Научная статья на тему 'QO‘L TO‘PICHILARNI MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI NAZORAT QILISH USLUBLARI'

QO‘L TO‘PICHILARNI MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI NAZORAT QILISH USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

292
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yuklama / xajm / shiddat / mashg‘ulot / nazorat / Loading / size / violence / training / control

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Dilnoza Davronbekovna Egamberganova

Ushbu maqolada qo‘l to‘pichilarni mashq qilish davomida yuklamalarni nazorat qilishni pedagogik asoslash, tibbiy – biologik, biomexanik, bioximik psixologik va boshqa nazorat qilish haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information on pedagogical use of pedagogical controls, medical and biomehohanic, biotechanical, bioxological and other control during the exercise of handball players

Текст научной работы на тему «QO‘L TO‘PICHILARNI MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI NAZORAT QILISH USLUBLARI»

QO'L TO'PICHILARNI MASHG'ULOT YUKLAMALARINI NAZORAT

QILISH USLUBLARI

Dilnoza Davronbekovna Egamberganova

Urganch davlat universiteti o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qo'l to'pichilarni mashq qilish davomida yuklamalarni nazorat qilishni pedagogik asoslash, tibbiy - biologik, biomexanik, bioximik psixologik va boshqa nazorat qilish haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Yuklama, xajm, shiddat, mashg'ulot, nazorat.

ABSTRACT

This article provides information on pedagogical use of pedagogical controls, medical and biomehohanic, biotechanical, bioxological and other control during the exercise of handball players.

Keywords: Loading, size, violence, training, control.

KIRISH

Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda o'z xalqining, yoshlarining jismoniy va ma'naviy kamoloti bilan o'lchanadi. Hozirda davlatlar o'rtasidagi o'zaro musobaqa, kuch-qudratini namoyon etish bellashuvi, asosan ikki yo'nalishda- sport va jismoniy tarbiya hamda aql-zakovat, ya'ni intelektual faoliyat sohasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportga xukumatimiz tomonidan katta e'tibor berilmoqda, bunga misol qilib qabul qilingan qaror va farmoyishlarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Mamlakatimiz sportchilarini jahon arenalarida erishayotgan natijalari va muvoffaqiyatlari xukumatimiz e'tiborini qozonish deyishimiz mumkin. Boshqa sport turlari singari qo'l to'pi sport turiga xam respublikamizda katta e'tibor berilib, istiqbolli sport turlari qatoriga kiritilgan. Zamonaviy qo'l to'pichilarni tayyorlash -bu keng qirrali mashaqqatli mehnat talab qiluvchi va ma'suliyatli ish bo'lib, chuqur ilmiy izlanishlar olib borishni talab etadi. Shuningdek mashq qilish davomida yuklamalarni nazorat qilishni pedagogik asoslash, tibbiy - biologik, biomexanik, bioximik, psixologik va boshqa nazorat qilish zarur bo'ladi.

Hozirgi kunda qo'l to'pichilarni mashg'ulot davomida yuklamalarni nazorat qilish va boshqarishning pedagogik asoslari mavzusida bir qancha ilmiy maqolalar va ilmiy-tadqiqot ishlari

June, 2022

52

olib borilgan. Sportni shiddat bilan rivojlanishida ushbu mavzuda ilmiy ishlar yetarli emasligi mavzuni yanada kengroq ko'rib chiqishni talab etadi. Shunday ekan bularning hammasi qo'l to'pichilarni sport tayyorgarlik darajasini pasayishiga olib keladi va iqtisodiy xarajatlarni ko'paytirib, sportda yuqori natijalarga erishishni va qo'l to'pi mashg'ulot davomida yuklamalarni nazorat qilish va boshqarishni susayishiga olib keladi.

Mashg'ulot jarayonini boshqarishda mashg'ulot yuklamalarini nazorat qilish va tahlil etish katta ahamiyatga ega.

