Научная статья на тему 'PYTHON DASTURLASH TILINI O‘QITISHDA FUNKSIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI'

PYTHON DASTURLASH TILINI O‘QITISHDA FUNKSIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
1144
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
program / educational methods / programming environment / functions / procedure / component / application / database

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Zaripov Nozimbek Nayimovich, Hasanov Behzod Normurot O’G’Li

Nowadays when modern information technologies are widely developed, one of the most actual problems is to issue a special approach for teaching programming languages to secondary school students and to pay attention to the development of simplified methods assigning tasks based on the age of students. This article develops self-programming skills among high school students, helps to develop an interest in programming and help them find their place in the future, as well as create better programs for the development of the country.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PYTHON DASTURLASH TILINI O‘QITISHDA FUNKSIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI»

PYTHON DASTURLASH TILINI O'QITISHDA FUNKSIYALARDAN

FOYDALANISH METODIKASI

Zaripov Nozimbek Nayimovich

Buxoro davlat pedagogika institute "Aniq fanlar" kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD). e-mail: zaripov9898@mail.ru Hasanov Behzod Normurot o'g'li Buxoro davlat pedagogika instituti "Matematika va informatika" yo'nalishi 2-bosqich talabasi e-mail: hasanovbehzod5@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7600709

Annotatsiya. Hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari keng taraqqiy etgan bir davrda umumta'lim maktab o'quvchilariga dasturlash tillarini o'qitishda alohida uslub bilan yondashish, soddalashtirilgan usullarni ishlab chiqish, o'quvchilarni yoshini inobatga olgan holda vazifalar tayinlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchi yoshlarda mustaqil dastur tuzish ko'nikmalarini shakllantirish, dasturlash tillariga qiziqtirish, ularni kelajakda o'z o'rinini topishiga va mamlakat rivoji uchun mukammal dasturlar yaratishiga turtki bo'ladi.

Tayanch tushunchalar: dastur, ta'lim metodlari, dasturlash muhiti, funksiyalar, protsedura, komponent, ilova, ma'lumotlar bazasi.

Annotation: Nowadays when modern information technologies are widely developed, one of the most actual problems is to issue a special approach for teaching programming languages to secondary school students and to pay attention to the development of simplified methods assigning tasks based on the age of students. This article develops self-programming skills among high school students, helps to develop an interest in programming and help them find their place in the future, as well as create better programs for the development of the country.

Supporting concepts: program, educational methods, programming environment, functions, procedure, component, application, database.

Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish qamrab olgan bo'lib, bu hodisa har bir kishidan yuqori axborot madaniyatini talab qiladi. Shu sababli maktabning fan o'quv dasturlari o'quvchilarining bilim, ko'nikma va qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan fanlar bilan to'ldirishlari zarur. Ta'limning bugungi vazifasi o'quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot ta'lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko'rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot

15

texnologiyalarini samarali qo'llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o'rgatishdan iborat. Shu maqsadda o'quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o'rgatish ta'lim sifatini oshishiga olib keladi.

Hozirgi kunda bir nechta dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo'lib, bularga Paskal, Delphi, C++, C#, Python, Java va boshqalarni misol qilish mumkin. Bu dasturlash tillari biror yo'nalishdagi masalalarni hal qilishga mo'ljallangan bo'lib, ularni obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari deyish mumkin. Dasturlash tillari haqida so'z yuritishdan oldin "dastur", "dasturlash", "dasturlash muhiti" tushunchalarining mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tishni lozim topdik.

Dastur - oldindan tayyorlangan algoritm va hisoblash texnikasi vositalariga asoslangan holda bajariladigan ishning shart-sharoiti, maqsadi va vazifasini e'tiborga olib, uning biror bir formal (shartli) algoritmik tildagi aniq va to'liq ifodalanishi [2;46-b.].

Dastur - bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi. Dastur - biror masalani yechishda kompyuterda bajarishi lozim bo'lgan amallarning izchil tartibi [4;17-b.].

Dasturlash tili - kompyuterlar uchun dasturlar (ko'rsatmalar yig'indisi) yoziladigan, uni u yoki bu harakatlarni bajarishga majbur qiladigan rasmiy til [4;53-b.].

