Научная статья на тему 'QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHDA SANOAT CHIQINDILARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHDA SANOAT CHIQINDILARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
193
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Sanoat / qurilish / portandsement / sanoat chiqindilari / xom-ashyo / qorishmalar / texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muxtasar Karimova, Muhayyo Yoldasheva

Annotatsiya: Mazkur maqolaning mazmuni, sanoat chiqindilari, portlandtsement va superplastifikatordan foydalanib olingan to’lg’azuvchi qorishmalarning tarkibini optimallashtirish, strukturasining shakllanishini, xususiyatlarini va samaradorligini tadqiq etishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHDA SANOAT CHIQINDILARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHDA SANOAT CHIQINDILARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Muxtasar Karimova

Fargona Politexnika Instituti assisent)

Muhayyo Yo4dasheva Fargona Politexnika Instituti talaba) E-mail: yoldashevamuhayyo99@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolaning mazmuni, sanoat chiqindilari, portlandtsement va superplastifikatordan foydalanib olingan to'lg'azuvchi qorishmalarning tarkibini optimallashtirish, strukturasining shakllanishini, xususiyatlarini va samaradorligini tadqiq etishdan iborat.

Kalit so 'zlar: Sanoat, qurilish, portandsement, sanoat chiqindilari, xom-ashyo, qorishmalar, texnologiya.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7672464

Аннотация: Содержание данной статьи заключается в оптимизации содержания заправочных смесей с использованием промышленных отходов, портландцемента и суперпластификатора, изучении образования, характеристик и эффективности структуры.

Abstract: The content of this article is to optimize the contents offilling mixtures using industrial waste, portlandtsement and superplastifier, to study the formation, characteristics and effectiveness of the structure.

Ключевые слова: Промышленность, строительство, портирование, промышленные отходы, сырье, консистенция, технология.

Keywords: Industry, construction, porting, industrial waste, raw materials, consistency, technology.

Kirish

Bunda turli sanoat tarmoqlarida yuzaga keladigan chiqindilarni qo'llab olingan to'lg'azuvchi qorishmalarning tarkibi va xossalari tahlil qilingan, qorishmalarni olishda xomashyo bazasini kengaytirish va tog' qazish sanoati (bo'sh tog' jinslari asosidagi qum, marmarni qayta ishlash chiqindisi), èqilg'i-energetika sanoati (issiqlik elektrostantsiyasi uchuvchan kuli), mis eritish sanoati (mis eritish toshqoli) chiqindilarini qayta ishlatish muammolarini hal qilish, hamda to'lg'azuvchi qorishmalar samaradorligi va plastikligini oshirish usullari keltirilgan. To'lg'azuvchi qorishmalarni ishlab chiqarish holatining tahlili shuni ko'rsatdiki, an'anaviy kaltsiyli bog'lovchilarni, shu bilan birga portlandtsementni ishlatish, zaruriy talablarga to'liq javob beruvchi to'lg'azuvchi qorishmalarni ishlab chiqarish imkonini bermaydi. Qorishmalarni fizik-mexanik xususiyatlarini oshirish bo'yicha tavsiya etilgan usullar, bog'lovchilarni ko'p

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

miqdorda sarflash, tabiiy resurslarni va texnologik usullarni ishlatish bilan bog'liq bo'lib, qo'shimcha mehnat xarajati va energiya sarfini talab etadi. SHuning uchun materialshunos olimlar va mutaxassislar tomonidan tog' bo'shliqlarini to'ldirish uchun ishlatiladigan to'lg'azuvchi qorishmalarni ishlab chiqarish sohasida xarajatlarni qisqartirish va mahsulot sifatini oshirish maqsadida mahalliy xomashelar va turli sanoat chiqindilarini ishlatishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar ko'lami tobora ortib bormoqda.

