Научная статья на тему 'QANDLI DIABETDA ARTERIAL GIPERTENZIYANI KLINIK KECHISHINING O’ZIGA XOSLIGINI O’RGANISHDA “SCORE” METODIDAN FOYDALANISH'

QANDLI DIABETDA ARTERIAL GIPERTENZIYANI KLINIK KECHISHINING O’ZIGA XOSLIGINI O’RGANISHDA “SCORE” METODIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arterial gipertoniya / qandli diabet / nishon a’zolari / pedagogika / o’qitish texnologiyalari / SCORE / Arterial hypertension / diabetes / target organs / pedagogy / teaching technologies / SCORE.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Ma’Mura Ulmasovna Dexkonova

Ushbu maqolada Qandli diabetda arterial gipertenziyani kechishining o’ziga xosligini o’rganishda ta’lim metodlaridan biri “SCORE” metodidan foydalanilgan holda uning kelib chiqish sababi, klinik kechishi hamda davolash usullari yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, one of the educational methods used to study the specificity of arterial hypertension in diabetes, its cause, clinical course, and treatment methods are explained.

Текст научной работы на тему «QANDLI DIABETDA ARTERIAL GIPERTENZIYANI KLINIK KECHISHINING O’ZIGA XOSLIGINI O’RGANISHDA “SCORE” METODIDAN FOYDALANISH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

QANDLI DIABETDA ARTERIAL GIPERTENZIYANI KLINIK

KECHISHINING O'ZIGA XOSLIGINI O'RGANISHDA "SCORE" METODIDAN FOYDALANISH

Ma'mura Ulmasovna Dexkonova

Toshkent tibbiyot akademiyasi «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi dotsenti,

pedagogika fanlari nomzodi

Sevara Rajab qizi Alimova, Nozimaxon Shuxrat qizi Xolmatova

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-bosqich magistrlari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qandli diabetda arterial gipertenziyani kechishining o'ziga xosligini o'rganishda ta'lim metodlaridan biri "SCORE" metodidan foydalanilgan holda uning kelib chiqish sababi, klinik kechishi hamda davolash usullari yoritib berilgan.

Kalit so'zi: Arterial gipertoniya, qandli diabet,nishon a'zolari,pedagogika, o'qitish texnologiyalari, SCORE,

ABSTRACT

In this article, one of the educational methods used to study the specificity of arterial hypertension in diabetes, its cause, clinical course, and treatment methods are explained.

Keywords: Arterial hypertension, diabetes, target organs, pedagogy, teaching technologies, SCORE.

Bugungi kunda yurtimizda uzluksiz ta'lim tizimini jahon talablari asosida takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga olib chiqish, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan O'RQ- 637-son "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni[1], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi[2], 2020 yil 6 noyabrdagi PF- 6108-son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonun va farmonlarda ham asosiy masalalardan biri sifatida belgilangan. [1,2]

67

April 26, 2024

Bugungi kunda ta'lim jarayonida an'anaviy ta'lim texnologiyalar bilan bir qatorda shaxsga yo'naltirilgan (nostandart, ilg'or, zamonaviy, yangi, innovatsion) texnologiyalar tatbiq qilinmoqda. Jumladan, muammoli o'qitish texnologiyasi; hamkorlikda o'qitish texnologiyasi; modellashtirish o'qitish texnologiyasi; modulli o'qitish texnologiyasi; kompyuterli o'qitish texnologiyasi, tabaqalashtirish ta'lim texnologiyasi; jadval asosida o'qitish texnologiyasi; tayanch sxemalar asosida o'qitish texnologiyasi; tayanch so'zlar asosida o'qitish texnologiyasi; keys va loyihaviy o'qitish texnologiyalari mavjud. [4,6]

Mazkur o'qitish texnologiyalarni amalga oshirishda passiv, faol, interfaol va treninglardan keng foydalanilmodq. Shunday samarali metodlardan biri bu "SCORE" metodidir.

"SCORE" 'interfaol metodi - bu talabalarda muammolarni aniqlash, kognitiv ko'nikmalarini va malakalarni rivojlantirish, mavjud manbalardan va imkoniyatlardan foydalanib, muammoning yechimini topishni shakllantirishga yo'naltiriladigan metoddir. S (symptom) muammoning belgisi, C (cause) - sababi, O (outcome) -

natijasi, R (resources) - muammo manbai, YE (effect) - samarasi kabilarni bildiradi. [3]

«SCORE» interfaol metodining maqsadi - talabalarga o'zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash; izlash qobiliyatlarini rivojlantirish; muammoli vaziyatlarni oldindan ko'ra bilish, ularni hal qilish yo'llarini izlab topish, munozara olib borish mahorati, o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish, ta'sir eta olishga o'rgatish va bahslashish madaniyatini shakllantirishdir.

