Научная статья на тему 'QANDLI DIABET KASALLIKLARIDA PSIXOLOGIK YORDAMNI O‘ZIGA XOSLIGI'

QANDLI DIABET KASALLIKLARIDA PSIXOLOGIK YORDAMNI O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixosomatika / qandli diabet / kasallik / stress / depressiya / ruhiy kechinmalar / xavotirlanish / psixoterapiya / xulq atvor / og‘riq / psixologik yordam / psixoterapiya / bixevioral terapiya. / psixosomatika / qandli diabet / kasallik / stress / depressiya / ruhiy kechinmalar / xavotirlanish / psixoterapiya / xulq atvor / og‘riq / psixologik yordam / psixoterapiya / bixevioral terapiya.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Yulduz Karimovna Narmetova

Psixosomatik kasalliklarning asosida emosional his-tuyg‘ular bo‘lib, u funksional o‘zgarishlar va organizmning patologik og‘ishlari bilan ifodalanadi. Maqolada qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning psixoemosional xususiyatlarini va psixokorreksion yondashuvning o‘ziga xosligiga to‘xtalgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В основе психосоматических заболеваний лежат эмоциональные переживания, которые выражаются функциональными изменениями и патологическими отклонениями организма. В статье акцентируется внимание на психоэмоциональных особенностях больных сахарным диабетом и уникальности психокоррекционного подхода.

Текст научной работы на тему «QANDLI DIABET KASALLIKLARIDA PSIXOLOGIK YORDAMNI O‘ZIGA XOSLIGI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

QANDLI DIABET KASALLIKLARIDA PSIXOLOGIK YORDAMNI O'ZIGA

XOSLIGI

Yulduz Karimovna Narmetova

Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti,

ANNOTATSIYA

Psixosomatik kasalliklarning asosida emosional his-tuyg'ular bo'lib, u funksional o'zgarishlar va organizmning patologik og'ishlari bilan ifodalanadi. Maqolada qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning psixoemosional xususiyatlarini va psixokorreksion yondashuvning o'ziga xosligiga to'xtalgan.

Kalit so'zlar: psixosomatika, qandli diabet, kasallik, stress, depressiya, ruhiy kechinmalar, xavotirlanish, psixoterapiya, xulq atvor, og'riq, psixologik yordam, psixoterapiya, bixevioral terapiya.

АННОТАЦИЯ

В основе психосоматических заболеваний лежат эмоциональные переживания, которые выражаются функциональными изменениями и патологическими отклонениями организма. В статье акцентируется внимание на психоэмоциональных особенностях больных сахарным диабетом и уникальности психокоррекционного подхода.

Ключевые слова: психосоматика, сахарный диабет, заболевания, стресс, депрессия, психические переживания, тревога, психотерапия, поведение, боль, психологическая помощь, психотерапия, поведенческая терапия.

ABSTRACT

Psychosomatic diseases are based on emotional feelings, which are expressed by functional changes and pathological deviations of the organism. The article focuses on the psychoemotional characteristics of patients with diabetes and the uniqueness of the psychocorrective approach.

Keywords: psychosomatics, diabetes, disease, stress, depression, mental experiences, anxiety, psychotherapy, behavior, pain, psychological help, psychotherapy, behavioral therapy.

191

April 26, 2024

Psixosomatikaga tibiyotning mustaqil yo'nalishi sifatidagi munosabat hozirga qadar ikkilamchi bo'lib kelmoqda, biroq "sivilizatsiya (taraqqiyot) kasalliklari"ni tadqiq etgan tadqiqotchilar ularni psixomatik deb hisoblaydilar. Psixosomatik kasalliklar, ayniqsa bolalar va o'spirinlarda bronxial astma, qandli diabet, oshqozon ichak kasalliklari, o't pufagi, hamda teri-tanosil kasalliklari va h.k.lar orqali namoyon bo'ladi.

Bir qator tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, psixosomatik kasalliklarning sababi kasalning ruhiy kechinmalari va o'y-hayollaridir. Shunday qilib, agar tibbiyot hodimlari bemorning kasallanganlik holatini sababini topa olmasalar, yoki tadqiq etilayotgan holat dipressiya, g'azab, vijdon a'zobi, xavotirlanish oqibatida kelib chiqan bo'lsa, psixosomatik kasallik deb toifalanishi mumkin.

Chet el va mahalliy olimlarnin psixosomatik kasalliklarning sababi o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarning tahlili shuni ko'rsatdiki, inson doimiy ravishda stress holatida bo'lsa, organizmning moslashuvchanligi buziladi. G. Selye o'z ilmiy ishlarida, "uyqudagi odam ham stress holatida bo'ladi, stressdan to'liq qutilish o'lishdir" [Sit. po: s. 104-109] deya e'tirof etgan. Turli xil omillarning ta'siri juda kuchli bo'lganligi uchun organizm stressga bardosh berolmay, turli xil kasalliklarga duchor bo'ladi.

