Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIGA DOIR XALQARO YONDASHUVLAR'

RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIGA DOIR XALQARO YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanish strategiyasi / raqamli iqtisodiyot / axborot tizimlari / milliy iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti istiqbollari / kommunikatsiya / raqamli texnologiyalar / sun’iy intellekt / elektron tijorat / onlayn to‘lov / infratuzilma / kiberxavfsizlik. / development strategy / digital economy / information systems / national economy / digital technology / digital economy and world economy prospects / communication / digital technology / artificial intelligence / e-commerce / online payment / infrastructure / cyber security.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kuchkarova Maxliyo Rustambek Qizi

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‘z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davrida bo‘lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o‘sishi global iqtisodiy o‘sishiga ta’siri, jahon bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o‘rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli o‘zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY

This article will talk about the practical importance, aspects, and experience of the digital economy. In the context of today's rapidly developing global economy, the digital economy is at the beginning of its development, first of all it is illuminated that it is able to significantly increase the standard of living of people, and this is its main benefit. Also in the article are mainly the further development of the digital economy and the elimination of moammos in it, the impact of the growth of the digital economy on global economic growth, the role of the digital economy in the world market. it has also been highlighted that it is able to significantly change the way people live and that this is its main benefit.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIGA DOIR XALQARO YONDASHUVLAR»

RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIGA DOIR XALQARO

YONDASHUVLAR

Kuchkarova Maxliyo Rustambek qizi

"Ipoteka-bank" OTP group Ohangaron filiali yetakchi mutaxassisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so'z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o'z rivojlanishining boshlang'ich davrida bo'lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o'sishi global iqtisodiy o'sishiga ta'siri, jahon bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o'rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli o'zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: rivojlanish strategiyasi, raqamli iqtisodiyot, axborot tizimlari, milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti istiqbollari, kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, elektron tijorat, onlayn to'lov, infratuzilma, kiberxavfsizlik.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКИ

Кучкарова Махлиё Рустамбек кизи

Ведущий специалист Охангаронского филиала группы ОТП «Ипотека-банк»

Аннотация: В данной статье будет рассказано о практическом значении, аспектах цифровой экономики и зарубежном опыте. В сегодняшней бурно развивающейся глобальной экономике Цифровая экономика находится на начальном этапе своего развития, прежде всего потому, что она способна значительно повысить уровень жизни людей и является ее основным преимуществом. Также в статье в основном рассматривается дальнейшее развитие цифровой экономики и устранение в ней проблем, влияние роста цифровой экономики на глобальный экономический рост, Роль цифровой экономики на мировом рынке. и что это является его основным преимуществом.

Ключевые слова: стратегия развития, цифровая экономика, информационные системы, нaционалъная экономика, цифровая экономика и перспективы мировой экономики, коммуникации, цифровые технологии,

искусственный интеллект, электронная коммерция, онлайн-платежи, инфраструктура, кибербезопасностъ.

INTERNATIONAL APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF THE

DIGITAL ECONOMY

Kuchkarova Maxliyo Rustambek kizi

Leading specialist of Ohangaron branch of "Ipoteka-bank" OTP group

Annotation: This article will talk about the practical importance, aspects, and experience of the digital economy. In the context of today's rapidly developing global economy, the digital economy is at the beginning of its development, first of all it is illuminated that it is able to significantly increase the standard of living of people, and this is its main benefit. Also in the article are mainly the further development of the digital economy and the elimination of moammos in it, the impact of the growth of the digital economy on global economic growth, the role of the digital economy in the world market. it has also been highlighted that it is able to significantly change the way people live and that this is its main benefit.

Keywords: development strategy, digital economy, information systems, national economy, digital technology, digital economy and world economy prospects, communication, digital technology, artificial intelligence, e-commerce, online payment, infrastructure, cyber security.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi XXI asrning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta. Aql-zakovat va ilm-taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlanganini anglatadi. Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo'lgan ulkan maqsadlarga egamiz. Buning uchun bizga albatta yetuk kadr va mutaxassislar kerak [1].

Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko'p jihatdan ta'sir o'tkazadi, shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali xizmat ko'rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega bo'lgan yangi mahsulotlar ma'lumotlarning iqtisodiy o'sish omili sifatida roli sun'iy intellekt (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish va platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo'lishi insoniyat hayotini o'zgartirib yubordi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o'zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir. Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes,

elektron tijorat bilan bog'langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi.

Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, ya'ni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka o'tishga asoslanadi. Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar bo'ladi. Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o'sish, faoliyat shaffofligini ta'minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi [2].

Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan bo'lsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sog'liqni saqlash, fan-ta'lim, qurilish, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida o'zining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat o'z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko'rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi - bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli ma'lumotlar ishlab chiqarishda asosiy omil bo'lgan iqtisodiy faoliyat bo'lib, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish an'anaviy boshqaruv shakllari bilan solishtirganda har xil turdagi ma'lumotlar samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu tushunchaning ilmiy ta'riflari ham mavjud. Shunday qilib, ba'zi olimlar raqamli (elektron) iqtisodiyotni iqtisodiyot sifatida belgilaydilar, uning o'ziga xos xususiyati ma'lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish orqali uning barcha ishtirokchilarining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdir [3].

Bu axborot, kommunikatsiya va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilari tovarlar va xizmatlarni taqsimlash, almashish va iste'mol qilish yaratish jarayoni subyektlari va ob'ektlarining gibrid dunyosida to'liq o'zaro ta'sir qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilmaning mavjudligi tufayli mumkin bo'ladi. "Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat" nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda.

Ilmiy adabiyotlarda hozirgizamon "Yangi raqamli iqtisodiyoti" turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, "Postindustrial iqtisodiyot" (D. Bell), "Axborotlashgan iqtisodiyot" (O. Toffler), "Megaiqtisodiyot" (V. Kuvaldin), "Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot" (I. Niiniluto), "Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot" (B. Geyts), "Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot" (D. Tapskott) [4].

Ivannikovning (2019) fikricha, raqamli jamiyatning rivojlanishi bilan ko'plab ijobiy va salbiy hodisalar vujudga keladi. Masalan, Ijobiy omillar jamoatchilik xabardorligini tezligini o'z ichiga oladi, elektron hukumat faoliyati, samarali iqtisodiy boshqaruv tizimini yaratish va kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonun ijodkorligi va huquqni qo'llash samaradorligini oshiradi.

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o'rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, barqaror bank sohasining axborot texnologiyalari bilan birgalikda rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbobuskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar degan terminlar bilan ham ifodalanadi [5].

Raqamlashtirish jahon iqtisodiy otining o'sishiga olib keladi, masalan, nufuzli McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko'ra, eng yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025 yilga borib yalpi ichki mahsulot (YaIM) o'sishiga olib keladi. Butun dunyo bo'ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko'ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet, ilg'or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of Things (IoT) ma'lumotlari) bu o'sishga hissa qo'shadi. Simsiz uzatish, harakatchanlik va sun'iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo'ylab yirik kompaniyalar raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha ko'rsatmalarga ega. Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste'molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun katta imkoniyatlar ochib beradi [6].

Raqamli iqtisodiyotning o'sishi butun iqtisodiyotga ta'sir qiladi. Ushbu sohaning iqtisodiyotning an'anaviy tarmoqlariga ta'siri davrlarini baholashga

urinishlar mavjud. Shu bilan birga, sayyoramiz aholisining o'sishi va resurslarni safarbar qilish bilan elektron iqtisodiyot elektron savdo va xizmatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki hayotning har bir jihatiga: sog'liqni saqlash, ta'lim, Internet-banking va boshqalarga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot-bu onlayn xizmatlar, elektron to'lovlar, Internet-savdo, crowdfunding va boshqalarni taqdim etish bo'yicha xizmatlarni o'z ichiga olgan raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan faoliyat. Odatda raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari: elektron tijorat.

Internet-banking va elektron to'lovlar, kripto valyutasi va blokirovkalash, Internet-reklama va onlayn o'yinlar. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Albatta, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri - bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag' sarflagan.

Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo'lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to'g'ri yo'naltirilganini isbotladi. Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologik maxsulotlarning bozorini yaratishi va uni qo'llab-quvvatlashi lozimdir. Shu bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini nazorat qiluvchi instrumentlarni o'z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.

Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo'lsa-da, ushbu yo'nalishda o'zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi pozitsiyalarni qo'ldan boy berdi. Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o'tkazish uchun) milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda. Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinj iniring qilish orqali mana shunday natijaga erishildi [7].

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib bormoqda hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mamlakatimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida ko'radigan bo'lsak, O'zbekistonda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo'yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda "axborotlashgan jamiyat" muhitini yaratishga xizmat qiladi [8].

To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlangani anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning o'zida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning o'zida transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT park"lar ham fikrimiz dalilidir [9].

Raqamli iqtisodiyot texnologik taraqqiyot natijasida yaratilgan har qanday murakkab ijtimoiy hodisa sifatida bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega:

1. Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli hisob tizimiga o'tish.

