Научная статья на тему '“Qushlarning skelet tuzilishi va ularning uchishga moslashuvi”'

“Qushlarning skelet tuzilishi va ularning uchishga moslashuvi” Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
17
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Ключевые слова
O`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Kariyeva Dilnoza Utkirovna

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni qushlarning ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish sistemasi va sezgi organlarining murakkab tuzilish haqida umumiy tushuncha berish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“Qushlarning skelet tuzilishi va ularning uchishga moslashuvi”»

Toshkent shahar Olmazor tumanida 111-sonli umumiy o>ta taMim maktabning Kimyo-biologiya o'qituvchisi Kariyeva Dilnoza Utkirovnaning 7 sinflar uchun bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi.

Mavzu: "Qushlarning skelet tuzilishi va ularning uchishga

moslashuvi."

L.......

REANDPUB.COM

Mavzu: "Qushlarning skelet tuzilishi va ularning uchishga

moslashuvi." Dars rejasi:

1. Qushlarning tashqi tuzilishi.

2. Qushlarning skelet va muskullarning tuzilishi.

3.Qushlarning uchishga moslanishi.

Darsning talimiy maqsadi: Oquvchilarni qushlarning ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish sistemasi va sezgi organlarining murakkab tuzilish haqida umumiy tushuncha berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Oquvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Oquvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, olgan bilim va konikmalarini hayotga tadbiq eta olish konikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: "Qushlarning ichki tuzilishi" hol preparati, ichki organlari tasviri tushirilgan jadvallar.

Dars texnologiyasi: Hamkorlikda oqitish.

Dars usuli: Kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum. Aqliy hujum, bahs munozara klaster usullari.

Dars turi: Aralash

Dars jihozi:plakat, vidioproyektir,doska ,bor.ko'rgazmali qurollar.

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetentsiya va Milliy va umummadaniy kompetentsiya

Fanga doir kompetensiyalar: Ozini ozi rivojlantirish kompetentsiya. Biologik ob'ekt, hodisalar,jarayonlarni tushuntirish, tanish, izohlash kompetensiyasi. Sog'lom turmush tarsi va ekologik kompetensiya.

I. Darsning tashkiliy qismi (5 daqiqa) l.Salomlashish

2.Xonani darsga tayyorgarligi

3.Davomatni aniqlash

4.O' quvchilar diqqatini to'la jalb etish

II.O^tilgan mavzuni takroklash : (10 daqiqa)

III.Yangi mavzuni bayon qilish: (10 dqqiqa)

L.......ь

RKANDPUB.COM

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 15 daqiqa)

V. Baholash va uyga vazifani berish. (5 daqiqa)

Il.O^tilgan mavzuni takroklash : Uyga vazifani tekshirish, tekroklash va baholash.

I kichik guruh uchun savollar:

1.Qushlarning qaysi belgilari ularning uchishga moslashganligini bildiradi?

2.Qushlar qaysi belgilarining tuzilishi bilah sudralib yuruvchilarga o'xshab ketadi?

II kichik guruh uchun savollar:

1. Qushlar patlarining xillari?

2. Qushlardagi dumg'aza bezi qanday vazifani bajaradi?

III kichik guruh uchun savollar:

5.Qushlar skeletidagi uchishga moslashish belgilari?

6.Qushlar umurtqasida qaysi bo'limlari harakatchan birikkan?

IV kichik guruh uchun savollar:

7.Qushlarning qanotini ko'taruvchi muskul nomi? S.Qushlar skeletida qaysi suyak qayiqqa o'xshab ketadi?

V kichik guruh uchun savollar:

9.Qushlarda qanotini tushuruvchi muskul?

10.Qushlar qanotini qanday suyaklardan tashkil topgan?

VI kichik guruh uchun savollar:

11.Faqat qushlargagina xos bo' lgan suyak?

12.Qushlar tumshugining tuzilishi nimaga bogliq?'

VII kichik guruh uchun savollar:

13.Qushlar tanasi qanday bo'limlardan tuzilgan?

