QUROLLI KUCHLARDA HARBIY-TEXNIKAVIY SALOHIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI
Baxridinov Zafar Sharofiddinovich
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qurolli Kuchlarda harbiy-texnikaviy salohiyatini takomillashtirishning roli va ahamiyati xususida fikrlar keltirilgan. Harbiy qism va bo'linmalarning jangovar qobiliyatini real oshirish, qo'shinlar jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligi keng doirada tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: harbiy-texnika, jangovar qobiliyat, salohiyat, ma'naviy-ma'rifiy, mudofaa sanoati, takomillashtirish.
Аннотaция: В этой статье рассматриваются вопросы, касающиеся роли и значения совершенствования военно-технического потенциала Вооруженных сил. Реальное повышение боеспособности воинских частей и подразделений, боевая и духовно-просветительская подготовка войск анализировались в широком диапазоне.
Ключевые слова: военная техника, боеспособность, потенциал, духовно-просветительская, оборонная промышленность, совершенствование.
Abstract: This article discusses issues related to the role and importance of improving the military-technical potential of the Armed Forces. The real increase in the combat capability of military units and subunits, combat and spiritual and educational training of troops were analyzed in a wide range.
Keywords: military equipment, combat capability, potential, spiritual and educational, defense industry, improvement.
Hozirgi kunda shiddat bilan o'zgarib borayotgan tahlikali vaziyatning, globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi o'zgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar ko'lami tobora kengayib bormoqda. Buning oqibatida jahondagi vaziyat murakkablashib, tanglik o'choqlarining global miqyosda keskinlashuviga hamda yangilari paydo bo'lishiga olib keladi. Shunday bir globallashuv sharoitlarida harbiy xavfsizlikni ta'minlashda Qurolli Kuchlarning harbiy-texnikaviy salohiyatini takomillashtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimizning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq, mamlakat mudofaasini tashkil etish hamda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatining huquqiy mezonlarini ishlab chiqish masalalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni sifatida jiddiy ahamiyat qaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini tashkil etish bo'yicha bir necha me'yoriy hujjatlarni imzolandi. Ulardan birinchilar qatorida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Qurolli Kuchlar Bosh shtabining yaratilishi to'g'risida"gi qarorining imzolanishidir. Ularning maqsadlari bosqichma-bosqich professional armiyani yaratish, tarkibi bo'yicha kam sonli, ixcham, biroq harakatchan, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog' bilan jihozlangan, O'zbekiston xavfsizligini mustaqil va ishonchli himoya etishga qodir armiyani yaratish edi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi "Mudofaa doktrinasi to'g'risida" 458-son qonunini qabul qilinishi davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar bo'yicha qat'iy pozitsiyasini ifoda etadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, tinchlik davrida Qurolli Kuchlar O'zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlaydi, xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf qilish vositalaridan biri hisoblanadi, urush davrida esa Qurolli Kuchlar davlat xavfsizligi va suverenitetini himoya qilish vazifalarini to'la bajarishga qodir. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo'shinlarida harbiy xizmatchilarning kasbiy mahorati, harbiy qism va bo'linmalarning jangovar qobiliyatini real oshirish, qo'shinlar jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini tashkillashtirish tizimini takomillashtirish borasida muntazam ishlar olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo'mondonining shaxsan tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borilayotgan harbiy sohadagi islohotlar doirasida milliy mudofaa sanoati kompleksi yaratildi, va davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish, hamda mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini olib borishga mas'ul bo'lgan davlat organi - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo'mitasi tuzildi. Mazkur qo'mita tomonidan 2021 yilning noyabrida mahalliy dizayndagi "Qalqon" yengil zirhlangan avtomobillarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Ko'p maqsadli yengil zirhlangan "QALQON" avtomobili 8 nafar shaxsiy tarkibni olib yurish imkoniyatiga ega. U shaxsiy tarkibni tashish va yaradorlarni evakuatsiya qilish bilan birga yuk tashish, razvedka va shaharlarni (aholi yashash punktlari) xavfsizligini ta'minlash bo'yicha maxsus operatsiyalarda qo'llanilishi mumkin. Umuman olganda, "QALQON" ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishga jalb qilingan ekipaj (kuch va vositalarni) ishonchli himoyasini ta'minlaydi.
O'zbekiston mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar buyurtmasiga muvofiq mamlakatimizning maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi korxonalaridan biri "KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR" MCHJ bilan hamkorlikda "Tarlon" yengil zirhlangan avtomobilini ham ishlab chiqarmoqda.