Mashg'ulot jarayonini boshqarish uchta bosqichni o'z ichiga oladi:

- boshqarish ob'ekti va ob'ekt shakllanadigan tashqi muhit to'g'risida axborot yig'ish;

- olingan ma'lumotlarni tahlil qilish;

- qaror qabul qilish va rejalashtirish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy qo'l to'pi murabbiyi mashg'ulot yuklamasi darajasini muntazam tahlil qilib borishi va musobaqa faoliyati ko'rsatkichlari bilan uni taqqoslab turishi lozim. Shu orqali yuklamaning qanday turi sportchi texnikasini takomillashtirishga katta ta'sir ko'rsatadi, yuklama hajmi yetarlichami, har xil yuklama turlarining hajmi va yo'nalishi o'rtasidagi nisbat optimal qanchalik ekanligi aniqlanadi.

M.A. Godik (1980) tomonidan ishlab chiqilgan mashg'ulot yuklamalarining tasnifiga muvofiq yuklamalarni nazorat qilish hamda tahlil etish uchun quyidagi tavsiflarning son qiymatlarini aniqlash zarur:

- ixtisoslashganlik, ya'ni ushbu mashg'ulot vositasining musobaqa mashqi bilan o'xshashlik darajasi;

- u yoki bu harakat sifatini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning ta'sir etish yo'nalishi;

- mashg'ulot samarasi hajmiga ta'sir etuvchi koordinatsion murakkablik;

- mashqning sportchi organizmiga ta'sir etishining son darajasi sifatidagi

hajmi.

Ushbu tavsiflarni sport kurashiga taalluqli holda ko'rib chiqamiz.

Yuklamaning ixtisoslashganligi. Qo'l to'pi mashg'ulotlarida bajariladigan hamma mashqlar qo'l to'pichining ixtisoslashgan maxsus mashqlari, texnika va taktikani takomillashtirish mashqlari, sherik bilan har - hil mashqlar, musobaqalardagi mahoratni takomillashtirish mashqlari hamda ixtisoslashmagan mashqlarga bo'linadi. Mashg'ulotni rejalashtirishda ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan mashqlar

June, 2022

53

nisbatini hisobga olish zarur. Ko'p sonli ixtisoslashmagan mashqlarni rejalashtirish o'smir qo'l to'pichilarning har tomonlama tayyorgarligiga yordam beradi. Ixtisoslashgan mashqlar ulushi sportchining ko'p yillik mashg'ulotlari jarayonida asta-sekin oshib boradi.

Ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan yuklamalar sonining murabbiy tomonidan doimo qayd qilib borilishi mashg'ulot jarayonini maqsadli tashkil etishga yordam beradi.

Yuklama yo'nalishi. Ma'lumki, sport kurashida musobaqa faoliyatining o'ziga xos xususiyati tezkorlik-kuch tayyorgarligi va maxsus chidamlilikka katta talablar qo'yishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun mashg'ulot yuklamalari qo'l to'pichining shu harakat sifatlarini tarbiyalashga qaratilishi lozim. Mashg'ulotlarda yuklamani to'rtta guruhga bo'lish qabul qilingan: anaerob-alaktat (tezkorlik-kuch); anaerob-glikolitik (tezkorlik chidamliligi); aralash; aerob (umumiy chidamlilik yuklamasi).

NATIJALAR

Mashg'ulot jarayonida turli yo'nalishdagi mashqlarni bajarish ketma-ketligini hisobga olib borish zarur. Mashg'ulotda mashqlarni quyidagi ketma-ketlikda bajarish oqilona yo'l hisoblanadi: (2-jadval)

- avval alaktat-anaerob (tezkor-kuch), so'ngra anaerob-gliko-litik mashqlar (tezkorlik chidamliligiga qaratilgan mashqlar);

- avval alaktat-anaerob, so'ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilikka qaratilgan mashqlar);

- avval anaerob-glikolitik (kichik hajmda), so'ngra aerob mashqlar.

Murabbiy amaliy faoliyatda mashg'ulot jarayoni yo'nalishini quyidagi

tavsiflar: davomiylik va shiddat, mashqlar o'rtasidagi dam olish oraliqlari va xususiyati, takrorlashlar soni va bajarilayotgan mashqning koordinasion murakkabligi bo'yicha o'zi baholay olishi lozim.

Murabbiy, mashg'ulotlarda yuklamani qayd qilayotib, uni yuklamalar tasnifi bilan taqqoslashi zarur (2-jadval).