14.Nima uchun qushlar tanasini qimirlatmasdan turib ham oziq cho'qiy oladi?

91-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi:

1 — bosh, 2 — bo'yin, 3 — qanot, 4 — dum, 5 — ustki tumshuq, 6 — ostki tumshuq, 7 — til, 8 — burun teshigi, 9 — quloq teshigi, 10 — barmoqlar, 11 — ilik.

92-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi:

1 yelka suyagi, 2 — bilak suyagi, 3 — panja suyaklari, 4 — muskullar, 5 — birinchi tartib

qoqisb patlari, 6 — ikkinchi tartib qoqish patlari.

A. B. C.

93-rasm. Qush patining tuziiishi:

A — kontur pat, B — kontur qopiag'ich pat, D — par; 1 — qalam uchi, 2 — birinchi va ikkinchi tartib o'siqchalar, 3 — o'zak. Yangi mavzuni bayon qilish:

SKELETI VA MUSKULLARINING TUZIUSHI

Skeleti. Qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlaridan iborat (94-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Chunki ular suyaklarining ichida havo bo'lganligi tufayli juda yengil bo'Iadi. Ucholmaydigan va suvda yashaydigan qushlarning suyagi og'ir bo'Iadi. Bir qancha suyaklar qo'shilib o'sganligi sababli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo'Iadi.Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko'z kosasi, yuqori va pastki jag'laridan iborat. Jag'lari muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan, tishlar

m

94-rasm. Kaptar skeleti:

I — bosh, 2 — ustki tumshuq, 3 — ostki tumshuq, 4 — bo'yin umurtqalari, 5 — yelka, 6 — ko'krak umurtqalari, 7 — o'mrov, 8 — ko'krak tirgak, 9 — to'sh, 10 — to'sh toji,

II — boldir, 12 ~ son, 13 — tovon, 7-/ — oyoq panja, 15 — barmoqlar, 16 — chanoq,

1 7— qanot panjasi, 18— bilak, 7P — qovurg'alar, 20— dum umurtqalari.

bo'lmaydi. Bosh skeleti suyaklaridan faqat pastki jag' harakatchan bo'ladi. Bir-biri bilan harakatsiz qo'shilib ketgan bosh suyaklari don cho'qiyotgan qushning tumshug'iga tayanch bo'la oladi. Umurtqa

pog'onasining bo'yin bo'limi uzun, egarga o'xshash umurtqalardan tashkil topgan. Shuning uchun qushlarning bo'yni harakatchan bo'ladi. Qush boshini orqaga 180° ga burushi? tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cho'qilashi mumkin.

Ko'krak umurtqalari deyarli harakatsiz birikkan. Harakatsiz birikkan bel va dumg'aza umurtqalari esa o'zaro qo'shilib, yaxlit dum suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo'ladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak bo'limi qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birga

RHANDPUB.COM

ko'krak qafasini hosil qiladi. To'sh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiqqa o'xshash to'sh toji (cho'qmor) ni hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar birikkan. Qovurg'a suyaklarining bir uchi ko'krak umurtqalari, ikkinchi uchi to'sh suyagi bilan harakatchan qo'shilgan.Qanotlar kamari uch juft: ko'krak tirgak, kurak va o'mrov suyaklaridan iborat. O'mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qushlaming qanoti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlaming qanotida faqat uchta barmoq bo'ladi, bu bilan ular suvda ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning bcsh barmoqli oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi bir necha mayda panja suyaklar qo'shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Bannoqlar sonining kamayishi va mayda suyaklarining qo'shilishi tufayli panja suyagi mustahkam bo'ladi. Qushlar uchganida eng ko'p og'irlik ana shu suyakka tushadi.

Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Bu suyaklar umurtqa pog'onasining bel va dumg'aza bo'limlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz qo'shilib ketgan. Chanoq suyagining yon tomonida joylashgan chuqurchaga son suyagining bir uchi kirib turadi.

