Научная статья на тему 'Raqamli dasturiy mahsulot yordamida onkoepidemiologik vaziyatni nazorat qilish usuli'

Raqamli dasturiy mahsulot yordamida onkoepidemiologik vaziyatni nazorat qilish usuli Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
15
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli dasturiy mahsulot / onkoepidemiologik vaziyat / tizim / ma’lumotlar bazasi / populyatsion saraton registri / xavfl i o‘smalar. / digital software product / oncoepidemiological situation / system / database / population-based cancer registry / malignant tumours.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon O‘G‘Li, Xudayberdiyev Mirzaakbar Xakkulmirzayevich

Xavfli o‘smalarni ro‘yxatga olish onkologik xizmat va saratonga qarshi kurashishni tashkil etishning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Saraton registri ishonchli maʼlumotlarisiz onkologik xizmatni rejalashtirish va uni yanada rivojlantirish mumkin emas. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi raqamli dasturiy mahsulot yaratish asosida O‘zbekiston Respublikasida onkoepidemiologik holatga kompleks baho berishdir. Ushbu maqolada keltirilgan tizim bu borada muhim o‘rin tutadi. Tizim O‘zbekiston Respublikasida xavfli o‘smalar bilan kasallangan bemorlarga onkologik yordam tashkil etilishni asosiy statistik ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilishga ko‘maklashadi. Tadqiqot ishi davomida xavfli o‘sma kasalligi holatlarini ro‘yxatga olishdagi xato va kamchiliklarni aniqlash maqsadida xavfli o‘smalar bilan kasallangan birlamchi bemorlarning populyatsion maʼlumotlar bazasi yaratildi. Raqamli dasturiy mahsulot yaratish uchun zarur bo‘lgan metodologiya, kodifikatorlar ro‘yxati va maʼlumotnomalar shakllantirildi. Tadqiqot predmeti sifatida O‘zbekiston Respublikasida populyatsion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishda birlamchi xavfli o‘smalar bemorlari hisoboti tibbiy hujjat shakllari, xavfli o‘smalarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha xalqaro tavsiyanomalar tahlili, maʼlumotlar bazasi va elektron dastur yaratish materiallari olingan. O‘zbekiston Respublikasida populyatsion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish davomida olingan materiallarni umumqabul qilingan usullar bo‘yicha hisoblash va qayta ishlash elektron dasturlaridan tadqiqot usuli sifatida foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Method of managing the oncoepidemiologic situation with the help of a digital software product

Registration of malignant tumours is one of the important parts of oncology service and the organization of the fight against cancer. It is impossible to plan and further develop the oncology service without relying on reliable data from the cancer registry. The purpose of this research work is to provide a comprehensive assessment of the oncoepidemiological situation in the Republic of Uzbekistan based on the creation of a digital software product. The system presented in this article is important for this. The system helps to analyze the organization of oncological care for patients with malignant tumours in the Republic of Uzbekistan based on the main statistical indicators. On the basis of the research work, a population database of primary patients with malignant tumours was created in order to identify errors and shortcomings in the registration of cases of malignant tumours. The methodology, the list of codifiers and references necessary for the creation of a digital software product were formed. As a subject of research, in the improvement of methodological aspects of population cancer registration in the Republic of Uzbekistan, patients with primary malignant tumours report medical document forms, analysis of international recommendations on registration and accounting of malignant tumours, database, electronic program creation materials are received. As a research method, electronic programs were used to calculate and process the materials obtained in the improvement of methodological aspects of population cancer registration in the Republic of Uzbekistan according to generally accepted methods.

Текст научной работы на тему «Raqamli dasturiy mahsulot yordamida onkoepidemiologik vaziyatni nazorat qilish usuli»

S

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-4-2 UDC: 004.421(045)(575.1)

RAQAMLI DASTURIY MAHSULOT YORDAMIDA ONKOEPIDEMIOLOGIK VAZIYATNI NAZORAT

QILISH USULI

Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o'g'li1, tayanch doktorant, ORCID: 0000-0003-1998-6431, e-mail: developeradu@gmail.com;

Xudayberdiyev Mirzaakbar Xakkulmirzayevich2,

"Axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti" kafedrasi professori, ORCID: 0000-0002-5093-4034, e-mail: mirzaakbarhh@gmail.com

1Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti 2Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Kirish

Dunyo mamlakatlarida xavfli o'smalar-ni ro'yxatga olish onkologik xizmat va sara-tonga qarshi kurashishni tashkil etishning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Sara-ton registrining ishonchli ma'lumotlarisiz onkologik xizmatni rejalashtirish va uni yanada rivojlantirish mumkin emas. Sara-ton registrining o'ziga xos xususiyati shun-daki, shaxsiylashtirilgan ma'lumotlar, ya'ni xavfli o'sma (XO') bilan kasallangan har bir bemor haqida batafsil ma'lumotlar mavjud-ligidir. Onkologiya xizmatini moliyalashti-rishni rejalashtirishda saraton registrida-gi ma'lumotlardan foydalanish mumkin: asbob-uskunalar, kimyoterapevtik/target dori-darmonlarni sotib olish, xodimlar bilan ta'minlash, markaz filiallarida onkologiya yotoqlari sonining asoslanganligi shular jum-lasidandir.

Shuni ta'kidlash kerakki, registrlarning ikki turi mavjud: gospital (shifoxona) va po-pulyatsion. Gospital registrlari ma'lum bir tibbiyot muassasasida davolangan yoki tashxis qo'yilgan XO' bilan kasallangan bar-cha bemorlar to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlaydi. Gospital saraton registri, asosan, ma'muriy maqsadlar va ma'lum bir shifoxo-nada bemorlarga ko'rsatiladigan xizmatlar si-fatini oshirishga qaratiladi.

