Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGIDA MARKTINGNI O’RNI'

QISHLOQ XO’JALIGIDA MARKTINGNI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tashqi savdo / eksport / import / qisloq xo’jaligi / sotish / marketing / mahsulot / bozor / rivojlantirish / raqobatbardosh / agrar / baholash

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qulliyev Oxunjon Anvar O’G’Li

Maqolada tashqi savdo aloqalarini tahlil qilish, eksport hajmi va tarkibini o’rganish hamda marketing tadqiqotlarini joriy qilish, marketing tahlilini ishlab chiqish masalalari yuzasidan ilmiy nazariy hamda empirik usulda yondashuv uslublari qo’llanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGIDA MARKTINGNI O’RNI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QISHLOQ XO'JALIGIDA MARKTINGNI O'RNI

Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li

Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11422544

Anotatsiya. Maqolada tashqi savdo aloqalarini tahlil qilish, eksport hajmi va tarkibini o'rganish hamda marketing tadqiqotlarini joriy qilish, marketing tahlilini ishlab chiqish masalalari yuzasidan ilmiy nazariy hamda empirik usulda yondashuv uslublari qo'llanildi.

Kalit so'zlar: tashqi savdo, eksport, import, qisloq xo'jaligi, sotish, marketing, mahsulot, bozor, rivojlantirish, raqobatbardosh, agrar, baholash.

O'zbekistonning jami tashqi savdo aylanmasi ko'rsatkichlarini ko'rish mumkin. Oxirgi uch yil mobaynida tashqi savdoda o'sish tendensiyasi kuzatilgan bo'lib, eksport va import hajmi ham mos ravishda ko'payib brogan. Eksport va importai hajmi jihatida taqqoslaganda, jami import hajmi eksport hajmidan ortiq ekanligi aniqlanadi. O'zbekiston tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkor mamlakatlar va ularning ulushi, 2019 yil uchun (mln. AQSH dollari). O'zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari va ularning savdodagi ulushi keltirilgan. Xususan Xitoy, Rossiya hamda Qozog'iston eng ko'p ulushga ega uchta hamkor davlatlar hisoblanib, ham eksport va imprtda nisbatan yuqori ulushga egadir. 2020 yilda jahonda yuz bergan pandemiya tufayli dunyo mamlakatlari tashqi savdosida keskin pasayish kuzatilmoqda. Jumladan yil yakuniga qadar ko'pgina rivojlanayotgan davlatlar tashqi savdo aloqalarida iqtisodiy ko'rsatkichlarning tushishi yuz berdi. Moliya vazirligining 2020 yil sentabr oyida e'lon qilgan hisbotlariga muvofiq, O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yil yanvar-avgust oylarida 24,5 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan. 2019 yilning ushbu davriga nisbatan 12,7 foizga kamayish kuzatildi. Mazkur holat bevosita qishloq xo'jaligi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini marketing tadqiqotlarini olib borish, sotish va realizatsiya masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanmoqda(1).

Qishloq xo'jaligi mahsulotining ko'rinishi xalqaro bozordagi raqboatbardoshlikka bevosita ta'sir o'tkazasi. Bunda mahsulotning hajmi, rangi, tuzilishi, bejirimligi kabi xususiyatlarga e'tibor qaratilinadi. Eksport jarayonida jahon talablaridan biri sifatida mahsulotlarning bir xil hajmda ya'ni kalibrovkada bo'lishi masalasiga ahamiyat beriishi lozim. Importchi kompaniya 5-6 sm hajmdagi mahsulotni talab qiladigan bo'lsa, undan kichik hajmdagi mahsulotlar sotilmay qolib ketishi ehtimoli mavjud bo'ladi.

• Mahsulotning qadoqlanishi. Bugungi kunda qadoqlash texnologiyasi tez rivojlanish asnosida yildan-yilga o'zgarib bormoqda. Xalqaro formatda mahsulotlarning qadoqlanishi ko'p jihatdan iste'molch xohish-istaklariga mos bo'lishi talab qilinadi. Uzoq masofalarga tashiladigan mahsulotlarni qadoqlash, ularning yaxshi holatda yetib borishiga ham ta'sir qiladi. Birinchi navbatda qadoqlash bu dizayn masalasi bilan bog'liq. Ikkinchidan, mahsulot turiga qarab, qadoqlash uni qancha muddat saqlash jarayoniga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo'ladi.

