Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA ELEKTRON XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA ELEKTRON XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Математика»

69
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
raqamlashtirish / sanoat korxonalari / raqamli korxona / xalqaro sifat tizimi / raqamli transformatsiya. / digitalization / industrial enterprises / digital enterprise / international quality system / digital transformation.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Bun’Et Muratovich Abduraimov

Maqolada O„zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida sanoat korxonalarida elektron xizmatlarning rivojlanishi sur‟ati va unga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar tadqiq qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA ELEKTRON XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH»

RAQAMLIIQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA ELEKTRON XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH

Bun'et Muratovich Abduraimov

Samarqand davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida sanoat korxonalarida elektron xizmatlarning rivojlanishi sur'ati va unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, sanoat korxonalari, raqamli korxona, xalqaro sifat tizimi, raqamli transformatsiya.

ABSTRACT

The article examines the pace and factors affecting the development of electronic services at industrial enterprises in the context of the development of the digital economy in Uzbekistan.

Keywords: digitalization, industrial enterprises, digital enterprise, international quality system, digital transformation.

KIRISH

Raqamli transformatsiya sharoitida sanoat korxonalarida faoliyatning barcha sohalarida bo'lgani kabi, birinchi navbatda menejment-boshqaruvi tizimida global o'zgarishlar ro„y bermoqda, bu esa umumiy olganda sifat menejmenti tizimini modernizatsiya qilishni istisno etmaydi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish barcha biznes jarayonlarini takomillashtirishni talab qiladi, boshqaruvda "additiv"-"yangidan-yangi zamonaviy" usullardan foydalanish o„z navbatida jarayonlarning murakkabligini sezilarli darajada kamaytiradi va ularning sifatini yaxshilaydi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya nafaqat jarayonlarni boshqarish texnikasi va texnologiyasidagi o'zgarishlami, balki raqamli fikrlashga asoslangan yangi raqamli madaniyatni shakllantirish zarurligini ham anglatadi, bu esa o„z navbatida inson kapitalini boshqarish yondashuvlarining o'zgarishi bilan bog'liq. Sanoat korxonalarini raqamli transformatsiya qilish sharoitida sifat menejmenti tizimini innovatsion rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - soxaga doir me'yoriy-texnik hujjatlarga asoslangan xolda belgilangan yo'nalishlarda monitoring va nazorat o'tkazish orqali sifatni doimiy ravishda yaxshilab borish;

April, 2023

147

- raqamli fikrlash va xodimlarni raqamli jalb qilish asosida raqamli madaniyatni shakllantirish;

- axborot texnologiyalari va yangi usullarni qo'llash asosida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish jarayon sifatini boshqarish;

- xodimlarni axborot texnologiyalaridan foydalanishda uzluksiz o'qitish va "raqamli kompetensiya"larni rivojlantirish orqali yangi kadrlar salohiyatini shakllantirish;

- sifat menejmenti tizimining faoliyatini tartibga soluvchi elektron hujjat aylanishi asosida yagona axborot maydonini yaratish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Shu sababli, raqamli transformatsiya jarayonining amalda qo'llanilishi sanoat korxonalarini rivojlantirishning yangi bosqichiga xamda texnologik yondashuv talablarini hisobga olgan holda sifat menejmentida jarayonlarni tarmoqlar kesimida raqamli boshqaruvga o'tishiga yordam beradi. Boshqaruv jarayonlarida raqamli modernizatsiyaning qo'llanilishi, sifat menejmenti tizimining innovatsion rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Bugunki kunda raqamli dunyo asta-sekin har bir xonadonga, maxalla va jamiyatga, shuningdek, barcha davlat va tijorat tashkilotlariga, qolaversa inson xayotiga kirib kelmoqda. Bu esa o'z navbatida jamiyatimiz turmush tarziga, iqtisodiyotimizga misli ko'rilmagan ta'sir ko'rsatmoqda.

Quyidagi jadvalda O'zbekiston respublikasida 2021 - 2022 yillardagi "Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish" hajmi tahlil qilingan. (1-jadval).

