Научная статья на тему 'QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI SHAHARLARI TOPONIMIKASI'

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI SHAHARLARI TOPONIMIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
245
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qarshi / Termiz / Shahrisabz / Denov / Kitob / Naxshab / Nasaf / Chig‘atoy / Kebekxon / Yerqo'rg'on / Qutadg‘u bilig / Gulshan ul-muluk / Antioxiya / Demetrais / Tarmid / Tarmiz / Tami / Tamo.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyorov L., Normatova N.

O’zbekistonning barcha viloyatlari singari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ham joy nomlari kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan tomonlari ko’p qirrali hamda bahs va munozarali jihatlari bor. Bu ikki viloyat respublikaning Qizilqum va Ustyurt platosida joylashgan hududlardan farqi toponimlarni nomlanishida orografik ya’ni tog’li relyefning borligidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI SHAHARLARI TOPONIMIKASI»

Xudoyorov L. Shahrisabz davlatpedagogika instituti Geografiya fani o'qituvchisi Normatova N.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi

3-kurs talabasi

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI SHAHARLARI

TOPONIMIKASI

Annatatsiya: O'zbekistonning barcha viloyatlari singari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ham joy nomlari kelib chiqishi bilan bog 'liq bo'lgan tomonlari ko'p qirrali hamda bahs va munozarali jihatlari bor. Bu ikki viloyat respublikaning Qizilqum va Ustyurt platosida joylashgan hududlardan farqi toponimlarni nomlanishida orografikya'ni tog'li relyefning borligidir.

Kalit so'zlar: Qarshi, Termiz, Shahrisabz, Denov, Kitob, Naxshab, Nasaf, Chig'atoy, Kebekxon, Yerqo'rg'on, Qutadg'u bilig, Gulshan ul-muluk, Antioxiya, Demetrais, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo.

Khudoyorov L.

Geography teacher Shahrisabz State Pedagogical Institute

Normatova N.

3rd year student

The direction of the basics of geography and economic knowledge

TOPONYMICS OF THE CITIES OF KASHKADARYA AND SURKHANDARYA PROVINCES

Abstract. Like all regions of Uzbekistan, Kashkadarya and Surkhandarya regions have many aspects related to the origin of place names, as well as controversial and controversial aspects. The difference between these two regions and the regions located on the Kyzylqum and Ustyurt plateaus is the presence of orographic, mountainous terrain in the naming of toponyms.

Key words: Karshi, Termiz, Shahrisabz, Denov, Kitab, Nakhab, Nasaf, Chigatoy, Kebekkhan, Yerkurgan, Qutadgu bilig, Gulshan ul-muluk, Antiochia, Demetrais, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo.

O'zbekistonning janubiy viloyatlari bo'lmish Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida ko'plab qadimiy shaharlar mavjud. Bunday shaharlar qatoriga Qarshi, Termiz, Shahrisabz,Denov, Kitob va boshqa shaharlarni kiritishimiz mumkin. Bu shaharlarni har birining toponomikasida o'ziga xosliklar mavjud. Yurtimizning eng qadimiy shaharlaridan biri - Qarshi hisoblanadi. Qarshi

qadimda Naxshab ("suv obod qilgan. suv naqsh bergan manzil") yoki Nasaf deb nomlangan bo'lib, shahar qoldiqlari dastavval A. I. Terenojkin, S. K. Kabanov va M. E. Masson kabi arxeolog olimlar tomonidan o'rganilgan.