Bizning fikrimizcha dasturlash bu - kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun mo'ljallangan dasturlarni yaratish, tajriba orqali sinovdan o'tkazish hamda xatolarni tuzatib borish jarayonidan iboratdir. Boshqacha aytganda, kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi.

Dasturlash muhiti bu - dasturchi yozadigan kodlarni aynan qanday tilda va muhitda yozishi tushuniladi. Masalan: keng tarqalgan va ko'plab foydalanuvchiga ega muhitlarni misol qilish mumkin. PHPStorm — asosan PHP dasturchilarga, VisualStudio — .Net dasturchilarga, NetBeans —Java, PHP dasturchilarga, PHPDesigner — asosan veb (PHP) dasturchilarga mo'ljallangan. Hozirgi kunda dastur tuzish yuqori darajadagi dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, S#, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi inson tiliga yaqinligi bois dastur tuzish jarayonini osonlashtiradi.

Python dasturlash tilini o'qitishda quyidagi asosiy tushunchalar muhim sanaladi. Funksiya - ma'lum bir vazifani bajaruvchi, qandaydir nomga ega, bir yoki bir necha qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha natija qiymatlarni qaytaruvchi qism dastur.

Qism dastur- zarurat tug'ilganda chaqiriladi. U ayni bir kodni bir necha marta yozish zaruratini bartaraf qilib, butun dastur davomida ko'p marta foydalanilishi mumkin. Bu kodning blokliligini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va xatolarni

16

topishda yordam beradi. Xato bor yoki yo'qligini bitta kod blokining o'zida tekshirsa bo'ladi. Agar xato qism dasturda bo'lsa, faqat qism dasturning o'zini tuzatishga zarurat tug'iladi. Agar qism dasturdan foydalanmasdan, kod bir necha joyda takror-takror yozilsa, u holda butun dastur bo'ylab xatolarni qidirishga to'gri keladi.

• kodni faqat bitta joyda yangilash kerak bo'ladi: Kiritilgan barcha tuzatishlar qism dastur chaqirilishi bilan amal qila boshlaydi.

• protsedura- funksiyaga o'xshash ko'p marta foydalanilishi mumkin bo'lgan qism dastur bo'lib, yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi.

Python dasturlash tilining har xil masalalarni yechishga mo'ljallangan bir necha foydali standart funksiyalari mavjud:

Har bir funksiya hamda protseduraga albatta nom berish kerak va bu nom Pythonda define (ing. define - aniqlash) so'zidan olingan def kalit so'zi bilan boshlanadi.

def - funksiyani e'lon qiluvchi kalit so'z.

funksiya_nomi - funksiya nomi.

parametrlar ro'yxati - ushbu ro'yxat bir necha parametrdan iborat bo'lishi mumkin va ular vergul bilan ajratib yoziladi.

buyruqlar_bloki - funksiya tanasi boshqa operatorlar kabi bitta xat boshi tashlab yozilishi shart.

Funksiya nomi orqali chaqirilganda uning tarkibidagi buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Shundan so'ng dastur funksiya chaqirilgan satrga qaytadi va shu satrdan keyingi buyruqlarga o'tadi.

Pythonda protseduralar deyarli funksiyalardek yoziladi. Farqi shundaki, protseduralar hech qanday qiymatni qaytarmaydi.

Funksiyaning o'zini o'zi chaqirishiga rekursiya deyiladi va bunday funksiyalar rekursiv funksiyalar deb ataladi.

Rekursiv funksiyalar dasturlashning kuchli mexanizmi hisoblanadi, lekin ular har doim ham samarali emas. Chunki aksariyat hollarda xatolarga yo'l qo'yadi. Xatolar ichidan eng ko'p tarqalgani - cheksiz rekursiya. Unda funksiyaning chaqiruv zanjiri cheksiz bo'lib, kompyuter bo'sh xotirasi tugamaguncha davom etaveradi. Cheksiz rekursiya ro'y berishining sabablari:

- rekursiyada shartni noto'g'ri qo'llash. Masalan, faktorialni hisoblashda if n==0 ni unutib qo'ysak, factorial(0)funksiyasi factorial(-l) ni, factorial(-l) funksiyasi esa factorial(-2) va hokazolarni chaqiradi;

- rekursiv funksiyani noto'g'ri parametr bilan chaqirish. Masalan, factorial(n)funksiya factorial(n) ni chaqirsa, yana cheksiz zanjir yuzaga keladi.Shu boisdan, rekursiv funksiyani yaratishda rekursiyani yakunlash sharti hamda rekursiyani qachon, qanday tugatish haqida o'ylab ko'rish lozim.

