Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGIDA AGROSERVIS XIZMATLARINI TASHKIL ETISH'

QISHLOQ XO‘JALIGIDA AGROSERVIS XIZMATLARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
16
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisod / servis / agroservis / mahsulot / traktor / avtomobil / ombor / qishloq xo‘jaligi / agrofirmalar / tadbirkorlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umarova Z.O.

Maqolada agroservisning hozirgi davrdagi iqtisodiy ahamiyati, agroservis korxonalarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va agroservis korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGIDA AGROSERVIS XIZMATLARINI TASHKIL ETISH»

Umarova Z. O. katta o'qituvchisi " Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi

JizPI

QISHLOQ XO'JALIGIDA AGROSERVIS XIZMATLARINI TASHKIL

ETISH

Annotatsiya. Maqolada agroservisning hozirgi davrdagi iqtisodiy ahamiyati, agroservis korxonalarini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari va agroservis korxonalarini rivojlantirish bo'yicha takliflar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: iqtisod, servis, agroservis, mahsulot, traktor, avtomobil, ombor, qishloq xo'jaligi, agrofirmalar, tadbirkorlik.

Umarova Z.O. senior teacher "Economy and Management" department

JizPI

ORGANIZATION OF AGROSERVICE SERVICES IN AGRICULTURE

Annotation.The article presents the economic value of agro-servise at present, the spefic features of agro-servise enterprises and the development of agro-servise enterprises.

Key words: economics, servise, agroservices, products, tractors, automobiles, warehouses, agriculture, agrofirms, entrepreneurs.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan xizmatlar sohasining o'rni juda katta va o'z ahamiyatga egadir. Bu ishlab chiqarishning murakkablashuvi, bozorni kunlik va shaxsiy talabdan kelib chiqqan holda tovarlar bilan to'ldirish, jamiyat hayotini yangilovchi ilmiy-texnologik taraqqiyotning jadal o'sishi bilan bog'liqdir. Bularning barchasini axborot, moliyaviy, transport, konsalting va boshqa xizmat turlarisiz amalga oshirib bo'lmaydi.

Agrosektorda agromarketingning shakllanish xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etishdan oldin, agrosektor va agrosanoat tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish maqsadga muvofiq. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, tadqiqotchi olimlar orasida ushbu tushuncha bo'yicha turli xil ta'riflar berilgan bo'lishiga qaramasdan, ularning bu boradagi yondashuvlari bir-birlariga ancha yaqin. Xususan, rus olimlari A.V.Turyanskiy va V.L.Anichinlar agrosektorni quyidagi uchta sohaga ajraluvchi majmua deb qaraganlar 1) qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar; 2) qishlok xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari; 3) qishlok xo'jaligi mahsulotlarini

tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarl, deb hisoblashgan bo'lishsa, yana bir guruh olimlar M.L.Lezin, V.A.Tixonov va Yu.V.Sedixlar: "Agrosektor - bu qishloq xo'jaligini ishlab chikarish vositalari majmuasi bilan ta'minlovchi korxonalar, shu jumladan, agroservis korxonalari, qishloq xo'jaligining barcha mulkchilik va tashkiliy- xuquqiy shakllardagi korxonalari, fermer va dexqon xo'jaliklari, ixtisoslashgan urug'chilik va naslchilik xo'jaliklari, tajriba stansiyalari aholisining shaxsiy yordamchi xo'jaliklaridir"

Xizmatlar sohasining dinamik rivojlanishi kichik biznesni ushbu sohadafaoliyat yuritish uchun taqdim etilgan imkoniyatlardan kelib chiqadi. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, yangidan tashkil etilgan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha korxonalarni texnologik jihatdan jihozlash uchun tadbirkorlik sub'ektlariga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Ma'lumki, respublikamizda qishloq xo'jaligining asosiy maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki va tashqi bozorda iste'mol mahsulotlarini sifatli va samarali etishtirish hisob lanadi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek," Qishloq xo'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi vazifa-ko'p tarmoqli fermerlikni rivojlantirish, har bir fermer xo'jaligining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta'minlashdir. Bu masalani biz mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning garovi deb hisoblaymiz" deb batafsil to'xtalib o'tilgan. Shu bois, bugungi kunda qishloq fermer xo'jaliklarini rivojlantirish uchun agroservis tizimini tashkil etish -qishloq xo'jalik mahsulotlarini sifat darajasini oshirish, ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytirish, erning agrotexnik holatlarini yaxshilash, etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash yoki uni ichki va tashqi bozorga chiqarish muammolarini hal etish, ularni tashish xarajatlarini kamaytirish va qishloq xo'jaligini moliyaviy barqarorligini ta'minlash imkonini beradi.