• Qo'shimcha xususiyatlar. Mahsulot yuqoridagi talablar asosida tayyorlanib, bozorga kiritilishida uning qo'shimcha xususiyatlar bo'lishi raqobat sharoitida nisbiy afzallik hosil qiladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yaxshi saqlanganligi, ishonchliligi, tarkibida foydali vitamin va moddalarning yuqori bo'lishi ista'molchilar tomonidan yaxshi kutib olinadi.

O'zbekiston bugungi kunda bir qancha meva turlari bo'yicha jahonda katta eksportchi mamlakatlar safiga qo'shilmoqda. Jumladan gilos eksporti bo'yicha dunyo reytingida 5-o'rinda e'tirof etilgan. O'rik yetishtirish va eksporti bo'yicha kuchli o'ntalikka qo'shildi. Uzum eksporti

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

daromadlari oshishi bo'yicha yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. Shu bilan birga, ko'p tadqiqotchilar ilgari surayotgan fikrlardan biri shuki, O'zbekiston xalqaro bozorda narx jihatidan raqboatbardoshligi nisbatan pastroq bo'lmoqda. Masalan 2019 yilda Rossiyaning bir qancha bozorlarida hurmo savdosi bo'yicha bir qancha qiyinchiliklarga uchrashgan. Bozordagi boshqa yetkazib beruvchi davlat Ozarbayjon hurmosining narxi O'zbekiston hurmosidan bir necha barobar qimmatroq sotilgan. Bundan tashqari yirik iste'molchi supermarketlar Ozarbayjon hurmosini sotib olishda ortiqcha talablar qo'yishmagan. Bunga sabab sifatida eksportchi tadbirkorlar, hurmoning hajmi, rangi, qadoqlanishi, yetkazib berilishi kabi xizmatlarda ustunlikni sabab qilib ko'rsatishgan.

1-rasm. Marketing tadqiqotlarining ishlab chiqarish va sotish yo'nalishlari bo'yicha olib borilishi tizimi.

Shuningdek O'zbekiston uchun asosiy importchi mamlakatlar sifatida Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy davlatlari talablari yildan-yilga o'zgarib bormoqda. 2019-yil qishloq xo'jaligini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va unga xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha o'tkazilgan xalqaro yarmarka tashkil qilindi. Mazkur yarmarkada dunyoning ko'plab nuqtalaridan mutaxassislar, kompaniyalar ishtirok etishdi. Jumladan Yevropa kompaniyalari o'zlarining yangi texnologiyalarini va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning yangi intensiv metodlarini namoyish qilishdi. Ushbu ko'rgazmadan olingan zaruriry ma'lumotlar tahlil shuni ko'rsatdiki, qishloq xo'jaligini rivojlantirshga qiziquvchi investorlar soni ko'p. Mamlakatda qishloq xo'jaligi tovarlarini realizatsiya qilish bilan bog'liq muammolar mavjudligi, iqtisodiy foyda, samaradorlik masalalariga salbiy ta'sir o'tkazmoqda.

O'zbekiston qishloq xo'jaligi tarmog'ining barqaror rivojlanishi ko'p jihatdan innovatsion faoliyatning samaradorligiga bog'liq. Innovatsiyalarni o'zlashtirish natijasida qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanib boradi. Bu esa o'z navbatida, O'zbekistonning jahon bozoriga integratsiyasini kuchaytiradi. Bozor iqtisodiyoti davrida mamlakat agrar tarmog'ini yanada rivojlantirish hamda mazkur tarmoqda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Albatta, agrar tarmoqda yanada ko'plab sifatlimahsulotlarni ishlab chiqarish hamda tarmoq rivojlanishiga bir necha omillar ta' sir etadi, ana shunday muhim omillardan biri raqobarbardoshlik omili hisoblanadi, albatta bu omilning o'rni

