Научная статья на тему 'RAQAMLI AKTIVLAR TUSHUNCHASI VA KLASSIFIKATSIYASI'

RAQAMLI AKTIVLAR TUSHUNCHASI VA KLASSIFIKATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli aktiv / blokcheyn / kriptovalyuta / bitkoin / token / virtual valyuta / onlayn akkaunt / digital asset / blockchain / cryptocurrency / bitcoin / token / virtual currency / online account

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gʻulommamatova Parvina Akbarali Qizi

Raqamli iqtisodiyot hayotimizda mustahkam oʻrin olgan. Fuqarolik muomalasida odatiy moddiy narsalar bilan bir qatorda raqamli, yaʼni mohiyatan virtual aktivlar paydo boʻldi. Bu kriptovalyutalar, tokenlar, ijtimoiy media hisoblari va boshqa raqamli obʼektlar koʻrinishida hayotimizga kirib keldi. Maqolada raqamli aktivning fuqarolik huquqi obʼekti sifatidagi tushunchasi va raqamli aktivlarning turlari koʻrib chiqiladi.Raqamli aktivlarning keng tarqalishi va ularning iqtisodiyotdagi oʻrni tobora oshib borayotgan bir paytda, ushbu maqola raqamli aktivlarni toʻgʻri tushunish va ular bilan bogʻliq huquqiy masalalarni samarali hal etishda yordam beruvchi asosiy maʼlumotlarni taqdim etadi. Raqamli aktivlarni yanada chuqurroq oʻrganish va tushunish, ularning qonuniy asoslarini ishlab chiqish va tartibga solish, shuningdek, raqamli aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan turli xil iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“THE CONCEPT AND CLASSIFICATION OF DIGITAL ASSETS”

The digital economy has firmly established itself in our lives. Alongside typical physical objects in civil transactions, digital, essentially virtual assets have emerged. These include cryptocurrencies, tokens, social media accounts, and other digital objects that have entered our lives. This article examines the concept of a digital asset as an object of civil law and the types of digital assets.As digital assets become more widespread and their role in the economy continues to grow, this article provides essential information that helps in properly understanding digital assets and effectively resolving legal issues associated with them. A deeper exploration and understanding of digital assets, developing legal foundations, and regulating them, as well as addressing various economic and social issues related to digital assets, serve as important steps in this process.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI AKTIVLAR TUSHUNCHASI VA KLASSIFIKATSIYASI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

RAQAMLI AKTIVLAR TUSHUNCHASI VA KLASSIFIKATSIYASI

G'ulommamatova Parvina Akbarali qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti Tel:+998990329271 gulommamatova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11243251

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15-May 2024 yil Nashr qilindi: 22-May 2024 yil

KEY WORDS

raqamli aktiv, blokcheyn, kriptovalyuta, bitkoin, token, virtual valyuta, onlayn akkaunt

Raqamli iqtisodiyot hayotimizda mustahkam o'rin olgan. Fuqarolik muomalasida odatiy moddiy narsalar bilan bir qatorda raqamli, ya'ni mohiyatan virtual aktivlar paydo bo'ldi. Bu kriptovalyutalar, tokenlar, ijtimoiy media hisoblari va boshqa raqamli ob'ektlar ko'rinishida hayotimizga kirib keldi. Maqolada raqamli aktivning fuqarolik huquqi ob'ekti sifatidagi tushunchasi va raqamli aktivlarning turlari ko'rib chiqiladi.

Raqamli aktivlarning keng tarqalishi va ularning iqtisodiyotdagi o'rni tobora oshib borayotgan bir paytda, ushbu maqola raqamli aktivlarni to'g'ri tushunish va ular bilan bog'liq huquqiy masalalarni samarali hal etishda yordam beruvchi asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi. Raqamli aktivlarniyanada chuqurroq o'rganish va tushunish, ularning qonuniy asoslarini ishlab chiqish va tartibga solish, shuningdek, raqamli aktivlar bilan bog'liq bo'lgan turli xil iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi. "THE CONCEPT AND CLASSIFICATION OF DIGITAL ASSETS" Gulommamatova Parvina Akbarali qizi Master's student at Tashkent State University of Law +998990329271 gulommamatova@gmail.com Abstract. The digital economy has firmly established itself in our lives. Alongside typical physical objects in civil transactions, digital, essentially virtual assets have emerged. These include cryptocurrencies, tokens, social media accounts, and other digital objects that have entered our lives. This article examines the concept of a digital asset as an object of civil law and the types of digital assets.