Nasaf shahri tarixi bo'yicha jiddiy tadqiqotlar XX asrning 70-yillaridan boshlab O'zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli Arxeologiya institutining maxsus ekspeditsiyalari tomonidan olib borilgan. Yozma manbalarda Naxshabda IV-V asrlarda bunyod etilgan yirik va mustahkam qal'a sifatida. VII—VIII asrlarda esa vohaning poytaxt shahriga aylangani haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. IX-X asrlardan boshlab Nasaf gullab-yashnagan o'rta asr shaharlaridan biri sifatida yodga olinadi. Ushbu davrda ham shahar Buxoro - Balx karvon yo'lida joylashgan. Shaharda qal'a va rabod mavjud bo'lgan hamda shahar to'rtta darvozaga ega mudofaa devori bilan o'rab olingan. XIII asrda esa Naxshabni mo'g'ul bosqinchisi bo'lgan Chingizxon bosib olgach, yondirilib, butunlay vayron etilgan. Tarixchilarning fikricha, yangi Qarshi shahrining vujudga kelishi Kebekxon faoliyati (1318 - 1326) bilan bog'liq. XIV asrda qadimgi Nasafdan 5 km shimolda bo'lgan hozirgi Qarshi shahri o'rnida Chig'atoy urug'idan bo'lmish Kebekxon tomonidan saroy qurdirilgan va yangi shaharga asos solingan. Qarshi atamasi barcha olimlar tomonidan birday qabul qilinmagan. Xususan, yozma manbalarda shaharning eski nomlari bilan - Nasaf, yoki Yerqo'rg'on deb yuritilgan. Shahar nomi turli davrlarda turlicha nomlangan bo'lsada u Naxshab vohasi poytaxt shahrining turli davrlardagi taraqqiyot bosqichlarini o'zida mujassam etgan. Tarixchilarning fikricha, "Qarshi" so'zining ma'nosi xususida quyidagi fikrlar mavjud: M. Ye. Masson va V. V. Bartol'd mo'g'ulcha "Qarshi" so'zi "saroy" ma'nosini anglatadi. chunki mo'g'ul xonlari rasmiy yig'inlari o'tkaziladigan saroy "Oltin Qarshi" deb nomlangan, degan ma'lumot keltirgan. Shuningdek. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida "Qarshi" atamasi -"Saroy va "qarama-qarshi turish" ma'nolarini bildiradi deb yozilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida "Qarshi" so'zi mo'g'ulcha "go'rxona", ya'ni maqbara degan ma'noni bildirishini va bu nom mo'g'ullar istilosidan keyin paydo bo'lganini ta'kidlab o'tgan. T. Nafasov yozganidek, XV-XVI asrlarda xon avlodi, ulug' ruhoniy va boshqa mo'tabar shaxslar qabri uchun qurilgan dahma, maqbara ham "Qarshi" deyilgan. Chunki o'sha davr odatiga ko'ra bunday kishilar jasadi maqbara ichiga qo'yilgan, maqbara esa saroy, ya'ni "Qarshi" ichida bo'lgan. Muhammad Yoqub Buxoriy "Gulshan ul-muluk" asarida esa "Qarshi"' so'zi uyg'urcha "saroy" ma'nosini bildirishini qayd etilgan. Shunday qilib, Qarshi shahrining nomini Kebekxon saroyi yoki uning xilxonasi nomidan kelib chiqqan deyish mumkin. XVI asrlardayoq Qarshi shahri ichki qo'rg'onga ega bo'lgan mustahkam shahar bo'lgan. Asr oxiriga kelib Abdullaxon II tomonidan shaharda bir qator yangi binolar - madrasa, masjid, karvonsaroylar, sardoba, hammomlar va gumbazli savdo inshooti - chorsu, bozorlar hamda Qashqadaryo ustidan ko'prik barpo etilgan.

Mahmud ibn Valining yozishicha bu katta va saranjom shahar jahonning katta shaharlari bilan tenglasha olgan. P. P. Ivanovning ta'kidlashicha, XIX asr

boshlarida Qarshi shahri Buxoro va Samarqanddan so'ng uchinchi o'rinda turgan yirik shahar bo'lgan.

