Научная статья на тему 'РАБОТА С ГРАФИЧЕСКИМИ ОБЪЕКТАМИ НА КОМПЬЮТЕРЕ'

РАБОТА С ГРАФИЧЕСКИМИ ОБЪЕКТАМИ НА КОМПЬЮТЕРЕ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
197
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
КОМПЬЮТЕРНАЯ ГРАФИКА / ИЗОБРАЖЕНИЕ / АНИМАЦИЯ / ГРАФИКА / РАСТРОВАЯ ГРАФИКА / ВЕКТОРНАЯ ГРАФИКА / ФРАКТАЛЬНАЯ ГРАФИКА

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Норова Фазилат Файзуллоевна, Жалолова Нозима Фарходовна

В статье приведена информация о работе с графическими объектами на компьютере.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РАБОТА С ГРАФИЧЕСКИМИ ОБЪЕКТАМИ НА КОМПЬЮТЕРЕ»

Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)

ISSN 2223-4047

Т Е Х Н И Ч Е С К И Е

НАУКИ

УДК 894.35.1.

Ф. Ф. Норова, Н. Ф. Жалолова РАБОТА С ГРАФИЧЕСКИМИ ОБЪЕКТАМИ НА КОМПЬЮТЕРЕ

В статье приведена информация о работе с графическими объектами на компьютере.

Ключевые слова: компьютерная графика, изображение, анимация, графика, растровая графика, векторная графика, фрактальная графика.

Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o'z ichida mujassamlashtirib, bunda od-diy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko'zda tutiladi. Kompyuter grafikasi keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir,ya'ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo ' nalishlardan biri bo'lib bormoqda. Hozirda bu yo'nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug'ullanmoqda.

Operatsion tizimning barcha grafik ob'yektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo'l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o'zida xam xosil qilish mumkin. Buning uchun grafik mux-arrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.

Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob'ektlar va fayllarda bo'lgan nografik ob'ektlar o'rtasida bog'lanish o'rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan.

Maxsus kompyuter dasturlari xuddi bir varaq oq qog'ozga qalam yoki ruchka bilan xar xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya'ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlan-tirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar hisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Hech qaysi zamonaviy mulptimedia dasturi komppyuter grafikasisiz bo'lmaydi. Ommaviy foydalanish uchun dasturlar yaratuvchi dasturchi mutaxassislarning 90% gacha ish vaqti grafika bilan ishlashga ketadi. Redaksiya va nashriyotda asosiy mehnat sarfini grafik dasturlar bilan badiiy va bezash ishlari tashkil etadi. Grafik dasturlarning keng foydalanishga ehiyoj Internetning rivojlanishi, eng avvalo millionlab alohida "sahifa"larni yagona to'rga birlashtiruvchi WWW xizmati bilan bog'liq ravishda sezilarli dara-jada oshdi. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan

© Норова Ф.Ф., Жалолова Н.Ф., 2019.

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)

shug'ullanadigan mutaxxasislar, Internet sahifalarini yaratish, o'qitish jarayoni uchun va boshqa soxalarda muxim rol o'ynamoqda. Uning ayniqsa, matbaa sohasida qo'llanilishi keyingi paytlarda rang - barang suratli adabiyotlar, o'quv qo'llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo'lishiga yuksak bezak texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o'ziga jalb qiluvchi videoroliklar, internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasav-vur qilish qiyin bo'lib qoldi. Kompyuter grafikasi jahonda yangi fondamental fan hisoblanib, iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlab berishda o'ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir

Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi: rastrli grafika, vektorli grafika, fraktal grafika. Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko'rsatish mumkin: tijoratga oid; namoyishlarga oid; injenerlikka oid; ilmiy; ko'rgazmaviy; animatsion; Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko'rinish-larda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va muhim joylarda shartli belgili izohlar bilan ta'min-lanadi.

Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namo-yish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko'rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to'plami va ko'rinishini tezda o'zgartirish mumkin.

Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashti-rishda keng qo'llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o'z ichiga oladi.

Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo'llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo'ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko'zga ko'rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo'nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada -xullas qamrovi katta bo'lgan, tez kecha-digan jarayonlarni o'rganishda keng qo'llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagra-mmalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda ishlatilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Polvonov F. Farg'ona "Informatika" 2002 yil

НОРОВА ФАЗИЛАТ ФАЙЗУЛЛОЕВНА - преподаватель, кафедра информационных технологий, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

ЖАЛОЛОВА НОЗИМА ФАРХОДОВНА - студентка, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.