Mashqlar yo'nalishini yurak qisqarish sur'ati (YuQS) bo'yicha nazorat qilib borish mumkin. Maksimal shiddatda va kichik hajmda bajariladigan mashqlar, oddatda, tezkorlik-kuch sifatlarining rivojlanishiga ta'sir etadi.

Huddi shunday, lekin katta hajmdagi mashqlar yoki katta shiddat bilan 30-120 s. atrofida bajariladigan mashqlar tezkorlik chidamliligiga ta'sir ko'rsatadi. Ularni bajarish paytida YuQS 160-190 zarb/daq gacha etadi. Uzoq vaqt davom etadigan kam shiddatli mashqlar umumiy chidamlilikning

takomillashishiga ta'sir etadi, YuQS- 130-160 zarb/daq.

June, 2022

Mashqlarni mashg'ulot yo'nalishi bo'yicha guruhlarga taqsimlashda yuklama tarkibining

ahamiyati

Yuklama tarkibi

Yuklama yo'nalishi Mashqlar davomiyligi Mashqlar shiddati Dam olish vaqti Takrorlashlar soni

Anaerob-alaktat (tezkorlik-kuch) 6 5. gacha Maksimal Mashqlar o'r-tasida 12 daq seriyalar ora-sida 3-5 daq. Bitta seriyada 6-7 takrorlash, 5-6 seriya

Anaerob-Gliko litik (tezkorlik chidamli-ligi) Bir martalik ishda 0,3-3 daq. Submak simal

Takroriy ishda 0,3-2 daq. Submaksimal yoki katta 3-10 daq 3-6

Aerob-anaerob (hara-kat sifat-larining hamma turi) 02 daq Katta Mashqlar o'r-tasida 0,2-0,5 daq., seriyalar orasida 3 daq gacha Seriyada 2-4 takrorlash, 5-6 seriya

05,-1,5 daq. Katta Mashqlar o'r-tasida 0,5-1,5 daq, seri-lar orasida 6 daq gacha Bir martalik takroriy ishda 10 va undan or-tiq 24 seriyada 5-6 takrorlash

3-10 daq. Katta Cheklanmagan, to'liq tikla-nishgacha 2-6

30 daq. Sustdan maksimal gacha

Aerob (umumiy chidamlilik) 1-3 daq sust 0,5-1,5 daq. Takroriy ish-da 10 va undan or-tiq, 2-8 seriyada 5-8

3-10 daq sust Cheklanmagan, kayfiyatiga qarab takro-riy ish 6-8

30 daq. va ortiq O'zgamvchan ishda kichik-dan kattagacha

Anabolik (kuch va chi-damlilik) 1,5-2 daq. Kattadan sub- maksimal gacha 1,5-2 daq. 5-6 mashqdan iborat seriya, 3-4 marta takror-lanadi

oxirgi nafasgacha Katta 3-4 daq. 4-6

Mashqlarning YuQS bo'yicha yo'nalishini qayd qilishda ulaming ketma-ketligini hisobga olish lozim. Bu ketma-ketlik mashg'ulot boshidagi xuddi shu mashq bilan solishtirganda, uning

June, 2022

55

yakunida YuQS ning nisbatan 20-30%ga oshishiga imkon beradi. Birinchi holda yuklama umumiy chidamlilikning, ikkinchi holda tezkorlik chidamliligining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi.

Yuklamaning koordinasion murakkabligi. Bu tavsif mashg'ulot yuklamalarini kamida ikkita: oddiy (raqib qarshiligisiz, kam tezlikda va h.k.) va murakkab (musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan holda) guruhlarga taqsimlashni nazarda tutadi. Mashg'ulotlarda oddiy va murakkab texnik harakatlarni nazorat qilib borish zarur.

Oddiy texnik harakatlarga dast ko'tarishlar, siltab ko'tarishlar, ushlab olishlar, ushlab olishlardan chiqib ketish, oddiy hujum harakatalari kiradi (HH, ya'ni hujum darhol usul tarkibidan boshlanadi).