(1-jadval)

Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish/ Manufacture of industrial products by type of economic activity

mlrd. so'm / billion soums

Ko'rsatkichlar Indicators 2021 yil 2022 yil

Sanoat mahsuloti hajmi, mlrd. so'm Volume of industrial production, billion soums 2 685 832,11 3 317 171,13

Tog"- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash Mining and quarrying 261 442,56 326 127,77

Ishlab chiqaradigan sanoat Manufacturing industry 2 212 352,21 2 740 401,91

April, 2023

148

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish Manufacture of food products 294 106,29 348 799,36

Ichimliklar ishlab chiqarish Beverage production 59 235,96 91 737,26

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish Manufacture of tobacco products 12 798,75 17 831,10

Toqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish Manufacture of textiles 304 290,59 380 827,79

Kiyim ishlab chiqarish Manufacture of wearing apparel 77 352,08 94 963,92

Teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish Manufacture of leather and related products 11 500,51 12 658,57

Yog' och va pokak buyumlar (mebeldan tashqari), pohol va toqish uchun materiallardan buyumlar ishlab chiqarish Manufacture of wooden and cork products, (except furniture), products made of straw and plaiting materials 12 388,73 14 492,12

Qog' oz va qog' oz mahsulotlari ishlab chiqarish Manufacture of paper and paper products 14 970,34 23 692,01

Yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish Printing and Playback of Recorded Materials 8 051,15 13 970,51

Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish Manufacture of coke and refined petroleum products 67 465,93 82 369,53

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish Manufacture of chemical products 167 817,07 204 172,78

Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish Manufacture of basic pharmaceutical products and preparations 19 717,04 23 864,18

Rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish Manufacture of rubber and plastic products 42 079,59 50 204,46

Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish Manufacture of other non-metallic mineral products 117 400,49 125 145,62

Metallurgiya sanoati Metallurgical industry 600 282,36 689 860,62

Mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish Manufacture of fabricated metal products, except machinery and equipment 58 282,73 67 189,98

Kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish Manufacture of computers, electronic and optical products 38 327,21 35 115,85

Elektr uskunalar ishlab chiqarish Manufacture of electrical equipment 61 563,81 76 596,74

April, 2023

149

Boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish Manafacture of machinery and equipment,not elsewhere classified 23 409,10 33 242,94

Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish Manufacture of motor vehicles, trailers and semitrailers 177 722,75 304 073,80

Boshqa transport uchkunalari ishlab chiqarish Manufacture of other transport equipment 6 782,33 8 545,68

Mebel ishlab chiqarish Furniture manufacture 15 425,17 17 533,61

Boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish Manufacture of other finished products 10 802,73 12 598,38

Mashina va uskunalarni tamirlash va o'rnatish Repair and installation of machinery and equipment 10 579,46 10 915,11

Elektr, gaz, bug" bilan ta"minlash va havoni konditsiyalash Power supply, gas, steam and air conditioning 193 018,69 233 036,75

Suv bilan ta"minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig"ish va utilizatsiya qilish Water supply, sewerage, collection and recycling of waste 19 018,57 17 604,77

(1-rasm)

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, O'zbekstonda 2021 -2022 yillarda "Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish" hajmi dinamik tarzda o'zgargan

April, 2023

150

(1-jadval).

1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda 2021 yilda sanoat mahsuloti hajmi jami: 2685832 mlrd.so'mni, shu jumladan, tog'- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 261442 mlrd.so'mni, ishlab chiqaradigan sanoat 2212352 mlrd.so'mni, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash 193018mlrd.so'mni va suv bilan taminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish 19018 mlrd.so'mni tashkil bo'lsa, 2021 yilda esa jami 3317171 mlrd.so'mni, shu jumladan, tog'- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 326127 mlrd.so'mni, ishlab chiqaradigan sanoat 2740401 mlrd.so'mni, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash 233036 mlrd.so'mni va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish 17604 mlrd.so'mni tashkil qildi, ya'ni sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 24%ga oshgan. Bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, raqamli texnologiyalarni sanoat sohasiga joriy qilinishi mamlakat ravnaqiga kelgusida katta hissa qo'shadi.

NATJALAR VA MUHOKAMA

Yaqin 10 yillikda ishlab chiqarish, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa ko'plab sohalarda «smart» aqlli texnologiyalarning qo'llanilishi xech kimga sir emas albatta. So'nggi yillarda sanoat korxonalarining raqobat muhitida omon qolishiga imkon beradigan raqobatbardoshlikning ahamiyati keskin oshdi. Qeskin raqobat sharoitida zamonaviy korxonalar bozor holatiga tezda javob berishlari kerak. Buning uchun tashqi muhitning o'zgaruvchan sharoitlariga o'z vaqtida javob berishga imkon beradigan va tashkilotning ichki jarayonlarini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtiradigan strategiyalarni ishlab chiqish kerak . Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning muhim omillaridan biri bu mahsulotlarni yuqori sifatli qilib ishlab chiqarilishi xisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o'z navbatida ishlab chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi, buning uchun albatta ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida bir maromda sifat ko'rsatkichlarini takomillashtirib borishga to'g'ri keladi.

