Научная статья на тему 'QURILISH KORXONALARIDA DAROMADLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI'

QURILISH KORXONALARIDA DAROMADLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qurilish korxonalari / daromadlar auditi / audit ketma-ketligi / audit o’tkazish tartibi. / construction enterprises / income audit / sequence of inspections / procedure for conducting inspections.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Nasriddinov B.K.

Maqolada qurilish korxonalarida daromadlar auditini tashkil etish dastaklari, daromadlar auditini tashkil etish masalalari, daromadlar auditini o’tkazish ketma-ketliklari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF IMPROVING REVENUE AUDIT IN CONSTRUCTION ENTERPRISES

The article discusses the levers of organizing income audits at construction enterprises, issues of organizing income audits, and the sequence of income audits.

Текст научной работы на тему «QURILISH KORXONALARIDA DAROMADLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI»

Shirinov U.A. dosent SamISI Nasriddinov B.K.

magistr SamISI

QURILISH KORXONALARIDA DAROMADLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI

Annotasiya. Maqolada qurilish korxonalarida daromadlar auditini tashkil etish dastaklari, daromadlar auditini tashkil etish masalalari, daromadlar auditini o 'tkazish ketma-ketliklari bayon qilingan.

Kalit so 'zlar: qurilish korxonalari, daromadlar auditi, audit ketma-ketligi, audit o 'tkazish tartibi.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Nasriddinov B.K.

master SamIES

PROBLEMS OF IMPROVING REVENUE AUDIT IN CONSTRUCTION

ENTERPRISES

Abstract. The article discusses the levers of organizing income audits at construction enterprises, issues of organizing income audits, and the sequence of income audits.

Key words: construction enterprises, income audit, sequence of inspections, procedure for conducting inspections.

Mamlakatni modernizasiya qilish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovasion jarayonlarini jadallashtirish hamda milliy iqtisodiyotni tubdan yaxshilash sharoitida qurilish tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida "Iqtisodiyotimizda kundan-kunga yangi-yangi yo'nalish va sohalar yaratilmoqda. Bu borada xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi "qo'l boshqaruvi"dan - aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o'tish vaqti keldi" deb ta'kidlagani bejiz emasdir. Keng ko'lamli va samarali islohotlarimiz natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi.

Iqtisodiyotimizga shu yilning o'zida 8 milliard dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi90. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekistonda 115,1 trln. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bajarilgan qurilish ishlari hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan (1-rasm).

2022 yilda O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotni iqtisodiy o'sish sur'ati 5,9 foizni tashkil etib, 2023 yilda 6,2 foiz, 2024 yilda 6,6 foiz o'sishga erishish rejalashtirilgan. YalM hajmi qariyb 840 trln so'mga yetishi ko'zda tutilgan edi. Ma'lum qilinishicha, 2022 yilda asosiy tarmoqlar kesimida yalpi ichki mahsulot tarkibi quyidagicha shakllanadi: sanoat - 217,7 trln so'm, qishloq xo'jaligi - 207,6 trln so'm, qurilish - 52,5 trln so'm, xizmatlar sohasi - 300,3 trln

5 91

so m91.

O'zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi

(mlr.so'm)

160000 140000 120000 100000 80000 60000 40000 20000 0

■ O'zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi (mlr.so'm)

149900

107492,7

115110,4

88130,3

71156,5

2019 2020 2021 2022 2023

1-rasm. O'zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi92.

Mamlakatimizda 2022 yilning yakuni bo'yicha asosiy tarmoqlarda kutilgan real o'sish miqdori: qurilish - 8,1 %, sanoat - 7 %, xizmatlar sohasi - 6,5 %, qishloq xo'jaligi - 3,1 % ko'zda tutilgan edi. Yuqoridagi statistik ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, qurilish industriyasini rivojlantirishda qurilish mashina-mexanizmlarni ish faoliyatiga ham alohida urg'u berib o'tsak maqsadga muvofiqdir. Har qanday rivojlangan davlatlarda bevosita qurilish tashkilotlari faoliyatini asosiy ko'rsatkichlarini qurilish mashina-mexanizmlar tomonidan bajarilgan ishlar hajmi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, respublikamizda, qurilish ishlarini bajarlish hajmi yillar davomida keskin o'sib bormoqda (1 -jadval).

90 Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH npe3Hgeffm fflaBKaT Mup3HëeBHHHr O^HH Macrae Ba Y36eKHCTOH xa^ura Mypo^aaTHOMacH.20.12.2022 hh^.

91 https://www.gazeta.uz/uz/2021711/11/gdp-2022/

92 https://www.gazeta.uz - «ra3eTa.uz» HHTepHeT-Hampu. © 2008-2023.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib tuгibdiki, mamlakatimizda qurilish ishlaгini bajaгilish ko'гsatkichi 2022 yilda 2018 yilga nisbatan, 125,1 foizga keskin ravishda o'sgan bo'lib, bajarilgan quгilish ishlaгi hajmi bevosita eng katta ko'гsatkichi, ya'ni 246,9 foizi Toshkent viloyatiga to'g'гi keladi. Bundan ko'гinib tuгibdiki, mamlakatimizda oxiгgi to'rt yil mobaynida quгilish ishlaгi keskin ravishda o'sganligi milliy iqtisodiyotimizda va aholi tuгmush daгajasini yanada yaxshilanishidagi hamda qurilish industriyasini rivojlanishidagi o'mi alohida ahamiyat kasb etilgan. Qurilish taimog'i iqtisodiyotning baгcha sohalaгi moddiy-texnik bazasini yaratishda hamda aholining shinam uy, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi xizmatlari, shuningdek, madaniy xoráiqqa bo'lgan ehti yojlarini qondiгishda muhim гol o'ynaydi.

