Научная статья на тему 'QADIMGI PANDNOMALARDA OILA TARBIYASI MAZMUNI'

QADIMGI PANDNOMALARDA OILA TARBIYASI MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
400
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OILA / JAMIYAT / HUQUQ / MAJBURIYAT / SALOMATLIK / TARBIYA / NIKOH / KAMOLOT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayev Q.F., Sharipova S.X.

Ushbu maqolada qadimgi ajdodlarimiz merosi, jumladan “Avesto” hamda pandnomalar mazmunida aks etgan oilaviy munosabatlar hamda oila tarbiyasining o`ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONTENT OF EDUCATION IN ANCIENT EDIFYING TEXTS

This article describes the heritage of our ancient ancestors, including the "Avesto" and family relationships, reflected in the content of pandnoma, as well as the peculiarities of family upbringing.

Текст научной работы на тему «QADIMGI PANDNOMALARDA OILA TARBIYASI MAZMUNI»

УДК 37.018.1.

Abdullayev Q.F. BuxDU

Pedagogika kafedrasi dotsenti Sharipova S.X. BuxDU

Pedagogika kafedrasi o^qituvchisi QADIMGI PANDNOMALARDA OILA TARBIYASI MAZMUNI

Аннотация: ushbu maqolada qadimgi ajdodlarimiz merosi, jumladan "Avesto" hamda pandnomalar mazmunida aks etgan oilaviy munosabatlar hamda oila tarbiyasining o^ziga xos xususiyatlariyoritilgan.

Kalit so^zlar: oila, jamiyat, huquq, majburiyat, salomatlik, tarbiya, nikoh, kamolot.

Abdullayev Q.F. associate professor department of pedagogy Bukhara State University Sharipova S.X. teacher

department of pedagogy Bukhara State University

THE CONTENT OF EDUCATION IN ANCIENT EDIFYING TEXTS

Annotation: This article describes the heritage of our ancient ancestors, including the "Avesto" and family relationships, reflected in the content of pandnoma, as well as the peculiarities of family upbringing.

Keywords: family, society, law, obligation, health, upbringing, marriage, maturity.

KIRISH.Qadim zamonlardan boshlab Turonzaminda xalq ogzaki ijodi namunalari, Qur'oni Karim va Hadislarda buyuk qomusiy olimlarning betakror, olmas asarlarida oila masalalari, oilaviy munosabatlar tizimi talqin va maxsus tavsif etilgan. Ana shunday ma'naviyatimizning qohna sarchashmalaridan biri bo lgan, qadimgi Turon va Eronzamin xalqlarining ma'naviy qadriyati hisoblanmish-«Avesto»da ham insoniyat va uning taraqqiyoti bilan bog'liq tasavvurlar, ma'naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni bilishga bolgan ehtiyoj va intilish, insondagi eng oliyjanob, pok fazilatlar kuylanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi, tarkibi, oila ma'naviyati, ota-onalarning

oiladagi mavqelari, oilada ayol erki, burchi va huquqlari yuksak ma'naviy va axloqiy chizgilar asosida tavsiflanganligi diqqatga sazovor.

ASOSIY QISM. «Avesto»da patriarxal oila jamiyatning eng quyi bo'g'inini tashkil etishi aytilib, u o z ichiga 4 avlod va 9 guruhni olganligi ta'kidlanadi. Oila markazida oila boshligi (kadxudo) turgan.

Xo'jalikni er va xotin boshqarib, oila davrasiga: otaona, er-xotin, farzandlar, nevaralar kirishgan. Shuningdek, oila tarkibiga: otaning aka-ukalari va opa-singillari, aka-ukalarining bolalari va nevaralari ham kirgan. Lekin ona tomon qarindoshlar va ota tomondan opa-singillarning bolalari oila tarkibiga kiritilmagan.

Chunki ular oz xonadonlarining oila a'zolari hisoblanishgan. Istisno tariqasida ota tomon aka-ukalarning qizi oilaning tola huquqli a'zosiga aylangan.

Zardushtiylarning oila ta'limoti asosini hayotning davomiyligi, naslning aslligini ta'minlash va, avvalo, oila qanday negizga qurilganligi masalasi tashkil etadi. Oilani tashkil etish esa dastavval nikoh bilan bogliqdir.

«Avesto»ning Vendidod qismida oila butunligini saqlash, nikoh tuzish tartiblari, nikohning bekor qilinishi sabablari va shartlari ancha batafsil bayon qilingan: —Ikki kishi, xoh dindosh, xoh birodar, xoh dost bir-birovi bilan nima xususda paymon bog lasalar — biri ikkinchisining xonadonidan o ziga xotin tanlasa, sozsiz uning talabi qondirilishi lozim [1] yoki: «Men bu sozlarim bilan kuyov tanlamoqchi bo lgan bolig a qizlarga va siz ikki tanga ham nasihat qilaman. Mening o'gitlarimga quloq solinglar va uni haqiqatda xotirangizga jo qiling va oz dinlaringizni topinglarda, uni amalda joriy etinglar» [1].