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

beqiyos ekanligi sir emas, xususan, agrar tarmoq ishlab chiqarishida asosiy tarmoq xo'jaliklarining ustuvor rivojlanishi hamda ularda qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligini oshirish muammolarini o'rganish va tadqiqetish zurur. Ushbu muammoning echimi aksariyat jihatdan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan tartibga solishning kompleks usullarini ishlab chiqish va amaliyotga qo'llashga bog'liqdir. Vaholanki, resurslar cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish uchun agrar tarmoq xo'jaliklarini rivojlanishi asosiy omil bo'lishi hamda ularda raqobatbardoshlikni yanada oshirish tarmoq rivojlanishi hamda sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur. Shuningdek, agrar tarmoq xo'jaliklarida xatarlar bilan bog'liq masalalar mamlakatning ustuvor ahamiyatga ega masalalaridan biri ekanligidan kelib chiqib, raqobatbardoshligini ta'minlashda mavjud holatnie'tiborga olgan holda bozor tamoyillariga mos me'yoriy-uslubiy ta'minotlarni yanada kengaytirish zarur. Agrar tarmoq xo'jaliklari raqobatbardoshligini baholashning asosiy mezonlaridan biritadbirkorlik darajasi hisoblanadi. Tadbirkorlik darajasi esa, bevosita qishloq xo'jaligi tovarlari bozorida shakllangan talab-takliflar va baho asosidagi tadbirkorlikning daromad darajasiga bog'liqdir. Bu esa agrar tarmoq xo'jaliklarining qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda turli tovarlilik darajasiga ega bo'lishi orqali, ularning raqobatbardoshliligi darajasini ham belgilab beradi.

Tahlil va natijalar Mavjud ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlar tahlili, hisobotlar va biznes tahlillarining natijasiga ko'ra, marketing tadqiqotlarini tashkil qilish, rivojlantirish bevosita qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligidan tortib xalqaro bozorlarda eksport hajmini oshirishga ta'sir ko'rsatadi.

2-rasm. O'zbekistonning 2018-2019 yillardagi tashqi savdo aylanmasi (mln. AQSH dollari).

Mazkur rasm orqali O'zbekistonning jami tashqi savdo aylanmasi ko'rsatkichlarini ko'rish mumkin. Oxirgi uch yil mobaynida tashqi savdoda o'sish tendensiyasi kuzatilgan bo'lib, eksport va import hajmi ham mos ravishda ko'payib brogan. Eksport va importni hajmi jihatida taqqoslaganda, jami import hajmi eksport hajmidan ortiq ekanligi aniqlanadi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Ko'plab tadqiqotchilar qishloq xo'jaligida mavjud imkoniyatlarni yuqori baholagan holda, ushbu sohaning zamonaviy bozor tendensiyalariga moslashishi, xalqaro bozor shartsharoitlari asosida ishlab chiqarish yo'nalishlarini tranformatsiya qilish, tashqi bozorlarni doimiy va tezkor tahlil qilish amaliyoti va malakasini shakllantirish kabi muhim vazifalar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2019 yil 6 sentabrda qishloq xo'jaligini 2020-2030 yillar mobaynida rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Ushbu yig'ilishda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqish, innovatsion va texnologik yangiliklarni joriy qilish, xalqaro bozorlarni tahlil qilish masalalariga e'tibor berildi. Jumladan, qishloq xo'jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish, tashqi bozor talablari asosida maxalliy ishlab chiqarishni rag'batlantirish iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Zamonaviy ilm-fan ilgari surayotgan nazariyalar, mamlakatlar tashqi savdosini rivojlantirishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati birlamchi omillar qatoriga qo'shishadi. Eksport potensialini baholash, mavjud imkoniyatlarini tahlil qilish, xalqaro bozor o'zgarishlarini kuzatib borish va qarorlar qabul qilishda xalqaro marketing sohasining ilmiy va amaliy tajribalarini o'rganish dolzarb ahamiyatga ega. Marketing sohasi olimlardan F.Kotler fikricha, marketing bu yangi yoki sun'iy bir soha va ilmiy yo'nalish emas, balki bu qadimdan tabiiy ehtiyoj asosida mavjud bo'lgan iqtisodiy aloqalarning muhim bo'g'ini. Iqtisodiyotning bosh g'oyasi bu doimiy o'zgaruvchi ehtiyojlarni ta'minlashga qaratilgan bo'lsa, marketing usha ehtiyojlarni aniqlash va taklifni shakllantiruvchi vosita hisoblanadi.

Xulosa. Xalqaro qishloq xo'jalik maxsulotlari bozori juda murakkab va serqirra ijtimoiyiqtisodiy tizim hisoblanadi. Undagi munosabatlarga ham maxsulotlarningko'pligi va o'ziga xosligi, ham barcha davlatlarning manffatlari mavjudligi katta ta'sir ko'rsatadi. Oziq ovqat maxmulotlari bozoriga kirib borish va o'z o'rnini egallash milliy iqtisodiyotning rivojlanish olillaridan biri bo'lib xizmat qiladi.