Daгomadlaг hisobi va auditi bo'yicha biг qancha olim^ va tadqiqotchilaг izlanish olib borishgan, jumladan, K.B.Urazov, U.A.Shirinov, T.Yaxyoyev va boshqalar.

Qurilish tashkilotlarida audit tekshirnvini o'tkazish va uni tashkil etishning bir qancha xususiyatlari mavjud. Jumladan, qirilish isЫaгini auditdan o'tlazish Ыг muncha qurilish sohasiga oid bilimlarni ham talab qiladi.

1-jadval

O'zbekiston Respublikasida qurilish ishlarining bajarilish ko'rsatkichlari93

(mlrd.so'm)

Xududlar 2018 2019 2020 2021 2022

O'zbekiston 51129,3 71156,5 88130,3 107492,7 115 110,4

Respublikasi

Qoraqalpog'iston 2182,7 3315,4 3992,5 4480,6 4 675,6

Respublikasi

Andijon 2819,5 3539,1 4673,0 5657,8 6 025,3

Buxoro 3581,2 4368,1 5659,8 7401,1 7 287,8

Jizzax 1564,3 2510,6 2715,0 3085,4 3 090,3

Qashqadaryo 3701,1 4365,3 4832,6 6336,6 6 782,3

Navoiy 2280,8 3464,0 3944,7 5155,5 5 526,2

Namangan 2257,6 3471,0 4678,2 5556,7 5 998,1

Samarqand 3299,0 4527,2 5755,3 7385,7 7 746,7

Surxondaryo 2879,7 3979,7 4774,7 5868,4 5 816,1

Sirdaryo 1001,1 1926,2 2407,6 2708,8 2 569,7

Toshkent 3006,7 5594,1 7102,6 9401,2 10 429,7

Fa^'ona 2942,7 4162,8 5473,9 6993,7 7 395,6

Xorazm 1878,3 2496,8 2856,8 4228,5 4 220,5

Toshkent.sh 10870,7 16256,9 19215,4 26535,3 28 236,2

Qurilish ishlarini audit qilishda quyidagi xolatlarga jiddiy axamiyat berish

lozim:

❖ qurilish ishlari smetalari to'g'ri qilibgani;

❖ quгilishga oid daramadlami to'g'гi tan olinayotganligi;

93 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/construction-2

❖ qurilish ishlarida ishlayotgan xodimlarga to'g'ri ish haqlari hisoblanayotganligi;

❖ qurilish inventarlarini to'g'ri hisobdan chiqarilayotgani;

❖ qurilishdagi mashina va uskunalarga to'g'ri eskirish hisoblayitganligi va boshqalar.

Qurilish tashkilotlarida daromadlar auditi ma'lum xususiyatlarga ega bo'lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:

S Daromadlarni shakllanishi bir qancha ko'rsatkichlarga bog'liq;

S Daromadlar hisobot davridagi korxona faoliyatining yakuni hisoblanadi;

S Korxonaning foyda bilan ishlashi yoki hisobot davrini zarar bilan yakunlanishi moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko'rsatkichlarga bevosita bog'liq bo'ladi;

S Daromadlar oldindan aniq bo'lmagan xavf-xatarlar, tasodifiy hodisalar o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Qurilish tashkilotlarida daromadlar auditining maqsadi buxgalteriya hisobida va hisobotida korxona daromadlarini ishonchli aks etganligi, daromadlarni qonuniy taqsimlanganligi va barcha hisob kitoblar O'zbekiston Respublikasi me'yoriy xujjatlariga, MHXS va BHMSga mosligini aniqlashdan iboratdir.

Qurilish tashkilotlarida daromadlar auditini tekshirish uchun ma'lumot manbalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

1. Ta'sis hujjatlari, ta'sischilar majlisi bayonnomalari, buyruqlar, farmoyishlar.

2. Dastlabki hujjatlar (kirim va chikim kassa orderlari, to'lov qaydnomalari, chiptalar, schetlar, to'lov topshiriqnomalari, ilova kilingan so'mdagi va valyutadagi schetlari bo'yicha bank ko'chirmalari, sotish, foyda va zararlar, soliqlar va yig'imlarni to'lash uchun foydadan foydalanish schetlari bo'yicha hisob registrlari (qaydnomalar, jurnal- orderlar, mashinogrammalar).

3. Bosh kitob, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot, alohida soliqlar bo'yicha hisob- kitoblar va boshqalar hisoblanadi.

4. 9000-«Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari» ma'lumotlari.

5. 9300 -" Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobi schyotlari " ma'lumotlari.

6. 9500 «Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» ma'lumotlari.

Xulosa qilib aytganda qurilish tashkilotlarida daromadlar hisobini to'g'ri tashkil etilishi korxona iqtisodiy faoliyatini yaxshilashiga sabab bo'ladi. Bu esa o'znavbatida daromadlar auditini ham to'g'ri o'tkazilishi ham axborot foydalanuvchilarni qaror qabul qilishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Уразов, К. Б., & Вахидов, С. В. (2019). Бошка тармокдарда бухгалтерия хдсобининг хусусиятлари. Т.: «Фан ва технология, 540.

2. Muhibova, G. Ya, and O. U. Sharifxodjaeva. "Qurilish tashkilotlarida hisob muammolari." Innovations in Technology and Science Education 2.9 (2023): 1858-1865.

3. To'lqin, Y., Shahzoda, S., & Samandarjon, I. (2024). Qurilish korxonalarida moliyaviy holat tahlilini amalga oshirishda xalqaro yondashuvlar. Образование наука и инновационные идеи в мире, 38(2), 60-63.

4. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

5. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

6. Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.