Научная статья на тему 'QISHLOQ XO`JALIGI EKINLARINI SUG`ORSHDA YER YUZASI (TUPROQ USTI)DAN EGATLAB SUG`ORISH TEXNIKASI VA KAMCHILIKLARI'

QISHLOQ XO`JALIGI EKINLARINI SUG`ORSHDA YER YUZASI (TUPROQ USTI)DAN EGATLAB SUG`ORISH TEXNIKASI VA KAMCHILIKLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
533
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer yuzasidan (tuproq ustidan) / egatlab sug`orishning texnikasi / suv sarfi / suv resurslaridan samarali foydalanish / filtratsiya / irrigatsiya eroziyasi / egatlar / nishoblik / parabola / o`rtacha qumoq / qumoq

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Yusupova Mohidil Abdumutalibovna, Abdullaaxatov Asadbek Ilhomjon Oʻgʻli

Qishloq xo`jaligi ekinlarini sug`orish usullari sug`orish suvini sug`oriladigan maydonlarga taqsimlash va suvning oqim shaklini tuproq va atmosfera namligiga aylantirishda qo`llaniladigan usul va tadbirlar majmuasi bo`lib, hozirgi vaqtda yer yuzasidan (tuproq ustidan), yomg`irlatib, tuproq orasidan, tomchilatib va aerozol (mayda dispers yomg`irlatib) sug`orishIar farqlanadi. Ushbu maqolada yer yuzasidan egatlab sug`orishning texnikasi, afzalligi va kamchiliklari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO`JALIGI EKINLARINI SUG`ORSHDA YER YUZASI (TUPROQ USTI)DAN EGATLAB SUG`ORISH TEXNIKASI VA KAMCHILIKLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

QISHLOQ XO JALIGI EKINLARINI SUGORSHDA YER YUZASI (TUPROQ

USTI)DAN EGATLAB SUGORISH TEXNIKASI VA KAMCHILIKLARI 1Yusupova Mohidil Abdumutalibovna, 2Abdullaaxatov Asadbek Ilhomjon o'g'li

1B.f.f.d, dotsent FarDu, mohidil_yusupova@mail.ru 2FarDu, 3-bosqich talabasi, asadbekabdullaahatov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7998879

Annotatsiya. Qishloq xojaligi ekinlarini sugorish usullari sugorish suvini sugoriladigan maydonlarga taqsimlash va suvning oqim shaklini tuproq va atmosfera namligiga aylantirishda qo llaniladigan usul va tadbirlar majmuasi bo lib, hozirgi vaqtda yer yuzasidan (tuproq ustidan), yomg irlatib, tuproq orasidan, tomchilatib va aerozol (mayda dispers yomg irlatib) sugorishlar farqlanadi. Ushbu maqolada yer yuzasidan egatlab sugorishning texnikasi, afzalligi va kamchiliklari yoritilgan.

Kalit so^zlar: yer yuzasidan (tuproq ustidan), egatlab sug orishning texnikasi, suv sarfi, suv resurslaridan samarali foydalanish, filtratsiya, irrigatsiya eroziyasi, egatlar, nishoblik, parabola, o rtacha qumoq, qumoq.

Kirish. Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste'moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e'tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Respublikamiz qishloq xo'jaligi rivojlanib borayotgan, industuriyallashgan qishloq xo'jaligiga otib bormoqda. Respublikamizda suvga bo'lgan talab, ayniqsa, qishloq xo'jaligida sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa qishloq xo jaligida paxta, g alla, sholi, meva-sabzavotchilik, uzumchilik va bog'dorchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, suv sarfini iqtisod qilishni talab etadi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish asosida sug'oriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish va sifatini yaxshilash orqali mamlakat aholisi turmush darajasini yuqori pog onalarga ko tarish borasida samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9-oktabrdagi "Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4486-sonli qaroriga binoan, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, suv tejamkor sug'orish texnologiyalarini joriy etish, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalari asosiy vazifalardan qilib belgilangan.