Annotatsiya. Xavfli o'smalarni ro'yxatga olish onkologik xizmat va saratonga qarshi kurashishni tashkil etishning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Saraton registri ishonchli ma'lumotlarisiz onkologik xizmatni rejalashtirish va uni yanada rivojlantirish mumkin emas. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi raqamli dasturiy mahsulotyaratish asosida O'zbekiston Respublikasida onkoepidemiologik holatga kompleks baho berishdir. Ushbu maqolada keltirilgan tizim bu borada muhim o'rin tutadi. Tizim O'zbekiston Respublikasida xavfli o'smalar bilan kasallangan bemorlarga onkologik yordam tashkil etilishni asosiy statistik ko'rsatkichlar asosida tahlil qilishga ko'maklashadi. Tadqiqot ishi davomida xavfli o'sma kasalligi holatlarini ro'yxatga olishdagi xato va kamchiliklarni aniqlash maqsadida xavfli o'smalar bilan kasallangan birlamchi bemorlarning populyatsion ma'lumotlar bazasi yaratildi. Raqamli dasturiy mahsulot yaratish uchun zarur bo'lgan metodologiya, kodifikatorlar ro'yxati va ma'lumotnomalar shakllantirildi. Tadqiqot predmeti sifatida O'zbekiston Respublikasida populyatsion saraton kasalliginiro'yxatga olishning uslubiyjihatlarini takomillashtirishda birlamchi xavfli o'smalar bemorlari hisoboti tibbiy hujjat shakllari, xavfli o'smalarni ro'yxatga olish va hisobini yuritish bo'yicha xalqaro tavsiyanomalar tahlili, ma'lumotlar bazasi va elektron dastur yaratish materiallari olingan. O'zbekiston Respublikasida populyatsion saraton kasalligini ro'yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish davomida olingan materiallarni umumqabul qilingan usullar bo'yicha hisoblash va qayta ishlash elektron dasturlaridan tadqiqot usuli sifatida foydalanilgan.

Kalit so'zlar: raqamli dasturiy mahsulot, onkoepidemiologik vaziyat, tizim, ma'lumotlar bazasi, populyatsion saraton registri, xavfli o'smalar.

МЕТОД УПРАВЛЕНИЯ ОНКОЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКОЙ СИТУАЦИЕЙ С ПОМОЩЬЮ ЦИФРОВОГО ПРОГРАММНОГО ПРОДУКТА

Алимкулов Нурмухаммад Мукумжон угли1,

базовый докторант;

Худайбердиев Мирзаакбар Хаккулмирзаевич2,

профессор кафедры "Программное обеспечение информационных технологий"

1Андижанский государственный университет

имени Захириддина Мухаммада Бабура 2Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми

Аннотация. Регистрация опасных опухолей является одним из важных звеньев онкологической службы и организации борьбы с раком. Невозможно планировать и развивать онкологическую службу без опоры на достоверные данные онкологического регистра. Целью данной исследовательской работы является комплексная оценка онкоэпидемиологической ситуации в Республике Узбекистан на основе создания цифрового программного продукта. Для этого важна система, представленная в данной статье. Система помогает анализировать организацию онкологической помощи в Республике Узбекистан больным со злокачественными новообразованиями на основе основных статистических показателей. На основе научно-исследовательской работы создана популяционная база данных первичных больных со злокачественными новообразованиями с целью выявления ошибок и недостатков в регистрации случаев злокачественных новообразований. Сформированы методология, перечень кодификаторов и справочников, необходимых для создания цифрового программного продукта. При совершенствовании методических аспектов регистрации онкологических заболеваний населения в Республике Узбекистан в качестве предмета исследования получены данные по отчетности пациентов с первичными злокачественными опухолями по формам медицинской документации, анализа международных рекомендаций по регистрации и учету злокачественных опухолей, база данных и другие материалы для создания электронной программы. В ходе совершенствования методических аспектов регистрации онкологических заболеваний населения в Республике Узбекистан в качестве метода исследования были использованы электронные программы учета и обработки полученных материалов общепринятыми методами.

Populyatsion saraton registrlari geografik hududga mos keladigan ma'lum bir popu-lyatsiyada yuzaga kelgan saratonning bar-cha yangi holatlari haqida ma'lumot to'play-di. Bu ma'lumotlar bir nechta manbalardan, jumladan, shifoxonalar, o'lim guvohnomalari va laboratoriya xizmatlaridan tizimli ravish-da olinadi. Bu ma'lumotlar XO' tarqalishini baholash uchun asosdir. Ushbu ma'lumotlar ma'lum bir populyatsiyada saraton kasalligi-ga qarshi kurashish dasturlarini rejalashti-rish va baholash uchun juda muhimdir. Bu ularning asosiy maqsadi bo'lib, onkologik xizmat sohasida epidemiologik va ilmiy tad-qiqotlar tashkil etishdagi ahamiyatini belgi-laydi.

Populyatsion saraton registrining yarati-lishi nafaqat saratonga qarshi samaraliroq va maqsadli tadbirlar tashkil etishga yordam beradi, balki ko'rsatilayotgan ixtisoslashtiril-gan davolash sifati va uning o'z vaqtida ba-jarilishini ta'minlaydi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni nufuzli xalqaro jurnallarda nashr etish hamda xalqaro konferensiya va kongresslarda ishtirok etish uchun sharoit yaratadi va shu yo'l bilan mamlakatimizning jahon ilm-fan maydonidagi nufuzini oshirish-ga xizmat qiladi.

Onkologik xizmatlarning ishlashi va har qanday mamlakatning saratonga qarshi cho-ralarini shakllantirish uchun asos barcha xavfli o'smalarni (XO') to'g'ri va to'liq ro'yxat-dan o'tkazishdir (Polyakov, Levin, Shebeko, & Kirchinko, 2006).

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, shuni ta'kidlash kerakki, aniqlangan XO' ho-latlarini to'g'ri ro'yxatdan o'tkazish saraton kasalligiga qarshi kurashishni tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chi-qishga yordam beradi (Bray, et al., 2014). Amaldagi va yaratilayotgan saratonga qarshi chora-tadbirlarning hech biri XO' populyatsi-yasining kasallanish darajasi to'g'risida sifatli va ishonchli ma'lumotlarni o'z vaqtida olish va tahlil qilish, ularning uzoq muddatli nati-jalari (onkologik bemorlarning omon qolish darajasini tahlil qilish), o'lim va boshqa bir qator yordamchi ko'rsatkichlarni o'rganish

16

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 4 / 2023

S

asosida qo'llaniladigan davolash usullari sa-maradorligini baholashsiz samarali bo'lmaydi (Averkin, Antonenkova, Veyalkin, & Zalutsky, 2007).

So'nggi yillarda dunyoning aksariyat mamlakatlarida, jumladan, O'zbekiston Res-publikasida ham XO' bilan kasallanish ho-latlari ko'p kuzatilmoqda. Respublikada 2020-yilda davlat statistika hisobotiga ko'ra, 21976 ta yangi XO' holati aniqlangan. Oxir-gi 10 yil ichida yangi aniqlangan XO'lar soni 15,6 foizga oshgan. Onkologik kasalliklar-ning umumiy tuzilishida ko'krak, oshqo-zon va bachadon bo'yni saratoni yetakchi o'rinlarni egallaydi (Tillyashaikhov, Ibragi-mov, & Janklich, 2021).