Ko'p komponentli to'lg'azuvchi qorishma boshlang'ich xomashe materiallarining tavsiflari, tanlab olingan eksperimental tadqiqotlarning usullari va cuperplastifikator qo'llab to'lg'azuvchi qorishmalarning xossalarini va texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha mahlumotlar keltirilgan. Boshlang'ich xomashe materiallari sifatida tadqiqotlarda bo'sh tog' jinslari va marmarni qayta ishlash chiqindisi asosidagi qum, mis eritish toshqoli, uchuvchan-kul, portlandtsement va superplastifikator «FREM C-3» ishlatildi. Boshlang'ich xomashe materiallarining xossalarini o'rganish natijasida shular aniqlandiki: Yangi Angren IES elektrofilg'tr kullari mayin dispers material bo'lib, solishtirma yuzasi 4500 sm2 /g ni tashkil etdi. Mis eritish toshqoli mineralogik jihatdan turli aktivlikka ega bo'lgan kvarts, kalg'tsit, gidroslyuda, kvartsitdan tashkil topgan. Marmarni qayta ishlash chiqindisi 11 qum sifatida ishlatilib, mineralogik jihatdan kvarts, kalg'tsit, pirit, xlorit, alg'bit, gidroslyuda va dolomitdan tashkil topgan. Bo'sh tog' jinslarini maydalab olingan qumning yiriklik moduli My=3,3-3,5 ni tashkil etdi. Tadqiqot ishlarida Bekobod tsement zavodida ishlab chiqarilgan 400 markali portlandtsement ishlatildi. Kimeviy qo'shimcha superplastifikator - «FREM C-3»to'lg'azuvchi qorishmaning plastikligini va mustahkamligini oshirish, suv-tsement nisbatini kamaytirish xossalarini berdi. «FREM S-3» superplastifikatorining suvda eruvchanligi, bu qo'shimcha makromolekulalarining portlandtsement, kul va toshqol zarralariga adsorbtsiyalanishini yaxshiladi. Dissertatsiya ishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib tadqiqotlarning usullari asoslangan ravishda tanlab olindi. Eksperimental tadqiqotlarda standartlashtirilgan usullar bilan bir qatorda zamonaviy fizik-kimeviy tahlil qilish usullaridan ham foydalanildi. Xususan, to'lg'azuvchi qorishmaning strukturasini o'rganishda infraqizil-spektroskopiya va elektron-mikroskop tahlilidan foydalanildi. Bunda yangi avlod uskunalari qatoriga kiruvchi SHIMADZU firmasining IRAffinity-1 rusumli spektrofotometri va OXFORD INSTRUMENTS firmasining EVO MA10 Carl Zeiss rusumli elektron skanirlovchi mikroskopi qo'llanildi. Bundan tashqari tadqiqotlarda to'lg'azuvchi qorishmaning tarkibini optimallashtirish uchun eksperimentlarni rejalashtirishning matematik usulidan ham foydalanildi.

TSement asosidagi to'lg'azuvchi qorishmalarning kamchiliklarini bartaraf etishda «tsement-kulli» va «tsement-toshqolli» bog'lovchilarning imkoniyatlari ochiladi. Bu bog'lovchilarning gidratatsiya mahsulotlari portlandtsementning gidratatsiya mahsulotlaridan farqlanadi. Portlandtsement va uchuvchan kulning (faol mineral qo'shimcha), mis eritish toshqoli, bo'sh tog' jinslari va marmarni qayta ishlash chiqindisi asosidagi qumning hamda kimeviy qo'shimchaning qorishma tarkibida o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keluvchi strukturaning shakllanishini tadqiq etish yuqorida keltirilgan tadqiqot usullari erdamida amalga oshirildi. TSement, «tsement-kul-superplastifikator» va «tsement-toshqol-superplastifikator» bog'lovchi kompozitsiyalar asosidagi to'lg'azuvchi qorishmalarda strukturaning shakllanish

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

jaraènini aniqlash uchun, havoning nisbiy namligi 95% bo'lgan 200S haroratda 28 sutka davomida normal qotish sharoitida saqlangan namunalar tadqiq etildi hamda rentgen-fazali tahlil o'tkazildi.

Kontrol va optimal tarkibli 28 sutka davomida qotgan to'lg'azuvchi qorishma namunalarning infraqizil-spektroskopiya tahlillari o'tkazildi va ularning asosiy mineral tashkil etuvchilari aniqlandi. Qotgan to'lg'azuvchi qorishma namunalari gidratatsiya jaraènining tugallanmaganligi va sarflangan kul va gidratlanmagan tsement klinkerining tsementlanuvchi modda tashkil etuvchi bo'lgan qotish mahsulotlarining o'zgarmaydigan komponentlari bilan farqlanadi. Kontrol va optimal tarkibli qotgan (28 sut.) to'lg'azuvchi qorishma namunalarning differentsial-termik tahlillari o'tkazildi, 60-900 0S harorat ko'lamida endotermik va ekzotermik effektlar ta'sirida qorishma tarkibidagi minerallarning o'zini tutishi va yangi minerallarning yuzaga kelishi aniqlandi.