Mutaxasislar fikriga ko'ra qandli diabet bilan og'rigan bemorlar soni muntazam ortib bormoqda. Qandli diabet, taxminlarga ko'ra 2030 yilda 1,5 marta ortib, 552 mln. kishini tashkil etadi, (asosan qandli diabet 2 tip bemorlar hisobidan). O'zbekistonda qandli diabet Respublika aholisining 5,05% da uchraydi, asosan 20-79 yoshda, 880 510 axolini tashkil etadi [2]. Bir qator olimlarni o'tkazilgan tadqiqot natijalarida ko'ra kasallikning bemor ruhiy holatiga ta'siri to'rt shaklda o'z aksini topadi: sezuvchanlik bilan bog'liq: qo'l oyoqlarda, beldagi va boshdagi og'riq, (53%); emosional - tushkun kayfiya (62%), qo'rquv (47%), kelajagidan xavotir (89%), turmush tarzi keskin o'zgarishidan afsuslanish xissi (75%), qarindoshlar oldida aybdorlik hissi (52%); intellektual - turli darajadagi kognitiv buzilishlar, ma'lumot yetarli emasligi insult va reabilitatsiya imkoniyatlari haqida (79%), firklar, kasallik bu - «so'ngi hukm» tarzida o'ylash (69%); motivasion - motivatsiya buzilishi, anozognoziya yoki giponozognoziya (47%), vrach tavsiyalariga amal qilishdan jumladan reabilitatsiya tadbirlaridan (61%) bosh tortish[1].

Depressiyaning mavjudligi kelajakda 2-tipdagi diabet rivojlanish xavfining 2338% ga oshishi bilan birga keladi (Gold S.H.et al, 2004; Brown L. C. va boshq, 2005).

192

April 26, 2024

1- va 2-tipdagi diabetli bemorlarda kayfiyatning 60%ga pasayishi tez-tez uchraydi (og'ir depressiya 2-3 baravar ko'proq), xavotirlanish diabetga chalinganlarga qaraganda 40% ko'proq (Nichols G. A. va boshq., 2003; Grigsby A. B. va boshq., 2002). JSSTning 2-tipdagi diabet bilan og'rigan bemorlarda o'tkazilgan eng yirik tadqiqotida 1 yil davomida depressiv epizod mezonlari 2 bemorda aniqlangan (Moussavi S. va boshq, 2007). AQSHda o'tkazilgan epidemiologik tadqiqotda 2-tip diabetda depressiyaning tarqalishi 8.3% ni tashkil etdi va 2-tip diabet bilan og'rigan bemorlarda insulin ishlatmaydiganlar va 1 -tip diabetga chalingan bemorlarga nisbatan yuqori bo'ldi (Li C. va boshq, 2007). Agar nafaqat klinik depressiyani, balki depressiv belgilarni ham hisobga olinsa, unda kayfiyatning pasayishi chastotasi 27-43% ga yetadi (Stahl D. Etal, 2008).

Depressiya belgilari tashxis qo'yilmagan kasallikka qaraganda tashxis qo'yilganda tez-tez aniqlanganligi sababli, depressiya bemorning og'ir kasallik faktiga reaksiyasi bo'lishi mumkin deb e'tirof etiladi (Knol M. J. va boshq, 2007). 2-tip diabeti bor bemorlarda glyukemik nazorat yaxshilanmagan holda qon glyukozasini o'z-o'zini nazorat qilish o'tkazilgan bo'lsa, depressiya chastotasi yuqori bo'lgan. Bundan tashqari, qon glyukozasini o'z-o'zini nazorat qilinishi bilan hayot sifati va iqtisodiy samaradorlik ham pasaygan.

Depressiyali bemorlarda giperglikemiya ko'proq namoyon bo'ladi, bu qisman glisemik monitoringning yomonlashishi, parhezga rioya qilmaslik, jismoniy faollikning pasayishi, dori-darmonlarni o'tkazib yuborish bilan bog'liqdir (Lustman P. J., 2005; Gonsales J. S. va boshq, 2007). Shu bilan birga, 1 va 2-tip diabeti bilan og'rigan bemorlarda yil davomida kuzatilgan glikatlangan gemoglobin va och qoringa glikemiya darajasi depressiv simptomlarning og'irligi bilan bog'liq bo'lmagan (Georgiades A. va boshq, 2007).

Depressiyaning mavjudligi diabetning asoratlari (nefropatiya, retinopatiya, neyropatiya, diabetik oyoq, IYUK, jinsiy disfunksiyalar) xavfining oshishi bilan birga keladi (Vileikyte L. va boshq, 2005; Ismail K. va boshq, 2007). Bundan tashqari, umumiy va yurak o'limi mos ravishda 20 va 30% ga oshadi (Egede L. E. va boshq, 2005).