As digital assets become more widespread and their role in the economy continues to grow, this article provides essential information that helps in properly understanding digital assets and effectively resolving legal issues associated with them. A deeper exploration and understanding of

digital assets, developing legal foundations,

g

and regulating them, as well as addressing various economic and social issues related to digital assets, serve as important steps in this process.

Keywords: digital asset, blockchain, cryptocurrency, bitcoin, token, virtual currency, online account

Raqamli aktiv - real moliyaviy qiymatga ega bo'lgan va yagona identifikator ko'rinishida taqsimlangan reyestrda aylanadigan fuqarolik muomalasining faqat raqamli shaklda mavjud bo'lgan virtual obyekti. Huquqiy tabiatiga ko'ra raqamli aktiv axborot resurslari bilan bog'liq, chunki raqamli shaklda taqdim etilgan fuqarolik muomalasi obyekti axborot resursining quyidagi asosiy xususiyatlariga ega, masalan:

a) ma'lum parametrlar va toifalar bo'yicha tuzilgan;

b) raqamli tashuvchida yozilgan;

c) saqlanishi, o'tkazislishi, almashtirilishi, ishlatilishi mumkin.

Kelajakda raqamli aktivlar yanada rivojlanishi va yangi turdagi iqtisodiyotning asosiy qismlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Ular bilan bog'liq huquqiy va texnik masalalar yechimi, shuningdek, ularning qo'llanilish sohalarining kengayishi iqtisodiyotning turli sektorlarida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, raqamli aktivlar naqd pulsiz mablag'larga shubhasiz o'xshashliklarga ega: raqamli aktivlar bir shaxsdan boshqasiga o'tkazilishi mumkin; nomoddiy mulk bo'lib, ular vaqt o'tishi bilan o'z xususiyatlarini yo'qotmaydi; qismlarda, transhlarda foydalanish mumkin; turli raqamli aktivlar muomalada o'ziga xos tarzda ifodalanadi (ularning nomlari, logotiplari, o'z dasturiy ta'minoti mavjud)1. Binobarin, raqamli aktivlar rasmiy ravishda va iqtisodiy ma'noda to'lov vositasiga tenglashtirilishi mumkin va bundan tashqari, nomoddiy shakli tufayli naqd bo'lmagan mablag'larga juda o'xshashdir.

Kriptoaktivlar uchun beshta umumiy xususiyat mavjud:

(a) nomoddiylik; (b) kriptografik autentifikatsiya; (v) taqsimlangan tranzaksiya kitobidan foydalanish; g) markazlashmaganlik; va (d) konsensus orqali boshqarish2.

Raqamli aktivlarni tartibga solish uchun fuqarolik qonunchiligidan foydalanish, hatto kelgusidagi islohotlarni hisobga olgan holda, tarqoq bo'lib qolmoqda hamda yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyaci jadal rivojlanish va integratsiyani hisobga olgan holda ham, uning asosida raqamli moliyaviy aktivlarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish amaliyoti amalga oshirishda, raqamli moliyaviy aktivlar bajarishi mumkin bo'lgan barcha funksiyalarni hisobga olmaydi.3

Bugungi kunda raqamli aktivlar turlari juda ko'p va xilma-xil. Ular o'z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Kriptovalyutalar (masalan, Bitcoin, Ethereum va boshqalar) - raqamli pul birliklari bo'lib, ularning asosiy xususiyati shifrlash texnologiyalari orqali ta'minlanadi. Kriptovalyutalar transaktsiyalarni amalga oshirishda va mablag'lar saqlanishida yuqori darajada xavfsizlik va shaffoflikni ta'minlaydi.