Bunga kora nikoh zurriyod qoldirish uchun irodasi mushtarak ikki tanni qovushtiradi. U yigit va qizning bir-birini chuqur hurmat qilishiga asoslangan birligidir. Qadimgi ajdodlarimizda balog at yoshi 15 yosh hisoblanib, oila qurishga imkoniyati va qobiliyati bolgan har bir yigit oila qurish va ozidan zurriyod qoldirishga majbur bolgan. Imkoniyati bola turib, uylanmay yurgan yigit badnom qilinib, temir kamar bog lab yursa, balog atga yetgan qiz bola umuman turmush ga chiqishni istamasa qopga solinib yigirma besh darra kaltaklanish bilan jazolangan va darmongoh huzuridagi dori tayyorlash korxonasiga ishga jalb etilgan.

«Kimning xotini 2 bo'lsa, u xotinsiz va dunyodan farzandsiz o'tayotgan kimsadan yaxshiroqdir». Lekin oila masalasida yoshlar erki paymol qilinmagan. Qiz bolani turmushga berish ota-ona izmida bolsa ham, nikoh oldidan uning roziligi so'ralgan. Shuningdek, «Kadxudo (er), kadbonu (xotin) mashvaratisiz, roziligisiz, qizini erga berish huquqiga ega bo'lmagan».

Bu o rinda oila ahilligi, yaqinlar o rtasidagi iliq munosabatlar, o zaro hurmat, xususan, ayollarga ehtirom va ular erkini himoya qilish zarurligi yuksak axloqiy tamoyil sifatida e'zozlangan: «Qo'y, nikohga intiq bolgan g'ayratli qizlar, Sorasinlar zor-intizor kutgan kunlarin Xonadonin bir bahodir sohibini ham» [1]. Nikohga va oila qurishga tayyorgarlik jarayonida qiz bola tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan. Qiz balog atga yetguncha o z davrining barcha

hunarlarini bilishi, chorva mollariga qarash, parvarishlash, uy-ro'zg'or yumushlarini mukammal tarzda ado etishi, pokiza, ozoda yurishi shart bo' lgan.

Bu yonalishda qiz bolaning ham ma'naviy, ham jismoniy sog'lom, barkamol bo'lishi, birinchidan oilaning mustahkam, xonadonning farovon bo'lishini ta'minlasa, ikkinchi tomondan sog'lom farzandlarning dunyoga kelishiga zamin yaratgan bo'ladi. Zardushtning o'z qiziga qarata «..Ey Puruchista,.. Ey Zardushtning bolig'a qizi! Mazda Ezgu niyat va Ashah haqiqatga inongan zotni senga tiriklikning yo'ldoshi aylaydi. Shunday ekan, o'z aqling va idrokingdan savol ayla,.. Hushyorligingni ziyoda qil ! » deya xitob qilishi barcha qizlarga o'rnak qilib ko'rsatiladi. Professor H. Homidov «Avestollda turmushga chiqish va uy bekasi bo'lishning 5 turi: podshoh xotin, ayuqxotin, chokar xotin, o'zboshimcha xotin, sita xotinlar ko'rsatilganligini aytib o'tib, ularning har biriga qisqacha izoh beradi.

Bu izohlarda nikoh tuzish va oila qurishdagi huquqiy holatlar, oila tuzilishi va shakllari tavsiflanganligi diqqatga sazovordir. Shuningdek, nikohni bekor qilish tartiblariga to'xtalib o'tib, arzimas bahonalar bilan nikohni buzish, bekor qilish jamiyat tartibining susayishiga olib kelinishini alohida qayd qiladi. «Avesto» da zurriyodning pokizaligi, naslning sog'lomligi xususida qayg'urilib, bunga erishish yo'li sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish, jamoat, oila, shaxsiy ozodalik, gigiyenaga rioya qilish, shuningdek, oila qurish jarayonida har jihatdan benuqson, sog'lom kelinlar tanlash uqtiriladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarning asosini —Har tomonlama yetuk, barkamol, sog'lom shaxsni tarbiyalashl masalasi tashkil etar ekan, ajdodlarimizning 3 ming yil ilgari, bu a'molga yetishning yo'llari, qoidalarini ishlab chiqib, davlat va jamiyatning poydevori hisoblanmish oila negiziga qo'yganlari yuksak tahsinga sazovordir: «Menga barkamol va dinogoh vatansevar va anjumanoro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag'ishla» [1]. Qadimda yaratilib, asrlar osha sayqal topgan bu o'gitlar keyingi zamonlarda yangicha ta'limot ta'sirida muayyan ozgarishlarga uchrab, ularning mazmunan yaqin variantlari paydo bo'lganini ko'rish mumkin. Jumladan,

Kaykovus —Qobusnomalda: —Xotin olsang ulug' salog'lig' xonadondin xotin talab qilg'il... Xotin kamolg'a yetg'on, oqila bo'lg'on...bo'lsin desa, Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur o'z «Tuzuklarida: —Ogillarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e'tibo r berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko'rdim. Kelin bo'lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim» deya ibratli mulohazalarini bayon etgan.