Cancer Today Global Cancer Observa-tory-IARC-2020 veb-saytiga joylashtiril-gan JSST XSTA prognoz ma'lumotlari butun dunyo bo'ylab kasallanish holati bo'yicha se-zilarli farqlarni ko'rsatadi. Yevropa mintaqasi mamlakatlarida kasallanish darajasi 100 000 aholiga (Albaniya) 148,1 dan 372,8 gacha (Irlandiya) (standartlashtirilgan stavkalar, dunyo), Osiyo mamlakatlarida 100 000 aholiga 80,9 (Nepal)dan 285,1 (Yaponiya)gacha, Shimoliy Amerika qit'asida Yevropa min-taqasiga qaraganda 362,2 (AQSh)dan va 348,0 (Kanada)gachani tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi prognoz ma'lu-motlariga ko'ra, kasallanish darajasi 100 000 aholiga 108,1 ni tashkil etadi. Bu Tojikistonda shunga o'xshash ko'rsatkichdan yuqori (100 000 aholiga 89,7), ammo Afg'oniston (108,8), Pokiston (110,4), Turkmaniston (128,8), Qirg'iziston (130,6) va Qozog'iston (166,9) dan past ko'rsatkichdir.

Dunyo bo'yicha o'rtacha o'lim darajasi (standartlashtirilgan ko'rsatkich) 100 000 aholiga 100,7 (2020-yil) ekanligi aniqlangan. Eng past o'lim darajasi Saudiya Arabis-tonida (100 000 aholiga 51,3), eng yuqori ko'rsatkich Moldovada (176,2) qayd qilingan. Shu bilan birga, barcha mamlakatlarda o'lim va kasallanish nisbati (standartlashtirilgan ko'rsatkichlar bo'yicha) ancha yuqori bo'lib, bu XO'ni radikal davolash muammosining jiddiyligini ko'rsatadi. Aksariyat Osiyo mam-

Ключевые слова: цифровой программный продукт, онкоэпидемиологическая ситуация, система, база данных, популяционный раковый регистр, злокачественные новообразования.

METHOD OF MANAGING THE ONCOEPIDEMIOLOGIC SITUATION WITH THE

HELP OF A DIGITAL SOFTWARE PRODUCT

Alimkulov Nurmukhammad Mukumzhon ugli1,

Doctoral Student;

Khudaiberdiev Mirzaakbar Khakkulmirzaevich2,

Professor of the Department of Software of Information Technologies

1Andijan State University named after Zahiriddin

Muhammad Babur 2Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khorazmi

Abstract. Registration of malignant tumors is one of the important parts of oncology service and organization of fight against cancer. It is impossible to plan and further develop the oncology service without relying on reliable data from the cancer registry. The purpose of this research work is to provide a comprehensive assessment of the oncoepidemiological situation in the Republic of Uzbekistan based on the creation of a digital software product. The system presented in this article is important for this. The system helps to analyze the organization of oncological care for patients with malignant tumors in the Republic of Uzbekistan based on the main statistical indicators. On the basis of the research work, a population database of primary patients with malignant tumors was created in order to identify errors and shortcomings in the registration of cases of malignant tumors. The methodology, the list of codifiers and references necessary for the creation of a digital software product were formed. As a subject of research, in the improvement of methodological aspects of population cancer registration in the Republic of Uzbekistan, patients with primary malignant tumors report medical document forms, analysis of international recommendations on registration and accounting of malignant tumors, database, electronic program creation materials are received. As a research method, electronic programs were used to calculate and process the materials obtained in the improvement of methodological aspects of population cancer registration in the Republic of Uzbekistan according to generally accepted methods.

Keywords: digital software product, onco-epidemiological situation, system, database, population-based cancer registry, malignant tumors.

05.01.04 - *ИСОБЛАШ МАШИНАЛАРИ, МАЖМУАЛАРИ ВА КОМПЬЮТЕР ТАРМОКЛАРИНИНГ МАТЕМАТИК ВА ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТИ

lakatlarida bo'lgani kabi O'zbekiston Respub-likasida ham bu ko'rsatkich 60 foizdan oshadi (Bray, et al., 2021).

Globocan ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil-da O'zbekiston Respublikasida kasalla-nish bo'yicha kamida 32 000 ta yangi holat aniqlangan. Rasmiy statistik ma'lumotlar-ga ko'ra, 21 976 ta kasallik holatlari sezilarli darajada hisobga olinmagan. XO'ning barcha holatlarini xalqaro talablarga muvofiq to'g'ri va har tomonlama hisobga olishni faqat po-pulyatsion saraton registrini yaratish bilangi-na hal qilish mumkin.

JSST va XSTA ma'lumotlariga ko'ra, ho-zirda dunyoda aholini qamrab olish daraja-si, ma'lumotlar sifati darajasi va rivojlanish tezligi turlicha bo'lgan 700 dan ortiq registr mavjud (Bray, et al., 2021). Barcha populyat-sion saraton registrlari (PSR) uchta sifat toi-fasi bo'yicha baholanishi mumkin:

- yuqori sifatli PSR (milliy) - mamlakat aholisining 50 %dan ortig'ini qamrab olish;

- yuqori sifatli PSR (mintaqaviy) - mamlakat aholisining 50 %dan kamrog'ini qamrab olish;

- PSR (milliy va mintaqaviy) - PSR holati-ga yaqinlashadi va statistik ko'rsatkichlarni hisoblash mumkin.

Onkologik statistika tizimi shartli ravish-da ikki guruhga bo'linadigan ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi:

- onkologik kasalliklar tarqalishini baho-lash uchun foydalaniladigan ko'rsatkichlar (mutlaq soni, keng/intensiv kasallanish va o'lim ko'rsatkichlari);

- saratonga qarshi chora-tadbirlar sama-radorligini baholash uchun foydalaniladigan ko'rsatkichlar.

Aksariyat MDH mamlakatlarida ma'muriy hududlarning sog'liqni saqlash samaradorli-gini baholash uchun "yakuniy natijalar mo-deli" ko'rsatkichlari qo'llaniladi. Bu ko'rsat-kichlar umumiy qabul qilingan algoritmlar bo'yicha hisoblanadi (Khabriev, Vorobyov, Yuriev, Nikonov, & Avsentiev, 2005). Ush-bu modellar hududlarda onkologik yordam ko'rsatish holatiga umumiy baho berishga imkon beradi, ammo saratonga qarshi ku-

rashni maqsadli rejalashtirish uchun zarur bo'lgan ishning muammoli tomonlarini bataf-sil bayon etolmaydi.

