Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATIDA MAVJUD MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA PORTLANDSEMENT OLISHNI TADQIQOTLASH, KLINKER PISHIRISH JARAYONIDA MAHSULOT HAJMINING HARORATGA TA’SIRI'

QASHQADARYO VILOYATIDA MAVJUD MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA PORTLANDSEMENT OLISHNI TADQIQOTLASH, KLINKER PISHIRISH JARAYONIDA MAHSULOT HAJMINING HARORATGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
32
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — B.I. Saidmurodov, U.Q. Tursunov

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida mavjud mahally xom ashyolar asosida portlandsement ishlab chiqarish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar haqida so’z boradi. Bugungi kunda qurilish sanoati jadal rivojlanayotgan bir paytda qurilish materiallariga bo’lgan talab ham ortib bormoqda. Ushbu talablardan kelib chiqib, mahalliy xom ashyolar assosida qurilish materiallarini ishlab chiqarish va buning uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATIDA MAVJUD MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA PORTLANDSEMENT OLISHNI TADQIQOTLASH, KLINKER PISHIRISH JARAYONIDA MAHSULOT HAJMINING HARORATGA TA’SIRI»

ISSN 2223-4047

Вестник Maeucmpamypu. 2022. № 4-2 (127)

B.I. Saidmurodov, U.Q. Tursunov

QASHQADARYO VILOYATIDA MAVJUD MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA PORTLANDSEMENT OLISHNI TADQIQOT-LASH, KLINKER PISHIRISH JARAYONIDA MAHSULOT HAJMINING HARORATGA TA'SIRI

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida mavjud mahally xom ashyolar asosida portlandsement ishlab chiqarish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar haqida so 'z boradi. Bugungi kunda qurilish sanoati jadal rivojla-nayotgan birpaytda qurilish materiallariga bo 'lgan talab ham ortib bormoqda. Ushbu talablardan kelib chiqib, mahalliy xom ashyolar assosida qurilish ma-teriallarini ishlab chiqarish va buning uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir.

Respublikamizda raqobatbardosh qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish suratlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ish-lar amalga oshirilmoqda.

2019 yil 23 may kuni O'zbekiston Respublikasi Preziduntining "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4335-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2019-2025 yillarda mahalliy xom ashyo qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xom-ashyo bazasini kengaytirish hamda buning natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, 2019-2021 yillarda qurilish materiallari sanoati soxasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyixalar ro'yxatini shakllantirish, 2019 yilda qayta ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan O'zbekiston Respublikasining qurilish me'yorlari va qoidalari ro'yxatini, 2021 yilining 31 dekabriga qadar davlat tomonidan qo'llab quvvatlash orqali qabul qilinadigan qurilish materiallari soxasidagi xalqaro standartlar ro 'yxatini shakllantirish va ularni qayta ko' rib chiqish bo 'yicha tavsiya va topshiriqlar berilgan.

Olib borilgan tajribalar natijasi shuni ko'rsatdiki Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniddan krltirilgan xom ashyolar asosida uch kompanentli portlandsement xom ashyosining tarkibi shakllantirildi va 100 kg xom ashyo uchun kerakli kompanentlar quidagicha hisob kitob qilindi:

1.1-jadval

Kompanent nomi SiO2 Al2O3 Fe2O3 CaO MgO k.y. Boshqa lar Ja'mi

Ohaktoshi 73.32 kg s. 0.32 0.14 0.17 39.32 0.37 33.02 0 73.32

Geltuproq 22.70 kg s. 12.12 3.07 1.42 22.52 0.75 2.77 0.07 22.70

Uchuvchan kul 3.97 kg s. 1.42 0.73 0.61 0.73 0.16 0.15 0.17 3.97

Aralashmaning tarkibi % 13.86 3.94 2.19 42.57 1.28 35.93 0.24 100

Klinkerning tarkibi % 21.63 6.15 3.42 66.45 2.00 - 0.37 100

Uch kompanentli portlandsement xom ashyosining minerologik tarkibning hisobi quidagicha ko'rinish

oldi:

1.2-jadval

t/r Mineralning nomlanishi Belgisi Miqdori, %

1 Alit C3S 57.97

2 Belit C2S 18.28

3 Uch kalsiyli alyuminat C3A 10.47

4 To'rt kalsiyli alyuminaferrit C4AF 10.41

5 Jami 97.12

Ushbu hisob kitoblar asosida Portlandsement xom ashyosi tarkibi shakllantirildi. Shuningdek Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyalari" kafedrasi qoshidagi laboratoriyada klinker olish ishlari olib borildi. Klinkerni pshirish mobaynida quidagi ishlar olib borildi:

Klinker pshirish uchun maxsus qolip asosida 50 g li tabletkalar yasab olindi. Ushbu tabletkalarning har biri 16 t bosim ostida biriktirib olindi. Bundan ko'zlangan maqsad klinkerni pishirish davrida minerallarning birikish

©B.I. Saidmurodov, U.Q. Tursunov, 2022.

