Научная статья на тему 'QUR`ONI KARIMDA YUSUF ALAYHISSALOM QISSASI'

QUR`ONI KARIMDA YUSUF ALAYHISSALOM QISSASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7943
332
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yusuf / Qur’on / Injil / Tavrot / Ya’qub / Ka’non / tush ta’biri / o‘n ikki yulduz.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nizomova Shahlo

Mumtoz adabiyotimizda Yusuf alayhissalom obrazining turli asarlarda turlicha talqinlarini ko‘rishimiz mumkin. Yusuf alayhissalomning “Qissasi Rabg’uziy” asarida, Durbekning “Yusuf va Zulayho” asarida aynan Yusuf alayhissalom qissalari berilgan. Ammo biz ilohiy asosda bu voqea qay shaklda berilganini ilmiy yondashib, tahlil qilamiz. Mazkur maqolada umumiy holda Qur’oni Karimda Yusuf alayhissalom obrazining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUR`ONI KARIMDA YUSUF ALAYHISSALOM QISSASI»

JffiTALQINVA *<il]

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jumaU

mU'nYI k A Ii IM HA VTTSTTF AT AVTTTSSAT niVr OTSSAST

QURONI KARIMDA YUSUF ALAYHISSALOM QISSASI

#

>

I j> > :> j>

Nizomova Shahlo

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti adabiyotshunoslik yo'nalishi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7240838 ]>i> > Annotatsiya: Mumtoz adabiyotimizda Yusuf alayhissalom obrazining turli asarlarda turlicha talqinlarini ko'rishimiz mumkin. Yusuf alayhissalomning "Qissasi Rabg'uziy" asarida, Durbekning "Yusuf va Zulayho" asarida aynan Yusuf alayhissalom qissalari berilgan. Ammo biz ilohiy asosda bu voqea qay shaklda berilganini ilmiy yondashib, tahlil qilamiz. Mazkur maqolada umumiy holda Qur'oni Karimda Yusuf alayhissalom obrazining o'ziga xos xususiyatlari yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Yusuf, Qur'on, Injil, Tavrot, Ya'qub, Ka'non, tush ta'biri, o'n ikki yulduz.

!>">j :> > > O'zbek mumtoz adabiyotidada Yusuf alayhissalom obrazi sharq xalqlari asarlari

orasida mashhur va keng tarqalgandir. Bu obrazning asl manbasi - ilohiy muqaddas

kitoblar: Tavrot, Injil va Qur'oni Karim. Yusuf alayhissalomning Tavrotdagi talqini folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Qur'ondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Ushbu qissa Qur'onda "ahsan ul-qissas" (qissalarning eng go'zali) deya ta'riflanadi. "Yusuf" surasi bitta

qissani avvalidan oxirigacha, boshqa narsalarni aralashtirmay hikoya qilgan yagona

..... . . .....

qissadir. O'zbek mumtoz adabiyotida Yusuf alayhissalomning hayotlari haqida

hikoya qiluvchi badiiy-tarixiy asarlar Qur'ondan ta'sirlangan holda yozilgan. Qur'ondagi "Yusuf" surasi voqealari asos qilib olingan va badiiy to'qimalar, sujetlar, obrazlar qo'shilgan. Ularning bir-biriga o'xshash va farqli jihatlari juda ko'p. Shuni ta'kidlashimiz kerakki, Qur'oni Karimda ushbu sura "Hud" surasidan so'ng nozil bo'lgan. "Hud" surasi Islom va musulmonlar uchun sinovlar g'oyat ortgan paytda nozil bo'lgan shundan so'ng payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun bundan-da og'ir damlar boshlanadi. "Amakilari Abu Tolib va Xadicha onamiz vafot etib, musulmonlar uchun "mahzunlik yili"ga ayalangan bir paytda mo'min-musulmonlarga bundan-da qattiqroq musiybatlarga yo'liqqan, sinovlarning har turlisiga uchragan bandaning-Payg'ambar Yusuf alayhissalomning qissalari keldi.21 Bu qissa Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga ham, musulmonlarga ham ulkan tasalli va dars o'laroq nozil bo'lgan. Ammo Yusuf alayhissalom haqida yaratilgan keyingi asarlarda g'oya va maqsad tamoman o'zgarib, ishq-muhabbat yirik planga

chiqqan. Endi Qur'onda keltirilgan "Yusuf" surasining qisqa bayonini keltiramiz.