1 Lorens D. V. Sifrovbie prava v sfere nedvijimosti: yuridicheskaya priroda i sposobbi za^itbi // Rossiyskaya yustitsiya. 2020. N 2. S. 30-34.

2 Harvey D. J. Digital Property Revisited //Available at SSRN 3585485.

3 Sindeliani I.A.Pravovaya https://urfac.ru/?p=2157

priroda sifrovbix finansovbix

■ 2020. aktivov:

chastnopravovoy aspekt.- URL://

2. Aksiyalar, obligatsiyalar va korporativ ulushlar - raqamli aktivlar shaklida mavjud bo'lgan, korporatsiyalarning ustav kapitalidagi ulushlar sifatida savdo qilinishi mumkin. Bunday aktivlar investitsiyalarni jalb qilish va korporativ moliya bozorlarini yanada moslashuvchan va samarali qilish uchun ishlatiladi.

3. Tokenlar - moliyalashtirishni jalb qilish maqsadida yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan emissiya qilingan raqamli moliyaviy aktivlardir. Tokenlar turli loyihalarni qo'llab-quvvatlash yoki loyihalardan manfaat olish uchun ishlatilishi mumkin.

4. Intellektual mulk obyektlari- bu turga musiqa asarlari, san'at asarlari, kitoblar kabi ijodiy mahsulotlar kiradi. Raqamli shaklda ularning mualliflik huquqlari yanada samarali boshqarilishi va foydalanilishi mumkin.

5. Fotosuratlar- raqamli fotosuratlar, ularning sifati va kirish imkoniyatlari tufayli, turli xil maqsadlarda, jumladan, reklama va marketingda keng qo'llaniladi.

6. Elektron sug'urta polislari - sug'urta xizmatlarini raqamli shaklda taqdim etish, mijozlarga qulayliklar yaratish va operatsion samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

7. Smart-kontraktlar - axborot qiymatiga ega bo'lgan mustaqil huquqiy obyektlardir. Ular shartnomalar va kelishuvlarning avtomatlashtirilgan, ishonchli va xatosiz bajarilishini ta'minlaydi.

8. Shaxsiy ma'lumotlar - raqamli aktiv sifatida shaxsiy ma'lumotlar ham qimmatli bo'lib, ularning boshqarilishi va himoyalanganligi juda muhimdir.

9. Bonus ballari va boshqalar- turli xil bonus dasturlarining raqamli aktivlari, mijozlarni jalb qilish va saqlab qolishda muhim rol o'ynaydi.

Quyida ulardan eng keng tarqalgan raqamli aktivlarni ko'rib chiqamiz.

1. Kriptovalyuta. Bu virtual valyutaning bir turi bo'lib, uning ichki hisob birliklarini hisoblash markazlashtirilmagan to'lov tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda kriptovalyuta dunyoda hech qanday bank nazorati organi tomonidan tartibga solinmaydi va emitent markaziga ega emas. Foydalanuvchilarning o'zlari kod yaratadilar va kompyuterlarning hisoblash quvvatidan foydalangan holda shartli cheklangan resurs chiqaradilar. Kriptovalyutani mustaqil ravishda olish yoki ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchalarida (kriptovalyuta birjalari) sotib olish mumkin .4 Kriptovalyuta qalbakilashtirish va takrorlashdan himoyalangan bo'lib, uning miqdori va emissiyasi qat'iy cheklangan, masalan, hozirgi kundagi eng yirik kriptovalyuta hisoblangan Bitcoin (BTC) ning maksimal miqdori 21 millionta coin etib belgilangan (ya'ni, 21 milliondan ortiq BTC hech qachon bo'lmaydi).