Shahrisabz o'rta asrlarda Kesh deb nomlangan. Shahrisabz vohasi Zarafshon tog'lari etagi va G'uzordarvo atrofida joylashgan tumanlami o'z ichiga olgan. Arxeologlarning ta'kidlashicha, voha poytaxti ham Kesh nomi bilan atalgan. U Kitob va Shahrisabz o'rtasida joylashgan. XIX - XX asr boshlarida Kesh vohasida Shahrisabz va Kitob alohida markazga ega yirik shaharlardan hisoblangan. Manbalarda Shahrisabz shahri "Kesh-Kashsh", "Kas" va "Kis-Kis" shakllarida tilga olingan. Akademik V.V. Bar'told Kesh shahri nomi asli Kash bo'lgan, chunki shaharning epiteti "Kashi - dilkash" edi degan fikri e'tibirlidir. Shahrisabz atamasi ham shaharning qadimiy nomi bo'lib, "yashil shahar"' ma'nosini bildiradi. Shahrisabz ilk o'rta asrlarda Kitob shahri o'rnida joylashgan. Keyinchalik shaharning mudofaa devori bilan o'rab olinishi va mustahkamlanishi Amir Temur faoliyati bilan bog'liq. Shahrisabz bu davrda aniq rejali asosda baland himoya devori va mustahkam minoraga ega bo'lgan shaharga aylangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash to'g'risida qaror qabul qilindi va tantanalarda YUNESKO vakillari ham ishtirok etdi.

Kitob shahri Qashqadaryo vohasida joylashgan yana bir muhim markaz hisoblangan. Manbalarda keltirilishicha, qadimgi va ilk o'rta asrlarda Kesh vohasining markazi Kitob shahri o'rnida joylashgan. XVIII asrda ilk o'rta asrlarga oid shahar harobalari o'rnida Kitob qo'rg'oni barpo qilingan. U ning hududiga ko'plab aholi ko'chib kelib joylashishi natijasida yangi shaharga asos solingan va bu shahar asta-sekin rivojlana borgan.

Tarixchilarning fikricha "Kitob" atamasining ma'nosi haqida quyidagi fikrlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar shahar nomini Qashqadaryoning yuqori oqimidagi Kashaf jilg'asi nomi bilan bog'laydi. Boshqa bir guruh tojikcha "kift" -"elka", "ob" - "suv" ya'ni "yelkadagi suv" degan ma'noni bildiruvchi "kiftob" so'zidan kelib chiqqan desa yana bir guruh tadqiqotchilar joy ma'nosini anglatadigan so'g'diycha "xat" va "suv" ma'nosini beruvchi tojikcha "ob" so'zidan, ya'ni "suv bo'yidagi shahar" ma'nosidagi "katob" birikmasidan kelib chiqqan deb ta'kidlashadi. Ma'lumki XVIII asrning birinchi yarmida Qashqadaryo vohasining sharqiy qismida Sangfurush, Ulash, Kitob kabi qo'rg'onlar vujudga kelgan bo'lib, keyinchalik ular orasida faqatgina Kitob qo'rg'oni taraqqiy etgan hamda shahar darajasiga ko'tarilgan.

Chiroqchi. Chiroqchi qadimdan mohir usta va hunarmandlar shahri bo'lgan. Shuning uchun Chiroqchi shahri nomi - "chiroq yasovchi hunarmandlar" kasbi bilan bog'liq deyilishiga asos mavjud.

Termiz - O'zbekistondagi eng qadimiy shaharlardan biri va Surxondaryo viloyatining ma'muriy markazi. Shahar miloddan avvalgi IV - III asrlarda 10 gektar mavdonni egallagan. Mashhur tarixchi Hofizi Abro'yning yozishicha, shahar nomi Amudaryoning narigi tarafidaligiga qaratilib, baqtriyacha "Taramastxa" ("narigi sohildagi manzil") so'zidan olingan va asrlar davomida

turlicha atalib kelingan. Masalan, Antioxiya, Demetrais, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo va hokozolar. Shahar X asrdan boshlab Termiz deb atala boshlagan.

