Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGINING MODDIY-TEXNIK RESURSLARI, FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI, ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARI'

QISHLOQ XO‘JALIGINING MODDIY-TEXNIK RESURSLARI, FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI, ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo‘jaligi / moddiy-texnik resurslar / taraqqiyot / fan-texnika / taraqqiyot / ishlab chiqarish / yetishtirish.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ergashev B.A.

Maqolada mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi keng rivojlangan tarmoq ekanligi, uninf o‘rni va ahamiyati, rivojlanish istiqbollari hamda uni rivojlantirishning turli samarali usullari bayon qilingan. Shu bilan birgalikda ushbu maqolada qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik resurslari, ularning fan-texnika taraqqiyotidagi o‘rni haqida ham fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGINING MODDIY-TEXNIK RESURSLARI, FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI, ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARI»

QISHLOQ XO'JALIGINING MODDIY-TEXNIK RESURSLARI, FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI, ILG'OR TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALI

FOYDALANISH MEXANIZMLARI Ergashev B.A.

Jizzax Politexnika instituti "Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash"

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11181632

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda qishloq xo'jaligi keng rivojlangan tarmoq ekanligi, uninf o'rni va ahamiyati, rivojlanish istiqbollari hamda uni rivojlantirishning turli samarali usullari bayon qilingan. Shu bilan birgalikda ushbu maqolada qishloq xo'jaligining moddiy-texnikresurslari, ularningfan-texnika taraqqiyotidagi o'rni haqida hamfikryuritilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, moddiy-texnik resurslar, taraqqiyot, fan-texnika, taraqqiyot, ishlab chiqarish, yetishtirish.

Аннотация. В статье рассказывается о том, что сельское хозяйство является широко развитой отраслью в нашей стране, о роли и значении uninf, перспективах его развития, а также о различных эффективных методах его развития. Вместе с тем в данной статье рассматриваются и материально-технические ресурсы сельского хозяйства, их роль в научно-техническом развитии.

Ключевые слова: сельское хозяйство, материально-технические ресурсы, прогресс, наука и техника, прогресс, производство, выращивание.

Abstract. The article describes that agriculture is a widely developed industry in our country, the role and importance of uninf, the prospects for its development, as well as various effective methods of its development. At the same time, this article also examines the material and technical resources of agriculture, their role in scientific and technical development.

Keywords: agriculture, material and technical resources, progress, science and technology, progress, production, cultivation.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi tarmog'ining ahamiyati juda katta. Chunki Respublikamiz aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog'liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo'jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo'jaligi tarmog'i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.

Mehnat predmeti va mehnat vositalari birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Mahsulot ishlab chiqarishda mehnat predmetlariga ta'sir ko'rsatuvchi buyumlar mehnat vositalari deyiladi. Inson mehnati ishlab chiqarishning qaysi moddiy elementlariga qaratilgan bo'lsa, u mehnat predmeti deb ataladi. Boshqa tarmoqlarda bo'lgani singari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ham ishlab chiqarish vositalarining me'yoriy hajmda mavjud bo'lishi taqozo etiladi. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnik resurslari tarmoqdagi barcha resurslaming eng muhim qismi hisoblanadi va unga quyidagilar kiradi:

• ajratib berilgan yer maydoni;

• bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari;

• ko'p yillik mevali daraxtlar va uzumzorlar;

• mahsuldor va ishchi hayvonlar;

•aylanma mablaglar (urug'lik, o'g'itlar, kimyoviy vositalar, hisob raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog'ozlar).

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnik resurslari ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko'ra, quyidagicha guruhlarga bo'linadi:

- ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan moddiy-texnik resurslari;

- ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan moddiy-texnik resurslari. Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan moddiy-texnik resurslari yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va xizmatlar bajariladi.