Murakkab texnik harakatlarga murakkab hujum harakatlari (MHH, ya'ni taktik tayyorgarlik usullari bilan hujum harakatlari va usullar kombinasiyalarini qo'llab hujum qilish), himoyalanishlar, qarshi harakatlar, harakatlar bog'lanishlari kiradi.

Qo'l to'pi bo'yicha bo'yicha yirik musobaqalarning tahlili shuni aniqlashga imkon beradiki, MHH ni tez-tez qo'llab turadigan qo'l to'pichilar katta muvaffaqiyatlarga erishar ekan. Demak, mashg'ulotlarda murakkab texnik harakatlarni rejalashtirish qo'l to'pichining jismoniy imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.

Yuklama hajmi. Yuklama hajmi deganda sportchi bajarayotgan mashqlarning uning organizmiga ta'sir etish darajasi (maksimal, katta, o'rta, kichik) tushuniladi. Yuklama hajmi, odatda, hajm va shiddat ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi.

Qo'l to'pichilar mashg'ulotida yuklama hajmini nazorat qilayotib, quyidagilarni qayd etish zarur: mashg'ulot va musobaqa faoliyatiga sarflangan vaqt (soatlar, kunlar, haftalar, oylar), mashg'ulotlar soni (sikllar, bosqichlar, davrlar).

Mashg'ulotdagi yuklama hajmini aniqlash uchun mashqdan keyin YuQS ning o'rtacha hisobi topiladi, so'ngra jadvaldan shiddat qiymati topiladi, uni shu mashqni bajarish vaqtiga ko'paytiriladi. Yuklama hajmini mashg'ulotning ta'sir etish yo'nalishi bo'yicha qayd etish maqsadga muvofiqdir.

Mashg'ulot dasturini tuzuvchi murabbiy sportchi tomonidan bajarilgan ishlar to'g'risida aniq hamda ishonchli ma'lumotga ega bo'lishi lozim, murabbiy uning tayyorgarligidagi ijobiy hamda salbiy tomonlarni bila turib, mashg'ulot jarayonini maqsadga muvofiq holda amalga oshirishi mumkin.

Mashg'ulot yuklamasining kattaligini aniqlash uchun mashqdan keyin o'rtacha YuQS o'lchanadi, so'ngra jadvaldan shiddatning qiymati topilib,

u mazkur mashqni bajarish uchun sarflangan vaqtga

June, 2022

ko'paytiгiladi. Yuklama kattaligini, imkon bo'lsa, mashg'ulot ta'sirining yo'nalishi bo'yicha qayd etish kerak.

Misol tariqasida qo'l to'pichilaming mashg'ulotlaridan biгining yuklamasi kattaligini aniqlaymiz (4-jadval)

Qo'l to'pichilar mashg'ulotini tahminiy tuzilishi

4-jadval

№ Mazmuni Baja- 1 daqiqa Shiddat Shiddat

rish YuQS ballarda zonalari

Vaqti

i. Badan qizdirish mashqlari 15 132 4 I

2. To'p uzatishlami takomillashtirish 10 i44 б I

3. Aldamchi harakatlarni takomillashtirish 10 15б S II

4. Hujumda tez yorib o'tishni takomillashtirish 5 174 14 II

5 Qarshi hujum harakatlarini takomillashtirish 10 i3S 5 I

б. Ikki tamonlama o'quv o'yini 6 18б 2i III

7. Qo'l to'pichining tezkoriik qobiliyatini mustahkamlash uchun maxsus mashqlar 4 12б 3 I

Shunday qilib, bizning mashg'ulotimizda umumiy ish muddati 60 daqiqani tashkil etadi. Har bir mashq uchun biz YuQS ning o'rtacha ko^satkichini va sarfanadigan vaqtni aniqlaymiz. Jadval asosida biz mashg'ulot shiddati ballini bilib olamiz. Masalan, badan qizdirish mashqlari YuQS 132 zarta bo'lgani holda 15 daq. davom etgan, bu 5-jadvalga ko'ra 4 ballga teng. Endi, foimulaga asosan, yuklama kattaligini aniqlaymiz, bunda mashqni bajarish uchun sarflangan vaqt uning shiddati balliga ko'paytiriladi.