MDH hududidagi boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham tibbiy yordam ko'rsatish sifatini baholash va sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning asosiy usullari kamroq qo'llaniladi: statistik tahlil (davlat va idoraviy statistik hisobot ko'rsatkichlari), ekspert baholash (bemorlarning tibbiy yozuvlarini tekshirish) va sotsiologik so'rov (bemorning davolanishdan qoniqishini aniqlash, xizmat ko'rsatish sifati va boshqa-lar) (Khabriev, Vorobyov, Yuriev, Nikonov, & Avsentiev, 2005).

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladigan statistik hiso-bot shakllarida saratonga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va tashkil etish uchun yetar-licha batafsil ma'lumotlar mavjud emas. Ko'rsatkichlarning aksariyati tibbiy yordam ko'rsatishning sifatini emas, balki miqdoriy jihatlarini aks ettiradi. Shu bois mavjud ko'rsatkichlarni sog'liqni saqlash tizimidagi yaqin kelajak uchun dolzarb bo'lgan muam-molarni hal qilishga yordam beradigan ko'rsatkichlar bilan to'ldirish zaruriyati pay-do bo'ldi (Khabriev, Vorobyov, Yuriev, Nikonov, & Avsentiev, 2005).

Dunyoning ko'plab mamlakatlari tizimli tahlillar asosida tibbiy yordam sifatini doi-miy ravishda yaxshilash masalasini hal qilish uchun o'z milliy dasturlarini ishlab chiqdi. Integral ko'rsatkichlar sifatini baholash va vaziyatni kuzatish uchun tegishli modellardan foydalangan holda, chuqur tahlil asosida qarorlar qabul qilish muhimdir.

Integral ko'rsatkichlarga quyidagi-lar kiradi: o'limning kasallanish darajasi-ga nisbati, saraton kasalligidan o'lim, shu-ningdek, omon qolish ko'rsatkichlari. Ushbu ko'rsatkichlar tahlili qiyosiy tahlil o'tkazish va saratonga qarshi choralar samaradorligi-ni baholash imkonini beradi (Dickman, et al., 1999).

Saratonga qarshi kurashish dasturlarini baholash uchun umum qabul qilingan turli ko'rsatkichlar mavjud. 1-jadvalda ularning

S

samaradorligini o'lchash uchun ba'zi dastur va ko'rsatkichlar keltirilgan.

1-jadval

Saraton dasturlarini baholashda qo'llaniladigan ko'rsatkichlar

Dastur Ko'rsatkichlar

Birlamchi profilaktika Kasallikning kamayishi

Skrining va erta tashxis O'limni kamaytirish

Yangi diagnostika usullari Erta tashxis qo'yish ko'rsatkichlarini yaxshilash; radikal davolash qamrovini oshirish; bir yillik o'limning qisqarishi; o'limni kamaytirish

Yangi muolajalar O'lim darajasining pasayishi; o'limni kamaytirish; omon qolishning oshishi

Dispanserizatsiya Kasallik qaytalanishini erta tashxislash; o'limni kamaytirish; omon qolishning oshishi

Onkoepidemiologik holatlarni o'rganish va tadqiq qilish bugungi kunda rivojlanib bo-rayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi kasalliklarning oldini olish, tashxis qo'yish va davolashga oid bir qator raqamli dasturiy ta'minotlar yaratilgan.

Saraton skrining vositalari (Cancer screening tools). Ko'krak yoki teri saratoni kabi saratonning ayrim turlari rivojlanish xavfi-ni baholashga yordam beradigan bir nechta raqamli dasturiy vositalar mavjud. Ushbu vo-sitalar tavsiya etilgan skrining testlari haqida ma'lumotlar taqdim etadi va foydalanuvchi-larga uchrashuvlarni rejalashtirishga yordam beradi.

Tasvirlarga ishlov berish dasturlari (Imaging software). Bunday dasturlar saraton-ni aniqlash va tashxislashda yordam berish uchun kompyuter tomografiyasi (CT - Computed Tomography), MRI (Magnetic Resonance Imaging) va mammografik tasvirlar kabi tibbiy tasvirlarni tahlil qilish uchun ish-latiladi. Tasvirlash dasturi saraton tashxisi, davolashni rejalashtirish va monitoring qi-lish uchun muhim vositadir. Bu tibbiy yordam ko'rsatuvchi provayderlarga o'smalar-ning joylashuvi, hajmi va xususiyatlari haqi-da batafsil ma'lumot olishga ko'maklashadi.

Bu esa davolashda to'g'ri qarorlar qabul qi-lishga yordam beradi.

Elektron salomatlik yozuvlari (Electronic health records (EHRs)). EHR tibbiy yordam ko'rsatuvchi provayderlarga bemorlar-ning sog'lig'i haqidagi ma'lumotlar, shu jum-ladan, saraton tashxislari, davolash usullari va natijalarini qayd etish hamda ularga kirish imkonini beruvchi raqamli dasturiy vosita-lar kiradi. EHRlar tibbiy yordam ko'rsatuvchi provayderlar o'rtasidagi aloqani tartibga sola-di va yordam ko'rsatishni muvofiqlashtiradi.

Qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash vositalari (Decision support tools). Ushbu vo-sitalar bemor ma'lumotlarini tahlil qilish va saraton kasalligini davolash bo'yicha tibbi-yot xodimlariga tavsiyalar berish uchun al-goritmlardan foydalanadi. Misol uchun, ba'zi vositalar saratonning qaytalanish ehtimolini oldindan aytib berishi va keyingi maxsus par-varish qilishni taklif qilishi mumkin.

Bemorlarni o'qitish va qo'llab-quvvatlash vositalari (Patient education and support tools). Bemorlar va ularning oila a'zolariga kasallik belgilarini nazorat qilish, dori-dar-monlar jadvalini kuzatish va qo'llab-quvvat-lash guruhlari hamda resurslari bilan bog'la-nishga yordam beradigan turli xil raqamli dasturiy vositalar mavjud.

Bugungi kunda saraton kasalligini raqam-li dasturiy vositalar yordamida davolashga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Bu bemorlar-dagi natijalarni yaxshilash imkonini oshi-radi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, ushbu vositalardan mutaxassis-shifokor maslahati va nazorati ostida foydalanish kerak (Smith, Imaging Studies for the Diagnosis of Cancer, 2021).

AQShning CDC (Centers for Disease Control and Prevention) markazi tadqiqotchi-lari tomonidan tibbiy muassasalar va ular-ning registrlari uchun ma'lumotlarni to'plash, saqlash va qayta ishlash jarayonini samarali-roq va aniqroq tashkil qilish uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqildi. CDC milliy stan-dartlarga mos keladigan bunday dasturiy mahsulotlarni sog'liqni saqlash hamjamiyati-ga bepul taqdim etadi.