Quyida Python dasturlash tilida funksiya va protsedulardan foydalanib dasturlarni ko'rib chiqamiz. Birinchi dasturimiz sharti quyidagicha: berilgan ikki sonning eng kichik umumiy karralisi (EKUK)ni topish dasturini tuzing. Funksiyadan foydalaning. def ekuk(a, b): n = a * b

while a != 0 and b != 0: if a > b: a %= b else: b %= a

return n // (a + b) a = int(input('a = ')) b = int(input('b = ')) print('EKUK:', ekuk(a, b))

Ikkinchi dasturimiz sharti quyidagicha: berilgan n sonini rim raqamlarida ifodalovchi dastur tuzing. Funksiyadan foydalaning.

a = [(1000, 'M'), (900, 'CM'), (500, 'D'), (400, 'CD'), (100, 'C'), (90, 'XC'), (50, 'L'), (40, 'XL'), (10, 'X'), (9, 'IX'), (5, 'V'), (4, 'IV'), (1, 'I')] def rim(n): s = ''

while n > 0: for i, r in a: while n >= i: s += r n -= i return s

n=int(input("Son kiriting=")) print(rim(n))

Uchinchi dastur sharti: berilgan to'rtta sonning eng kichigini topuvchi dastur tuzing. Buning uchun min4(a, b, c, d) funksiyasini yarating. def min(a,b): if a>b: return b else: return a

def min4(a,b,c,d):

return min(min(min(a,b),c),d)

a=int(input('a='))

b=int(input('b='))

c=int(input(,c='))

d=int(input('d='))

print('Eng kichik son=',min4(a,b,c,d))

Python dasturlash tili - obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, o'quvchilar uchun tushinarli va sodda dasturlash tili hisoblanadi. Python dasturlash tilining afzallik tomonlari shundaki,

birinchidan: bu dasturlash tilida tuzilgan dastur boshqa platforma hamda operatsion tizimlarda ishlaydi;

ikkinchidan: bitta platforma yoki operatsion tizimda yozilgan kod boshqa platforma yoki operatsion tizimga o'tkazilganda turli xil xotirani egallashi mumkin. Bu esa ba'zi bir xatoliklarga olib kelishi mumkin. Bunday dasturlar qatoriga C dasturlash tilini misol keltirish mumkin. Python dasturlash tilida esa bunday kamchilik bartaraf etilgan;

Umumiy o'rta maktabda zamonaviy dasturlash tillarini o'qitilishi o'quvchilarda dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Н.Н. Зарипов "Kompyuter grafikasi yordamida talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish" // Образование и инновационные исследования https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.015

2. И.Ш. Садуллаев, Н.Н. Зарипов "Персональная учебная среда учащегося в режиме дистанционного обучения" - Международна научна школа «Парадигма». Лято, 2015.

3. N.N. Zaripov Using methods of foreign experiences in teaching informatics and information technologies in school. - Theoretical & Applied Science, 2020

4. Carol Tice, Neil Tortorella "Freelance Business Bootcamp How to Launch, Earn, and Grow into a Well-Paid Freelancer" January 21, 2015. 29 p.

5. https://www.freelancer.com/

6. Лапчик М. П. Теория и методика обучения информатике: учеб. для пед. вузов. - М.: Издательский центр «Академия», 2008. - 592 с.

7. С.Мухлисов, Н.Зарипов Разработка и внедрение лабораторного виртуального практикума по курсу «Основы микропроцессора и компьютерной техники» на основе современных компьютерных технологий - Наука. Мысль: электронный периодический журнал, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.