Научная статья на тему 'QANDSIZ DIABET KASALLIGINING XAVFLI OQIBATLARI'

QANDSIZ DIABET KASALLIGINING XAVFLI OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

60
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ADG / poliuriya / enurez / vazopressin / diagnostika / analiz / endokrin / nikturiya / simptomlar / polidipsiya / ensefalit.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Sulaymonova Maftuna Muzaffar qizi

Hozirgi vaqtda qandsiz diabet kasalligi ko„payib bormoqda. Qandsiz diabet kasalligi bu kam uchraydigan kasalliklardan biri. Kasallikning belgilari to„satdan boshlanadi, ko„p suyuqlik ichadi va ichgan suyuqligi organizmga so„rilmaydi, qancha miqdorda suyuqlik ichgan bo„lsa shu miqdordagi suyuqlik tashqariga chiqib ketadi. Bunda bemor yomon ovqatlanadi va vazni ortadi, ovqat qabul qilishda tez-tez qayt qilishdan aziyat chekadi, qabziyat va kechalari siydik tuta olmasligi bo‟ladi, bo„g„imlardagi og„riqdan shikoyat qiladi. Bunday holda, tashxis kech qo„yilganligi sabab jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolib ketgan bo„ladi. Bu kasallik birdaniga boshlanadi va bu kasallikni tuzatishning iloji yo„q. Lekin bu kasallikga olib boruvchi yo„l turmush tarzimizda ahamyatsizdek ko„ringan hodisalardan boshlandi. Bular bosh miya jarohatlari va infeksion kasalliklar qandsiz diabet kasalligini keltirib chiqarishda asosiy omil hisoblanadi. Bu kasalikning oldini olinmasa juda ko„p kasallikni keltirib chiqaradi, natijada butun umir hayotingiz dorilar bilan o„tishga majbur bo'ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QANDSIZ DIABET KASALLIGINING XAVFLI OQIBATLARI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 QANDSIZ DIABET KASALLIGINING XAVFLI OQIBATLARI

Maftuna Muzaffar qizi Sulaymonova

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 3-bosqich

o'quvchisi sulaymonovamaftuna239@gmail.com

Hozirgi vaqtda qandsiz diabet kasalligi ko'payib bormoqda. Qandsiz diabet kasalligi bu kam uchraydigan kasalliklardan biri. Kasallikning belgilari to'satdan boshlanadi, ko'p suyuqlik ichadi va ichgan suyuqligi organizmga so'rilmaydi, qancha miqdorda suyuqlik ichgan bo'lsa shu miqdordagi suyuqlik tashqariga chiqib ketadi. Bunda bemor yomon ovqatlanadi va vazni ortadi, ovqat qabul qilishda tez-tez qayt qilishdan aziyat chekadi, qabziyat va kechalari siydik tuta olmasligi bo'ladi, bo'g'imlardagi og'riqdan shikoyat qiladi. Bunday holda, tashxis kech qo'yilganligi sabab jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolib ketgan bo'ladi. Bu kasallik birdaniga boshlanadi va bu kasallikni tuzatishning iloji yo'q. Lekin bu kasallikga olib boruvchi yo'l turmush tarzimizda ahamyatsizdek ko'ringan hodisalardan boshlandi. Bular bosh miya jarohatlari va infeksion kasalliklar qandsiz diabet kasalligini keltirib chiqarishda asosiy omil hisoblanadi. Bu kasalikning oldini olinmasa juda ko'p kasallikni keltirib chiqaradi, natijada butun umir hayotingiz dorilar bilan o'tishga majbur bo'ladi.

Kalit so'zlar: ADG, poliuriya, enurez, vazopressin, diagnostika, analiz, endokrin, nikturiya, simptomlar, polidipsiya, ensefalit.

KIRISH

Qandsiz diabet kasalligi bu to'satdan boshlanadi. Lekin ko'pchilik bu kasallikni qayerdan kelib chiqishini bilmaydi.