Kontrol va optimal tarkibli namunalarning qizdirish ta'sirida o'zini tutishi ularning tarkibi, mahsulotlarning olinish usuli, kiritilgan komponentlarning tabiatiga va namunalarning tayèrlanish sharoitiga bog'liq degan xulosaga kelindi. Termik turg'unlikning ortib borishi quyidagini tashkil etdi: kontrol (17,16 %), «tsement-kul-superplastifikator»dan iborat bo'lgan namuna (16,52 %), «tsement-toshqol-superplastifikator»dan iborat bo'lgan namuna (11,44 %). TSement-kulli to'lg'azuvchi qorishmalarning qotishi kalbtsiy oksidi, angidritning gidratatsiyasi va ko'rsatib o'tilgan mahsulotlarning ishqoriy muhitda gidrolizlanuvchi kul shishalari hamda amorflangan gilli moddalar bilan o'zaro ta'siri asosida tushuntiriladi. Kontrol va optimal tarkibli qotgan to'lg'azuvchi qorishma namunalarning rentgen-fazali, infraqizil-spektroskopiya va differentsial-termik tahlillari natijalaridan shu narsa aniqlandiki, optimal tarkibdagi olingan namunalar kontrol namunalarga nisbatan afzalroq, chunki optimal tarkibda ko'proq miqdorda kvarts, kalbtsit minerallari mavjud bo'lib, boshlang'ich qotish vaqtida ettringit minerali, hamda portlandit, kalbtsiyli gidrosilikat va to'rt kalbtsiyli monokarbonat gidroalyuminat kabi gidratatsiya mahsulotlari yuzaga keldi. Bu yangi yuzaga kelgan minerallar to'lg'azuvchi qorishmaning mustahkamligini oshishini va umrboqiyligini ta'minladi. «TSement-kul-superplastifikator» tarkibli qorishmada bog'langan suvning miqdori 28 sutkali qotish davrida 16,5% ni tashkil etdi. Natijada kul qorishmada gidratatsiya jaraènini sekinlashtirdi, hamda «klinker fondi»ni yuzaga kelishiga olib keldi, qorishmaning keyingi qotish davrida gidratatsiya jaraènini davom etishini ta'minladi. Vaqt bo'yicha bog'lovchilarni gidratatsiyasida asosiy komponentlarning o'zaro ta'siri sababli, to'lg'azuvchi qorishmaning mustahkamligi ortib borishi aniqlandi. Qorishma tarkibiga kul va toshqolni kiritish natijasida, gidratatsiya jaraènida yangi yuzaga kelgan minerallarning soni ortdi, natijada qotgan to'lg'azuvchi qorishmaning mustahkamligini vaqt bo'yicha ortishi kuzatildi. SHunday qilib, to'lg'azuvchi qorishmalarning normal sharoitda qotish davrida kulning kalbtsiy oksidi (SaO) gidratatsiyasi, portlandtsement minerallari gidratatsiyasi, kulning amorflangan gilli moddasining kalbtsiy gidrooksidi bilan o'zaro ta'siri va tsementlovchi tarkibning karbonizatsiyasi sodir bo'ldi. Ishlatilgan quruq holatdagi kul namunasi tarkibida ko'p miqdorda kalbtsiy oksidi (SaO)ning mavjudligi, qorishmaning qotish davrida to'liq Sa(ON)2 ga aylana olmaydi, bu esa to'lg'azuvchi qorishmaning vaqt bo'yicha mustahkamligini oshishi uchun zahira bo'lib xizmat qiladi. To'lg'azuvchi qorishmadan olingan namunalar ustida olib

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

borilgan sinov ishlarida, mustahkamlikning 7, 28, 60, 90 va 180 sutka davomida o'zgarishi bu farazni tasdiqladi.

