Научная статья на тему 'QORADARYO CHAP QIRG‘OG‘I QAYIR USTI TERASSALARIDA TARQALGAN GIDROMORF TUPROQLARNING HOZIRGI KUN HOLATI VA UNUMDORLIGI ULARDAN OQILONA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (ANDIJON VILOYATI ANDIJON TUMANI MISOLIDA)'

QORADARYO CHAP QIRG‘OG‘I QAYIR USTI TERASSALARIDA TARQALGAN GIDROMORF TUPROQLARNING HOZIRGI KUN HOLATI VA UNUMDORLIGI ULARDAN OQILONA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (ANDIJON VILOYATI ANDIJON TUMANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sholi / qayir / terassalar / o‘tloqi tuproqlar / tuproqning unumdorlik bahosi / allyuvial va prolyuvial yotqiziqlar / tuproq mexanik tarkibi / chirindi / toshlanganlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Davranov Abduxalik Mashrapovich

Ilmiy maqolada Andijon viloyatining eng yirik daryosi Qoradaryoning chap qirg‘og‘i bo‘ylab Andijon tumani ma'muriy hududidan oqib o‘tgan qismida tarqalgan tuproq tip(xil)lari, tuproq yotqiziqlari va ularning geomorfologik jihatidan joylanishi, maydoni hamda hozirgi kunda amalda foydalanilayotgan tuproq sifatini baholash xaritalari natijalari taxlil qilingan. Tuproqlarning agrofizik xususiyatlaridan mexanik tarkibi hamda agrokimyoviy xususiyatlari ya'ni chirindi miqdori, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliy bilan ta'minlanganlik darajalari, suvda oson eruvchi tuzlar miqdori suvli so‘rim analizi natijalari keltirilgan. Mazkur hudud bo‘yicha o‘tloqi tuproqlarning sifati ko‘rsatkichlari, unumdorligi aniqlangan va qishloq xo‘jaligida sholi еtishtirish yo‘li bilan yanada samaraliroq foydalanish mumkinligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORADARYO CHAP QIRG‘OG‘I QAYIR USTI TERASSALARIDA TARQALGAN GIDROMORF TUPROQLARNING HOZIRGI KUN HOLATI VA UNUMDORLIGI ULARDAN OQILONA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (ANDIJON VILOYATI ANDIJON TUMANI MISOLIDA)»

QORADARYO CHAP QIRG'OG'I QAYIR USTI TERASSALARIDA TARQALGAN GIDROMORF TUPROQLARNING HOZIRGI KUN HOLATI VA UNUMDORLIGI ULARDAN OQILONA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (ANDIJON VILOYATI

ANDIJON TUMANI MISOLIDA) Davranov Abduxalik Mashrapovich O'zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Andijon tumani Kuyganyor shaharchasi, 17000600, Oliygoh ko'chasi 1 uy. Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10935301

Annotasiya. Ilmiy maqolada Andijon viloyatining eng yirik daryosi Qoradaryoning chap qirg'og'i bo'ylab Andijon tumani ma'muriy hududidan oqib o'tgan qismida tarqalgan tuproq tip(xil)lari, tuproq yotqiziqlari va ularning geomorfologik jihatidan joylanishi, maydoni hamda hozirgi kunda amalda foydalanilayotgan tuproq sifatini baholash xaritalari natijalari taxlil qilingan. Tuproqlarning agrofizik xususiyatlaridan mexanik tarkibi hamda agrokimyoviy xususiyatlari ya'ni chirindi miqdori, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliy bilan ta'minlanganlik darajalari, suvda oson eruvchi tuzlar miqdori suvli so'rim analizi natijalari keltirilgan. Mazkur hudud bo'yicha o'tloqi tuproqlarning sifati ko'rsatkichlari, unumdorligi aniqlangan va qishloq xo'jaligida sholi etishtirish yo'li bilan yanada samaraliroq foydalanish mumkinligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Sholi, qayir, terassalar, o'tloqi tuproqlar, tuproqning unumdorlik bahosi, allyuvial va prolyuvial yotqiziqlar, tuproq mexanik tarkibi, chirindi, toshlanganlik.

Аннотация. В научной статье представлены тип(ы) почв, почвенные отложения и их геоморфологическое положение, площадь и современное состояние использования, карты оценки качества почв распространенные по левобережью Карадарьи, крупнейшей реки протекающей по территории Андижанской области Андижанского района. Приведены результаты агрофизических свойств почв, т. е. механического состава, агрохимических свойств, количества гумуса, подвижного фосфора, обменного калия, количества легкорастворимых солей в воде. На этом участке определены качественные показатели плодородие луговых почв.

