Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / mehnat / munosib mehnat kontseptsiyasi / yoshlar bandligi / raqamli ko‘nikmalar / raqamli bandlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kamilova Sanobar Mirdjamalovna

Mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi ko‘p jihatdan munosib mehnat standartlari va tamoyillariga asoslangan ijtimoiy va mehnat sohasining rivojlanishi va samarali ishlashi bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI Kamilova Sanobar Mirdjamalovna

TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi https://doi.org/10.5281/zenodo.11037923

Annotatsiya. Mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi ko'p jihatdan munosib mehnat standartlari va tamoyillariga asoslangan ijtimoiy va mehnat sohasining rivojlanishi va samarali ishlashi bilan bog'liq. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, mehnat, munosib mehnat kontseptsiyasi, yoshlar bandligi, raqamli ko'nikmalar, raqamli bandlik.

КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ЗАНЯТОСТИ МОЛОДЕЖИ И ДОСТОЙНОГО ТРУДА В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ Камилова Санобар Мирджамаловна

Научно-исследовательский центр при ТГЭУ

Аннотация. Устойчивое экономическое развитие страны во многом обусловлено развитием и эффективной работой социально-трудовой сферы, основанной на адекватных нормах и принципах труда. Исходя из этого, в данной статье обсуждается вопрос обеспечения занятости молодежи в условиях цифровой экономики.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые технологии, труд, концепция достойного труда, занятость молодежи, цифровые навыки, цифровая занятость.

CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF YOUTH EMPLOYMENT AND DECENT WORK IN THE DIGITAL ECONOMY Kamilova Sanobar Mirjamalovna

Scientific Research Center at TSEU

Annotation. The sustainable economic development of the country is largely due to the development and effective work of the social and labor sphere based on adequate labor standards and principles. Based on this, this article discusses the issue of youth employment in the digital economy.

Keywords: digital economy, digital technologies, labor, the concept of decent work, youth employment, digital skills, digital employment.

Munosib mehnatning kontseptual asoslari Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hujjatlarida, qabul qilingan davlatlararo shartnomalarda, qabul qilingan milliy mehnat standartlarida va hokazolarda aks etgan. Munosib mehnat kotseptsiyasi ilk marta 1999 - yilda o'tkazilgan Xalqaro mehnat konferentsiyasining 87-sessiyasida mazkur tashkilotning bosh direktori X. Somaviya tomonidan tilga olib o'tilgan. Munosib mehnat kontseptsiyasi XMTning 4 strategik maqsadi: yangi ish o'rinlarini yaratish; mehnat sohasida huquqlarning umumiy kafolatlarini ta'minlash;

ijtimoiy himoya sohasida huquqlarni kengaytirish; ijtimoiy murosaga erishish maqsadida ishlab chiqarish egalari va yollanma xodimlarning manfaatlarini muvozanatga keltirishga imkon beruvchi samarali ijtimoiy muloqotni yo'lga qo'yish orqali amalga oshiriladi[1].

XMT ta'rifiga ko'ra, "erkin, adolatli ish haqi to'lanadigan, xavfsiz, ijtimoiy himoyalangan, insonning qadr-qimmatini kamsitmaydigan, mehnat faoliyatini boshlashda hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishni va shaxsning o'zini o'zi rivojlantirishini kafolatlaydigan mehnat" munosib mehnat sifatida baholanadi[2].

1-jadval

"Munosib mehnat" tushunchasining talqini[3]

Mualliflar, dasturlar "Munosib mehnat" tushunchasining talqini Izoh va qo'shimchalar

Munosib mehnat kontseptsiyasini amalga oshirish bo'yicha XMTning pilot dasturi Bu yetarlicha daromad keltiruvchi va shu bilan birga hayotning boshqa jabhalariga vaqt ajratish, oilaning ishonchliligini ta'minlash, inson huquqlarini hurmat qilish, ovoz berish huquqini beruvchi va ijtimoiy integratsiyaga yo'l ochish imkonini beruvchi mehnat faoliyatidir. Munosib mehnat -bu bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarni o'zaro bog'lovchi yo'ldir Turli taraflama aniqlashtirilishi va rivojlantirilishi mumkin bo'lgan yetarlicha katta sig'imli ta'rif. Bunda mehnat sohasidagi huquq va kafolatlarni ta'minlash mexanizmi orqali erishilgan iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar o'rtasidagi bog'liqlik muhim jihat hisoblanadi