Fuqarolik muomalasidagi kriptovalyutalardan (virtual valyutalar) foydalanish imkoniyati blokcheyn texnologiyasini yaratish va tarqatish tufayli yuzaga keldi. Blokcheyn - bu ma'lum bir aktivga nisbatan amalga oshiriladigan barcha tasdiqlangan operatsiyalarning markazlashtirilmagan ma'lumotlar bazasi bo'lib, uning ishlashi kriptografik algoritmlarga asoslangan. Ushbu texnologiyaning afzalliklari tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, axborotni qayta ishlashni tezlashtirish, moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish va iste'molchilarning imkoniyatlarini kengaytirishni o'z ichiga oladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, kriptovalyutalar jamiyat uchun aniq xavflarni o'z ichiga oladi. Tranzaksiyalarning anonimligi jinoyatchilarga muomalada cheklangan yoki muomaladan

4 Kuznetsov Yu. V. Kriptoaktivbi kak dokumentarnbie sennbie bumagi // Zakon. 2018. N 9. S. 42-43

chiqarib tashlangan obyektlar: qurollar, giyohvand moddalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Yaponiyada kriptovalyuta nafaqat elektron shakldagi mulk, balki to'lov vositasi ham bo'lib, ushbu mamlakatda jozibador investitsiya muhitini yaratish imkonini beradi.5

2. Tokenlar. Huquqiy ta'limotda token raqamli aktivning bir turi sifatida qaraladi va quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

1) fuqarolik huquqlari ob'ektiga bo'lgan huquqni sertifikatlash

2) blokcheyn yoki boshqa tarqatilgan axborot tizimida mavjudlik.

O'z mohiyatiga ko'ra, token mulkiy huquqlarni qayd etishning raqamli usulidir.6 Tokenlar ularning bajaradigan funksiyalarga qarab dasturiy, to'lov, kredit, investitsion tokenlar va boshqa ob'ektlarga bo'lgan huquqlarni mustahkamlovchi tokenlar kabi guruhlarga bo'linadi. Birinchi tur - bu faqat kompyuter tizimi ichida harakat qilish huquqini beruvchi virtual birliliklardir (dasturiy mahsulotlar yaratish, ularni o'zgartirish, tizimdan foydalanish huquqlari). Ikkinchi tur tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to'lov vositasi sifatida ishlatiladi (masalan, Bitcoin, Ethereum kabi to'lov tizimlari tokenlari). Uchinchi tur mablag'larni yoki narsalarni qaytarish huquqini mustahkamlash uchun ishlatiladi. To'rtinchi tur haqiqiy mablag'lar yoki virtual valyutalarni biznes loyihalarga investitsiya qilish operatsiyalarini aks ettiradi. Beshinchi tur esa egasining ishlar, xizmatlar, mol-mulk (harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan), qimmatli qog'ozlar, ustav kapitalidagi ulush, boshqa ob'ektlar bo'yicha huquqlarini aks ettiradi.

Token orqali fuqarolik muomalasidagi raqamli obyektning narxi kodlanadi. Tokenni mahsulot sifatida ishlatib, tizim foydalanuvchilari blokcheyn tizimida raqamli hisob birligi sifatida kriptovalyutadan foydalangan holda to'lovlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.7

Bundan tashqari, token raqamli valyuta sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Bunday holda, u kriptovalyuta tokeni, ya'ni boshqa raqamli ob'ektlarga almashtirilishi yoki xizmatlar ko'rsatilishi mumkin bo'lgan to'lov vositasi sifatida yoki haqiqatda ma'lum bir mahsulotni taqdim etish, ishlarni bajarish uchun to'lash uchun (tranzaksiya orqali) foydalaniladi. O'zining oxirgi ma'nosida token allaqachon taqdim etilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun pul majburiyatini bajarish funksiyasini amalga oshiradi yoki ularni olish huquqini beradi.

3. Raqamli aktivlarga kompyuterda, saqlash qurilmasida yoki veb-saytda joylashgan har qanday fayl hamda har qanday onlayn akkaunt yoki obuna kirishi mumkin.