05.01.04 - *ИСОБЛАШ МАШИНАЛАРИ, МАЖМУАЛАРИ ВА КОМПЬЮТЕР ТАРМОКЛАРИНИНГ МАТЕМАТИК ВА ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТИ

Mazkur markaz onkologik ma'lumotlarni to'plash bo'yicha Registry Plus NPCR (National Program of Cancer Registries) fondi tashkil et-gan. 2022-yil yanvar holatiga ko'ra, saraton re-gistrlarining 98 %dan ortig'i kamida bitta Registry Plus mahsulotidan, yarmidan ko'pi ik-ki yoki undan ortiq mahsulotdan foydalangan.

Registry Plus mahsulotlari ko'plab sara-ton registrlari orasida keng tarqalgan platfor-maga aylangan. Bu ularga elektron ma'lumot-lar almashinuvi uchun NPCR standartlariga javob berish, ro'yxatga olish operatsiyalarini tartibga solish va avtomatlashtirishga yor-dam beradi.

Registry Plus™ - bu saraton reestri ma'lu-motlarini to'plash va qayta ishlash uchun ochiq bepul dasturiy ta'minot dasturlari to'plamidir. Milliy standartlarga mos kela-digan ushbu dasturiy ta'minot dasturlari CDC tomonidan 102-515-sonli Davlat ro'y-xatidan o'tgan Saraton kasalligini ro'yxatga olish milliy dasturini (NPCR) amalga oshirish uchun taqdim etiladi.

NPCR-EDITS (Exchangeable-edits, Data-dictionary, and Information Translation Standart) vositalari ma'lumotlarning haqiqiyligini tekshirish usullarini standartlashtirish orqa-li ularning sifatini yaxshilaydi. CDC NPCRni amalga oshirish uchun NPCR-EDITS vositalari ishlab chiqildi. Ular sog'liqni saqlash hamjami-yatiga bepul tarqatish uchun taqdim etiladi va ma'lumotlarni kiritish paytida real vaqt re-jimida maydon bo'yicha tahrirlashga erishish uchun interaktiv ma'lumotlarni yig'ish tizim-lariga kiritilishi mumkin. Ulardan, shuning-dek, to'plangan ma'lumotlar uchun omma-viy tahrirlash jarayonlarida ham foydalanish mumkin (Smith, Imaging Studies for the Diagnosis of Cancer, 2021).

Ma'lumotlar xavfsizligi. NPCRga ma'lumotlarni taqdim etuvchi barcha registrlar reestr faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot ehtiyojlari-ga xos bo'lgan xavfsizlikka ega bo'lishi kerak. Bunga sog'liqni saqlash boshqarmasi, univer-sitet yoki bir nechta dasturlar uchun axbo-rot texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan muassasaning bir qismi bo'lgan registrlar ki-radi.

Saraton bosqichini aniqlash API. 2020-yildan boshlab CDC saraton kasalligini aniqlash APIni ishlab chiqish hamda qo'llab-quvvatlash uchun AJCCga topshiriladi va u AJCC Cancer Surveillance DLL deb o'zgar-tiriladi. Yangilangan AJCC relizi 2021-yilda tashxis qo'yilgan holatlardan boshlangan saraton registrlarida foydalanish uchun mo'l-jallangan. Litsenziyalangan nusxasini olish uchun ajcc@facs.org elektron manziliga mu-rojaat qilish mumkin.

CDC saraton kasalliklari bo'yicha AJCCning TNM tizimiga muvofiq, saraton kasalligini ro'yxatga olish idoralariga kasallik bosqichlari to'g'risida ma'lumotlar to'plashda yordam berish uchun dinamik havola kutub-xonasi (DLL) ko'rinishida dasturiy ta'minot yaratgan.

DLL'lar TNM va boshqa bosqichma-bos-qich ma'lumotlarning standartlashtirilgan to'plamini qo'llab-quvvatlash uchun saraton kasalligi ro'yxatga olish dasturlariga kiritilishi mumkin.

AQShning Milliy saraton instituti (National Cancer Institute - NCI) tomonidan ishlab chiqilgan ITCR dasturi - omikalar, tasvirlash va klinik ma'lumotlar, shuningdek, tarmoq biologiyasi va ma'lumotlar standartlarini tahlil qilishni qo'llab-quvvatlaydigan vosi-talarni moliyalashtiradi. Barcha vositalar aka-demik va notijorat tadqiqotchilar foydalani-shi uchun bepul. Asboblar, kod omborlari va videolariga kirish havolalar orqali berilgan.

Rossiyaning ONKOR (ОНКОР) tizimi onkologik xizmatlarni har tomonlama ax-borotlashtirish uchun mo'ljallangan saraton kasalligini kuzatish tizimi hisoblanadi.

Material va metodlar

Saraton registri muayyan aholi yoki geografik hududdagi saraton holatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdigan va saqlaydigan tizimdir. Ushbu registrning asosiy maqsadi saraton kasalligining oldi-ni olish, nazorat qilish va davolash bo'yicha harakatlarni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan populyatsiyadagi saraton kasalligi, o'lim darajasi va tendensiyalari haqida ma'lumot berishdir (Smith, Johnson,

S

& Brown, The importance of cancer registries in cancer control: a review, 2022).

Saraton registrlari, odatda, bemorning demografiyasi, o'sma xususiyatlari, davolash usullari va omon qolish natijalari to'g'risida ma'lumotlar to'playdi. Olingan ma'lumotlar markaziy ma'lumotlar bazasida saqlanadi va tahlil qilinadi (Lee, Kim, & Park, 2021).

Saraton registrlari tomonidan to'plangan ma'lumotlar turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin, jumladan:

- saraton kuzatuvi: vaqt o'tishi bilan po-pulyatsiyada saraton kasalligining tarqalishi-ni kuzatish;

- saraton tadqiqotlari: saraton sabablari, xavf omillari va samarali davolash usullarini o'rganish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- saratonga qarshi kurash: saraton kasalligining oldini olish, nazorat qilish dasturlari-ni rejalashtirish va amalga oshirish;

- saraton natijalari: saratonni davo-lash samaradorligini baholash va yaxshilash uchun yo'nalishlarni aniqlash.

Saraton registrlari sog'liqni saqlash bo'yicha tadqiqotlar olib borish va chora-tad-birlarni rejalashtirish uchun muhim vositadir (Smith, Brown, & Johnson, The Role of Cancer Registries in Cancer Research, Control, and Outcomes, 2022).