XMTning munosib mehnat Klntseptsiyasi Bir vaqtning o'zida erkin, xavfsiz, adolatli haq to'lanadigan, rivojlantiruvchi va insonning qadr-qimmatini kamsitmaydigan unumli mehnat faoliyatidir Kategoriya mehnatning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarini birlashtirasa-da, bunda maqsadlarga erishish mexanizmi sifatida ijtimoiy sheriklik va muloqotning o'rni yashirin tarzda mavjud bo'ladi

Xalqaro mehnat konferentsiyasi (1999 yil) Erkaklar va ayollar uchun erkinlik, tenglik, ijtimoiy kafolatlar va inson qadr-qimmatini hurmat qilish sharoitida munosib va samarali mehnat qilish imkoniyatlari Munosib mehnat borasida berilgan avvalgi ta'riflarni to'ldiradi, uni kafolatlar masalasi, kamsituvchi amaliyotlarning yo'qligi jihatidan konkretlashtiradi

G. Fille Mehnat standartlariga javob beradigan va uning sifatini oshirish imkoniyatini beradigan ish o'rniga ega bo'lish zarurati va imkoniyati Ta'rif "mehnat standartlari" ga rioya qilishga qaratilgan (mehnat sohasini tartibga solishning umumiy mantig'i mavjudligi sharoitida mazkur standartlar muayyan mamlakatlarda va unda qabul

qilingan mehnat qonunchiligida farq qilishi mumkin)

Shaymardonov N.Z. Bu munosib ish haqi, fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya qilish, ijtimoiy kafolatlar va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishni ta'minlaydigan mehnatdir Mazkur ta'rifdan foydalanish asnosida "munosib ish haqi" kategoriyasini qo'shimcha asoslash talab qilinadi. Ushbu holatda, bunday ish haqi miqdorini aniqlash borasida ga turli xil yondashuvlarni ajratib ko'rsatishimiz mumkin

Hozirda O'zbekiston hukumati tomonidan XMT tomonidan ilgari surilgan talablarni bajarish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 42-moddasida "Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega...", 43-moddasida "Davlat fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag'allikni qisqartirish choralarini ko'radi.."[4] deb e'tirof etiladi.

Shu bilan bir qatorda, yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 94-moddasida "Har kimga o'zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish bo'yicha mutlaq huquq tegishlidir. Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul ko'magi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga ega" [5] ekanligi mustahkamlab qo'yilgan.

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan munosib mehnatni ta'minlash sohasidagi faoliyatni kuchaytirish maqsadida majburiy boigan "Mehnat sohasida tub asosiy tamoyillar va huquqlar to'g'risida"gi deklaratsiyasi [6] qabul qilingan. Unda ko'rsatilgan tamoyillarga rioya qilish, ularni qo'llash va hayotga tadbiq etishga ko'maklashish shartligi belgilab qo'yilgan.

O'zbekistonda ham mamlakatda ijtimoiy-mehnat sohasini rivojlantirish, aholining real daromadlari o'sishini ta'minlash, mehnat bozorida vaziyatni yaxshilash, ish bilan unumli bandlik sohasini kengaytirish, aholi ijtimoiy himoyasi tizimining manzilliligini ta'minlash, mehnat muhofazasi va xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida Munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturini ishlab chiqdi hamda XMT bilan hamkorlikning aniq ustuvor yo'nalishlari, maqsadlari, vazifalari va natijalar indikatorlarini belgilab oldi [2].

XMTning O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalari normalari va talablarining tashkilotlarda ijro etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qilish ishlari yo'lga qo'yilgan. Xususan, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari bo'yicha Parlament komissiyasi tomonidan korxona va tashkilotlarda, tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida mehnat to'g'risidagi qonunlar normalarini qo'llash, majburiy mehnatga va bolalar mehnatiga yo'l qo'ymaslik masalalari bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan axborot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi tomonidan XMTning 14 ta Konventsiyasi (shu jumladan, 8 ta asosiy konventsiyaning barchasi) ratifikatsiya qilinganligini alohida ta'kidlash lozim. Shu bilan birga, Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat inspektsiyasi to'g'risidagi 81-konventsiyasi hamda Qishloq xo'jaligida mehnat inspektsiyasi to'g'risidagi 129-konventsiyalaridagi aksariyat normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilingan. Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, 81-sonli konventsiya bugunga qadar 145 ta, 129-sonli konventsiya esa 53 ta mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Ijtimoiy va mehnat munosabatlari deyilganda "mehnat orqali turmush kechirish sifatini yaxshilashga qaratilgan mehnat faoliyati munosabatlari ishtirokchilarining ijtimoiy-huquqiy va ma'naviy-axloqiy jihatdan o'zaro aloqalari majmui" tushuniladi [7].