Sug'oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligi sug'orish usuli va texnikasiga ma'lum darajada bog'liq. Qabul qilingan sug'orish usuli va texnikasi sug'orish suvini dalaga bir tekisda taqsimlash va tuproqning hisobiy qatlamini bir xilda namiqtirish, suvni filtratsiya va oqovaga behuda sarfini eng kam darajaga tushirish, tuproqqa va ekinlaiga ishlov berishni mexanizatsiyalash, suvchilar uchun tegishli gigiena sharoitlarini yaratgan holda sug'orishni kechayu-kunduz otkazish va ularning ish unumdorligini oshirish imkoniyatlarini berishi lozim. Tanlangan sug'orish usuli va texnikasi sug'orish tizimida suv taqsimlash jarayonlarini hamda sug'orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga erishishni ta'minlamog'i zarur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Shuningdek, sug'orishga qilinadigan mehnat sarfi va xarajatlarining eng kam bo lishligi, sug'orishning tuproqni zichlashuvi va strukturasini buzilishi hamda irrigatsiya eroziyasiga sabab bo'luvchi salbiy ta'sirini eng kam darajada bo lishi, mazkur usulni ma'lum bir tabiiy sharoitda qo'llash mumkinligi e'tiboiga olinadi.

Qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish usullari va texnikasini tanlashda joyning iqlim, geomorfologik, gidrogeologik sharoitlari, biologik, xo'jalik, iqtisodiy va boshqa bir qator omillami e'tiborga olish talab etiladi. Hududning nam bilan ta'minlanganlik darajasi, suvning bug'lanishga sarfi, havoning harorati va nisbiy namligi, shamolning tezligi va yo'nalishi kabi muhim iqlim elementlari ham hisobga olinishi lozim.

Asosiy qism. Qishloq xo'jaligi ekinlarini yer yuzasidan sug'orishda sug'orish suvi dalaga tuproq ustidan taqsimlanadi. Bunda suv tuproq ustidan gorizontal harakat qilish jarayonida tuproqqa shimiladi: egatlab sug'orishda suv vertikal va yon tomonlarga yo'nalgan holda shimiladi. Egatlab sug'orish yer yuzasidan sug'orishning eng takomillashgan usuli bo'lib, nishobligi 0,001 dan 0,05 gacha bo'lgan yerlarda yetishtirilayotgan qator oralari chopiq qilinadigan ekinlarni asosiy sug'orish usuli hisoblanadi. Bu usul bog' va uzumzorlar, ayrim hollarda yoppasiga ekilgan ekinlar (boshoqli don va yem-xashak o'tlari)ni sug'orishda ham qo'llaniladi. Respublikadagi sug'oriladigan dehqonchilik yerlarining eng ko'p qismi shu usulda sug'orilib kelinmoqda. Egatlab sug'orishda suv dala bo'yicha sug'orish egatlari orqali taqsimlanadi va suv tuproqqa egatning tubi va devorlari orqali singadi. Egatlab sug'orishda qo'shni egatlaming namiqish konturlarining o'zaro qo'shilishi yuzaga keladi. Tuproqni mexanik tarkibiga bog'liq holda bu qo'shilish sug'orish davomiyligiga bog'liq bo'ladi. Yengil tuproqlarda suv gravitatsiya ta'sirida uning chuqur qatlamlariga singadi. Shu boisdan yengil tuproqlarda qator oralari 0,6—0,7 m, o'rtacha qumoq tuproqlarda 0,7—0,8 m va og'ir qumoq tuproqlarda 0,8—1,1 m qilib olinadi. Nam to'plash va ekishdan oldin sug'orishlarda egatlar oralig'ini 0,7— 1,0 m bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon dehqonchiligida sug'orishlar oxiri berk (oqova chiqarilmaydigan) va ochiq (oqova chiqariladigan), tubi tirqishli, ekin ekiladigan egatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Suv o'tkazuvchanligi yuqori bo'lgan tuproqlarda egatlar maxsus egat olgichlar bilan olinib, bir yo'la uning tubi va devorlari zichlashtirilib ketiladi. Bu esa suvning tuproqqa singishini ancha sekinlashuviga olib keladi va buning hisobiga egatlar uzunligini orttirish mumkin bo'ladi. Oxiri berk chuqur egatlar bilan sug'orish nishobligi 0,002 dan kichik bo'lgan yerlarda sabzavot va qator oralari chopiq qilinadigan ekinlarni va nam to'plash maqsadida sug'orishlarda qo'llaniladi.

Egatlar:

- suv oquvchanligi bo'yicha tashlamali va ohiri berk egatlarga; - ko'ndalang kesimi bo'yicha: parabola, trapetsiya va konusli egatlarga;

- uzunligi bo'yicha: qisqa (50-150 m) va uzun (350-400 m) egatlarga;

- qishloq xo'jaligida foydalanish bo'yicha: ekiladigan va ekilmaydigan egatlarga bo'linadi.