Qishloq xo'jalik sub'ektlarida mashina-traktor parki barcha mexanizatsiya yordamida bajariladigan ishlarni bajarishdan iborat. Xo'jalikda traktor va qishloq xo'jalik mashinalariga bo'lgan talab erning-iqlim sharoitida, xo'jalikning yo'nalishiga, dexqonchilik va chorvachilikdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga va ish jarayonlarining mexanizatsiyalash xolatiga, texnologik jarayoniga asoslanib aniqlanadi. Mashina- traktor parki (MTP) ning tashkiliy tuzilmasi traktor, avtomobil kombayn va qishloq xo'jalik mashinalari parklari, ta'mirlash ustaxonasi diagnostika markazi texnikalarni saqlash omborlari, ta'minot, yoqilg'i quyish bo'limi, dispecherlik xizmati va h.k. iborat. MTP da boshqarish bosh muxandis tomonidan olib boriladi. Respublika agrar sohasida texnikalardan samarali foydalanish maqsadida chet el tadbirkorlari bilan hamkorlikda texnika vositalari ishlab chiqarish, servis xizmatlari ko'rsatish, ta'mirlash, lizing asosida katta ishlar qilindi.

Texnikani eskirgan, ishdan chiqqan qismlarini almashtirish, yangilash va

ta'mirlash texnikadan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha mehnat va moddiy rusurslar, ehtiyot qismlar, ta'mirlash materiallaroi, binolar, asbob-uskunular va boshqa turdagi xarajatlarni ta'lab etadi. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan texnika va qishloq xo'jalik mashinalarini tiklash maqsadida texnika -ta'mirlashxizmat ko'rsatish korxonalar tashkil etildi.

Texnika-ta'mirlashxizmati bazasi ob'ektiga: xo'jaliklarning markaziy ta'mirlash ustaxonasi; avtomobil saroyi; mashinilar hovlisi; neft omborlari; benzin quyish shaxobchalari; harakatdagi texnik xizmat ko'rsatishva ta'mirlash avtomashinasi ustaxonalari; MTP qoshidagi texnik xizmat ko'rsatish punktlari; chorva fermalariga texnik xizmat ko'rsatish texni k stansiyalari; kombayn va boshqa murakkab mashinalarni ta'mirlash sexi; ta'mirlash zavodlari murakkab turdagi texnikalarni kapital ta'mirlashga ixtisoslashgan ustaxonalar va sexlar; eyilgan detallarni qayta aniqlash ustaxonalaridan tashkil topadi. Bu texnika ta'mirlash xizmati bazasi o'z xizmat qilish doirasiga ko'ra 3 bosqichga:

korxona, tuman va viloyat mashina-traktor birlashmalariga bo'ysunadi.

Texnika-ta'mirlash xizmatlari ko'rsatish bazasining asosiy vazifalari: barcha markadagiqishloq xo'jalik mashinalarini yil mobaynida har qanday sharoitdaham qishloq xo'jalik ishlarini bajara olish qobiliyati jihatidan shay turish, texnika holatida yuz bergan qanday kamchiliklar, nosozliklarni oldini olish va tuzatish, ularga qisqa muddatida texnik servis xizmatlarini ko'rsatishdir.

Traktor agregatini ishlatish davomida uning texnik holati detallarning eyilishi, yechilishi, mexanizmlar, rostlanishining buzilishi, zanglash, va hokazolar natijasida yomonlasha boradi. Bunday o'zgarishlar natijasida traktorning asosiy ko'rsatkichlari bo'lmish tortish quvvati, yonilg'i tejamkorligi, mustahkamlik pasaya boradi.

Mashina-traktor parkini turli texnik xizmat ko'rsatish ishlarini, texnik ko'riklar va diagnostikani, ishlatish sharoitida ta'mirlash va saqlash ishlarini bajaradi. Ularning tarkibiga markaziy ta'mirlash kompleksi, qo'zg'almas texnik xizmat ko'rsatish posti, harakatlanuvchan texnik xizmat ko'rsatish ustaxo nasi, yonilg'i va moy bilan ta'minlash posti, harakatlanuvchan avtomobil asosida tuzilgan yonilg'i moylash materiallari bilan ta'minlovchi agregatlar, traktor va qishloq xo'jalik mashinalarini joriy ta'mirlash ustaxonasi, avtomobil asosida tuzilgan harakatlanuvchan ta'mirlash ustaxonasi va traktorlarni qo'yish (saqlash) uchun mo'ljallangan joylar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A.K.Igamberdiev, S.Aliqulov. Traktorlar va qishloq xo'jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis. o'quv qo'llanma. TOSHKENT-2020

2.Umarova, Zevi Odilovna, and Feruza Yaxyoevna Obidova. "GLOBALLASHUV SHAROITIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH." Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 203207.

3.Obidova, Feruza Yaxyoevna, and Zevi Odilovna Umarova. "BOSHQARUV FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA KADRLARNING GENDER TENGLIGI." Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 208-215. 4.Umarova, Z. O. "BUSINESS OPPORTUNITY FOR TOURISM DEVELOPMENT." Экономика и социум 10 (2020): 275-278. 5.Obidova, F., and Z. Umarova. "FOREIGN EXPERIENCE OF SMALL BUSINESS DEVELOPMENT." Экономика и социум 5-1 (2021): 376-379. 6.Obidova, Feruza Yaxyoevna, and Zebi Odilovna Umarova. "IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INNOVATSION

LOYIHALARNING O'RNI." Global Science and Innovations: Central Asia (см. в книгах) 3.7 (2021): 25-29.

7.Умарова, Зеби Одиловна, and Феруза Яхеевна Обидова. "Значение свободных экономических зон в развитии национальной экономики." Актуальные научные исследования в современном мире 2-6 (2019): 53-57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.