Saraton registrlarining bir necha turlari mavjud:

- Populyatsion saraton registrlari. Bu re-gistrlar tashxis qo'yilgan joy yoki bemorning yashash manzilidan qat'i nazar, ma'lum bir geografik hududdagi saratonning barcha holat-lari to'g'risida ma'lumotlar to'playdi. Populyat-sion saraton registrlar populyatsiyadagi sara-ton yuki to'g'risida keng qamrovli ma'lumotlar taqdim etadi hamda ko'pincha saraton kasal-ligini kuzatish va tadqiqotlar uchun ishlatiladi.

- Shifoxonaga asoslangan saraton registrlari. Ushbu registrlar ma'lum bir shifoxona yoki shifoxonalar guruhida tashxis qo'yilgan yoki davolangan saraton holatlari to'g'risi-da ma'lumotlar to'playdi. Shifoxonaga asos-langan registrlar ko'pincha sog'liqni saqlash tizimida saraton kasalligini davolash sifati va natijalarini kuzatish uchun ishlatiladi.

- Ixtisoslashgan saraton registrlari. Bu registrlar saratonning o'ziga xos turlari yoki populyatsiyalar to'g'risida ma'lumotlar to'p-laydi, masalan, bolalar saratoni registrlari, melanoma registrlari yoki kasbiy saraton re-gistrlari. Ixtisoslashgan registrlar ko'pincha saraton bilan bog'liq muayyan sog'liq muam-molarini kuzatish va hal qilish uchun ishlatila-di.

- O'simta registrlari. Bu registrlar o'simta namunalari, jumladan, o'simta turi, bosqichi va boshqa xarakteristikalari haqida ma'lu-motlar to'playdi. O'simta registrlari ko'pincha saraton kasalligini tadqiq qilish va uni davo-lash to'g'risida qaror qabul qilish uchun ish-latiladi.

- O'lim registrlari. Bu registrlar ma'lum bir geografik hududdagi barcha o'limlar, shu jumladan, saraton kasalligi bilan bog'liq ma'lumotlar to'playdi. O'lim registrlari sara-ton kasalligidan o'lim darajasi va tendensi-yalarini baholash uchun ishlatilishi mumkin (Percy, Fritz, & Jack, 2000).

- Populyatsion saraton registri (PSR) - bu shahar, viloyat yoki mamlakat kabi ma'lum bir geografik hududdagi saraton holatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdigan va saqlaydigan tizimdir. Uning asosiy maqsadi saraton kasalligining oldini olish, nazorat qi-lish va davolash bo'yicha harakatlarni bosh-qarish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan po-pulyatsiyadagi saraton kasalligi, o'lim darajasi va tendensiyalari haqida ma'lumot berishdir.

PSR, odatda, tashxis qo'yilgan joy yoki be-morning yashash manzilidan qat'i nazar, o'z ichiga qamrab olgan populyatsiyada tashxis qo'yilgan saratonning barcha holatlari to'g'risi-da ma'lumotlar to'playdi. Bu bemorning de-mografiyasi, o'sma xususiyatlari, davolash usullari va omon qolish natijalari haqidagi ma'lu-motlarni o'z ichiga oladi. PSR, shuningdek, sara-ton xavfi omillari va boshqa tegishli sog'liq ho-latlari haqida ham ma'lumot to'plashi mumkin.

O'zbekiston Respublikasida PSR yaratish-dan asosiy maqsad xavfli o'sma (XO') bilan kasallangan bemorlarni muntazam monitoring qilish, shuningdek, XO'ning yangi aniqlan-gan holatlarini qayd etish, amalga oshirilgan

05.01.04 - *ИСОБЛАШ МАШИНАЛАРИ, МАЖМУАЛАРИ ВА КОМПЬЮТЕР ТАРМОКЛАРИНИНГ МАТЕМАТИК ВА ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТИ

davolash hamda dispanserizatsiya to'g'risida-gi ma'lumotlarni saqlashdir.

Shuningdek, PSR vazifalariga quyidagilar kiradi:

- XO' holatlarini ro'yxatga olish va yangila-rini qo'shish, davolash to'g'risidagi ma'lumot-lar - davolash standartlari va protokollariga to'g'ri rioya qilish, to'g'ri tashxis qo'yish va tibbiy ko'rik; kiritilgan ma'lumotlar sifatini nazorat qilish;

- mavjud ma'lumotlarni turli hisobotlarni tuzish bilan o'rganish va tahlil qilish;

- Sog'liqni saqlash vazirligiga keyinchalik taqdim etiladigan davlat statistik ma'lumotla-rini shakllantirish uchun PSRda ma'lumotlar-ni umumlashtirish;

- onkologiya xizmatining yillik tahliliy statistik to'plamlarini shakllantirish;

- respublikada onkologik yordamni yax-shilash uchun zarur bo'lgan ilmiy, epidemio-logik va davlat tadqiqot dasturlarini amalga oshirish;

- PSRda mavjud kasallik tarixi ma'lumot-larini himoya qilish va saqlash;

- xalqaro ilmiy tadqiqotlarni olib borish imkoniyatini yaratish.

O'zbekiston Respublikasida PSRning aso-siy qismini tuman/shahar tibbiyot birlashma-lari (TTB/ShTB) tuman onkologlari kabinet-lari tashkil etadi. Onkologning tuman bo'li-midan XO' holatlari bo'yicha shaxsiy ma'lu-motlar RIOvaRIATM (Respublika ixtiso-slashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi)ning hududiy bo'lim (filial)lariga yuboriladi.

RIOvaRIATMning filiallarida kanser-re-gistr bo'limlari faoliyat yuritadi. Respublika miqyosida PSR, o'z navbatida, RIOvaRIATM qoshidagi Saraton profilaktikasi markazi tarkibiga kiruvchi saraton kasalliklari regis-tri bo'limi hisoblanadi. Ushbu bo'lim hududiy saraton kasalliklarini ro'yxatga olish idoralari faoliyatini monitoring qiladi, hisobotlar tu-zadi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi; onkologik xizmatlar holatini baholaydi; viloyatlar va bu-tun respublika bo'yicha saratonga qarshi tad-birlarni rejalashtiradi; onkologik kasalliklarni baholaydi hamda har bir hududdagi epide-miologik vaziyat, qimmat dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar sotib olishni rejalashtirish, tibbiyot xodimlari uchun onkologik kasalliklarni ro'yxatga olish va shu bo'yicha xalqaro talablar asosida munta-zam o'quv seminarlari o'tkazish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Tadqiqot natijalari

Ma'lumotlar bazasi (MB) "Team Cancer DB" deb nomlanib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № BGU 00596-son bilan ro'yxatga olingan. Unda 50 dan ortiq jadvallar mavjud bo'lib, muntazam izchillik-da oshib bormoqda. Ushbu jadvallar ma'lum tartib asosida bosh va yordamchi jadvallar-ga bo'lingan. Buning asosiy sababi tizimga bemorlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish-ni 4 bo'limga bo'lishdir: shaxsiy ma'lumot-lar, tashxis ma'lumotlari, davolash haqi-dagi ma'lumotlar hamda dispanserizatsiya (1-rasm).