Ключевые слова: Рисовые поля, пойма, террасы, луговые почвы, оценка плодородия почв, аллювиальные и пролювиальные отложения, механический состав почв, гумус, каменистость.

Abstract. The scientific article presents the type (s) of soils, soil deposits and their geomorphological position, area and current state of use, soil quality assessment maps distributed along the left bank of the Karadarya, the largest river in the Andijan region, which flows through the territory of the Andijan district. The results of the agrophysical properties of soils of mechanical composition, agrochemical properties of the amount of humus, mobile phosphorus, exchangeable potassium, and the amount of readily soluble salts in water are given. Quality indicators andfertility of meadow soils have been determinedfor this region. The possibility of a more efficient use of agriculture through the cultivation of rice is highlighted.

Keywords: Rice fields, floodplain, terraces, meadow soils, soilfertility assessment, alluvial and proluvial deposits, mechanical composition of soils, humus, soil stonyness.

KIRISH

Respublikamizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, eksportni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga alohida

e'tibor qaratilmoqda. Biroq, bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi, aholi o'sishi hamda boshqa inson ta'siri bilan bog'liq omillar suvni ko'p iste'mol qiladigan ekinlarni etishtirishga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Respublikada sholi etishtirish, saqlash, qayta ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, ichki iste'mol bozorini guruch mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda sholi etishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo'llash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973sonli "Sholi etishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon tumanida tuproq qoplami sholi etishtirish uchun maqbul sharoitda bo'lgan Qoradaryo o'zani va qayir usti terassalaridagi sug'oriladgan o'tloqi tuproqlar dehqonchilikda foydalanishning iqtisodiy samarali yo'llari o'rganilmoqda [1]. Andijon tumani Andijon viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. U 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Andijon tumani Jalaquduq, Xo'jaobod, Asaka, Oltinko'l, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming km2 tashkil qiladi. Andijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon-Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Bo'taqora, Yorboshi qirlari mavjud. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy daryolari oqib o'tadi. Tuman adir qismining tuprog'i arziq, qolgan yerlarda bo'z tuproq. Bahorda adirlar efemer o'simliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan erlarda shuvoq-sho'ra o'sadi. Iqlimi- keskin kontinental. Iyul oyining o'rtacha harorati +27,3 °C, yanvar oyida esa -3 °C darajagacha bo'lishi mumkin. Vegetatsiya davri - 160-180 kun davom etadi. Tumanda yiliga o'rtacha 225 mm yog'ingarchilik kuzatiladi. [7,8].

Yuqoridagi qaror bilan Andijon tumani sholi avlodli urug'chilik etishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar qatoriga kiritilgan bo'lib, 421 gektar sholi ekilishi rejalashtirgan, maxsulot xajmi 1895 tonnani tashkil etadi. 935 gektar yer maydonda esa kuzgi bug'doydan so'ng takroriy ekin sifatida 3668 tonna sholi etishtirilishi belgilangan. Tuman b'yicha o'rtacha hosildorlik 42,1 ts/ga.

Ushbu sholi maydonlari qisman Qoradaryo o'zanida asosan qayir usti I-II terassalarida tarqalgan giromorf sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarda etishtiriladi. Viloyatimizda urug'lik sholi va ozuqabob guruch mahsuloti etishtirilayotgan mazkur xududlar tuproq qoplamini ilmiy jihatdan o'rganish dolzarb masala bo'lib qolaveradi.

TEKSHIRUV OB'EKTI VA USULLARI

Tekshiruv ob'ekti - Andijan tumanida qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun mo'ljallangan yer maydonlari yoki ularni bir qismi ya'ni "Qoradaryo oqimi va uning ta'sir zonasidagi gidromorf tuproqlari" ularning huquqiy holati mavjud bo'lgan yuridik xujjatlar asosida belgilangan yoki tumanning yer kadastr kitobida tegishli yozuv bilan qayd etilgan hududlardir. Tekshirish usullari tuproq bonitirovkasi bo'yicha tadqiqot ishlari hozirgi kunda yerdan foydalanish, yer tuzish va yer kadastri bo'yicha quyidagi me'yoriy xujjatlardan foydalanildi: agrokimyoviy va agrofizikaviy tahlillar S.Abdullaev va A.J Boirov muallifligida tayyorlangan «Руководство к провeдeнию химичeских и агрофизичeских анализов почв при мониторинге зeмeл» (Тошкeнт 2004 йил), dala tadqiqot-kameral va kartografik izlanishlar «Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq xaritalarini tuzish bo'yicha yo'riqnoma» (Toshkent 2013 yil) hamda tuproq bonitirovka ishlari "O'zbekiston Respublikasi sug'oriladigan tuproqlarni bonitirovkalash bo'yicha uslubiy ko'rsatma" RH-31-030-06 (Toshkent-2005 yil) asosida amalga oshirildi.