ANNOTATSIYA

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Qandsiz diabet kasalligi bu gormonlar ishlamasligidan kelib chiqadi, lekin bu gormonlaming ishlamasligiga nima sabab bo'lishi mumkin? Qandsiz diabet -antidiuretik gormon yetishmovchiligi yoki ushbu gormonga bo'lgan buyraklar sezuvchanligining pasayishi bilan yuzaga chiquvchi kasallik. Buning natijasida peshob bilan ajralib chiqayotgan suyuqlik miqdori ortadi, doimiy chanqash hissi bemorni bezovta qilib turadi. Agar ajralib chiqayotgan suyuqlik hajmi qoplanmasa organizmda suvsizlanish kelib chiqadi (degidratsiya), bunda peshob ajralishi ko'pligicha qolaveradi. Qandsiz diabet diagnostikasida kasallikka xos bo'lgan belgilar va qondagi ADG (antidiuretik gormon) miqdorini o'lchash kerak bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Qandsiz diabet kasalligini 1674-yili ingliz olimi Tomas Uillis aniqlagan. Olimning fikricha, qandsiz diabet kasalligi gipofiz bezidan ishlab chiqaradigan antidiuretik gormonning yetishmasligi jihatdan qandli diabetdan farqlanadi. Ma'lumki, qandli diabet insulin gormonining yetishmasligi yoki uning ta'sir mexanizmining buzilishi tufayli kelib chiqadi. Qandsiz diabetga chalingan bemorlar siydigini tekshirib, qandli diabetdan farqli ravishda ularning siydigi tarkibida qand moddasini topmagan va bu kasallikni qandsiz diabet deb atagan. Kasallikning bu belgilari tez orada zo'rayadi, bemor bezovtalanadi, va asabiylashadi. Dard avjiga chiqqan davrda bir kunda ajraladigan siydik miqdori nihoyatda oshib ketishi mumkin. Tez orada bemor ancha ozib ketadi, organizmida minerallar almashinuvi buzilishi natijasida terisi quruqlashib qoladi, sochlari sinuvchan, tirnoqlari esa mo'rt va uvalanadigan bo'lib qoladi. Ko'p miqdorda suv ichish ovqat hazm qilish tizimiga noxush ta'sir ko'rsatadi. Qandsiz diabet neyroendokrin kasalik; asosan gipotalamus va gipofiz funksiyasidan kelib chiqadi. Bu kasallik 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan insonlarda ko'proq uchraydi.

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qandsiz diabet ikkita asosiy turga bo'linadi:

1. Markaziy qandsiz diabet;

2. Buyrakli (nefrogen) qandsiz diabet;

1. Markaziy qandsiz diabet kelib chiqish sabablari. Vezopressin gormoni ishlamasligi sabab bo'ladi, ya'ni vazopressin gipotalamusda sintez qilinadigan (ishlab chiqariladigan) gormon bo'lib, u gipofizga tushadi va u yerdan qonga o'tishi natijasida shakllanadi.

Markaziy qandsiz diabet kasalligining kelib chiqish sabablari:

1. Gipofiz yoki gipotalamus o'smalari;

2. Bosh miyadagi operatsiyalardan keyingi asoratlar;

3. Sifilis;

4. Ensefalit (bosh miyaning yallig'lanishi);

5. Bosh suyagi va bosh miya jarohati;

6. Gipotalamus yoki gipofizda qon aylanishining yomonlashuvi;

7. Gipofiz yoki gipotalamusning faoliyatiga ta'sir ko'rastishi bilan kechadigan yomon sifatli o'smalarning miyaga metastazi.

2. Buyrakli (nefrogen) qandsiz diabet.

Ushbu shaklda vazopressin darajasi me'yorda bo'ladi, ammo buyrak to'qimasi unga reaksiya bermaydi.

Buyrakli (nefrogen) qandsiz diabet kelib chiqish sabablari:

1. Qonda kaliyning ortishi yoki kalsiyning pasayishi;

2. Kasallik ba'zan buyrakning miya moddasi yoki nefronning siydik naychalari shikastlanishi bilan kechadigan ma'lum sharoitlar yoki kasalliklar bilan bog'liq bo'ladi;

3. Kasallik tug'ma bo'lishi mumkin (e ng keng tarqalgan sababi);

4. Buyrak to'qimasiga toksik ta'sir qiluvchi dorilarni qabul qilish (masalan, Litiy,

November, 2023

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

Amfoteritsin B, Demeklotsilin).

Qandsiz diabetning buyrak bilan bog'liq turi rivojlanish sabablariga tug'ma yoki orttirilgan buyrak kasalliklari (buyrak yetishmovchiligi, amiloidozi, giperkalsiyemiya) yoki litiy preparatlari bilan zaharlanish kabi omillar kiradi. Qandsiz diabetning tug'ma ko'rinishiga ko'pincha autosom-retsessivgen orqali o'tuvchi volfram sindromi sabab bo'ladi, bunda qandsiz diabet bilan bir qatorda, qandli diabet, ko'ruv nervi atrofiyasi rivojlanishi mumkin.

Qandsiz diabetning simptomlari: Psixogen polidipsiya stressga javoban kuchli chanqashning rivojlanishi. Ko'p miqdordagi suv ichishi, og'iz qurishi va ko'p siydik ajralishi (sutkasiga 5 litrdan 20 litrgacha) simptomlari kuzatiladi. Juda ko'p peshob ajralishi (poliuriya). Nikturiyada tunda siydikni ushlab tura olmaslik alomatlari kuzatiladi. Qayt qilish, so'lak ajralishining pasayishi, teri quruqlashishi, bolalarda bu kasallik kechasi siyib qo'yish (enurez) bilan boshlanadi.