-

21 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.2-nashr.3-juz.149-b.

JffiTALQINVA M.^;

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyuslublyjumali l"-,J

miiif-iwuuif juman

1 ]JML J s

Qur'oni Karimda ulug' payg'ambarlar-Ibrohim, Is'hoq va Ya'qub

alayhissalomlarning sulolasidan bo'lmish Yusuf alayhissalomning ko'rgan tushlarini otalari Ya'qub alayhissalomga so'zlab berayotganlarini tasvirlash bilan qissa

vy I m ni i JL H UUU m H y lAlUkJ HI vy I I I t— H UV I H ly ly VX W J vy I H III H11111 IrMLf T ■ 1 lUiyi ■ ly 1 1 m 1 VIXUUV*'

boshlanadi. Yusuf alayhissalom tushlarida o'n bir yulduz, oy va quyosh ta'zim

bm j

qilayotganini ko'radi. Ya'qub alayhissalom bu tushni eshitgach u haqida hech kimga aytmasliklarini so'raydi. Qur'oni Karimda Yusuf alayhissalomning o'n bir og'a-inilari borligi aytilgan. Otalari hammadan ham ko'ra Yusufni sevganlari uchun og'a-

i \m-

inilar Ya'qub alayhissalomni ochiq adashuvda deb biladilar va otalarini qizg'anib, Yusufga nisbatan g'araz paydo bo'ladi. Shayton vasvasa qilgan og'a-inilar Yusufni o'ldirib otalarining mehrini o'zlariga qaratmoqchi bo'lishadi ammo ulardan birida zarracha bo'lsa ham vijdon bo'lib u inisini o'ldirmasdan quduqqa tashlashni taklif

qiladi. Otalari yoniga borib "Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan?

22

Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilardanmiz"- deya aytadilar. Otalari esa ular g'ofil qolishsa Yusufni bo'ri yeb ketishidan qo'rqishlarini aytadilar. Akalari unamagach esa

trvTi Krv'I m o 1 Ki i r KAMonilnr r^rr'nlnt* Vi i o 11 rn 1 miniinnn nl nrnrro nnrrvt'

rozi bo'lishga majbur bo'ladilar. Og'alar Yusufni quduqqa tashlashga qaror

qilganlarida u kishiga Allohdan vahiy keladi "Sen albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, o'shanda ular seni sezmaslar ham"23. Akalari otalarining yoniga kelib, Yusufni Ya'qub alayhissalom aytganidek bo'ri yeb ketganini aytishadi va

uning yolg'ondakam qonga bo'yalgan ko'ylagini ko'rsatishadi. Ya'qub alayhissalom esa endi go'zal sabr qilish eng so'nggi chora ekanligini aytadilar. Inson boshiga musibat kelgan paytda dod-faryod qilmasdan, Allohga malomat qilmasdan qilgan sabri uchun ajr oladi. Ya'qub alayhissalom ham shunday musibat kelganda sabr

qilmoqni afzal tutdilar. Buyoqda yo'lovchilar quduqdan suv olmoqchi bo'lib Yusufni

...... , . , , , , ..... .. „ „......

ko'rishadi va yashirib qo'yib so'ngra Misrda qul qilib sotishadi. Ha! Allohning

tAoirrr'ntYiKnri mil m 11 K o r\+i 1 n/^i \ /Ti orrl o K A1 rron Arlnm í Kii T rarrl o icmi 1/al +1 n 1 mn^ rr\ 1