Sug'oriladigan tuproqlar bonitirovkalash ishlarida tuproqlarning asosiy xossalari va tabiiy sharoitlari (tuproqlarning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, gumus miqdori, ozuqa elementlari bilan ta'minlanganligi, sho'rlanish darajasi, eroziyalanganligi, toshloqliligi, gipsliligi va boshqa omillari) hisobga olindi [2].

Tadqiqot hududida mavjud fermer xo'jaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilar sug'oriladigan qishloq xo'jaligi erlarining har 50 gektar er maydondan 1 asosiy (namunali) kesma qazildi va tuproq namunalari genetik qatlamlardan olindi, har 10 gektar maydondan oraliq kesma va chuqurchalar qazildi ya'ni har 100 gektar yerda tuproq kesmalari nisbati 2 ta (asosiy) : 3ta (oraliq) : 5 ta (chuqurcha) ya'ni(2:3:5) nisbatni tashkil qildi. Laboratoriyada tuproq va grunt(sizot) suvlari namunalaridagi kimyoviy tahlillar umum qabul qilingan uslublarda amalga oshirildi. Bunda tuproq mexanik tarkibi, agrokimyoviy ko'rsatkichlari (gumus, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliy) bilan ta'minlanganlik darajalari, tuzlar tarkibi I-tip (to'liq) suvli so'rim tahlillarida (quruq qoldiq, HCO3, Cl, SO4, Ca, Mg, Na+K), II-tip (qisqartirilgan) suvli so'rimda (HCO3, Cl, SO4 va quruq qoldiq) tahlillari amalga oshirildi [5].

NATIJALAR VA UNING MUHOKAMASI

Andijan tumani ma'muriy hududi bo'yicha Qoradaryo o'zani va chap qirg'oq qayir usti terassalaridagi tuproq qoplami o'rganildi. Daryo yoyilmalari va terassalarida tarqalgan tuproqlarni paydo bo'lishi, rivojlanishi tarixi, ularning agrokimyoviy-agrofizik xususiyatlarni o'rganish bilan qayir usti I-II terassalarida tarqalgan sug'oriladigan o'tloqi va botqoq o'tloqi(o'tloqi botqoq) tuproqlarlarning agronomik va ishlab chiqarish qobiliyatiga batafsil ta'rif berish mumkin [7]. Biroq mazkur tuproqlarda etishtirilayotgan qishloq xo'jaligi ekinlari, xususan sholi ekini hosildorligi bilan tuproqning tabiiy xossalari "tuproq chirindili qatlami qalinligi va miqdori, mexanik tarkibi, toshlanganlik darajasi va shag'alli qatlam va boshqalar" o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganish hozirgi kun tuproqshunoslari oldidagi muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Qoradaryo chap qirg'og'i qayir usti I-II-terassalarida tarqalgan tuproqlar tuman hududida 10922 gektarni tashkil etib, shundan 7345 gektari qishloq xo'jaligi yerlaridir. Tekshirilgan hududda sholi ekilayotgan va haydov osti qatlami shag'alli tuproqlar jami maydoni sug'oriladigan o'tloqi tuproqlar 1685,2 gektarni va sug'oriladigan botqoq o'tloqi(o'tloqi botqoq) tuproqlar 1623,7 gektarni tashkil etadi. Ushbu ekin yerlarida asosan sholi etishtirish uchun qulay suv rejimi va tuproq sharoiti bilan ta'minlangandir. Mazkur o'tloqi va o'tloqi(o'tloqi botqoq) tuproqlarning geomorfologik joylashuvi, ekspozitsiyasi, sizot suvlari sathi, tuproq tipi, morfologik belgilari va boshqa xususiyatlariga ta'rif berish maqsadida tuproq asosiy kesmalari 8 ta kovlanib, genetik gorizontlari morfometrik xususiyatlariga tavsif berildi. Agrokimyoviy taxlillar o'tkazildi. Tuproq tipi(xili)aniqlanib, indekslari yozildi (1-jadval) [6].