ISSN 2223-4047

BecmnuK Maeucmpamypu. 2022. № 4-2 (127)

jarayonini normal holatga keltirishdir. Tayyor tabletkalar maxsus pishirish pechida quiydagi vaqt va issiqlik dia-grammasi asosida pishirildi.

klinkerning pshirish diagrammasi

1600 1400 1200 1000 800 600 400 200 0

1400 1400

1000 1000 \

280 310 500

4

5

pshirish harorati vaqt

1.1-diagramma

Quidagi diagramma asosida pshirilgan portlandsement klinkerida ba'zi kamchiliklar ko'zga tashlandi. Bu-lardan biri klinker pishirilgandan so'ng o'z formasini yo'qotishi yaqqol ko'zga tashlanib qolishi bo'ldi, ya'ni u erib ketgan edi. Yuzaga kelgan holatdan so'ng ikki taxmin ilgari surildi va tekshirib ko'rildi. Ulardan biri klinker tarkibidagi Al2O3 va Fe2O3 oksidlarining yetarli emasligi bo'sa ikkinchisi klinkerning pshirish va sovutish vaq-tlarida yo'l qo'yilgan xatoliklardir. Kimyoviy tarkibni qayta ko'rib chiqish natijalari shuni ko'rsatdiki, tuproq tarkibidagi Al2O3 oksidi yetishmasligi va uni boyitish maqsadida tarkibga qo'shimchalar qo'shish tavsiya etildi. Ikkinchi taxminga asoslanib klinkerning pishirish vaqti va harorati diagrammasi qaytadan ko'rib chiqildi. O'tkazil-gan qayta tekshiruvlar natijasida ikkinchi bor qayta tuzilgan diagramma asosida portlandsement klinkeri pishirildi.

klinkerning pshirish diagrammasi

1600 1400 1200 1000 800 600 400 200 0

4

5

pshirish harorati vaqt

2.2-diagramma

Sanoat aylanma pechida klinkerni pishirish rejimiga imkon qadar yaqinroq rejim o'rnatildi. Haroratning ko'tarilishi daqiqasiga 2 0 C, 1000 0 C da 30 daqiqa ushlab turildi, keyin harorat bir xil tezlikda 1400 0 C gacha ko'tarilib 30 daqiqa ushlab turildi. Sovutish rejimi keskin havo muhitida tanlandi. Olingan klinker o'z formasini yo'qotmagan holda barcha talablarga mos kelti. Ushbu klinkerni pishirish jarayonida maxsus pechda ikki xil mas-sadan foydalanildi. Birinchi bor 800 gr (16 dona tabletka) massali xom ashyoni pishirish jarayonida klinkerning to'liq pishmaganligi va sovush jarayonida kamchiliklar ko'zga tashlangan bo'lsa ikkinchi bor 500 gr (10 dona

1

2

3

6

7

8

1

2

3

6

7

8

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127)

tabletka) massadagi xom ashyo pishirildi. Ikkala klinker solishtirilganda massaning ko'p yoki kamligi haroratga to'g'ri proporsianal ekanligi o'z isbotini topdi.

Ushbu dissertatsiya ishini amalga oshirish davomida quiydagi xulosalarga kelindi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida mavjud maxalliy xom ashyo asosida portlandsement olish mum-kinligi va buni ishlab chiqarishga tadbiq etish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida maxalliy aholini ish bilan ta'minlash imkonini beradi. Kitob tumanida mavjud xom ashyo miqdorining yetarlicha ko'pligi uzoq yillar davomida portlandsement ishlab chiqorish imkonini beradi.

Laboratoriya sharoitida biz bajargan barcha ishlar davlat stantartlari talablari asosida amalga oshirildi va barcha olingan natijalar standartlarga javob beradi. Ushbu natijalar olib borilayotgan dissertatsiyaning maqsad va vazifalarida ko'zda tutilgan ishlar asosida amalga oshirildi.

Фойдаланилган адабиётлар:

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 14 may kuni "Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha ustuvor bazifalari" ga bag'ishlangan yig'ilishida so'zlagan nutqi

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori

3.Ю. М. Бутт Технология цемента и других вяжущих. Москва-1956

4.O'zDSt ISO/IEC 17025:2019 Sinov va kalibrlash laboratoriyalariga quyiladigan umumiy talablar.

5.O'zDSt 2950:2015 Материалы сырьевье для призводства портлантцементного клинкера. Технические условия.

SAIDMURODOVBAXTIYORIBRAGIMOVICH - dotsent, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand sh.

TURSUNOV ULUG'BEK QIYOM O'G'LI- magistrant, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand sh.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.