Ularga ekin ekilgan yerlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlarni sug'orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydaydigan va ekinlarga ishlov beradigan traktorlar, kombaynlar, kimyoviy vositalar, o'g'itlar, hayvonlarga berilayotgan yem-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Korxonalaming ombor, idora binolari, ayrim inshootlari, aloqa vositalari, kompyuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadilar. [1]

Qishloq xo'jaligida moddiy-texnik bazasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

Birinchidan, qishloq xo'jaligi moddiy-texnik bazasida yer asosiy rol o'ynaydi. Qishloq xo'jaligi asosiy ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog'liq.

Ikkinchidan, qishloq xo'jaligi moddiy-texnik bazasi har doim tabiiy sharoitlar ta'sirida bo'ladi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hududiy xarakterga ega bo'lib, har bir hududda tabiiy-iqlim sharoitlari har xil bo'lishi tufayli har xil turdagi ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Shuning uchun turli hududlarda moddiy-texnik bazasining tarkibi ham har xil bo'ladi.

Uchinchidan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo'lib, bu moddiy-texnik vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta'sir etadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo'lishi zahira urug'lik, yem-xashak, yoqilg'i-moyiash materiallari va boshqalarga ega bo'lish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, moddiy-texnik resurslaridan yil davomida samarali foydalanishga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

To'rtinchidan, qishloq xo'jaligi moddiy-texnik bazasining bir qismi jonli organizmlardan (ish hayvonlari, mahsuldor mollar, ko'p yillik mevali daraxtlar va hokazo) iborat bo'lib, ulardan samarali foydalanish uchun ulaming biologik xususiyatlarini bilish talab etiladi.

Beshinchidan, qishloq xo'jaligida moddiy-texnik bazasini yaratish va saqlash ko'p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi. Moddiy-texnik resurslarming mahsulot yetishtirishda, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda ahämiyati ulkan. Ular mehnatning xarakterini o'zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta'minlaydi.

Fan-texnika taraqqiyoti moddiy-texnik resurslarining sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratishga xizmat qiladi. Shuning natijasida o'simliklarning serhosil, tezpishar navlari, chorva mollarming mahsuldor zotlari, har tomonlama qulay va samarali, yuqori unumli va tejamkor texnikalar, ilg'or texnologiyalar yaratiladi. [2]

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnik resurslari quyidagi belgilari bo'yicha turkumlanadi :

- barpo etilishi bo'yicha;

- ishlab chiqarishda qatnashishiga ko'ra;

- takror ishlab chiqarilishi bo'yicha.

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnik resurslari mulk sifatida tarmoqning, korxonalarning iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkam bo'lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Moddiy-texnik resurslarining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidagi o'mi va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda ish va xizmatlar talab darajasida bajarilishi barcha resurslaming miqdoriga hamda sifatiga bog'liq. Tarmoqning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan bog'langan. Xo'jaliklaming moddiy-texnik bazasi qanchalik mustahkam, ya'ni zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan yaxshi ta'minlangan bo'lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi ta'minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashganligini ko'rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo'1 kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot tannarxi pasayishiga, pirovard natijada daromadlaming oshishiga olib keladi. Bu mehnatning xarakteri o'zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-xizmatchilaming bilimi, malakasi oshirilishini ham talab etadi.

Qishloq xo'jaligi moddiy-texnik resurslari tarkibiga chorva hayvonlari va mevali daraxtlaming ham kirishi tarmoqning muhim xususiyati ekanligiga alohida e'tibor berish, shuningdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnik vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg'i, yog'lovchi materiallar va boshqalaming ishtirokini ham e'tiborga olish lozim.

Qishloq xo'jaligida moddiy-texnik resurslari asosan quyidagi manbalar hisobiga barpo

etiladi:

- korxonaning o'z mablag'lari;

- chetdan jalb etiladigan mablag'lar.

Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag', amortizatsiya fondi mablag'lari, foydalanilmayotgan ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga berishdan tushgan pul tushumi va boshqa manbalardan olingan mablagiar kiradi.

Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya hamda ijtimoiy sohalar uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag'lar, banklarning kredit mablag'lari, korxona tomonidan aholi va boshqa korxonalar ixtiyoridagi bo'sh pul mablag'larini jalb etish maqsadida qimmatli qog'ozlami muomalaga chiqarib sotishdan tushgan tushum, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablag'lar kiradi. Bu manbalardan jalb etilgan mablag'lar hisobiga qishloq xo'jalik korxonalari moddiy-texnik vositalarini ishlab chiqaruvchilarning bevosita o'zlaridan yoki birjalardan, ko'rgazmalardan, auksionlardan shartnomalar asosida sotib olib, moddiy-texnik bazalarini mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin.

Mamlakatimizda fan yutuqlarini qishloq xo'jaligiga ham joriy etishga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, qishloq xo'jalik mashinasozlik sanoati korxonalarida zamonaviy, tejamli, unumli haydov, ishlov beruvchi traktorlar, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda. Yomg'irlatib, tomchilatib, tuproq ostidan sug'orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilnioqda. Bu hol qishloq xo'jaligida samarali, ilg'or texnologiyalar joriy etilishini ta'minlaydi.

Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu jarayonda qatnashuvchilarning tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg'unlashishi lozim. Fan-texnika

taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq xo'jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy vositalami, yangi navlami, zotlami yaratish, mavjud vositalami takomillashtirish, mehnatning xarakterini o'zgartirib, uning unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, ularni qayta ishlab, iste'molchilarga yetkazib berish orqali aholi, korxonalar va nihoyat, davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.

Fan-texnika taraqqiyoti qishloq xo'jaligida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

• yangi yerlarni kompleks o'zlashtirish, zax va sho'rlangan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta'minlanish tadbirlarini ta'minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;

• tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug' navlarini, sermahsul chorva zotlarini yaratish;

• qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiyalashtirishni ta'minlaydigan vositalarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish;

• qishloq xo'jaligiga servis xizmatlarini ko'rsatish, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlaming zarur miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, iste'molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berishni ta'minlashni joriy etish; • qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining erkinlashtirilishini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizmlami yaratish va ulami hayotga izchillik bilan joriy etish;

• fan-texnika taraqqiyoti natijalarini qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o'z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo'lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko'rsatayotganlarning malakasini oshirish va rag'batlantirishni takomillashtirish. [3]

Fan-texnika taraqqiyotining shu yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilishi natijasida qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan moddiy-texnik resurslarni yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta'minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, samarali texnologiyalarni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy etib borish maqsadga muvofiqdir. Bu texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga, mehnat unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Bu borada ham mamlakatimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, g'o'zalami "Andijon texnologiyasi" asosida plyonka ostiga ekish, g'o'zalami sug'orishda "Isroil texnologiyasi" ni joriy etish va boshqalar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda, uning samaradorligini yuksaltirishda moddiy-texnik resurslarining, fan-texnika taraqqiyotining hamda ilg'or texnologiyalaming ahamiyati beqiyos. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida moddiy-texnik resurslarining zamonaviy, unumli, tejamli, sifatli turlari yaratilmoqda. Ulardan oqilona foydalanish tufayli qishloq xo'jaligida yangi, samarali texnologiyalar joriy etilmoqda. Bu texnologiyalardan foydalanish darajasini, samaradorligini tegishli ko'rsatkichlar tizimi yordamida aniqlash lozim. Kelajakda tarmoqning moddiy-texnik resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlami o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish zarur.

REFERENCES

1. Umurzoqov O'.P., Toshboyev A.J., Rashidov J., Toshboyev A.A. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. -T.: «Iqtisod-moliya», 2008.

2. Abdug'aniyev A., Abdug'aniyev A.A. Qishloq xo'jaligi iqtisodi. -T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2004.

3. Ergashev R.X. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. Darslik T.: «Extremum press», 2011.

4. Ergashev B. A., Shodiev Z. I. Безопасность пищевых продуктов-одна из наиболее актуальных задач, стоящих перед странами мира //Universum: технические науки. -2024. - Т. 6. - №. 2 (119). - С. 8-9.

5. Ergashev B. A., Shodiev Z I. Роль сушильного оборудования в производстве сушки сельскохозяйственных и пищевых продуктов //Universum: технические науки. - 2023. -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.