Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINI OSHIRISH'

QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
15
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo‘jaligi / dehqon / diversifikatsiya / agrobiznes aksiyalari / investitsiya kiritish / investitsion strategiya / agrosanoat majmuasi / infratuzlimani rivojlantirish / texnologik taraqqiyot. / agriculture / farmer / diversification / agribusiness activities / investment / investment strategy / agro-industrial complex / infrastructure development / technological development.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sindarov, Sherzod Egamberdiyevich, Ro‘zimatov, Sanjarbek Qosimjon O‘g‘li

Jahon iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va unga aloqador tarmoqlarni o‘z ichiga olgan agrosanoat majmuasi dunyoning ko‘plab iqtisodiyotlarining asosini tashkil etadi va dunyo aholisini oziqlantirish qolaversa turli sanoat tarmoqlarini xom-ashyo bilan ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Dunyo iqlim o‘zgarishi, aholi sonining o‘sishi va resurslar tanqisligi kabi muammolarga duch kelar ekan qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar kiritish ham xavflarni kamaytiradi ham imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi investitsiyalarining turli qirralarini, shu investitsiyalar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashini, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishini, texnologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishini va barqaror tadqiqotlar va amaliyotlarni ta’minlashini bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar olamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE ATTRACTIVENESS OF INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE AGRICULTURAL INDUSTRY

The agro-industrial complex, an important part of the world economy, comprising the rural, forestry, fisheries and related industries, is the basis of many economies in the world and, besides feeding the population of the planet, supports various industries. Plays a crucial role in the supply of raw materials. As the world faces challenges such as climate change, population growth and resource scarcity, investing in agriculture is simultaneously reducing risks and opening up new opportunities. In this article we get the right aspects of different aspects of investment in agriculture, the fact that these investments not only provide food security, stimulate economic development, Stimulate technological innovation and ensure sustainable research and practices, as well as reforms being undertaken in our country.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINI OSHIRISH»

Research BIB / Index Copernicus

QISHLOQ XO'JALIGI SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA

JOZIBADORLIGINI OSHIRISH

Jahon iqtisodiyotining muhim tarmog'i bo'lgan qishloq xojaligi, o'rmon xojaligi, baliqchilik va unga aloqador tarmoqlarni o'z ichiga olgan agrosanoat majmuasi dunyoning ko'plab iqtisodiyotlarining asosini tashkil etadi va dunyo aholisini oziqlantirish qolaversa turli sanoat tarmoqlarini xom-ashyo bilan ta 'minlashda hal qiluvchi rol o 'ynaydi. Dunyo iqlim o'zgarishi, aholi sonining o'sishi va resurslar tanqisligi kabi muammolarga duch kelar ekan qishloq xo'jaligiga investitsiyalar kiritish ham xavflarni kamaytiradi ham imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu maqolada qishloq xojaligi investitsiyalarining turli qirralarini, shu investitsiyalar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta 'minlashini, iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirishini, texnologik innovatsiyalarni rag'batlantirishini va barqaror tadqiqotlar va amaliyotlarni ta'minlashini bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to 'g'risida ma 'lumotlar olamiz.

Kalit so'zlar: qishloq xojaligi, dehqon, diversifikatsiya, agrobiznes aksiyalari, investitsiya kiritish, investitsion strategiya, agrosanoat majmuasi, infratuzlimani rivojlantirish, texnologik taraqqiyot.

Агропромышленный комплекс, являющийся важной отраслью мировой экономики, включающей сельское, лесное, рыболовное и смежные отрасли, составляет основу многих экономик мира и, помимо того, что кормит население планеты, поддерживает различные отрасли промышленности. играет решающую роль в снабжении сырьем. Поскольку мир сталкивается с такими проблемами, как изменение климата, рост населения и нехватка ресурсов, инвестиции в сельское хозяйство одновременно снижают риски и открывают новые возможности. В этой статье мы получаем правильные аспекты различных аспектов инвестиций в сельское хозяйство, тот факт, что эти инвестиции не только обеспечивают продовольственную безопасность, стимулируют экономическое развитие, стимулируют

Sindarov Sherzod Egamberdiyevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fanlari doktori, professor,

Ro'zimatov Sanjarbek Qosimjon o'g'li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

технологические инновации и обеспечивают устойчивые исследования и практику, а также реформы, проводимые в нашей стране.

Ключевые слова: сельское хозяйство, фермер, диверсификация, действия агробизнеса, инвестиции, инвестиционная стратегия, агропромышленный комплекс, развитие инфраструктуры, технологическое развитие.