Patients

Id int

Name varchar

DiagnoseLast int

TreatmentLast int

CliiiicalExaminationLast int

Diagnoses

Id int

Patientld varchar

TreatmentLast int

CiinicalExaininations

Id int

Patientld varchar

Treatments

Id int

Patientld varchar

Diagnosld int

1-rasm. Bosh jadvallar maydonlari orasidagi munosabat

22

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

S

Shaxsiy ma'lumotlarni kiritish bo'limida Bemorlarning shaxsiy ma'lumotlari 8 ta umumiy 15 ta maydon bo'lib, 5 ta maydon yordamchi jadvallar tomonidan to'ldiriladi qo'lda kiritiladi, 10 ta maydon esa tanlanadi. (2-rasm).

2-rasm. Bemorlar jadvalini yordamchi jadvallar bilan to'ldirish holati

Tashxis ma'lumotlarini kiritish bo'limida qo'lda kiritiladi. Bemorlarga qo'yilgan tashxis umumiy 33 ta maydon bo'lib, 27 ta maydon tan- ma'lumotlari kiritiladigan jadval 16 ta yordam-lanadi va IGK tadqiqotlarga tegishli maydonlar chi jadvallar tomonidan to'ldiriladi (3-rasm).

3-rasm. Tashxislar jadvalini yordamchi jadvallar bilan to'ldirish holati

Davolash ma'lumotlarini kiritish bo'limi- ni davolash ma'lumotlari kiritiladigan jadval da umumiy 10 ta maydon bo'lib, bittasi qo'lda 7 ta yordamchi jadvallar yordamida to'ldirila-kiritiladi va to'qqiztasi tanlanadi. Bemorlar- di (4-rasm).

4-rasm. Davolashlar jadvalini yordamchi jadvallar bilan to'ldirish holati

PRINT ISSN 2181-9637 ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ

ONLINE ISSN 2181-4317 НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ 1 23 I

4/2023 SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

05.01.04 - ХИСОБЛАШ МАШИНАЛАРИ, МАЖМУАЛАРИ ВА КОМПЬЮТЕР ТАРМОКЛАРИНИНГ МАТЕМАТИК ВА ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТИ

Dispanserizatsiya ma'lumotlarini kiritish bo'limida umumiy 10 ta maydon bo'lib, bar-chasi tanlanadi. Bemorlarning dispanserizat-

siya ma'lumotlari kiritiladigan jadval 10 ta yordamchi jadvallar tomonidan to'ldiriladi (5-rasm).

Deregistrations ^H FactChecks ^H CauseAggravations ^H TerritoryOrganization

OrganizationTransfer E ClinicalExaminations 1 ICD-10 ONE

DistantMetastasis

ICD-10 FOUR

ICD-10 THREE ^B ICD-10 TWO

5-rasm. Dispanserizatsiya jadvalini yordamchi jadvallar bilan to'ldirish holati

Mazkur tadqiqot negizida ishlab chiqilgan PSRda 5 ta asosiy bo'lim bor (6-rasm):

- bemorlar;

- hisobotlar;

- 7-forma;

- ma'lumotlar;

- ma'muriy boshqaruv.

Tadqiqot negizida yechilgan masalalardan biri - bu birlamchi ko'p o'sma masalasi bo'lib, faqatgina bemor asosiy obyekt bo'lmasdan, agar uning 2 ta tana a'zosida kasallik aniqlan-sa, har bir kasallik uchun alohida davolanish-ni hisobga olish ishlari bajariladi.

Bemorlar bo'limidan "Dispanserizatsiya" tugmasi orqali bemorlarni munta-zam tekshiruvdan o'tkazish ma'lumotlari to'ldiriladi. Bemorlar har 3 oyda qayta tekshiruvdan o'tishlari lozim. Hisobotlar bo'limiga kiritilgan ma'lumotlar asosida statistik ma'lumotlar olish hamda talabga qarab istalgan hisobot formasini hosil qi-lish mumkin. Ma'lumotlar bo'limiga tizim foydalanuvchilarining savodxonligini oshi-rish uchun ma'lumotlar joylashtirilgan va bu bo'lim ham muntazam yangilab boril-moqda.

■fcTccu

O Home О Bemorlar

Barcha | Bemorlar 1

Andijon

® f Bemorlar

Barcha | Tashxis 0

Barcha | Davolash 0

Barcha | Tekshiruv 0

0 Ma'lumotlar +

Ma'murty boshqaruv ♦ Biz bilan aloqa Qishloqda yashaydi Erkaklar 1 nafa» Ayollar Onofar 1 ■ On,,, 0

Farg'ona

fx Bemorlar

Tashxis

Tashxis

6-rasm. Dasturiy majmuaning asosiy oynasi

Tadqiqot natijalari tahlili

Raqamli dasturiy mahsulot yordamida onkoepidemiologik vaziyatni nazorat qilish-da ma'lumotlar bazasini loyihalash eng ustu-

vor vazifalardan hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida bitta bemorning birinchi marta ma'lumotlari kiritilish davrida 70 ga yaqin maydonlar to'ldiriladi va bu bemor haqida

24

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 4 / 2023

S

to'plangan shakllardagi ma'lumotlariga asos-lanadi. Quyidagilardan ma'lumotlar manbayi sifatida foydalaniladi:

- ambulator bemorning tibbiy karta-si (Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 31-dekabrdagi 363-son buyrug'i bilan tas-diqlangan № 025 forma);

- statsionar bemorning tibbiy kartasi;

- xavfli o'smalar bilan kasallangan statsionar bemorning tibbiy kartasidan ko'chir-ma (Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 31-dekabrdagi 363-son buyrug'i bilan tas-diqlangan № 027-1/y forma);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- yangi tashxis qo'yilgan xavfli o'sma kasalligi to'g'risida xabarnoma (Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 31-dekabr-dagi 363-son buyrug'i bilan tasdiqlangan № 090/y forma);

- bemorga xavfli o'sma kasalligining rivoj-langan shakli tashxisi qo'yilgan vaqtdagi bayonnoma (Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 31-dekabrdagi 363-son buyrug'i bilan tasdiqlangan № 027-2/y forma);

- dispanser kuzatuvining nazorat kartasi (onko) (Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 31-dekabrdagi 363-son buyrug'i bilan tasdiqlangan № 030/y-onko forma);

- o'lim to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma (№ 109 forma).