Agar boshqaruvchi-menejerlar sifatga hayot tarzi sifatida qarashmasa, sifatni yaxshilashga bo'lgan xarakatlarni amalga oshirish qiyin bo'ladi. Aynan shuning uchun mahsulot sifatini boshqarish bo'yicha ishlar boshliqdan tortib ijrochigacha bo'lgan barcha personal-xodimlar uchun eng muhim faoliyat bo'lib xisoblanadi.

Raqamli korxona (Digital Enterprise)-bu axborot

April, 2023

151

texnologiyalaridan (IT-information technology) o'z faoliyatining barcha sohalarida: ishlab chiqarish, biznes jarayonlari, marketing va mijozlar bilan o'zaro munosabatlarda raqobatdosh ustunlik sifatida foydalanadigan tashkilot. Bunda an'anaviy tarzda faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar raqamli transformatsiya yo'lidan o'tib, "raqamli fikrlash" qobiliyatiga ega kompaniyaga aylanmoqda.

Bunday korxona tomonidan bozorga taklif etilayotgan mahsulotning o'zi ham "raqamlashtirilgan" bo'ladi. Shunga ko'ra, biznes va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tobora zarur bo'lib bormoqda. Hujjatlar oqimini kuzatish, me'yoriy-texnik hujjatlarni boshqarish kabi jarayonlar korxonaning xususiyatlariga va u ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning hayotiy sikliga qarab sanoat korxonasi raqamlashtirish jarayonining bir qismiga aylanib boradi. Sifat menejmenti raqamli korxonaning ichki jarayonini o'rganganligi sababli, korxonaning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanish sifat menejmenti tizimini raqamlashtirish jarayonini takomillashtirishning dolzarb yo'nalishlaridan biri bo'lib xisoblanadi.

Shu munosabat bilan sanoat inqilobini boshdan kechirayotgan zamonaviy iqtisodiyotda sifat menejmenti tizimlarining samaradorligini hisobga olish kerak. Axborot texnologiyalari mutaxassislari va sifatli mutaxassislarning vazifalari nafaqat bir-biriga mos keladi, balki kundalik ishlarida bir-birini to'ldiradi. Bu, ayniqsa, korxonalarda axborot tizimlari va texnologiyalarini qayta tashkil etish yoki kompleks joriy etish bilan bog'liq vazifalarni hal qilishda yaqqol namoyon bo'ladi. Bunday muammolarni hal qilishning asosiy bosqichi ishlab chiqarish bosqichlarini tavsiflash bo'lib, keyinchalik tashkilotning sifat menejmenti tizimining asosini tashkil etadi. Bunday jarayonlar va ishlab chiqarish bosqichlari tashkilotning asosidir. Qoida tariqasida, tashqi muhit o'zgarganda, bu jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish vositalari o'zgaradi va jarayonlarning o'zi o'zgarmaydi yoki ahamiyatsiz o'zgaradi.

XULOSA

Shunday qilib, xulosa tariqasida raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan mehnat unumdorligi, uning sifati, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlarning sifati tegishli o'zgarishlarga uchraydi va bu o'zgarishlar nafaqat alohida jarayonlarning, balki umuman korxonaning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qarori

April, 2023

152

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

2. Саликов Ю.А. Совершенствование организации процессов производства в условиях инновационного развития системы менеджмента качества [Текст]: / Ю.А. Саликов, И.В. Каблашова // Вестник Воронежского государственного университета инженерных технологий. 2016. - № 4 (70). - С. 488.

3. Управление финансами промышленности: учебное пособие/ В.М. Семенов, Н.В. Василенкова. - М.: Финансы и статистика; ИНФРА - М, 2010.- 320с.

4. Вдовин, С.М. Система менеджмента качества организации: Учебное пособие / С.М. Вдовин, Т.А. Салимова, Л.И. Бирюкова. - М.: Инфра-М, 2018. -

5. Василенкова Н.В. «Повышение качества электронных услуг в условиях цифровой экономики», Международная научно-практическая конференция. 2021. -83с.

6. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasmmg 2021 - 2022 уу. МаЧитоАап. // https://www.stat.uz

С.58.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.