Xulosa

Eksperimentlаrni rejаlаshtirishning mаtemаtik usuli orqali to'lg'azuvchi qorishmаlаming mustаhkаmligini undаgi komponentlаr miqdorigа bog'liqligi tаklif etildi. Belgilаngаn qonuniyat аsosidа bog'lovchi sаrfini kаmаytirishni vа qorishmа tаrkibi vа xossаsi orаsidаgi bog'liqlikni tatminlashni nazarda tutgan optimallashtirish modeli ishlab chiqildi. Uni qo'llash orqali «tsement-kul va superplastifikator», «tsement-mis eritish toshqoli-superplastifikator» dan iborat zichligi 1710-1845 kg/m3 va 28 sutkali mustahkamligi 1,79-8,94 MPa bo'lgan to'lg'azuvchi qorishmalarning optimal tarkiblari ishlab chiqildi. Tadqiq etilgan to'lg'azuvchi qorishmalar tarkiblarining turli agressiv muhitlarda bardoshlilik koeffitsientini aniqlash orqali, ularning bardoshliligini va umrboqiyligini ko'rsatdi. Tarkibga «FREM S-3» superplastifikatorini kiritish orqali to'lg'azuvchi qorishmaning agressiv muhitlar tatsiriga bardoshliligini oshirdi. Portlandtsementga 20 % uchuvchan kulni va 2 % superplastifikatorni qo'llab olingan namunalarning suvda va namlikda qotishida mustahkamligi uzluksiz ortdi, bu esa kulning Sa(ON)2 bilan faol tatsirlashuvi natij asida yuzaga keldi. Bizning tadqiqot ishlarimiz natijalari shuni ko'rsatadiki, uchuvchan kul va mis eritish toshqoli asosidagi kompozit bog'lovchilar, hamda «FREM S-3» superplastifikatori to'lg'azuvchi qorishmalarning suvga va namlik tatsiriga bardoshligini oshirdi.

1) Khasanov, A. (2020). Organizing Eco Tourism Along With Uzbek National Automagistrale Way. Solid State Technology, 63(6), 12674-12678.

2) Khasanov, A. (2016). About several infrastructure constructions of the Great Silk Road. Int'l J Innov Sci Eng Technol, 3(6), 295-299.

3) Inogamov, B. I., & Khasanov, A. O. (2021). Taking Into Account Socio-Functional Factors in the Design of Housing. Design Engineering, 2587-2589.

4) Ozadovich, K. A., & Ismailovich, I. B. (2021). Issues of Organization of Service Sets onthe Uzbek National Highway A-380. Design Engineering, 2582-2586.

5) Ozodovich, X. A., & Azim o'g'li, N. A. (2021). Formation of the "Obod Mahalla" System in the Villages of Uzbekistan and Serving the Population. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(5), 325-329.

6) Adilovna, Q. S., & Ozodovich, X. A. (2021). REQUIREMENTS FOR THE PREPARATION OF INTERIORS IN SECONDARY SCHOOLS. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 2(11), 74-77.

7) Ozodovich, X. A., Iqramovich, A. R., & Shaxnazarovich, R. L. (2021). Location of auxiliary rooms inside the living rooms in bukhara traditional residential areas.

8) Olimjonovish, E. I., & Odilbekovish, M. N. (2022). Salsulation of Sarrier and Intershangeable Element Sombination. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 5,

Foydalanilgan adabiytlar

68-73.

JOl R\A L-RESE A RCHS. COM

I

87

MARCH, 2023

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

9) Mahmudov, N. O., Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). So 'ngi o 'rta asrlarda o 'rta osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari. Academic research in educational sciences, 2(11), 692-715.

10) Abdusatorovna, N. S., Raxmonovish, E. D., & Odilbekovish, M. N. (2021). Arshitestural and rlanning solutions for misrodistrists. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 31-36.

11) Axunbaev, R., Maxmudov, N., & Xojimatova, G. (2021). Novbiy sposob uplotnenie grunta metodom volna razrbixleniya grunta. Scientific progress, 1(4), 76-86.

12) Rustam, A., & Nasimbek, M. (2021). A New Method Of Soil Compaction By The Method Of Soil Loosening Wave. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 6-16.

13) Karimova, M. I. Q., & Mahmudov, N. O. (2021). The importance of elements of residential buildings based on uzbek traditions. Scientific progress, 1(6), 865-870.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.