"Akkaunt" tushunchasi ichki qonunchilikda mustahkamlanmagan, ammo uning huquqiy tabiati bo'yicha quyidagi pozitsiyalar mavjud: ma'lumotlar bazasi, ijtimoiy tarmoq egasining serveridagi yozuv ijtimoiy tarmoq tashkilotchisi bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar. Oddiy foydalanuvchilar nuqtayi nazaridan, hisob - bu ma'lum bir elektron tizim ichida foydalanuvchi tomonidan yaratilgan akkauntdir.8

Akkuntlar qonun chiqaruvchi tomonidan fuqarolik huquqi ob'ekti toifasi sifatida kiritilmagan va mavjud bo'lganlardan biri sifatida tasniflanmagan bo'lsa-da, mazmuniga ko'ra,

5 Popondopulo V. F. Pravovbie form w sifrovbix otnosheniy // Yurist. 2019. № 6. S. 33

6 Vasilevskaya L. Yu. Token kak novwy obyekt grajdanskix prav: problemw yuridicheskoy kvalifikatsii sifrovogo prava // Aktualnwe problemw rossiyskogo prava. 2019. N 5. S. 18-21.

7 Lapteva A. M. Pravovoy rejim tokenov // Grajdanskoye pravo. 2019. N 2. S. 15-17.

8 Kirsanova Ye. Ye. Akkaunt kak obyekt grajdanskix prav // Vestnik arbitrajnoy praktiki. 2020. N 2. S. 39-42.

hisob "mulk" tushunchasiga to'liq mos keladi va mulk bo'lishi mumkin fuqarolik huquqining obyekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari, hisobni fuqarolik-huquqiy munosabatlarning mustaqil ob'ekti yoki mulkiy kompleksning ajralmas qismi deb hisoblaydigan sud amaliyoti mavjud. Shunday qilib, Instagram ijtimoiy tarmog'idagi akkauntlar, shuningdek, VKontakte-dagi shaxsiy sahifalar yagona obyekt sifatida biznes oldi-sotdi shartnomasi predmetining tarkibiy qismlari sifatida ko'rib chiqilishi mumkin.9 Huquqni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan, akkauntni bir necha darajalarda ko'rib chiqish mumkin:

— birinchidan, akkaunt - bu odatiy muallif, odatda qandaydir axborot platformasi foydalanuvchisi - ijtimoiy tarmoqning ijodkorligi natijasida yaratilgan nomoddiy ob'ekt, bu ko'p jihatdan uni natijalar toifasiga yaqinlashtiradigan intellektual faoliyat. Bundan tashqari, akkauntga va intellektual mulkning boshqa ob'ektlariga nisbatan, mutlaq huquqlarni o'tkazish uchun litsenziya shartnomalaridan foydalanish keng tarqalgan bo'lishi mumkin. Ko'p jihatdan akkaunt ma'lumotlar bazasiga o'xshaydi, unda ma'lum miqdordagi ma'lumotlar to'planadi, uning har bir elementi butunlay mustaqildir;

— ikkinchidan, akkauntdan axborot platformasi yoki aloqa vositasi sifatida foydalanish mumkin;

— uchinchidan, akkauntning o'zi fuqarolik huquqlari obyektlari nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladigan, ayirboshlanadigan tovar bo'lishi mumkin. Amalda, bir qator parametrlar tufayli tijorat qiymatiga ega bo'lgan akkauntlarni sotish bo'yicha takliflar tobora ko'payib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi 3832-sonli "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, "kriptografik usullardan foydalangan holda yaratilgan va taqsimlangan reyestrda qayd etilgan raqamli birliklar ko'rinishidagi raqamli moliyaviy aktivlar" deb kripto-aktivlar huquqiy jihatdan tan olingan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O'zbekistonda kriptoaktivlarni tartibga soluvchi organ sifatida tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O'zbekistondagi kriptoaktivlarning huquqiy holatini yanada aniqlashtiruvchi qator me'yoriy hujjatlarni qabul qildi.

Xususan, O'zbekistonda faoliyat yurituvchi kriptobirjalarga qo'yiladigan talablarni belgilab beruvchi kripto-birja savdosi qoidalarini ishlab chiqdi.

