QOQIO�TDOSHLAR OILASI
To�ychiyeva Sevara Shukurbek qizi
ADPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
biologiya yo�nalishi 2-bosqich 202-guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7976436
Qabul qilindi: 26.05.2023
Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-194-196
Annotatsiya: Qoqio�tdoshlar oilasini o�rganish mobaynida uning Taraxacum turkumiga kirishini, uning ko�p yillik ekanligini kuzatdik. Bu maqolada dorivor qoqio�tning o�simligi to�g�risida, uning shifobaxsh xususiyatlari, undan tayyorlangan maxsulatlarni is�temol qilishni va tibbiyotda alohida o�ringa ega bo�lishini ko�rib chiqdik.
Kalit so�zla: Qoqio�t, naychasimon gular, tilsimom gular, soxta tilsimon va dahanasimon gular, to�pgular.
Annotation: During the study of the family of sedums, we observed that it belongs to the Taraxacum family, and that it is a perennial. In this article, we have discussed about the medicinal plant, its healing properties, consumption of products made from it, and its special place in medicine.
Key words: Cucumber, tube-shaped flowers, talismanic flowers, false tongue-shaped and branch-shaped flowers, balls.
ASOSIY QISM.
Qoqi � murakkabguldoshlarga mansub ko?p yillik sut shirali o?simlik turkumi. Bo?yi 10�40 sm, barglari ildiz bo?g?zidan chiqqan, lansetsimon, ko?pincha to?pbarg hosil qiladi. Gullari sariq, savatchaga yig?ilgan. Mevasi pistacha. Apreldan iyulgacha gullab, meva tugadi. O?zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Yo?l yoqalari, ariq bo?ylari, bog?lar, tog?li joylar va dalalarda uchraydi. Tog? qoqi, dorivor qoqi (momaqaymoq), shoxsiz qoqi, kallakdor qoqi va boshqa turlari bor. Ildizida inulin to?planadi. Barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Q.ning ildizidan tayyorlangan ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda o?t haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Qoqio�tdoshlar oilasi 1250-1300 ta turkumga mansub 25000 ta turni birlashtiradi. Ular Yer shari bo�ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko�ra oilada bir va ko�p yillik o�tlar ustunlik qiladi. O�rta Osiyoda oilaning 179 ta turkumga mansub 1463 ta turi, O�zbekistonda 121 ta turkumga oid 566 ta turi o�sadi.
Bu oilaga asosan bir va ko�p yillik o�tlar hamda ayrim buta, liana va kichik daraxtlar kiradi. Ular xilma-xil ekologik sharoitda-cho�llardagi qumlarda, sho�rxok va gipsli tuproqlarda, adirlardagi mayda chag�ir toshli, shag�alli joylarda buta va daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Barglari oddiy, ketma-ket, ba�zan qaramaqarshi yoki halqa hosil qilib joylashgan. Yaprog�i turlicha shakl va kattalikda. Yonbargchalari bo�lmaydi. Gullari turlicha kattalikda va rangda bo�lib, bir nechtasi birgalikda savatchalarda o�rnashgan. Gulqo�rg�oni bo�laklarining tuzilishi, shakli, soni, joylashishi har xil bo�lganligi hamda ularning savatchalarda joylashganligiga qarab bu oilaga murakkabguldoshlar deb ham nom berilgan.
Qoqio�tdoshlar vakillari gultojining tuzilishiga qarab odatda 4 guruhga bo�linadi:
1. Naychasimon gullar. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, 5 bo�lakchali yoki tishli uch tom simon.
2. Tilsimon gullar. Gultoji zigomorf, ikki jinsli, uchi 5 tishli, uzun tilsimon. Bunga qoqio�t va sachratqilar kiradi. Gul formulasi ^Ca(5)-pap-0Co(5)A(5)G(2).
3. Soxta tilsimon gullar. Gultoji zigomorf, hamisha urug�chi gullardan iborat.
ikki labli, ustki labi reduksiyalangan. Bunga andiz, moychechak va kungaboqar savatchalarining chetidagi gullar kiradi. Gul formulasi ^Ca(5)-pap-0Co(3)A0G(2).
4. Dahanasimon (voronkasimon) gullar.
Gultoji tutashgan, zigomorf, voronkasimon, tishlari 5 ta, uzun-qisqa, changchi va urug�chisi bo�lmaydi. Ular savatchaning chetlarida joylashib, hasharotlarni jalb etish uchun xizmat qiladi.
Qoqio�t - Taraxacum turkumiga asosan ko�p yillik va ikki yillik o�q ildizli o�tlar kiradi. O�simlikning deyarli hamma qismida sut shirasi bor. Barglari ildiz bo�g�zida joylashgan, nashtarsimon, chetlari turli darajada qirqilgan. Savatcha (to�pguli) to�pbarg o�rtasidan chiqqan, ichi bo�sh gulband uchida joylashgan. Gullari sariq rangli. Mevasi (pistasi) cho�ziq, uchi tukli (popukli). Erta bahordan yoz oylarigacha gullab, meva beradi. O�zbekistonda cho�ldan to tog� mintaqasigacha bo�lgan hududlarda keng tarqalgan.
Turkumning Dorivor qoqio�t - Taraxacum officinale turidan dorivor o�simlik sifatida foydalaniladi. U pastki barglari yerga yotib o�sadigan ko�p yillik o�t. Gullari (to�pguli) to�q sariq. Savatchasining diametri 3-4 sm, gulbandi uzun. Asosan aholi yashaydigan joylarda, yo�l yoqalarida, ariq bo�ylarida o�sadi. Tibbiyotda qoqining ildizidan foydalaniladi.
Qoqio�t - Taraxacum turkumiga asosan ko�p yillik va ikki yillik o�q ildizli o�tlar kiradi. O�simlikning deyarli hamma qismida sut shirasi bor. Barglari ildiz bo�g�zida joylashgan, nashtarsimon, chetlari turli darajada qirqilgan. Savatcha (to�pguli) to�pbarg o�rtasidan chiqqan, ichi bo�sh gulband uchida joylashgan.
Gullari sariq rangli. Mevasi (pistasi) cho�ziq, uchi tukli (popukli). Erta bahordan yoz oylarigacha gullab, meva beradi. O�zbekistonda cho�ldan to tog� mintaqasigacha bo�lgan hududlarda keng tarqalgan (2.1. 2-rasm, D).
Turkumning Dorivor qoqio�t - Taraxacum officinale turidan dorivor o�simlik sifatida foydalaniladi. U pastki barglari yerga yotib o�sadigan ko�p yillik o�t.
Gullari (to�pguli) to�q sariq. Savatchasining diametri 3-4 sm, gulbandi uzun. Asosan aholi yashaydigan joylarda, yo�l yoqalarida, ariq bo�ylarida o�sadi.
Tibbiyotda qoqining ildizidan foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. C.M.Mustafayev, O�.A.Axmedov, M.S.Mustafayeva, M.T.Yulchiyeva Botanika Toshkent-2012.
2. A.C.Yuldashev, Sh.J.Tojiboyev, A.A.Imirsinova, M.U.Tojiboyev Botanika (Geobatanika asoslari).
3. O�.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Maxmudov. Botanika ( Morfologiya, Anatomiya, Sistematika, Geobotanika).