Qo'l to'pi mashg'ulot yuklamasi umumiy kattaligini aniqlash

5-jadval

№ Mazmuni i vaqti va shiddati ballarda îlot yuklamasi kattaligi.

i Badan qizdirish mashqlari 15x4 6O

2. To'p uzatishlami takomillashtirish 1Ox6 6O

3. Aldamchi harakatlarni takomillashtirish lOxS SO

June, 2022

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5?

4. Hujumda tez yorib o'tishni takomillashtirish 15x14 70

5. Qarshi hujum harakatlarini takomillashtirish 10x5 50

6. Ikki tamonlama o'quv o'yini 6x21 126

7. Qo'l to'pichining tezkoriik qobiliyatini mustahkamlash uchun maxsus mashqlar 4x3 12

8. Jami - 458

Mazkrn- mashg'ulot yuklamasini sportchi o^anizmiga ta'siming yo'nalishiga qarab ham aniqlash mumkin. Odatda, ishning shiddati vaqtini uch zonada hisoblash mumkin:

I - asosan aerob YuQS -140-150: II zona - aralash-aerob-anaerob YuQS - 156180 va III zona - anaerob YuQS-186 va undan baland (6-jadval).

Shunday qilib, birinchi zonada bajarilgan ishning umumiy vaqti 39 daq. yoki umumiy vaqtning 65%ini, yuklama kattaligi esa 182 shartli birlikni tashkil etdi. Ikkinchi zonada ish vaqti 15 daq ga yoki umumiy vaqtning 25% ga, yuklama kattaligi esa 150 shartli biriikka teng bo'ldi. Uchinchi zonada sportchi 6 daq. yoki umumiy vaqtning 10% ida ish bajardi, yuklama kattaligi esa 126 shartli birlikni tashkil qildi.

Mashg'ulot yuklamalarini 3 zonaga taqsimlash

б-jadval

№ Mazmuni Bajari-lish 1 daq. da Mashg'ulot Bajari-layotgan

vaqti YuQS yuklamasi kattaligi ish zonasi

1. Badan qizdirish mashqlari 15 132 60 Birinchi

2. To'p uzatishlami takomillash tirish 10 144 60 Birinchi

3. Aldamchi harakatlarni takomillashtirish 10 156 80 Ikkinchi

4. Hujumda tez yorib o'tishni takomillash tirish 5 174 70 Ikkinchi

5. Qarshi hujum harakatlarini takomillash tirish 10 138 50 Birinchi

6. Ikki tamonlama o'quv o'yini 6 186 126 Uchinchi

7. Qo'l to'pichining tezkoriik qobiliyatini mustahkamlash uchun maxsus mashqlar 4 126 12 Birinchi

Mashg'ulot yuklamasini bunday tahlil qilish mikro-mezo, makrosiklda bajarilgan ish kattaligini aniqlashga imkon beradi.

June, 2022

58

Urganch Davlat universitetining qo'l to'pi bilan shug'ullanuvchi sportchi qizlarda tadqiqotdan oldin yuklamalar shiddattini tasniflash

(Tadqiqot boshida)