Aksariyat holatlarda egatlarning ko'ndalang kesim yuzasi parabola ko'rinishida bo'lib, egat tubining eni 8-10 sm, chuqurigi 9-25 sm, yon devor qiyaligi 1:1 ni tashkil etadi.

Sug'oriladigan maydon oxirida egatlar bir-biri bilan umumiy egat orqali tutashtiriladi. Sug'orishda egatlar ma'lum chuqurlikdagi suv bilan toldiriladi hamda suv berish to'xtatiladi. Chuqur egatlar orqali (oqova chiqarmasdan) sug'orish nishobligi 0,002—0,004 bolgan yerlarda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

qo'llanilib, bunda egatning 2/3 qismi suv bilan to ldiriladi. Egatga suv berish egat oxiriga suvni yetib borishidan avvalroq to'xtatiladi. Oxiri ochiq va oqova chiqariladigan egatlar orqali sug'orish respublikada qo'llaniladigan asosiy sug'orish texnikasi hisoblanadi. Tuproqqa singib ulgurmagan suv oqova tarzida tashama ariqlarga tushadi, ulardan quyida joylashgan dalalami sug'orishda foydalaniladi. Tubi tirqishli egatlar orqali sug'orish suv o'tkazuvchanligi yomon bo'lgan notekis relefli joylarda nam to'plash maqsadida va ekishdan oldin sug'orishlarda, ayrim hollarda ekinlami sug'orishda qo'llaniladi. Bunda egatni olish jarayonida tubi maxsus qurollar yordamida 35 mm kenglikda va 17 sm. gacha chuqurlikda tilmalanib boriladi. Egatga suv sarfi odatdagi sharoitdagiga qaraganda 2—3 marta oshiriladi. Bunday sug'orishda tuproqning tez va deyarli bir tekis namiqishiga erishiladi. Ekin ekiladigan egatlar tor qatorlanib ekiladigan ekinlar (boshoqli don, yem-xashak o'tlari)ni ekish jarayonida bir yo'la olinadi va pushtalar hamda egatning yonbag'ri hamda tubiga urug' ekib ketiladi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini egatlab sug'orish tuproqni chuqur qatlamlarigacha namiqtirish imkonini beradi, bostirib sug'orishlarga qaraganda tuproq strukturasi yaxshi saqlanib qoladi, tuproq kuchli zichlashmaydi. Egatlab sug'orish tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlarga ijobiy ta'sir etadi. Suv bilan 20—30 foiz maydon bostiriladi. Egatlar oralig'i — pushtalar doim yumshoq holatda bo'lib, namlikni yaxshi saqlaydi. Lekin egatning boshi va oxirida tuproqni bir xil chuqurlikda namlash imkoniyatining yo'qligi, suvchining ish unumdorligini kamligi (g'o'zani sug'orishda bir smenada 0,5—1,0 ga), nisbatan katta miqdorlarda suv berishning mumkin emasligi, egat boshida va oxirida (kam nishabli yerlarda) suvni foydasiz chuqur filtratsiyaga yo'qolib ketishi, suvni daladan tashqariga ketishi, sug'orish jarayonida va sug'orishdan keyingi kunlarda suvni bug'lanish natijasida yo'qolishi, dalani notekis namlanishi (ayniqsa dala mikrorelefi yomon va tekislanishi sifatsiz amalga oshirilsa),sug'orish jarayonining nisbatan ko'p mehnat talab qilishi, o'simliklarga berilgan mineral o'g'itlarning ma'lum bir qismi suvga qo'shilib oqib chiqib ketishi va yerga singib begona o'tlarning rivojlanishiga olib keldi, shuningdek ekinlar egatlar bo'ylab sug'orilganda egat boshi va oxirida yerga singigan suv miqdori bir xil bo'lmaganligi sababli egat boshi yuvilgan, sho'rlanmagan, oxirida esa sho'rlanganlik sodir bo'ladi, chunki, egat boshida suv tuproqga singadi, egat oxirida esa yo'q, bular egatlab sug'orish texnikasining kamchiliklari hisoblanadi. Bu kamchiliklarni, egatlab sug'orish texnikasi elementlari uyg'inligiga rioya qilgan xolda, minimallashtirish mumkin.

Dalaning bir tekis namlanishi hosildorlikni yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Egatning butun uzunligi bo'yicha tuproqning bir tekis namlanishi uchun egatga berilayotgan suv sarfi qumloq tuproqlarda 0,7-0,8 l/s, engil va o'rta qumoq tuproqlarda 0,3-0,4 l/s va og'ir qumoq va gilli tuproqlarda 0,1-0,2 l/s bo'lishi lozim.