O'zbekistonda kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish uchun talablarni belgilab beruvchi kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomni qabul qildi. Unga ko'ra 2023-yil 1-yanvardan boshlab faqat litsenziyaga ega kriptovalyuta firmalariga O'zbekiston fuqarolariga kriptovalyuta savdosi xizmatlarini ko'rsatishga ruxsat berildi.

Ammo shuni ta'kidlab o'tish joizki, kriptoaktivlar hozirda O'zbekistonda qonuniy to'lov vositasi hisoblanmaydi va ular soliq yoki boshqa davlat qarzlarini to'lash uchun ishlatilmaydi. Biroq, ular tovar va xizmatlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin, shuningdek, foyda olish uchun birjalarda sotilishi mumkin.

9 Postanovleniye Trinadsatogo arbitrajnogo apellyatsionnogo suda ot 17.01.2018 N 13AP-30540/2017 po delu N A21-6695/2017 // SPS "KonsultantPlyus".

O'zbekiston qonunchiligida raqamli aktivlarning fuqarolik muomalasi amalda hech qanday tarzda tartibga solinmagan. Fikrimizcha, samarali elektron fuqarolik muomalasini ta'minlash maqsadida Fuqarolik kodeksidagi bitimlar ta'rifiga elektron shaklda amalga oshiriladigan bitimlarni kiritish zarur. Elektron shaklda bitimlar tuzish imkoniyatini mustahkamlash uchun yangi bitim shakllarini (masalan, elektron shakldagi bitim) belgilash, raqamli taklif va qabul mazmuniga va shakliga qo'yiladigan talablar, shunday shartnomalar uchun namunaviy shartlarni o'rnatish talab etiladi.10

Yangi tartibga solish muhiti raqamli iqtisodiyotda tadbirkorlik sub'yektlarini himoya qilishni ta'minlaydigan yagona raqamli muhitni shakllantirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'lishi kerak.

References:

1. Lorens D. V. Sifrovbie prava v sfere nedvijimosti: yuridicheskaya priroda i sposobbi zam,itbi // Rossiyskaya yustitsiya. 2020. N 2. S. 30-34.

2. Harvey D. J. Digital Property Revisited //Available at SSRN 3585485. - 2020.

3. Kuznetsov Yu. V. Kriptoaktivbi kak dokumentarnbie sennbie bumagi // Zakon. 2018. N 9. S. 42-43

4. Vasilevskaya L. Yu. Token kak novbiy obyekt grajdanskix prav: problembi yuridicheskoy kvalifikatsii sifrovogo prava // Aktualnbie problembi rossiyskogo prava. 2019. N 5. S. 18-21.

5. Lapteva A. M. Pravovoy rejim tokenov // Grajdanskoye pravo. 2019. N 2. S. 15-17.

6. Kirsanova Ye. Ye. Akkaunt kak obyekt grajdanskix prav // Vestnik arbitrajnoy praktiki. 2020. N 2. S. 39-42.

7. Postanovleniye Trinadsatogo arbitrajnogo apellyatsionnogo suda ot 17.01.2018 N 13AP-30540/2017 po delu N A21-6695/2017 // SPS "KonsultantPlyus".

8. Arnautov D. R., Yeroxina M. G. Sifrovbie aktivbi v sisteme rossiyskogo prava // Rossiyskiy yuridicheskiy jurnal. 2019. N 4. S. 22-25

9. Popondopulo V. F. Pravovbie formbi sifrovbix otnosheniy // Yurist. 2019. № 6. S. 33

10. Sindeliani I.A.Pravovaya priroda sifrovbix finansovbix aktivov: chastnopravovoy aspekt.- URL:// https://urfac.ru/?p=2157

10 Arnautov D. R., Yeroxina M. G. Sifrovbie aktivbi v sisteme rossiyskogo prava // Rossiyskiy yuridicheskiy jurnal. 2019. N 4. S. 22-25

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.