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi. Mashg'ulot belgilangan vaqtda talabalarning xonaga (mashg'ulot utkaziladigan joyga) kirib kelishidan boshlanadi. O'quvchilar xonaga kirib kelishar ekan, mashg'ulotdan oldin o'qituvchi tomonidan eshikning yonidagi stol ustiga tayyorlab qo'yilgan, ingliz tilida yozilgan harflardan (S C O R E) bittasini olib, stol atrofiga joylashadilar (har bir stol atrofida talabalar soni bir xil bo'lishi hisobga olinadi).

O'qituvchi mashg'ulotni o'tkazish tartibi bilan tanishtirishdan boshlaydi. Shu kunning dolzarb muammolaridan kelib chiqqan holda, mashg'ulotga talabalar bilan birgalikda mavzu yoki muammo tanlaydi va guruhlardan ularning har biri tanlangan mavzu yoki muammoni bir tomonini o'rganishlarini (stollarga shu guruh tomonidan umumiy muammoning qaysi jihatlari haqida so'z yuritishlari kerakligini ko'rsatuvchi belgi yoki yozuvli material qo'yiladi), so'ngra, munozara yuritib, o'zlarining fikrlarini yozma, og'zaki bayon qilishlari kerakligini tushuntiradi. Vazifa uchun vaqt belgilaydi. Guruhlarning ishlari tayyor bo'lgach, ular birin-ketin ishlarini taqdimot

68

April 26, 2024

qiladilar. Taqdimot avval muammoning - belgisi (S), keyin uning - sababi (C), so'ngra - natijasi (O), manbai (R) va samarasi (YE) tartibda olib boriladi. Boshqa guruh a'zolari taqdimot qilayotgan guruhning fikrlarini to'ldirishlari mumkin. Barcha guruhlarning taqdimoti nihoyasiga yetgach, bildirilgan fikrlar, taqdimot materiallari umumlashtirilib, xulosa qilinadi. O'qituvi talabalar bilan birgalikda guruhlar faoliyatiga baho beradi, mashg'ulotga yakun yasaydi, talabalarning mashg'ulot haqidagi fikrlarini aniqlaydi.

Mazkur maqolada biz "Qandli diabetda arterial gipertenziyani klinik kechishi" muammosini o'rganish va uni davolashda S C O RE metodidan foydalanish metodikasini ko'rib chiqamiz:

"Qandli diabetda arterial gipertenziyani klinik kechishi" S (symptom)-kasallikni kechish jarayonidagi belgilar ya'ni simtomlarlarni aniqlashdir.

C (cause) -kasallikni kelib chiqishiga sabab bo'ladigan yopiq qirralarni izlash, aniqlash.

O (outcome) - kutiladigan natijaga ega bo'lishda kasallikka olib kelgan yopiq qirralar o'rnini bosuvchi harakatlarni, holatlarni belgilash.

R (resources) - kassallikni manbai "qayerda?", "qachon?", "nima uchun?", "qanday?", "nimaga?" savollari asosida kassallikni davolashning kerakli asosiy manbalarini topishdan iborat.

YE (effect) - samarasi - kasallikni qisqa muddatda samarali davolash natijaga erishish, aniq maqsadli amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Shuni ta'kidlash joizki, "S C O R E" metodini qo'llash orqali talabalarga muammoli vaziyatlarni oldindan ko'ra bilish, ularni hal qilish yo'llarini izlab topish, munozara olib borish mahorati, o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish, ta'sir eta olishga o'rgatish va bahslashish madaniyatini shakllantirishga erishiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan O'RQ-637-son "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF- 60-son.

3. R.Ishmuxamedov, A.Abduqodirov. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. -T.: 2008.

69

April 26, 2024

4. M.U. Dexkanova, K.I.Axmedova. Ta'lim texnologiyalari. O'quv qo'llanma. T 2019

5. Dehkanova, M. (2021). Issues to increase the efficiency of pedagogical activity in higher education. Sciences of Europe, (72-2), 54-56.

6. M. T. Axmedova, M. O'. Dehqonova. Shaxsni shakllanishi va rivojlanishida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. Fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. Jild: 03 | Nashr: 06 | Jurnal 2022

7. Ulmasovna, D. M., Asadova, I. Z., Ravilevna, A. A., & Kizi, T. M. B. (2022). Enhancement the creativity of teachers in the context of digital education. International Journal of Health Sciences, 6(S5), 1682- 1689. https://doi.org/10.53730/ijhs.v6nS5.8967

8. Ulmasovna, D. M. M. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-212.

70

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.