunarmandchilik mahsulotlariga bo'lgan talabni oshirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi "Hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-77-sonli Qarori. https://lex.uz/uz/docs/-5807559

2. Digital маркетинг: что такое цифровой маркетинг и почему он нужен вашему бизнесу уже сегодня. https://lafounder.com/article/digital-marketing

3. Самаева Е.В., Эрдниева Э.В., Сюкиев Д.Н., Каруев Б.Н., Самаева А.Д. Совершенствование и оценка эффективности маркетинговой деятельности на предприятии // Вестник Алтайской академии экономики и права. 2020. № 12-2. С. 386-391.

4. Шайхулова Т.Б., Апокина К.В. Оценка эффективности маркетинговой деятельности // Журнал У. Экономика. Управление. Финансы. 2020. № 4 (22). С. 262-266.

5. Смирнов, А. Лидовое побоище. Маркетинговые инструменты для продвижения бизнеса в Интернете / А. Смирнов, Ю. Суздаль. - СПб.: ИГ Весь, 2015. - 176 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.