XULOSALAR

Dala kuzatuvlari va agrokimyoviy taxlil natijasiga ko'ra, Qoradaryoning I-terassasi I.Patidinov nomli massivida(kalit maydon 1994 kontur)gi botqoq o'tloqi tuproqlarning 2013-2022 yillar oralig'ida tuproq xossa-xususiyatlari solishtirilganda mexanik tarkibi asosan o'rta - og'ir qumoqni tashkil etgan. Chirindi miqdori 1,637 %-1,835 %, harakatchan fosfor miqdori 18,4-33,0 mg/kg, almashinuvchi kaliy 105,8-158,9 mg/kg. Kam sho'rlangan. Tuproq yuzasi o'rta toshloqlanganligi, hamda haydov osti qatlamida esa 45-54 sm chuqurlikda shag'al qatlamlari uchrashi ayni bir maydonda va yillar oraligi'da o'zgarishi taqqoslandi. Ushbu er maydonlarda tosh-shag'al yerga ishlov berish(shudgorlash, qator orasiga ishlov berish, kultivatsiya va boshqalar)ni qiyinlashtiradi. Tuproq unumdorligini baholash natijasida 37,6 balldan 38,2 ballga

ko'tarilish kuzatildi. Demak ushbu botqoq o'tloqi tuproqlarning unumdorligi yaxshilangan (1-jadval).

Qoradaryoning II-terassasi I.Patidinov nomli massivida (kalit maydon 1876 kontur)gi o'tloqi tuproqlarning 2013-2022 yillar oralig'ida tuproq xossa-xususiyatlari solishtirilganda mexanik tarkibi asosan og'ir - og'ir qumoqni tashkil etgan. Chirindi miqdori 0,760 %o-1,139 %, harakatchan fosfor miqdori 19,0-12,0 mg/kg, almashinuvchi kaliy 108,4-149,3 mg/kg. Haydov osti qatlamida esa 65-68 sm chuqurlikda shag'al qatlamlari uchrashi ayni bir maydonda va yillar oraligi'da o'zgarishi taqqoslandi. Tuproq unumdorligini baholash natijasida 45,9 balldan 49,0 yani 3,1 ballga ko'tarilish kuzatildi. Demak ushbu o'tloqi tuproqlarning ham unumdorligi yaxshilangan [6].

Tuman bo'yicha asosiy ekin sifatida 421 gektardan 2042 tonna sholi hosili rejalashtirilgan va hosildorlik 48,5 s/ga, takroriy ekin sifatida 935 gektaridan 3668 tonna sholi rejasi bo' yicha hosildorlik esa 39,2 s/ga.ni tashkil etadi. Tuman bo'yicha sholi etishtirishtiriladigan sug'oriladigan yerlarning o'rtacha boniteti 2013 yilda 49,2 ballni tashkil etgan 2022 yilga kelib 50,5 ballni tashkil etib 1,3 ballga tuproq unumdorligi ortganligi kuzatildi. Biroq o'rtacha dexqonchilik madaniyati yoki ananaviy usulda sholi etishtirayotgan dehqon va fermer xo'jaliklari tomonidan olinayotgan hosil miqdori mazkur tuproqlarga qo'yilgan bonitetning har bir balliga rejaga nisbatan 0,79-0,98 ni, xaqiqatda olinayotgan hosilga nisbatan 1,19-1,32 koeffitsientga mos kelmoqda. Vaholanki ushbu koeffitsient kuzgi bug'doy uchun Respublikamiz bo'yicha 0,6 ga to'g'ri kelishi isbotlangan. Demak, Andijon tumani hududida sholi etishtirilayotgan yerlar uchun ham ushbu koeffitsientga tuzatish kiritish vaqti kelgan. Rejadagi 1356 gektar sholi maydoni tuproq sifatining 1,3 ballga ortishi va yangi koeffisient hisobiga 23,3 tonna qo'shimcha sholi hosili olinadi.

1-jadval

Qoradaryo chap qirg'og'i qayir usti I-II-terassalarida sholi ekilayotgan va haydov osti qatlami shag'alli tuproqlarning agrokimyoviy taxlillari, maydoni va sifat bahosi

.Ys Hidudnorsi ai 03GÏ! Tuproq vT-itiiHi^i b^rrtur va tuproq keyiia raqami, tuproq Lijtk-i Chimdi p,o, ** Suvù so'nm% Darr a - efemtfiïit. Ball botri Wi

QatLasr. : •A Quiuq qoldiq CL 50: 5ho:i:a Tost

oa* 2013 I 301, X24, OpiJZ CC-l-Kri 3540 1,637 18,4 103,4 0,532 0,011 0,306 tas eùte 45-50 179,2 Ii7,2 37,6