payg'ambari qul qilib sotiladi. Misrda sotib olgan odam ( bu yerda ismi keltirilmaydi suraning oxirida bir marta Misr Azizi nomi keltirilgan) xotiniga Yusufni yaxshilab joylashtirishni, vaqti kelsa uni farzand qilib olishlari mumkinligini aytadi. Ammo ayol bu yigitning husnini ko'rib uning nafsini xohlaydi, Yusuf esa buni rad etib eshikka intiladi. Shu o'rinda Yusuf alayhissalomning xarakteridagi holatlar ochila boradi: qanchalik hayoli ekanliklariga guvoh bo'lamiz. Eng avvalo, Allohdan hayo qilyaptilarki, u ko'rib turibdi deya, undan so'ng xojalaridan chunki u Yusufga yaxshi J-jt munosabatda bo'lib, unga ehtirom ko'rsatdi, bunga javoban xiyonat bilan javob q ilish insoniylikdan bo'lmas edi. Yusuf alayhissalom qiyin imtihondan o'tdilar: chiroyli, mansabdor va xo'jayin xotin zinoga chorlasada, kuchli imonlari sababli, gunohdan voz kechdilar, shariatda sobit turdilar. Alloh taolodan bu fitnani ketkazishni so'rab

¡ >»•

duo qildilar. Ayol uning ko'ylagining ortidan yirtib oladi. Shu payt xojasi kelib

qoladi va ayol Yusufga tuhmat qiladi. Shunda ayolning ahlidan bir guvoh (Qur'ondan --

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.2-nashr.3-juz.156-b.

23 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.2-nashr.3-juz.158-b.

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyusluWyjumali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

1 ]JML 'm 's

keyin yaratilgan badiiy-tarixiy manbalarda bu guvohlik bergan shaxs chaqaloq

_ _ _ XX

deyilgan, kimligi, ayol yoki erkakligi, yoshi haqida hech narsa deyilmagan, barchasi Allohning O'ziga ayon va bunda qanday hikmat borligi ham O'ziga ma'lum) agar

i 4 1 vy ж ж ж ж ж ж ж t_ t> кл- J vy 1 1 » и tu 1 ЧЛ1Л и шхчл^ t IJJIUJIW ь vy 1 ж ж «_ ж ж ж ж ж • 1 IVI jl v^-jljljl » ni— ni

ko'ylakning old tomoni yirtilgan bo'lsa, ayol rost gapirayotganini, agar orqa

ам j

tomondan yirtilgan bo'lsa, tuhmat qilayotganligini aytadi. Ko'ylakning orqa tomonidan yirtilganini ko'rgan xojasi ayolining makrini anglab yetadi ammo buni hech kimga oshkor etmay Yusufdan ham unutishini so'raydi. Qancha yashirishga

!

urinmasin ayolning bu qilgan ishini shahar ayollari eshitadi va ular ayoldan yozg'ira boshlaydilar. "Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qo'ygan ekan-da! Biz uni ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz"-deyishdi24. Misr Azizining ayoli (badiiy-tarixiy manbalarda Zulayho deb yuritiladi ammo Qur'onda biror marta ham ayolning ismi, u haqida ma'lumot keltirilmagan) buni eshitgach o'sha ayollar uchun joy tayyorlaydi va qo'llariga pichoq beradi. Ularning oldiga Yusufni kiritadi. Yusufning go'zalligini ko'rgan ayollar qo'llaridagi pichoq

Ki I nn Inr»mn 1 amnr A'T riA'1mt*itii l/aon Kr\r nI ox ts~\ 11 nr C nn rv'rmnn VnniiT

bilan taomni emas o'z qo'llarini kesa boshlaydilar. Shu o'rinda Yusuf

alayhissalomning yana bir xususiyatlari -mashaqqatli bo'lsa ham to'g'ri yo'ldan yurish - ochib berilgan. Bu narsa Yusuf alayhissalomning zino qilishdan va saroydagi ayollarning chaqirig'iga yurgandan ko'ra mashaqqatli bo'lsada zindonni

tanlaganlarida ko'rinadi. Yusuf alayhissalom ayollarning makri bir kuni u kishini o'ziga moyil qilishidan qo'rqib zindonni afzal ko'radi. Misr Azizi ham barcha ayb ayolida ekanligini ko'rsatuvchi dalillar bo'lsa-da, Yusufni vaqtincha zindonga tashlashga majbur bo'ladi. Yusuf alayhissalom yana sinov ustida, yana qiyinchiliklarga sabr qilish talab etiladi. Zindonda Yusuf bilan yana ikki yigit ham bor edi , ular tush ko'rishadi, biri tushida sharob tayyorlab yurganini biri esa, non ko'tarib yurib qush uni yeyotganini ko'radi. Yusuf alayhissalomga Alloh tomonidan tushlarni ta'bir qilish ilmi berilgan edi. U yigitlarga tushlarining ta'birini birdaniga aytmasdan Allohning sifatlarini keltirib , uning yagona ekanligini uqtirib so'ng ta'bir qiladi, ta'birga ko'ra biri podshoga soqiy , biri esa osilib boshini qushlar yeyishini aytadi. Yusuf soqiylik qiladigan yigitga xojasining huzurida uni esga olishini aytadi, lekin shayton buni unuttiradi va Yusuf yana bir necha yil zindonda qoladi. Bir kuni podshoh tush ko'radi, tushida yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotgan emish