Ushbu ma'lumotlar tizim uchun kerak-li barcha ma'lumotlarni bermaydi. Shu bois axborotlar kiritishni yagona shaklga kelti-rishning yangi turi ishlab chiqilmoqda hamda taklif uchun tayyorlanmoqda.

Tizimni yaratishga sa'y-harakatlar 2009-va 2012-yillarda amalga oshirilgan va maz-kur ishlab chiqilayotgan tizim ulardan ma'lumotlar bazasi tuzilmasi, zamonaviy vosita-lardan foydalanilayotgani hamda jahon tajri-basidan kelib chiqib, talabga to'la javob beri-shi bilan ajralib turadi.

Xulosalar

Xalqaro talablarga muvofiq, XO' kasal-ligining barcha holatlarini to'g'ri va har to-monlama hisobga olishni faqat populyat-sion saraton registrini ishlab chiqish hamda to'g'ri tashkil etish bilangina hal qilish mum-kin.

Populyatsion saraton registrlarining statistik hisobotlardan asosiy ajralib turadi-gan xususiyati XO' bilan kasallangan har bir bemor haqida batafsil ma'lumotlarning bor-ligidir. Bunday ma'lumotlarning mavjudligi ikkita muhim afzallikni o'z ichiga oladi: ular-ni kuzatish jarayonida bemorlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'ldirish va tuzatish imkoni-yati (bu esa, o'z navbatida, kiritilgan ma'lumotlar sifatini yaxshilaydi); bemorlarning holatini uzoq vaqt kuzatib borish imkoniyati va omon qolish to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi.

O'zbekistonda saratonga qarshi tad-birlarni rejalashtirish, shuningdek, onko-logik bemorlarning saraton kasalligidan omon qolishini tahlil qilish mamlakatda xalqaro standartlarga muvofiq populyatsion saraton registri tashkil etilgandan so'nggina mumkin bo'ladi. Ushbu tadqiqot doirasida O'zbekiston Respublikasida aholi punktlari-da saraton kasalliklarini ro'yxatga olish me-todologiyasini ishlab chiqish bo'yicha ishlar olib borildi.

Mazkur tadqiqot ishida raqamli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish usullarini tizimli tahlil qilish, raqamli dasturiy ta'minot ishlab chiqishning hozirgi holati va uni yaratish usullarining afzallik va kamchiliklari ko'rib chiqildi.

Onkologik kasalliklarda raqamli dasturiy mahsulot ishlab chiqish usullari tizimli tahlil qilindi, kamchilik va yutuqlari o'rganildi.

Shuningdek, tadqiqotda saraton holatlarini kuzatish va tahlil qilish hamda sog'liqni saqlash xizmatlari uchun resurslarni taqsim-lashda PSRning muhimligi ta'kidlangan. Ishlab chiqilgan PSRga ro'yxatga olish dasturi saratonni kuzatish va saraton tadqiqotlarini yaxshilash uchun qimmatli vosita bo'lib, das-turdan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar uni samarali qo'llashga yordam beradi.

Minnatdorchilik. Mazkur tadqiqot ishini FZ-202010191-sonli amaliy loyiha doirasida qo'llab-quvvatlayotgan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Inno-vatsion rivojlanish agentligiga o'z minnat-dorchiligimizni bildiramiz.

PRINT ISSN 2181-9637 ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ

ONLINE ISSN 2181-4317 НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ

4 / 2023 SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

REFERENCES

1. Averkin, Y., Antonenkova, N., Veyalkin, I. V., & Zalutsky, I. (2007). Formation and development of the system of mandatory registration of new cases of malignant neoplasms in Belarus as the basis for organizing anti-cancer control. Oncology journal, 74-81.

2. Babu, G., Samari, G., Cohen, S., Mahapatra, T., Wahbe, R., Mermash, S., & Galal, O. (2016). Breast Cancer Screening Among Females in Iran and Recommendations for Improved Practice: a review. Asian Pacific Journal of Cancer Prevention, 12(7), 1685-1691.

3. Bray, F., Colombet, M., Mery, L., Pinners, M., Znaor, A., Zanetti, R., & Ferlay, J. (2021). Cancer Incidence in Five Continents (IARC).

4. Bray, F., Znaor, A., Cueva, P., Korir, A., Swaminathan, R., Ullrich, A., & Parkin, D. (2014). Planning and Developing Population-Based Cancer Registration in Low- or Middle-Income Settings. Lyon.

5. Dickman, P., Hakulinen, T., Luostarinen, T., Pukkala, E., Sankila, R., Soderman, B., & Teppo, L. (1999). Survival of cancer patients in Finland 1955-1994. Acta Oncol, 1-10.

6. Khabriev, R., Vorobyov, P., Yuriev, A., Nikonov, E., & Avsentiev, M. (2005). Indicators of the quality of medical care (regional level). Problems of Standardization in Health Care, 54-63.

7. Lee, S., Kim, J., & Park, S. (2021). Cancer registries: data collection, storage and analysis. Journal of Cancer Research and Clinical Oncology, 2849-2856.

8. Percy, C., Fritz, A., & Jack, A. (2000). International classification of diseases for oncology. World Health Organization, Geneva.

9. Polyakov, S., Levin, L., Shebeko, N. G., & Kirchinko, T. (2006). Automated information processing system of the Belarusian Cancer Registry: technological instruction for the formation of the database of the Belarusian Cancer Registry. Минск.

10. Smith, J. (2021). Imaging Studies for the Diagnosis of Cancer. Journal of Medical Imaging, 55-60.

11. Smith, J., Brown, K., & Johnson, M. (2022). The Role of Cancer Registries in Cancer Research, Control, and Outcomes. Cancer Control, 1-7.

12. Smith, J., Johnson, L., & Brown, K. (2022). The importance of cancer registries in cancer control: a review. Journal of Cancer Control, 12-23.

13. Tillyashaikhov, M., Ibragimov, S., & Janklich, S. (2021). The state of oncological care for the population of the Republic of Uzbekistan in 2020. Tashkent: Uzbekistan.

Taqrizchi: Fozilov Sh.X., t.f.d., professor, Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ITI bosh ilmiy xodimi.

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 4 / 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.