Qishloq xo'jaligida eksport imkoniyatiri yuqori bo'lgan mava-sabzavot maxsulotlari eksportida zamonaviy sotish texnologiyalarni qo'llash. Masalan, agrofranchayzing texnologiyasidan foydalanishda bozordagi mahalliy firmalar yoki yirik sotish kompaniyalarda O'zbekiston mahsuoltlarining brendidan foydalanish orqali eksport imkoniyatlarini oshirish mumkin.

REFERENCES

1. Abdulloyev, A. (2021). Innovative factors for agriculture development. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 8(8).

2. Abdulloyev, A. (2023). Methodological foundations for evaluating the efficiency of agrocluster management. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

3. Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2024). SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BAHOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(2), 20-24.

4. Fayzilloyevich, O. N. (2020). Characteristics And Main Directions Of The Formation Of Competitive Economy On The Basis Of Innovations. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 101-106.

5. Muhammedrizaevna, T. M., Khakimovna, U. M., Abdullayevna, K. Z., & Bayazovna, G. N. The role of using innovations in improving the competitiveness of goods. Gwalior management academy, 11.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

6. Abdullayeva, H. (2023). BIZNESDA INNOVATSION MARKETINGNING USLUBLARIDAN FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

7. Qulliyev O. ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI CHIZIG'I //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №.

8. Qulliyev O., Abduqahhorov B. ECONOMIC GLOBALIZATION //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Qulliyev O. PUL MABLAG'LARI HISOBI: IQTISODIYOTDAGI O'RNI VA ULARNING ASOSIY VAZIFALARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

10. Qulliyev O. ЛИНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ПРОИЗВОДСТВА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

11. Qulliyev O. Covid-19 и экономика Узбекистана //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

12. Qulliyev O. ПРИНЦИПЫ ФУНКЦИОНИРОВАНИЯ И ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МНОГОСТОРОННИХ БАНКОВ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

13. Qulliyev O., Jiyanov L. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ И СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЙ ПОДОХОД К СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

14. Anvarovich Q. A. et al. THE ECONOMIC MODERNIZATION OF UZBEKISTAN //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. - 2021. - Т. 2. - №. 05. - С. 332-339.

15. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li. Covid-19 va O'zbekiston iqtisodiyoti JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS)

16. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR Volume: 01 Issue: 05| 2021

17. Rasulovich K. A., Ulugbekovich K. A. SECTION: ECONOMICS //POLISH SCIENCE JOURNAL. - 2020. - С. 25.

18. Rasulovich K. A. THE ROLE OF AGRO-TOURISM IN THE DEVELOPMENT OF SOCIO-ECONOMIC INFRASTRUCTURE IN RURAL AREAS //Наука и образование сегодня. - 2021. - №. 3 (62). - С. 13-14.

19. Khodjayev A. R. et al. EFFICIENCY OF USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN SMALL BUSINESS //World science: problems and innovations. - 2021. - С. 130-132.

20. Xodjayev A. et al. THE ROLE OF SMM MARKETING IN SMALL BUSINESS DEVELOPMENT DURING A PANDEMIC //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

21. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li CHOVACHILIK TARMOG'INI RIVOJLANTIRISH VA AQLLI FERMADA ZAMONAVIY SENSORLI TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI Toshkent davlat iqtisodiyot unuversiteti konferensiyasi 2021-y. 186-192-betlar.

22. Anvar o'g'li, Qulliyev Oxunjon. "Functioning Principles and Main Activities of Multilateral Development Banks." International Journal of Culture and Modernity 15 (2022): 83-86.

23. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Bobomurodov Qayimjon Homidovich, O'ZBEKISTONDA KAMBAG' ALLIK DARAJASINI QASQARTIRISH, O'ZBEKISTONDA FANALARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI ISSN: 2181-3302 SJIF:5,963

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

23-SON 20.10.2023 https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/11154 271-273-betlar

24. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Normurodov Jamshit Baxshibek ogli, THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND PROMISING OPPORTUNITIES TO INCREASE IT IN UZBEKISTAN O'ZBEKISTONDA FANALARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI ISSN: 2181-3302 SJIF:5,963 23-SON 20.10.2023 https://journal.buxdu.uz/index.php/journals buxdu/article/view/11153 370-374- betlar

25. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Normurodov Jamshit Baxshibek ogli, THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND PROMISING OPPORTUNITIES TO INCREASE IT IN UZBEKISTAN European Journal of Business Startups and Open Societyj ISSN: 2795-9228 Vol. 3 No. 12 (Dec - 2023): https://inovatus.es/index.php/ejbsos/article/view/2150/2090 58-61- betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.