Munosib mehnat kontseptsiyasi A. Smitning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqotlar" asarida keltirilgan qoidalardan boshlab, K. Marks g'oyalari, nemis tarixiy maktabidan (V. Rosher, F. List, V. Zombart, M. Veber va boshqalar); eski va "yangi" institutsionalizm; ish haqining turli nazariyalari; T. Shults va G. Bekkerning inson kapitali nazariyasi qoidalari; "filtrlash" nazariyasi; boshqaruv kontseptsiyalari (ilmiy menejment, "inson munosabatlari" maktabi, motivatsiyaning asosli, protsessual nazariyasi, vaziyatli yo'nalish, "partisipativ boshqarish", vakillik nazariyasi; ijtimoiy mas'ullik, axloqiy boshqarish, o'zini o'zi rivojlantiruvchi tashkilot); tartibga solishning frantsuz maktabi ( "post-fordizm" shaklida mehnat va kapital o'rtasidagi munosabatlar modeli); neokorporativizm nazariyasi; inson resurslari kontseptsiyasiga qadar tadrijiy jihatdan rivojlanib keldi.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish "munosib mehnat" tushunchasi va uning turli jihatlarining o'zaro bog'liqligi to'g'risida yaqin pozitsiyalar mavjudligini aytishga imkon beradi. Munosib mehnat tushunchasini o'rganish asnosida XMTning asosiy hujjatlarida keng qo'llaniluvchi "decent work"[8] tushunchasiga murojaat qilish o'rinli hisoblanadi. 1-jadvalda "munosib mehnat" kategoriyasining bir qator talqinlarini keltirib o'tamiz, bunda mazkur tushunchaning iqtisodiy mazmunga ega ekanligini unutmasligimiz lozim.Mehnat faoliyati orqali turmush kechirish sifati kontseptsiyasi va uning o'ziga xos qoidalari muhim ahamiyat kasb etadi[9]. Inson taraqqiyoti kontseptsiyasida munosib mehnat muammosi "inson tanlovini kengaytirish" uchun zarur shart sifatida qaraladi, bu ko'p jihatdan ish sifati, mehnat sharoitlari, ijtimoiy qadriyatlar va shu kabilarga bog'liq.

Yollanib ishlaydigan ishchi kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik yoki uning mehnatiga talab kamayishi sababli mehnatga layoqatliligini yo'qotsa (vaqtinchalik yoki muntazam ravishda), unda moddiy ta'minlanish muammosi yuzaga keladi.

Shu sababli bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya jamiyatning xo'jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning tarkibiy qismiga aylangan. Bu tizimning tashkiliy-huquqiy shakllari esa mehnat jarayoni va xodim qobiliyatining takror hosil qilinishi uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozim. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish korxona (tashkilot), tarmoq va hudud darajasida amalga oshiriladi (2-jadval).

Shu tariqa, munosib mehnat g'oyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish umumiy holatda iqtisodiyot fanining turli sohalari, mehnat iqtisodiyoti, menejment nazariyalari doirasida sodir bo'lganligini ta'kid-lashimiz mumkin. Ijtimoiy va mehnat munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichi quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotdagi globallashuv jarayonlarining mehnat bozorlariga ta'sirining kuchayishi, tengsizlikning kuchayishi, bandlikni

ta'minlash borasida xatarlarning paydo bo'lishi, mehnat bozori norasmiy segmentining o'sishi, ishsizlik, mehnat shartnomalari muddatining qisqarishi, nostandart bandlikning o'sishi, mehnat munosabatlarining tarmoqli tavsifga ega bo'lib borishi va shu kabilar;

2-jadval

Munosib mehnat jarayonida xodimlami ijtimoiy himoya qilish unsurlari,

mexanizmlari va tizimlari

Unsurlar Mexanizmlar Tizimlar

Ijtimoiy kafolatlar - milliy darajada: mehnat, ijtimoiy qonunchilik; texnika xavfsizligi va mehnat gigiyenasi Iqtisodiy, huquqiy, siyosiy Davlat m inimal ijtimoiy standartlari: tibbiy yordam, kasbga v o 'naltirish va kasbga tayyorlash