ABSTRACT

The agro-industrial complex, an important part of the world economy, comprising the rural, forestry, fisheries and related industries, is the basis of many economies in the world and, besides feeding the population of the planet, supports various industries. Plays a crucial role in the supply of raw materials. As the world faces challenges such as climate change, population growth and resource scarcity, investing in agriculture is simultaneously reducing risks and opening up new opportunities. In this article we get the right aspects of different aspects of investment in agriculture, the fact that these investments not only provide food security, stimulate economic development, Stimulate technological innovation and ensure sustainable research and practices, as well as reforms being undertaken in our country.

Key words: agriculture, farmer, diversification, agribusiness activities, investment, investment strategy, agro-industrial complex, infrastructure development, technological development.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "2023 yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" gi imzolagan qarori o'tgan yil uchun muhim ahamiyat kasb etdi [1]. Qolaversa O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan satrategiyasida belgilangan bir qator ustuvor vazifalar ham yurtboshimizning olib borayotgan ulkan sa'y-harakatlaridan biri desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. "Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totli va shirin ekanini barchamiz yaxshi bilamiz" , "dehqon bu - hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi"dir [2]. Bularning barchasi muhtaram prezidentimiz so'zlaridir. Ko'rinib turibdiki bu so'zlarning zamirida juda ulkan ma'nolar mavjud.

MATERIAL VA METOD

Qishloq xo'jaligiga investitsiya qo'yilmalarining bir necha turlari mavjud. Masalan qishloq xo'jaligi fondlari. Bu fondlar qishloq xo'jaligi yerlarini sotib olish va boshqarish uchun bir nechta investorlarning resurslarini to'playdi, diversifikatsiya

Research BIB / Index Copernicus

va professional boshqaruvni ta'minlaydi. Agrobiznes aksiyalarini ham alohida aytish kerak. Ya'ni qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar, o'simlik urug'lari, o'g'itlalarini ishlab chiqaruvchilar va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi kompaniyalarning aksiyalariga investitsiya kiritish qishloq xo'jaligi sanoatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bular bilan birgalikda qishloq xo'jaligi sanoati uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiquvchi startap loyihalarga sarmoya kiritish, nozik dehqonchilik, biotexnologiya va avtomatlashtirilgan mashinalar hamda yuqori o'sish potensialini ta'minlaydi. Undan tashqari bir nechta omillar bu sanoatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi, tuproqning unumdorlik quvvati pastlab ketishi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi kabi muammolar hosildorlik miqdorini o'zgarishiga olib keladi. Investorlar ushbu ekologik omillarni hisobga olishlari va oqibatini o'ylab investitsiya yo'naltirishlari zarur. Qolaversa qishloq xo'jaligi sanoatini rivoj toptiruvchi muvaffaqiyatli investitsiya strategiyalari ham mavjud. Bular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash. Agrosanoat majmuasining negizida dunyo aholisining doimiy o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli, xavfsiz va to'yimli oziq-ovqat mahsulotlari bialn ta'minlash vazifasi yotadi. Yo'naltirilayotgan investitsiyalar ilg'or dehqonchilik texnikasini o'zlashtirish, urug' navlarini yaxshilash va samarali sug'orish tizimlarini joriy etish hisobiga qishloq xo'jaligi mahsuldorligini oshiradi. Hosildorlikni oshirish va yig'im-o'rimdan keyingi yo'qotishlarni kamaytirish orqali bu investitsiyalar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaydi.

Iqtisodiy rivojlanish va bandlik. Agrosanoat kompleksi, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o'sishning muhim omili hisoblanadi. Ushbu sohaga yo'naltirilayotgan sarmoyalar nafaqat fermer xo'jaliklarida balki oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tarqatish va chakana savdoda mavjud ish o'rinlarini yaratadi. Kuchli agrosanoat infratuzilmasini rivojlantirish orqali mamlakatlar aholini ko'p qismini ish bilan ta'minlashlari va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishlari mumkin. Qolaversa, investitsiyalar eksportni rivojlantirishlari orqali shundan tushadigan tushumlarni oshirishi va milliy iqtisodiyotni yanada mustahkamlashga hissa qo'shishi tabiiy.

Texnologik innovatsiyalar va samaradorlik. Agrosanoat majmuasida ilmiy tadqiqot va amaliyotlarga investitsiya kiritish samaradorlik va barqarorlikni oshiruvchi zamonaviy texnologiyalar sonini ohiradi. Dehqonchilik va chorvachilikda oshirilayotgan amaliyotlar, yangidan-yangi innovatsion loyihalar fermerlarga resusrlardan oqilona foydalanishni hamda hosildorlikni oshirishni ta'minlamoqda. Bunday innovatsiyalar hosilni yetishtirishdagi xarajatlarni ozaytiribgina qolmay,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ekologik muammolarni ham kamayishiga va uzoq muddatli barqororlikni tashkil etishga hissa qo'shmoqda.