Shuni ta'kidlash muhimki, ozish, uyquning buzilishi, ishtahaning oshishi, charchoq, og'riq kabi belgilar ham diabet va depressiyaning dekompensatsiyasi sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Og'iz qurishi, poliuriya, paresteziya, bosh aylanishi ko'pincha diabet va xavotirlanishda uchraydi. Qandli diabetning og'ir dekompensatsiyasi yoki gipoglikemik holatlarida psixotik alomatlar (gallyusinatsiyalar, aljirash, deliriy), ongning buzil ishi (karlik, sopor, koma) paydo

193

April 26, 2024

bo'lishi mumkin. O'tkir giperglikemiya odatdagi belgilari (poliuriya, polidipsiya, ozish) bilan birga ko'pincha vahima hujumidan farq qilmaydigan disforiya, depressiya va xavotirlanish bilan ham namoyon bo'ladi, (Sommerfiyeld A. J. va boshq, 2004).

Endokrin kasalliklardan eng ko'p uchraydigan qandli diabet bilan kasallangan bemorlar ham psixologik yordamga muhtojlik sezadilar. Mazkur kasallik bemorda emosional-shaxslilik va irodaviy sohalarda jiddiy o'zgarishlarga olib keladi. Shuning uchun psixologik yordam mazkur bemorlarda o'z kasalliklari haqida adekvat bilimlarga ega bo'lishlari, shifokor ko'rsatmalariga amal qilgan xolda o'z vaqtida to'g'ri ovqatlanishlari va dori-darmon qabul qilishlari hamda parxezga qat'iy rioya qilishlarini ta'minlashga yo'naltirilgan kognitiv-bixevioral terapiyani qo'llashga qaratilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Bixevioral terapiya (ingl. behaviour- "xulq-atvor"). Bixevioral terapiya nevroz, isteriya va depressiya tufayli o'zgargan xulq-atvorni korreksiya qilish hamda bunga muvofiq uquv va ko'nikmalarni shakllantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Bixevioral terapiya o'tkazilayotganda bemorlardagi xulq-atvorning har bir ko'rinishi tahlil etilib, korreksiya qilib boriladi. Bosqichma-bosqich o'tkazilayotgan psixoterapevtik muolajalar paytida xulq-atvordagi patologik o'zgarishlar sog'lom xulq-atvor sifatlari bilan "almashtiriladi" Demak, bixevioral terapiya depressiyaga olib kelgan sabablar ustida emas, balki shu sababli yuzaga kelgan patologik xulq-atvorni o'zgartirish bilan ishlaydi. Sog'lom xulq-atvor hamda o'zini o'zi boshqarish ko'nikmalari shakllangan sayin o'smirdagi depressiya va xavotir belgilari orqaga chekinadi, undagi fikr o'zgaradi, o'ziga ishonch paydo bo'ladi va turmush tarzi o'zgarib ijtimoiy adaptatsiyaga erishadi.

REFERENSES

1. Рузиев Ф.Г. Ишемик инсульт кандли диабет билан кечишида психологик реабилитация самарадорлиги. Журнал неврологии и нейрохирургических исследований. Том 3.№2. Б.45-48.

2. Melibayeva, R. (2022). Клиник амалиётда психологик диагностиканинг ауамияти (Doctoral dissertation, Узбекистан Ташкент).

3. Нарметова, Ю. (2014). Тиббиёт психологиясида психосоматик касалликлар муаммоси. УзМУ хабарлари.

4. Нарметова, Ю. (2020). Актуальные проблемы организации психологической службы у больных с психосоматическими заболеваниями.

194

April 26, 2024

5. Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат бузилишлари ва уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. УзМУ хабарлари.

6. Karimovna, N. Y., Nasirovna, M. R., Tursunaliyevna, A. M., Abduvaliyevna, A. N., & Ravshanovna, U. S. (2023). Psychodiagnostics of psychosomatic diseases. Journal of survey in fisheries sciences, 10(2S), 2903-2911.

7. Narmetova, Y. (2023). FEATURES OF TURNING PAIN INTO A TRAGEDY IN PATIENTS WITH PSYCHOSOMATIC DISEASES. Академические исследования в современной науке, 2(26), 42-44.

8. Karimovna, N. Y., Khasanboy, A., Iltifotkhon, A., Khabiba, N., & Adiba, M. (2023). Psychoemotional characteristics in psychosomatic diseases. The Scientific Temper, 14(04), 1444-1450.

9. Karimovna, N. Y., & Nodirjon o'g'li, B. J. (2023). QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING EMOSIONAL XUSUSIYATLARI. Scientific Impulse, 1(9), 1381-1385.

195

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.