Jamoa, hududiy, tarmoq va bosh kelishuvlardagi ijtimoiy kafolatlar Ijtimoiy Mehnatni muhofaza qilish, kasbiy xavf-xataming profilaktikasi, baholanishi, kamaytirilishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalami tekshirish

Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiya va tavsiyalaridagi ijtimoiy kafolatlar Iqtisodiy, huquqiy Kasb kasalligi va ishlab chiqarishda mehnat qobiliyatini y o 'qotganligini aniqlash, tibbiy. ishsizlik bo'yicha nafaqa, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan ijtimoiy sug'urta

-kontseptual fikrlash doirasi, yuqori ma'lumot darajasi, polivalent, moslashuvchan, mas'uliyatli, tashabbuskor, harakatchan, mehnat jarayonida o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan yangi turdagi xodimlar, shu bilan bir qatorda, "xodim-ish beruvchi", "ish-shaxsiy hayot" tizimida yangicha muvozanatni ko'zda tutuvchi yangicha mehnat xulq-atvori va ehtiyojlari modelining paydo bo'lishi[11];

- FTT ta'siri ostida "inson-ishlab chiqarish" tizimining o'zgarishi, turli darajadagi ta'lim, bilim, ko'nikmalarga ega bo'lgan ishchilarni ish bilan ta'minlash sifatidagi tengsizlikning oshishi. Mehnat bozorida "dualizm"ning ortib borishi, munosib mehnat sharoitlari va himoyalanmagan ish bilan ta'minlangan yuqori sifatli ish o'rinlari sektori o'rtasidagi nomutanosiblikning kuchayishi;

- faoliyatning yangi turlarini rivojlantirish, bandlikning yangi shakllari, yangi kasbiy xatarlarning paydo bo'lishi. Bandlik va ish o'rinlarini tashkil etish shakllarining tobora diversifikatsiya qilinishi bilan ish o'rinlari sifatini hisobga olmagan holda va munosib daromadni ta'minlamasdan faqat bitta sohada bandlikni kengaytirish yalpi talabni barqaror tarzda qo'llab-quvvatlay olmaydi. Ishchilar (bandlik turlari bo'yicha) va ish beruvchilarning (qiymat zanjiridagi joylashuvi bo'yicha) yuqori geterogenligi sharoitida. Bir qator mamlakatlar tajribasi yuqori mahsuldorlik, texnologik innovatsiyalar va munosib mehnat muvozanatiga erishishda yuqori samaraga erishganliklarini ko'rsatadi;

- demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar[10], shu jumladan makroiqtisodiy siyosatning umumiy holatda mehnat faoliyati sohasiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishi.

Ushbu o'zgarishlar munosib mehnat masalasini nafaqat tadqiqot matritsasi, balki mehnat va bandlik sohasidagi global va milliy siyosat platformasi sifatida ham dolzarblashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. T.: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "FAN" nashriyot davlat korxonasi, T.: 2019. 419-bet.

2. Decent work pilot programme [Электронный ресурс].: http://www.ilo.org/public/english/bureau/dwpp/ ILO. 1999. Report of the Director-General: Decent work // International Labor Conference, 87th Session, Geneva: http://www.ilo.org/public/english/standards/relm/ilc/ilc87/rep-i.htm ; Fields, Gary S. Decent work and development policies || International Labor Review (Geneva). - 2003. - Vol.142 -№2. - pp.239-262.; Шаймарданов, Н.З. Достойный труд как интегрированный показатель социально-трудовых отношений / Н.З.Шаймарданов //Управленец. - 2009. - №3-4. С.22.

3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, https://lex.uz/docs/6445145

4. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, https://lex.uz/docs/6257288

5. ILO Declaration on Fundamental Principles and Rights in the Field of Labor and a Mechanism for Its Implementation, Adopted at the LXXXVI Session of the International Labor Conference, Geneva, 18 June 1998// https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/ed_norm/-eclaration/documents/normativeinstrument/wcms_763311.pdf

6. Одегов Ю.Г., Руденко Г.Г., Бабынина Л.С. Экономика труда. В 2-х т.-М:Альфа Пресс, 2007.

7. Капелюшников Р.И., Ощепков А.Ю. Российский рынок труда: парадоксы посткризисного развития // Вопросы экономики. 2014. - № 7. - С. 66-92.

8. Abduvoxidov A., Kamilova S. INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION RIVOJLANISHINI TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. - 2023. - Т. 1. - №. 4. - С. 12-21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.