Tashxis qo'yish

1. Siydikning osmolyarligi va nisbiy zichligi (buyraklarning filtrlash funksiyasini xarakterlaydi), shuningdek, qon zardobining osmolyarligi aniqlanadi;

2. Bosh miya kompyuterli tomografiyasi yoki magnit-yadroviy tomografiyasi;

3. Buyrak UT tekshiruvi;

4. Exoensefalografiya (EEG);

5. Ekskretorli urografiya;

6. Zimnitskiy test.

Siydik va qonning osmolyarligi me'yoriy chegaralar oralig'ida bo'lsa-da, bemorning shikoyati va alomatlari qandsiz diabet mavjudligini ko'rsatsa, suyuqlikni cheklash bilan test o'tkaziladi. Sinovning mazmuni shundaki, organizmga suyuqlikni kam miqdorda tushishi muayyan vaqtdan (odatda 6-9 soatdan) keyin vazopressin ishlab chiqarilishni rag'batlantiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu test nafaqat tashxis qo'yish, balki patologiyaning turini aniqlash imkonini ham beradi.

November, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 11 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Qandsiz diabetning oqibati. Bu kasallikda organizmga suv yaxshi so'rilmaganligi sababli ko'p kasalliklar kelib chiqadi. Bunda holsizlik, taxikardiya, ko'ngil aynishi, psixik o'zgarishlar, qonning quyuqlashib ketishi, arterial bosimning pasayishi, qandli diabetni keltirib chiqarish hamda nevrologik o'zgarishlar bilan kechadi.

Davolash usullari

Hozirgi vaqtda vazopressin o'rnini bosuvchi vosita sifatida belgilanadigan yagona preparat Minirindir (Desmopressinning tabletkadagi shakli). Kasallik alomatlarini bostiradigan Minirin dozasi bemorning yoshiga yoki vazniga bog'liq bo'lmaydi. Chunki hammasi antidiuretik gormonning yetishmasligi darajasiga yoki uning to'liq yo'qligiga bog'liq. Davolash minimal dozalardan boshlanadi va zarur bo'lganda ko'paytiriladi. Preparat kuniga uch marta qabul qilinadi. Simptomatik qandsiz diabet davosi kasallikka sabab bo'luvchi asosiy patologiyani davolas h orqali (masalan o'smalar) amalga oshiriladi. Qandsiz diabetning har qanday ko'rinishida ham ADG gormoni o'rnini bosuvchi preparatlar buyuriladi. Gipotalamo-gipofizar tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun antidiuretik gormon sintezini kuchaytiruvchi dori preparatlar qabul qilish tavsiya etiladi.

XULOSA

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qandsiz diabetga chalingan bemor tug'ruqdan keyingi holatida namoyon bo'lgan. Bunga asosiy sabab zo'riqish bo'lgan. Kasallikga chalinmasidan bir necha yil oldin bemor hushidan ketgan xolda boshidan jarohat olgan, bemor tuzalib ketgan lekin biroz vaqt o'tib homilador bo'lgan va tug'ruqdan so'ng zo'riqish natijasida qandsiz diabetga chalingan. Hayotda biz uchun ahamiyatsiz ko'ringan holatlar katta bir kasallikni keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi. Shu boisdan ham bosh miya jarohatlaridan ehtiyot bo'lish lozim. Biz ahamiyatga olmagan holatlar bu bosh miyaning qattiq jarohat olishi yoki, turli xil jarohatlarga infeksiya tushishidan ehtiyot bo'lish lozimdir.

November, 2023

356

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

Kasallikning ilk belgilari paydo bo'lishi bilanoq darhol endokrinolog shifokorga murojaat qilish kerak.

REFERENCES

1. Ибрагимов Тахир «Можно ли побороть сахарный диабет» Ташкент-2019 148

2. Бутрова С.А. От эпидемии ожирения к эпидемии сахарного диабета // Междунар. Эндокринол. Журнал - 2013. № 2 (50)

3. Лолтарёв С.С., Курцина И.Т. Физиология пищеварения. Учебн. Пособие. М.: "Высшая школа". 1984. -С. 87-100.

4. Мак-Мюррей У. Обмен вешеств у человека. М.: "Мир", 1980. -С. 35.

5. Мамадалиева З. Р. Саидмуродова З. Значение микроэлементов в живых Организмах. Самарканд-2015 год 34 б

6. Матохина З.П. Основы физиологии питания, гигиены и санитарии. Учебник. Москва, 2002. -С. 198-233.

б

November, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.