J-jt

va yettita yashil boshoq va xuddi shuncha quruq boshoq emish. A'yonlardan buning ta'birini so'raydi. Ular bunday chalkash tushni ta'bir qilolmasliklarini aytishadi. Shunda bir paytlar zindondan chiqqan soqiyning yodiga Yusuf tushadi va uning yoniga borib tushni bayon qiladi. Yusuf alayhissalom yeti semiz sigir yetti yil boshoqlar juda serhosil kelishini, shu paytda faqat kerakli donni olib qolganini boshoqda qoldirish kerakligini chunki keyingi yetti yil qahatchilik bo'lishi va ozg'in

sigirdan darak berishini aytadi. Shu o'rinda Yusuf alayhissalom tushda yo'q yana bir

--

24 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.2-nashr.3-juz.166-b

: * ^ * n>

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jum&H

»1 ........ ...... .

vil hn'1i«hirn л/я ппНя incnrilar ncticra Ьягя1<гя vno-'iliçbini avtarlilar AAicr r»nrl<shn<si

»

yil bo'lishini va unda insonlar ustiga baraka yog'ilishini aytadilar. Misr podshosi

, с

Yusufni huzuriga keltirishlarini so'raydi. Inson hayoti davomida uchragan tuhmatlardan o'zini poklashi kerak bo'ladi. Yusuf alayhissalom saroy ayollarining

lUlXXXlMllUl UU11 V Í-I1XXJL L/V1V1MU111 AVVi WViV KS V 1UVI-J. X Vl-U WJL ni H y ■ ■ JL U U ni vy Ж Ж Ж V Y »Л- » vy ■ ■ Hl JL JL JL JL 11

f J J J Ь

makri va bo'hton bilan zindonga tushib qoldilar. Zindondan chiqish paytida, U Zotni

аи j

xalqning oldida zino tuhmatidan pok ekanini e'lon qilishlarini talab qildilar. Natijada haqiqat yuzaga chiqdi, Podshohning surishtiruvi sababli Yusuf alayhissalomni zinoga chorlagan Misr azizining xotini aybiga iqror bo'ldi va Yusuf alayhissalom

m

tuhmatlardan pok bo'lib zindondan chiqdilar. Xotirjamlik, kengchilik - sinov

! 1

r J ? о

imtihonlardan keyindir. Yusuf alayhissalom ko'p alamli sinovlarni imon quvvati va sabr bilan yengib o'tdilar. Sinovlar izidan kenglik keldi. Misrda aziz insonga aylandilar, podshohning yaqin odamlaridan bo'lib, uning xazinasini boshqaruvchi bo'ldilar. Qahatchilik yillari boshlangach Yusufning og'a-inilari don so'rab misrga kelishadi Yusuf ularni taniydi aka-ukalar esa uni tanishmaydi. Yusuf og'alariga ota bir iningizni ham olib kelsangiz unga ham don berishini , agar olib kelishmasa, boshqa don bermasligini aytadi. Og'alar otalari ruxsat bersa, inilarini olib kelishga

va'da berishadi. Yusuf ham og'alarining yukini ichiga donga almashtirish uchun olib kelgan sarmoyalarini qayta berib yuboradi. Og'alar otalari huzuriga borib inimizni bizga ber biz uning uchun ham ancha don olib kelamiz deyishadi. Ya'qub