MUHOKAMA. Ko'rinib turibdiki, barcha zamonlarda ham ajdodlarimiz xalq va millatning sog'lom, jismonan va ma'nan barkamolligi xususida qayg'urishgan. Qadimgi ajdodlarimiz nasl sog'lomligining irsiy jihatlarini ham yaxshi bilgan ko'rinadilar. Shu maqsadda ular yaqin qarindosh-uruglar, ya'ni aka-uka, opa-singillar farzandlarining o'zaro nikohga kirishiga aslo yo'l qo'ymaganlar. Bunday nikoh naslning, qonning buzilishiga, nuqsonli bolalarning

tug'ilishiga olib keladi degan aqidaga qat'iy amal qilganlar. «Vendidod»da bu holatlarga maxsus fargardlar bag' ishlangan. «Avesto»da qattiq qish kelib, barcha tirik jonzotlarning qirilib ketish xavfi tug'ilganda shoh Jamshid tangri buyrug'iga ko'ra, yer ostiga shahar- varlar qurganligi va bu manzilgohlarga «Ahriman nafasi tekkanll, — deb har xil kasalliklarga chalingan, nuqsonli kishilar va jonzotlarni kiritmaganligi tasvirlanadi: «... zinhor u yerga bukrilar, pushtsizlar, gVllar, duyasana (haromzoda bolalarning ota-onasi), dayvak, kasvish, vizborish (tanasi va badanida illati bor kishilar), so'yloq tishli, umuman Ahriman o'z dog'ini qoldirgan biror bir kimsani kirita ko'rma!» [1]. Shuningdek, «Avestollda oilaning mustahkamligini ta'minlaydigan asosiy qoidalardan biri bu sadoqat va ozaro ishonch ekanligi ta'kidlanib, er-xotinning bir-biriga xiyonati qattiq la'natlangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun —harom» hisoblangan: «Ey jodugar xotin, yo'qol ! Ey badkor xotin -kaxovariza, yo'qol»!

XULOSA. Zardushtiylar hayotida ma'lum qoida va ahkomlarga aylangan oilaviy munosabatlar tizimi hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Xususan, oila mustahkamligiga e'tibor berish barcha zamonlar uchun muhimdir. «Avesto» ajdodlarimizning boy ma'naviy-madaniy merosi oila va turmushning turli qirralarida, yosh avlodni oila va nikohga tayyorlashda, ularni ma'naviy, axloqiy xislatlarini shakllanti-rish va takomillashtirishda qimmatli manba bo' lib xizmat qilaveradi.

Adabiyotlar:

1. «Avesto». A. Mahkam tarjimasi. — T.: Sharq, 2001.

2. Абдуллаев К. Ф. Истоки начального образование у зороастрийцев //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2011. - №. 7.

3. Абдуллаев К. Ф. Истоки образование у зороастрийцев //European Social Science Journal. - 2012. - №. 10-1. - С. 337-342.

4. Бобомуродова Н. Ж. Экологическая культура как общечеловеческая ценность //ББК. - 2020. - Т. 74. - С. 188.

5. Бобомуродова Н. Ж. ЛЮБОВЬ К ЧЕЛОВЕКУ -ИДЕЙНАЯ ОСНОВА ГУМАНИЗМА АЛИШЕРА НАВОИ //Символ науки. - 2021. - №. 11-1. - С. 40-43.

6. Гулбоев А. Т. АСПЕКТЫ И ОСОБЕННОСТИ ЦЕЛОСТНОГО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 10 (135). - С. 29-32.

7. Кобилжонов К. К., Фазлиддинов Ф. С., Фозилова З. Ж. Идея совершенной личности в трудах мыслителей востока //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 100-103.

8. Ходжаев Б. К., Шарипова С.Х. Гражданская культура как важный компонент воспитания гармонично развитого поколения //ББК. - 2019. - Т. 74. - С. 248.

9. Хожиева М. Ш., Хамраев Б. Т. БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАР МАЪНАВИЙ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 8. - С. 196-202.

10. F.X. Ramazonova. Implementation directions integration into the learning process. Ученый XXI века. - Москва 2019. № 4-(51) ISSN 2410-3586. - С. 5355

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.