№ Ismi, sharifi Yu.K.S. Mashg'ulot jarayonidagi shiddat zonasi

Mashgu lotdan oldin u M .= s a s 3 n t an yi ¿is « 2 "O ^ Tiklanis h 40 daqiqa

O T-H ® T-H ® T-H

1 Egamberganova Dilnoza 19 11 4 25 150 20 120 Ikkinchi

2 Ro'zimatova Ozoda 19 114 28 168 22 132 Ikkinchi

3 Karimova Munira 18 108 27 162 22 132 Ikkinchi

4 Iskandarova Nazokat 17 102 25 150 20 120 Ikkinchi

5 Nazarova Go'zal 20 120 27 162 23 138 Ikkinchi

6 Egamova Shoxida 20 120 28 168 23 138 Ikkinchi

7 Bekchanova Maqsuda 19 104 25 150 22 132 Ikkinchi

8 Sadullaeva Gulnoza 18 108 27 162 23 138 Ikkinchi

9 Raximova Umida 20 120 28 168 23 138 Ikkinchi

10 Aminova Saboxat 17 102 23 138 22 132 Ikkinchi

XULOSA

Xulosa va takliflar.Zamonaviy qo'l to'pi murabbiyi mashg'ulot yuklamasi darajasini muntazam tahlil qilib borishi va musobaqa faoliyati ko'rsatkichlari bilan uni taqqoslab turishi lozim. Shu orqali yuklamaning qanday turi sportchi texnikasini takomillashtirishga katta ta'sir ko'rsatadi, yuklama hajmi etarlichami, har xil yuklama turlarining hajmi va yo'nalishi o'rtasidagi nisbat optimal qanchalik ekanligi aniqlanadi.

Mashg'ulot jarayonida turli yo'nalishdagi mashqlarni bajarish ketma-ketligini hisobga olib borish zarur. Mashg'ulotda mashqlarni quyidagi ketma-ketlikda bajarish oqilona yo'l hisoblanadi:

- avval alaktat-anaerob (tezkor-kuch), so'ngra anaerob-glikolitik mashqlar (tezkorlik chidamliligiga qaratilgan mashqlar);

- avval alaktat-anaerob, so'ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilikka qaratilgan mashqlar);

Murabbiy amaliy faoliyatda mashg'ulot jarayoni yo'nalishini quyidagi tavsiflar: davomiylik va shiddat, mashqlar o'rtasidagi dam olish oraliqlari va xususiyati, takrorlashlar soni va bajarilayotgan mashqning koordinasion murakkabligi bo'yicha o'zi baholay olishi lozim.

June, 2022

59

Murabbiy, mashg'ulotlarda yuklamani qayd qilayotib, uni yuklamalar tasnifi bilan taqqoslashi zarur

Qo'l to'pi bo'yicha yirik musobaqalarning tahlili shuni aniqlashga imkon beradiki, mahsus hujum harakatlarini tez-tez qo'llab turadigan qo'l to'pichilar katta muvaffaqiyatlarga erishar ekan. Demak, mashg'ulotlarda murakkab texnik harakatlarni rejalashtirish qo'l to'pichining jismoniy imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.

Urganch Davlat universitetining qo'l to'pi bilan shug'ullanuvchi sportchi qizlarda tadqiqotdan keyin yuklamalar shiddattini tasniflash

8-jadval

Ismi, sharifi Yu.K.Ch. Mashg'ulot jarayonidagi shiddat zonasi

Mashgu lotdan oldin Mashgu lot dan keyin Tiklanis h 40 daqiqa

® T-H o ^H T-H o ^H T-H

1 Egamberganova Dilnoza 19 114 27 162 20 120 Ikkinchi

2 Ro'zimatova Ozoda 19 114 31 186 22 132 Uchunchi

3 Karimova Munira 18 108 30 180 22 132 Uchunchi

4 Iskandarova Nazokat 17 102 27 162 20 120 Ikkinchi

5 Nazarova Go'zal 20 120 29 174 23 138 Uchunchi

6 Egamova Shoxida 20 120 30 180 23 138 Uchunchi

7 Bekchanova Maqsuda 19 104 27 162 22 132 Ikkinchi

8 Sadullaeva Gulnoza 18 108 29 174 23 138 Uchunchi

9 Raximova Umida 20 120 30 180 23 138 Uchunchi

1 0 Aminova Saboxat 17 102 25 150 22 132 Ikkinchi

REFERENCES

1. Abduraxmanov F.A., Liviskiy A.N., Yaroskiy A.I., Pavlov Sh.K. «Podgotovka gandbolistov» Toshkent 1992 g. izd. UzGosIFK. Uchebnoe posobie

2. Akramov J.A.. «Obosnovaniya metodiki kontrolya i analiza biomexanicheskix xarakteristik broska po vorotam v gandbole» Avtoreferat. Dis na soiskanie kpn. Moskva 1992 g. 23 s.

3. Ashmarin B.A. Teoriya i metodika pedagogicheskix issledovaniy v fizicheskom vospitanii: Posobie dlya studentov, aspirantov i prepodavateley IFK. - M.: Fizkultura i sport, 1978. - 223 s.

June, 2022

60

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.