Xulosa. Sug'orishning sifati va suvdan tejamli foydalanish, sug'orishda ish unumdorligini oshirish, tuproqning qulay suv, havo, tuz va oziq rejimlarini, meliorativ ahvolini ta'minlash, tuproq unumdorligini oshirish ko'p jihatdan sug'orish usulini to'g'ri tanlanganligi hamda sug'orish texnikasini to'g'ri tashkil etilganligi va amalga oshirilishiga bog'liq bo'lib, bularning barchasi ekinlardan yuqori va barqaror hamda sifatli hosil yetishtirish shartlaridir. Mazkur maqoladan xulosa qilib aytishim mumkinki suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida hozirgi kun talablariga javob beradigan egatlab sug'orish usullarini yaratish va ishlab chiqarish zarur. Zero so'ngi yillarda global muammoga aylanib borayotgan suv resurslaridan samarali foydalanish kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9-oktabrdagi "Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4486-sonli qarori.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "Ozbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moljallangan strategiyasini tasdiqlash to,g,risida"gi PF-5853-son Farmoni

3. F.O.Jorayev. Tuproqshunoslik, dehqonchilik va meliorasiya asoslari. Buxoro -2020. 161172 b. —Sadriddin Salim Buxoriyl MChJ bosmaxonasida chop ytildi.

4. Xamidov.M.X, Suvanov.B.U, Isabaev.K.T. "Sug'orish melioratsiyasi" o'quv qollanma. Toshkent-2019.

5. Z.A.Artukmetov, H.Sh.Sheraliyev "Ekinlarni sug'orish asoslari" Qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qollanma. Toshkent—2007

6. Raximboev F.M., Shukurullaev X.I. va boshkalar. "Qishloq xo'jaligida sugorish meliorsiyasi" Toshkent. "Mehnat" 1994 yil

7. "OZBEKISTON YoShLARI: AGRAR SOHA RIVOJIDA MENING HISSAM" mavzusidagi —Qishloq xo'jaligi hodimlari kunilga bag'ishlangan iqtidorli talaba-yoshlarning II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi (2018-yil 4-dekabr) Toshkent-2018.

8. Atajanov A.U., Sattarov M.M. Yer ustidan egatlab sug'orish usulini takomillashtirish texnologiyasi va texnik vositasini yaratish. "AGRO ILM" jurnali.ISSN 2091-5616.Maxsus son 2018. 33-34 betlar.

9. Atajanov A.U. Yerlarni egatlab sug'orishga tayyorlash texnologiyasi. «Agro ilm», «Ozbekiston qishloq xo'jaligi» jurnali ilmiy ilovasi. Toshkent. 4- son. 2007 yil. 25 bet.

10. Isakov, V., & Yusupova, M. (2021, July). ChANGES IN THE PROPERTIES OF SANDY SOILS. In Konferentsii.

11. Yusupova, M., Mirzajonov, M., & Ergasheva, N. (2021, August). ISSUES OF ARRANGING POMEGRANATE ORChARDS ON SANDY SOILS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1317. In RESEARCh SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

12. Yusupova, M., Abduxakimova, X., & Jalolov, E. (2021). Barxannwye i slabo zarosshiye peski Tsentralbnoy Ferganw. Nauka segodnya: vwzovw i resheniya materialw mej, 16.

13. Isakov, V. Yu., & Yusupova, M. A. (2021). GENETIKO-GEOGRAFIChESKIYe OSOBENNOSTI PESChANLIX MASSIVOV FERGANSKOY DOLINLI. Nauchnoye obozreniye. Biologicheskiye nauki, (3), 16-20.

14. Isakov, V., & Yusupova, M. (2021, August). ChANGES IN THE PROPERTIES OF SANDY SOILS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1376. In RESEARCh SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

15. Litvishko, V., Litvishko, O., Myaskovskaya, T., Isaqov, V., Yusupova, M., Matveeva, L., ... & Nikulin, O. (2017). Innovations in technical and natural sciences: Monograph, Volume 4.

16. Isakov, V. Yu., Yusupova, M. A., & Xoshimov, A. N. (2016). Geoekologiya i ximicheskiye svoystva peschanwx pochv Ferganskoy dolinw. Uchyonwy XXI veka, (1 (14)), 3-6.

17. Isakov, V. Y., & Yusupova, M. A. (2019). INFLUENCE OF THE ANTHROPOGENIC FACTOR ON THE SAND ARRAYS OF THE FERGHANA VALLEY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 58-66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.