alayhissalom esa ular Yusufning inisini ham Yusuf kabi yo'qotishadi deb rozi bo'lmaydilar. Ular Alloh nomi bilan qasam ichishadi va otalarini ko'ndirishadi. Og'a-inilar yana Misrga borishadi va turli eshiklardan kirib Yusufning huzurida o'tirishadi, Yusuf inisigagina o'zini tanitadi. Ular qaytayotgan paytda Yusuf inisining yuklari ichiga suv idishini solib qo'yadi va bu idish kimning yukidan chiqsa u mamla katda qolishini aytib jar soldiradi. Og'a-inilar o'g'ri o'zlarining ichlaridan emasligiga ishonib bunga rozi bo'lishadi. Yuklar titilayotgan paytda suv idishi kichik ukaning narsalari orasidan chiqadi. Og'alar hayron qolishadi ammo o'zlarini oqlash uchun buning og'asida ham o'g'rilik odati bor edi bunda ham bo'lishi mumkin ekanligini aytishadi. Ushbu fakt bundan keyingi yozilgan hech bir badiiy asarda uchramaydi. Hozir og'alar Yusufni o'g'riga yo'yishyapti ammo bunda nimaga asoslanganlar bu noma'lum. O'g'ri bo'lganligini aytishgan ammo nimani , qachon , qayerda bu mavhum. Balki, bu og'a-inilarninh navbatdagi bo'xtonidir. Yusuf bu gapni ko'ngliga

J-jt

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

tugib qo'yadi va oshkor qilmaydi. Keyin og'alar Yusufga yalinishga o'tishadi, inilarining qari otasi borligini uning o'rniga boshqa birlarini olib qolishni iltimos qiliashadi. Yusuf esa rozi bo'lmaydi. Suv idish kimdan topilgan bo'lsa, faqatgina u qolishini talab qiladilar. Shu o'rinda Yusuf alayhissalom inilariga aybdorni yoki

! И*

gunohkorni deya murojaat qilmaydilar chunki suv idishni o'zlari solganliklari ma'lum. Og'alar noiloj vatanga qaytadilar va otalariga vaziyatni tushuntirishadi Ya'qub alayhissalom ularga yana ishonmay sabr qilishni tanlaydilar. Natijada

ko'zlariga oq tushib ko'rmay qoladi. Og'alar buning uchun ham otalariga malomat

* : j*

-^отетг^ a >

: * ^ * n>

I

iw

и»

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubiy jumali

№3 2022

n> * >>

1 >>

1 ! •

Й*

Ы>

I 1> J

! J>i>

! >J£V

+Й )>

>j*

Ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

+И >

Щ

Ш>

< >p-

Ы >

qilishadi. Vaqt o'tib don olib kelish uchun ular yana Misrga borishadi ammo qo'llarida don olish uchun yetarli sarmoya yo'q edi. Shuning uchun Yusufdan yordam so'rashadi. Yusuf alayhissalom shu paytda o'zlarini tanitib o'zlariga va inilariga qilgan yomonliklarini eslatadi. Ular xatokorliklarini tan olib uzr so'rashadi. Yusuf og'alariga o'z ko'ylagini berib yuboradi va otasining ko'zlariga yopishini so'raydi. Ular shunday qilishadi va Ya'qub alayhissalomning ko'zlari ochiladi. Va ahli oila barchalari Misrda jam bo'lishadi. Shundan so'ng Yusuf alayhissalomning bolaliklarida ko'rgan tushlari o'nggidan kelib o'n bir aka-uka Yusuf qarshisida bosh egishadi. Qur'onda kelgan Yusuf alayhissalom qissasining qisqacha mazmuni shundan iborat. Boshqa inson qo'li bilan yozilgan asarlarda badiiy to'qimalar, va yangidan yangi Qur'oni Karimda uchramaydigan obrazlar qo'shilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.2-nashr.3-juz

2.Alouddin Mansur. Yusuf va Nur suralarining tafsiri. Toshkent. Fan, 1992-y.

3. Bobojon Ramz . Yusuf va Zulayho. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 2000-y.

4. «Uch bulbul gulshani. Durbek. Yusuf va Zulayho. Toshkent. Adabiyot va san'at, 1986-y.

Ы >

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

140

jW^ У

q ж**

!>3*:

Ш

»

Ыщ

* I |>

Щ >

Ы >

u

щ>

1>5*:

»v>

з> ¡йи*

S

ш >

Ш >

Ы>

m >

i> *

q >3*

Ц >р

I > >

q q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.