Diversifikatsiya va qiymat qo'shish. Qishloq xo'jaligiga yo'naltirilayotgan investitsiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishni diversifikstsiya qilishda shuningdek qo'shimcha qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi o'rni beqiyosdir. Bu nafaqat fermerlarning daromadi oshishiga balki qishloq xo'jaligi sektorining raqobatbardoshligini ortishiga xizmat qilmoqda. Qayta ishlash, qadoqlash va brendlash orqali qo'shilgan qiymat ichki va tashqi bozorda bellashish uchun imkoniyalar yaratadi qolaversa iqtisodiy o'sishga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Infratuzilmani rivojlantirish. Qishloq xo'jaligi faoliyatini samarali yuritish uchun rivojlangan infratuzlima kerak. Yetkazib berish, saqlash va logistika sohsiga kiritilayotgan investitsiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlarining bozorlarga o'z vaqtida yetib borishini ta'minlaydi. Undan tashqari bu investitsiyalar hosildan keyingi yo'qotishlarni kamaytiradi va rentabellikni oshiradi. Ishonchli energiya va suv resurslaridan samarali tarzda foydalanish barqaror qishloq xo'jaligi maydonlarini umumiy rivojlantirishga olib keladi.

Natija

So'nggi yillarda vatanimizda qishloq xo'jaligdagi ko'rsatkichlar sezilarli darajada o'zgardi. Ya'ni investitsiyalar miqdorini agrosanoat komleksida oshirishni nazarda tutuvchi bir qator qarorlar qabul qilindi. Chet el mamlakatlari bilan hamkorlikni bu sohada ham yanada kengaytirish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun strategiyalar ishlab chiqild. Masalan, qishloq va oziq-ovqat biznesiga jalb qilingan investitsiyalar hajmini oshirishni olaylik. 2018 yilda asosiy ko'rsatkich 650 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa kelgusi yillarda bularni oshirishni ko'zda tutuvchi tamoyillar ishlab chiqilgan.

1-jadval1

1 Jadval muallif tomonidan o'rganilgan manbalar asosida tayyorlangan.

Research BIB / Index Copernicus

Undan tashqari xorijiy hukumatlarning moliyaviy tashkilotlari bilan investitsion loyihalar ham mavjud. Jami 2 mlrd 205 mln 400 ming dollarlik lohiyalar egamiz. Yuqoridagi mablag'larni quyidagi 5 tashkilot bilan tuzilgan investitsion shartnomalar yig'indisi tashkil etadi. Bular:

•Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 850 mln dollar; •Osiyo taraqqiyot banki 549.8 mln dollar; •Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirishO fondi 92.4 mln dollar; •Yaponiya xalqaro hamkorli agentligi 213.2 mln dollar; •Jahon banki 500 mln dollar.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko'ra, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat 98 977,9 mlrd so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,8% ga o'sdi.

Muhokama

Davlatning fermer xo'jaliklariga moddiy resurslar yetkazib berishda, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishda bevosita ishtirok etishi sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni cheklaydi. Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalaridan samarali foydalanish agrosanoat majmui va bank sektorida agrosanoat majmui va bank sektorida tadbirkorlik subektlariga maslahat xizmatlari ko'rsatish tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi, tadbirkorlikni boshqarish ko'nikmalari, kadrlar salohiyatining yetarli emasligi bilan cheklanadi. Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini mustaqil monitoring qilish va baholash tuzilmalari, tizimlari va mexanizmlari mavjud emas. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining yaxshi qishloq xo'jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish amaliyotlari (GAEP), yaxshi ishlab chiqarish amaliyotlari (GMP) va boshqa standartlarga muvofiqligini rag'batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Mazkur strategik ustuvor vazifaning asosiy maqsadi qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, diversifikatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko'maklashishning samarali tizimini yaratishdan iborat.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Qishloq xo'jaligi sanoatiga sarmoya kiritish aholi sonining o'sishi, texnologik taraqqiyot va barqarorlikka erishish kabi global tendensiyalardan foydalanish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Diversifikatsiya qilish, yetarli tadqiqotlar va uzoq muddatli istiqbollarni maqsad qilgan investorlarga ushbu qiyinchiliklarni yengib o'tishga va sezilarli daromad olish potensiallaridan foydalanishga yordam beradi. Dunyo hamjamiyati hozirgi davrda oziq-ovqat xavfsizligini va ekologik omillarni

Research BIB / Index Copernicus

bartaraf etish bilan kurashishda davom etar ekan, qishloq xo'jaligiga investitsiyalar global iqtisodiyotning kelajagini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynashi tabiiy.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.04.2023 yildagi PQ-113-son. "2023 yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida".

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo'jaligi xodimlari kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 09.12.2017.

1. https://president.uz/oz.

2. https://president.uz/oz/lists/view/1331.

3. https://lex.uz/docs/6424449.

4. https://www.agro.uz/statistika-malumotlari/.

5. https://2030.serio.uz/.

6. https://stat.uz/uz/.

Internet saytlari:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.