Mazkur avtomobil Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan bo'lib, zamonaviy talablarga javob beradigan kuch tuzilmalari vazirlik va idoralarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qo'shinlar sinovidan o'tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida "Tarlon"ning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshirilib, yurish va turli to'siqlardan o'tish qobiliyati respublikamiznining tog'-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o'tkazilmoqda.
Barcha g'ildiraklari yetakchi bo'lgan ushbu yo'ltanlamas 285 ot kuchiga ega bo'lib, 10 nafargacha kishini sig'diradi, zirhli po'latdan tayyorlangan himoya sinfi SNG GOST (4 Br) va NATO Stanag (3+ daraja) xalqaro standartlariga javob beradi. Bir martalik zahira yoqilg'i bilan 700 km gacha masofani bosib o'ta oladi
Mashina kolonnalar, sanitar tashishlarni qo'riqlash va ularga hamrohlik qilish, muhandislik, radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka olib borish, o't ochishni qo' llab-quvvatlashga mo' lj allangan.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan zamonaviy bosqichdagi islohotlar harbiy mutaxassislarning tayyorgarlik sifatlarini oshirish dolzarbligiga, ularga qat'iy talablarning qo'yilishiga hamda harbiy xizmatchilarning amaliy tayyorgarliklariga e'tibor berish bilan tavsiflanadi. Harbiy ta'lim muassasalari o'quv-moddiy bazasini takomillashtirish, kursant va tinglovchilarda harbiy texnikalarning, shu jumladan yengil zirhli avtomobillarning texnik tavsifi, tuzilishi, ularni boshqarish tartibi bo'yicha zaruriy amaliy tajriba va ko'nikmalarni shakllantirishda kompyuter trenajyorlari va trenajyor vositalaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
Trenajyor - ob'ektni(kema, samolyot, zirhli harbiy texnika kabilarni) turli sharoitda boshqarish bo'yicha shaxsiy tarkib ko'nikmasi va mahoratini shakllantirish uchun mo'ljallangan o'quv-mashq qurilmasi.
Harbiy trenajyor harbiy texnikani boshqarish va jangovar qo'llash jarayonida kuzatiladigan, mashina va qurilmalarning statik va dinamik xususiyatlarini, ko'zga ko'rinadigan vaziyatni va o'zga jismoniy omillarni(shovqin, tebranish, zo'riqish kabilarni) asl holatidek aks ettiradi. Vazifasi va rususmiga ko'ra trenajyorlar: avtomobil trenajyori; tank trenajyori; aviatsiya trenajyori;
kosmik trenajyor kabi trenajyorlarga farq qiladi. Trenajyorlardan foydalanish natijasida:
harbiy texnikani o'zlashtirish muddati qisqaradi;
ta'limot narxini tushirishga erishiladi;
shaxsiy tarkibning jangovar ta'limot samarasi oshadi.
O'quv mashg'ulotlarida trenajyor vositalarini qo'llagan holda, olingan qobiliyatlarning ijobiy ta'siri, o'quv mashg'ulotlarida dala sharoitida o'qiyotgan kursant va tinglovchilar tomonidan amaliy mashqlarni o'rganish uchun zamonga mos ravishda o'tkaziladi, ya'ni olingan malakalar, mashqlar sonining ko'payishi, vaziyatni boshqarish vazifalari, amalga oshirilgan faoliyat va shunga o'xshash ko'nikmalarni egallashni osonlashtiradi va kuchaytiradi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, bugungi kunda har qanday armiyaning jangovar shayligi nafaqat uning zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan butlanganligi, balki shaxsiy tarkibning ayni o'sha zamonaviy harbiy texnikalarni boshqarishni qay darajada o'zlashtirganligi hamda jangovar sharoitlarda uni mohirlik bilan boshqara olishiga ham bevosita bog'liq.
Trenajyorlardan foydalangan holda amaliy mashg'ulotlar olib borishda pedagog-o'qituvchilar ijodiy va intellektual jihatdan yuqori darajalarda dars berishlari, mutaxassislarni kasbiy mahorat va malakasini hamda amaliy ish tajriba va qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganing 32 yilligi munosabati bilan "Vatan himoyachilariga bayram tabrigi" Vatanparvar gazetasi 14 yanvar 2024 yil.
2. Psixologik-pedagogik atamalar izohli lug'ati. - T.: O'R Qurolli Kuchlari Akademiyasi, 2019 y. -116 b.
3. V.M. Tarasov, Zamonaviy trenajyorlarni qo'llash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar. Novosibirsk, 2003. - 8 s.
4. Z.Sh.Dolimov, Harbiy atamalarning qisqacha izohli lug'ati. T-2007. 232-233
b.