Научная статья на тему 'PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF SOCIAL ADAPTATION OF DEVIANT BEHAVIORS'

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF SOCIAL ADAPTATION OF DEVIANT BEHAVIORS Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
36
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DEVIANT / YOUTH / BEHAVIOR / DEVIATION / PREVENTION / ETHICS / THEFT / ALCOHOLISM / DRUG ADDICTION / SUICIDE / ADOLESCENTS

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Atadjanov E.E.

This article provides information about the psychological characteristics of social adaptation of adolescents with deviant behavior, their worldview, psychological types. Psychological counseling is also provided to help adolescents with deviant behavior adjust to society.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF SOCIAL ADAPTATION OF DEVIANT BEHAVIORS»

Atadjanov E.E., master of psychology Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF SOCIAL ADAPTATION

OF DEVIANT BEHAVIORS

Annotation: This article provides information about the psychological characteristics of social adaptation of adolescents with deviant behavior, their worldview, psychological types. Psychological counseling is also provided to help adolescents with deviant behavior adjust to society.

Keywords: deviant, youth, behavior, deviation, prevention, ethics, theft, alcoholism, drug addiction, suicide, adolescents.

Deviant xulq-atvor jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o'rgangan bo'lsada, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me'yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi Yunon va Rim faylasuflari ham o'z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar. O'rta asrlarda axloq me'yorlari diniy qarashlar ta'siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Bu borada E.Dyurkgeymning to'rtta asari chop etilgan bo'lib, shular-dan biri «O'z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag'ishlangan edi. Bunga ko'ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o'rganiladi, ya'ni mavjud jamiyat a'zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o'rgatiladi.

Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta'limot sotsiologiyada yetakchi o'rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g'oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta'rif beradi: —Deviant xulq-atvor jamiyatda e'lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir. Jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy me'yorlardan chetga chiqish holatlarini o'rganuvchi deviant xulq-atvor muammolari O'zbekistonda istiqlol sharofati bilan o'rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko'rinishlarini mamlakatimiz olimlari o'z tadqiqot obektlari doirasida o'rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, M.Usmonaliyev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o'smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o'z joniga qasd qilish va jinoyatchilik

muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, kabi illatlarning oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin.

Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me'yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me'yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me'yorning bir necha turlari mavjud bo'lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me'yorlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy me'yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me'yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o'rnatilgan me'yorlar ham eskirib boradi va yangi me'yorlar o'rnatiladi. Yangi me'yorlarni o'rnatish jarayoni jamiyatda o'rnatilgan mavjud me'yorlar doirasini kengaytirish va o'zgartirishdan iboratdir. Jamiyat a'zolarining mazkur ijtimoiy me'yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi. Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqa-rishning eng muhim vositasi bo'lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o'rni katta bo'ladi. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu — oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog'lom oila muhitining o'rni katta. Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko'rinishlaridan hisoblanadi:

a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyati va shuning oqibatida sodir etilgan xatti- harakat.

b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:

c) Alkogolni har zamonda iste'mol qilish.

d) Alkogolizm — spirtli ichimliklarga patolo-gik (muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.

v) giyohvandlik. Giyohvand modda yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish.

g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo'lib o'rganiladi:

1. Konkubinat — nikohsiz birga yashash.

2. Fohishabozlik — pul uchun o'z tanasini sotish. G'arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham me'yordan og'ish sifatida qaraladi.

e) byurokratiya. —Byurokratiya termini aslida —hokimiyatga ega bo'lgan xodim degan ma'noni anglatadi. Biroq davrlar o'tishi bilan —byurokratiya mahalliychilik, qog'ozbozlik, to'rachilik, mansabni suiste'mol qilish kabi salbiy ma'nolarda qo'llanila boshlandi. Yuqoridagilardan tashqari mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me'yordan chekinishning diqqattalab ko'rinishlaridan hisoblanadi.

Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan uchta omilni ko'rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi. Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3 ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular:

1) irsiy omillar;

2) psixo-fiziologik omillar;

3) shaxsning bilim darajasi.

Shuningdek, ijtimoiy og'ishlarning yuz berishiga shaxsning qat'iyatliligi yoki qatiyatsizligi, prinsipialligi yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo'ysunish yoki bo'ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta'sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta'sir ko'rsatadi. Deviant xulq-atvorni o'rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u subyektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me'yorlarda ko'rsatilgan bo'lsa-da, u yoki bu sabablarga ko'ra, ushbu me'yorlarni qo'llash qiyinroq bo'ladi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, o'z joniga qasd qilishlarning 40%i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi. Ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga ba'zan shaxs xususiyatlari sabab bo'lsa, ba'zan kichik ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, ishlab chiqarish brigadasi a'zolari, sinfdoshlar orasidagi salbiy munosabatlar sabab bo'ladi.

Jamiyatda shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi darajasiga ko'ra muammoli holatning to'rtta asosiy ko'rinishi ko'zga tashlanadi:

1) hech qanaqa muammo yo'q holat, bunday holat hech qanaqa qaror qabul qilishni talab qilmaydi;

2) muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo'lsa-da, uning yechimi ham ijtimoiy me'yorlarda ko'rsatilgan holat;

3) mavjud muammoni subekt ijtimoiy me'yorlar doirasida hal qila olmaydigan holat;

Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirishlar bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va sotsial oqibatlariga ko'ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir. Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishi deviant xulq turmush tarzining uzviy bo'lagiga aylanib ketishidan iborat bo'ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, uydagi tushunmovchiliklar

va hokazolar - bulaming barchasi subyekt ruhiyatini jarohatlaydi hamda u mavjud vaziyatni o'zgartirishga urinadi. Bu o'rinda ijtimoiy institutlardagi kamchiliklar, shu jumladan, ziddiyatlar rivojlanishining oldini oluvchi va ularga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ham salbiy ro'l o'ynaydi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistondagi jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan 2002 yili 49173 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko'rilgan bo'lsa, ulardan 2163 tasi voyaga yetmaganlar bo'lib, bu ko'rsatkich 4,3%ni tashkil etadi. Bulardan 613tasi (28%) maktab o'quvchilari, 644 tasi (29%) litsey va kollej o'quvchilari ekanligi aniqlangan.

References:

1. Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.

2. Sotsiologiya molodeji. Uchebnik. /Pod red. V.T.Lisovskogo. SanktPeterburg, 1996

3. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.