2. Raqamlashtirish juda zich va tizimli yoki tartibsiz bo'lishi mumkin, kutilmaganda ko'p sonli ishchilarni bo'shatadi.

3. Raqamlashtirish kompaniyalar yoki davlat arboblarini qarorlar qabul qilish uchun ko'p sonli manbalardan olib, ishlarning holati (kompaniya yoki milliy iqtisodiyot) to'g'risida eng to'liq va ob'ektiv ma'lumotlarni taqdim etadi.

4. Iqtisodiy jarayonlar tartibga solinishi kerak bo'lgan barcha darajadagi rahbarlar juda aqlli odamlar bo'lishi kerak.

Mashxur olim P. Shchedrovitskiyning nuqtai nazari bu o'rinda juda adolatli bo'lib u quyidagi fikrni ilgari surgandi, "turli jarayonlarni raqamlashtirish va raqamli egizaklar deb ataladigan narsalarni yaratish orqali biz ilgari qila olmagan narsalarni tezda taqqoslash va solishtirish imkoniyatiga ega bo'lamiz: masalan, samaradorlik loyihasi yoki materialdan foydalanishdan foyda olish" [10]. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish

samaradoñigini jiddiy ravishda oshirishga imkon beгadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida koгxonalaгda juda ko'p na^a^ avtomatlashtiгildi va savdo-sotiq ishlari ham elektгon taгzda amalga oshirilishi yo'lga qo'yildi. Bunga misol tariqasida elektгon tijoгat tizimini olishimiz mumkin. Bunda baгcha isЫaг гaqamli iqtisodiyot shaklida amalga oshiгiladi, ya'ni barcha isЫaг гaqamlashtiгilgan. Xoгijiy mamlakatlaгda savdo-sotiq jarayonlarida гaqamli iqtisodiyotdan foydalanish bo'yicha o'z o'miga ega (1-гasm).

Savdo tizimida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish

■ Xitoy BAQSh Ш Boshqa davlatlar ЯСегташуа ■ Janubiy Koreya ШУарошуа ■ Buyuk Britaniya

1-rasm. 2023-yilda chakana elektron tijorat sohasida dunyoning yetakchi

mamlakatlari9

Bugungi kunda Xitoy onlayn savdoning mutlaq yetakchisidir 2023-yilda Xitoyda onlayn sotuv hajmi 2,3 tгillion AQSh dollami, 2023-yilda deyarii 2,8 tгillion AQSh dolto va 2024-yilda esa taxminan 3,1 trillion AQSh dollami tashkil etdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, "Raqamli iqtisodiyot" atamasi iqtisodiyot sohasida axborat texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agaг oddiy iqtisodiyotda moddiy buyum^ asosiy resws hisoblansa, гaqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axboгot - ma^mot^ bo'ladi. Ulaming tahlilidan so'ng esa to'g'гi boshqaгish bo'yicha yechim ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat innovatsion va гaqamli ekotizimni qo'llab-quvvatlash sohasida raqamli ta'limning zamonaviy metodlaгini qo'llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlami samaгali taгtibga solish nomLalarini ishlab chiqishi, yangi bozoriami o'zlashtiгishda ko'maklashishi hamda texnologik jarayonlaming chuquгlashuvida yuzaga chiqadigan гisklaгni pasaytirish choгalaгini ko'гishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

9 https://stat.uz/uz/

Mazkur sohaning rivojlanishi ichki va tashqi bozordagi raqobat kuchayishiga olib keladi bu esa o'z o'rnida maxsulot sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga elektron tijorat sohasi menejment, marketing va axborot texnologiyalarining rivojlanishiga hamda mamlakat aholisining raqamli savodxonligini oshirishga ham undaydi. Buning uchun birinchi navbatda axborot texnologiyalarini O'zbekiston Respublikasining nafaqat markaziy shaxarlari balki chekka hududlari bo'ylab keng tarqalishini ta'minlash, chakana hamda ulgurji savdoni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning internet tarmog'i orqali erkin savdo amalga oshirishlari uchun mamlakat bo'ylab online banking tizimini samarali joriy qilish hamda eng asosiysi elektron tijorat sohasidagi bilim va ko'nikmalarni yanada mustahkamlash va o'z ustida ishlash mazkur sohadagi kadr yetishmovchiligini oldini oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.

2. Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМ1, 2020, 575 bet.

3. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

4. Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.

5. Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. -T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.

6. Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в современных экономических условиях // Информационные технологии в строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52-57.

7. Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18-32.

8. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

9. https://www.gazeta.uz/uz/search?q=raqamli+iqtisodiyot&f=1URL: https://www. internetworldstats. com/stats. htm

10. https://infocom.uz/raqamli-iqtisodiyotning-aholi-farovonligiga-tasiri/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.