Denov. Kattaligi va aholisining soni bo'yicha Surxondaryo viloyatida Termizdan so'ng ikkinchi o'rinda turuvchi shahar. Denov shahri yozma manbalarda XIV asrdan boshlab forscha "Dehnav" shaklida ya'ni "Yangi qishloq" mazmunida tilga olingan. XVII asr muallifi Mahmud ibn Valining yozishicha, Dehinav ajoyib bozori, katta masjidi va xonoqosi bo'lgan mustahkam qal'a hisoblangan.

Ba'zi tadqiqotchilar Chag'aniyon shahri Denov o'rnida bo'lgan deb hisoblab kelishadi. Arxeologik topilmalar esa denov XV asrga oidligini, uni mustahkam qo'rg'on bo'lganligini tasdiqlaydi.

Boysun. Miloddan avvalgi I asrda Boysun o'rnida Poikalon nomli mustahkam shahar-qal'a mavjud bo'lgan. Milodiy VI - XIII asr boshlarida Boysun o'rnida Chag'aniyon shaharlaridan biri - Bosand joylashgan. Abu Is'hoq Istahriyning "Kitob masolik al mamolik" ("Mamlakatlar yo'llari to'g'risida kitob") asarida ham Bosand deb ta'riflangan. "Hudud ul-olam" asarida Bosand ko'p sonli va jangovor aholiga ega bo'lgan mustahkam joydir deyilgan. Arxeologik manbalarga ko'ra, Bosandda hayot ilk o'rta asarlardan mo'g'ullar istilosigacha davom etgan. Mo'g'ullar bosqinida vayron bo'lgan shahar keyinroq qayta tiklangan.

Boysun toponimi bo'yicha quyidagi fikrlar mavjud: Chig'atoy ulusi tarkibiga mansub ko'chmanchi turk qavmlari unga "Boysun" deb nom berganlar. "Boysun" atamasi qadimgi turkiycha "boy" va "sin"dan olinib, "ulug' tog'" yoxud "katta tog'" ma'nosini anglatgan. Qadimgi turkiy qavmlarda turli sanamlarga sig'inishlar qatorida tog'larga nisbatan sig'inish ham mavjud bo'lib, tog'lar muqaddas sanalgan. Mahalliy rivoyatlarga ko'ra, bu yerda qadimdan turkiy qavmlarning badavlat kishilari yashagan bo'lib, "Biysun" atamasi "boylar qishlog'i" ma'nosini anglatgan.

Jarqo'rg'on. "Jarqo'rg'on" toponimi qadimda ''jar yoqasida joylashgan qo'rg'on" nomidan kelib chiqqan. Arab-fors manbalari bergan ma'lumotlarga ko'ra, Jarqo'rg'on shahri o'rnida VIII - XII asrlarda Charmangan (Sarmangan) shahri mavjud bo'lgan. Bu davrda Jarqo'rg'on vohada mavqei jihatidan Termizdan keyingi ikkinchi shahar bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. Tom I. / Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. - Toshkent: Fan,1968. - 488 b.

2. Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. Tom V. / Qonuni Ma'sudiy. -Toshkent: Fan. 1973.

3. Bobur Z. M. Boburnoma. -Toshkent: Yulduzcha, 1989. - 410 b.

4. Dusimov X. Joy nomlarining qisqacha izoxli lug'ati - T.: O'qituvchi, 1977. -185 b.

5. Inomov I. - saxovatli yurtim. - Toshkent, 1996. - 95 b.

6. Shaxrisabz - ming yillar merosi / Mualliflar jamoasi. Albom. - Toshkent: Sharq. 2002. - 228 b.

7. Xasanov X. - O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan.-Toshkent: Fan, 1965-220 b.

8. Xasanov X.- Sayyoh olimlar. - T.: O'zbekiston, 1981. - 264 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.