Qushlaming oyoq skeleti yo'g'on son, ingichkaroq va uzunroq ikkita boldir, hamda tovon (ilik) va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo'lib, u bir necha mayda suyakning birikishidan hosil bo'ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yer yuzasidan dast ko'tarilib turishiga va qo'nayotgan qushning tanasiga beriladigan zarbani kamaytirishga imkon beradi.

Muskullari. Bir juft katta ko'krak muskuli uchayotgan qushlar tanasidagi eng yirik muskullar hisoblanadi. Bu muskullarning massasi boshqa hamma muskullar massasiga teng keladi. Ko'krak muskullari yelka suyagiga kelib tutashadi. Tojning kengaygan yuzasi ana shu eng kuchli muskullarning birikadigan joyi hisoblanadi. Katta ko'krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. Bu muskullarning ostida joylashgan birmuncha kuchsiz o'mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko'tariladi.

Oyoq muskullari ham yaxslii rivojlangan. Ular qushlarni yerda harakatlanishiga yordam beradi. Qushlaming oyoq bo'g'imlari orqali paylar o'tgan. Paylarning uchi barmoqlargacha yetib borgan. Qush shohga qo'nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o'tirishi va yiqilib tushmasdan uxlayverishi mumkin. Qovurg'alarga va ularning o'simtalariga birikadigan qovurg'alararo muskullar qisqarganida ko'krak qafasining hajmi kengayib qushlar nafas oladi.

Qushlar boshining harakatlanishi, ya'ni burilishi, ko'tarilishi va tushirilishi bir nechta mayda bo'yin muskullarining qisqarishi bilan bog'liq.

IV. Mustahkamlash Yangi mavzuni mustaxkamlash uchun mavzuga doir savol javob o'tkaziladi.

1. Skelet tuzilishining qaysi xususiyatlari qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog'liq?

2. Bosh skeleti qanday suyaklardan iborat?

3. Qaysi suyaklar ko'krak qafasini hosil qiladi?

4. Qanotlar skeleti qanday suyaklardan iborat?

5. Oyoq skeleti qanday suyaklardan iborat?

6. Qushlarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?

Ki I* I

Viktarini savollari.

1. Tasqaraning tirnoqlari? (kuchsiz)

2. Kalxatning dumi? (ayri)

3. Kolumbiyada qancha qush turi bor? (1700ta)

4. Qanotsiz qush? (kivi)

5. Dunyodagi eng mitti qush? (kalibri)

6. Qaysi qushlar uchmaydi? (pingvin, tuyaqush) qushlar ham ekinlarning zararkunandalari va

kata foyda keltiradi. Yoz davomida bitta yapaloq qush 1000ga yaqin kalamush va sichqon yeydi. Shuning uchun hashoratx muhofaza qilish, ularni dala va bog 'larga jalb etish zarur.

7(íW

7. 2000 xil sayraydigan qush? (bulbul)

8. Begona inga tuxum qo'yuvchi qush? (kakku)

9. Atlas ko'ylak qanoti, xushhabarchi odati? (zag 'zg'on)

10.Eng qadimgi qush? (arxeoptriks)

"Biologik diktant

1. Donxor qushlarda yegan ozig'i................................eziladi.

2. Qushlar........................da oziq vaqtincha saqlanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Qushlar organizmida moddalar almashinuvi jadal bolganligi sababli tez..............

4. Havo xaltachalari.........................vazifasini ham bajaradi.

5. Qushlar yuragi........................bo'lganligi sababli issiqqonli hayvonlardir.

6. Qushlar arterial va venoz qonlari bir-biri bilan..................................

7. Qushlarning ..............., ................... va ...............sezgi organlari yaxshi

rivojlangan.

8. Qushlarda..............................sezgisi sust rivojlangan.

V. O'quvchilarni baholash.Oqvchilarga ortadan test topshiriqlari beriladi. Hamda ulardan og'zaki so'raldi, Baholangan oquvchilarning baholari elon qilinadi.

VI. Uyga vazifa: $ 42 o'qish, konspekt. Savollarga javob.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.