2012 I 1954. Xm,OpgJin-l-&-3 36 1,835 35,0 153,9 0,296 0,035 0,130 tas (Üu 54 231,1 192,5 33,2

2013 II 295, X54, Op.TTC-O-4 45 :i;760 19,0 103,4 0,056 0,004 0,014 — — 55-50 105,0 96,6 45,9

2022 II 13:6, >32, OpJT JT-04 45 1,139 12,0 14S.3 0,134 0,007 0.059 — — 53 55.5 79.4 49.0

; B.Omo nov 2013 I 31.x 75, OpEJF JUI-1S 42 1.427 13.0 132.0 0.270 0.007 0.143 — — 40 355.3 305.9 52.5

2012 I 920, X1S, OpEJF 1UI-1S 35 2,194 15,0 13S,n 0,142 0,014 0,060 tas - 3545 339,3 315,; 56,7

; öfefc 2013 I 61.X24. ifrEZTC-KS 50 19:2 34.0 156.5 0.106 0,007 0.062 tas — 50 137,9 115.; 54.0

2022 I 82, xaaDEKJUi-KrS 35 2.256 13.0 106.0 0.063 0.007 0.024 — to 35 303.7 144.6 ;2.5

4 Ovdiubu loq 2013 I 47. XM,OpJI&CCT-S 46 2.423 14.: 93.9 0.032 0.004 0.036 — — 307.3 636.3 57.7

2022 I 1271, XS: OpJIFTTS 36 3,570 13,0 139,7 0,074 0,007 0,026 - - 50 69^,6 513,3 56,2

5 G.Tcsh maim1 2013 I &s,-X.\,OpjrjIC-Kt4 45 1.266 14.5 132.4 0.053 0,004 0.020 - kucL; 45 332.2 317.5 37.3

2022 I 2233, X1, OpJTJIC-Kf4 38 1,807 20,3 120,4 0,090 0,007 0,036 - o'ita 33 409,3 366.; 33,9

6 0 "sbekiE ton 2013 II 33, X56. OplT.£ZJ)-4 3545 0.971 11.6 132.4 0.032 0,007 0.032 - — 60 1105.5 722,7 54.0

2022 II 3367, X4S, OpSJX-K:A 42 1,263 13,0 120,4 0,034 0,007 0,029 - to 50 1095,2 753,5 53,2

7 Haqiqat 2013 II №.X25_ ODJT T-1-Kr4 30 1.5-3 5.4 131.0 0.030 0,005 0.033 — to 3041 57.5 73.3 37.3

2022 II 233!, X 95, OpjT TT-l-Ki-4 40 1.304 13.0 139,7 0.140 0,012 0.060 to to 42 73.4 69.3 37.3

2013 jitÂiasto Qcridarye I-terasiaELdaEÎ ïu?:D[ilidjsati c:tlûqi xrtqoqva bûtqcc e:t:oqi tuproq^aj maydoni: 1479,7 122C,9 53,3

2022 16237 1166.2 52.9

2013 siteiiMsto Qersdaryo I-terassasidaEi ïu^oriladigau c:tloqi tuproq:ar maydoiri: 332.2 317.5 37.3

2022 »initaßfa: 409.3 366.5 33.9

QorïJëryo □- terassasidagi sqgE oiil xlÏ£ an o tl'.",.' 'p"^] maydoni; 1303.0 £57.5 43.:

1257.1 932.7 51,7

1013 ¡¡a tjjUiissttta i): radar] I-II *. alarj¿koli ekilayotEarr va haydov osti qatlaini shag'alli tupvoqlar jatni maydoni: 3164.9:2436,2 45,1

lOIlsiltiinitwIlar. 3290.60465,4 50,5

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973sonli "Sholi etishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. Инструкция по составлению крупномасштабных почвенных карт колхозов и совхозов Узбекской ССР (Ташкент 1960 г).

3. "O'zbekiston Respublikasi sug'oriladigan tuproqlarni bonitirovkalash bo'yicha uslubiy ko'rsatma" RH-31-030-06 (Toshkent-2005 yil).

4. С.Абдуллаев, А.Ж Боиров «Руководство к проведению химических и агрофизических анализов почв при мониторинге земел» (Ташкент 2004 г).

5. «Davlat er kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq xaritalarini tuzish bo'yicha yo'riqnoma» (Toshkent 2013 yil).

6. "Tuproqsifattaxlil" DUK tomonidan "Andijon viloyati Andijon tumanidagi mavjud fermer xo'jaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilar sug'oriladigan erlarining tuproq kartalarini tuzish va tuproq sifatini baholash ishlarini bajarish" bo'yicha 2021 yilda tayyorlangan tuproq sifatini baholash xaritalari.

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qoradaryo.

8. https://uz.wikipedia.org/wiki/Andij on_tumani.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.